Fransiyaning o‘zida esa 9 termidor aksilinqilobiy to‘ntarilishi ro‘y berdi, yakobinchilar diktaturasi quladi. Biroq ushbu hokimiyat almashuvi ham uzoqqa cho‘zilmadi. Direktoriyaning o‘rniga Napoleon Bonapart keldi va o‘zining yakka hokimiyatini o‘rnatdi. Konsullik va Birinchi imperiya davrida Fransiya to‘xtovsiz urushlar olib bordi. Bosib olingan mamlakatlarni fransuz mollari sotiladigan bozorlarga va Fransiya sanoati uchun xomashyo manbasiga aylantirish siyosati olib borildi.
Shuni ta’kidlash lozim-ki, Napoleon olib borgan urushlarning asosiy maqsadi
Yevropada Fransiyaning ustunligini o‘rnatish uchun kurash edi. Fransiyaga qarshi ittifoqlarga kirgan mamlakatlar - Angliya, Rossiya, Avstriya va Prussiya - nafaqat fransuz gegemoniyasiga qarshi kurashdilar, balki o‘zlarining maqsadlariga ham ega edilar. Lekin XIX asr boshida xalqaro munosabatlarning markazida Angliya va Fransiya o‘rtasidagi raqobat turardi.
1800 yilda ichki ziddiyatlar tufayli Fransiyaga qarshi ikkinchi koalitsiya tarqab ketdi. 1801 yilda Rossiya va Avstriya bilan tinchlik shartnomalari imzolandi. Natijada Fransiyaning hokimiyatini endilikda butun Italiya, Belgiya, Gollandiya va bir qator german knyazliklariga yoyildi.
1802 yilda Amen shahrida Angliya bilan xalqaro shartnoma imzolandi. Uning bandlariga ko‘ra Fransiya va Angliya Yevropada yuzaga kelgan tartibni saqlash majburiyatini oldilar. Biroq tinchlikning umri qisqa bo‘ldi. Va 1803 yilda harbiy harakatlar qaytadan boshlanib ketdi. 1805 yilda Yevropa davlatlarining uchinchi koalitsiyasi (ittifoqi) shakllandi. Unga Angliya, Rossiya, Avstriya va Neapolitan qirolligi kirdi.
1805 yil 21 oktyabrda Trafalgar burni yonidagi jangda admiral Nelson qo‘mondonligidagi ingliz floti birlashgan fransuz - ispani flotini mag‘lub etganidan so‘ng, Napoleon barcha kuchlarini avstiryaliklarga qarshi qaratdi. 1805 yilning oktyabrida Avstriya armiyasi taslim bo‘ldi va fransuz qo‘shinlari Venaga kirib kelishdi.
Dekabr boshida Austerlits yonidagi jangda Rossiya va Avstriyaning birlashgan kuchlari mag‘lubiyatga uchradi. Tez orada Avstriya va Fransiya o‘rtasida tinchlik shartnomasi imzolandi. 1806 yilda Napoleon protektorati ostida 16 german davlatidan iborat Reyn ittifoqi tashkil etildi. Shu tariqa German millatining Muqaddas Rim imperiyasi yo‘q qilindi.
1806 yilda Fransiyaga qarshi to‘rtinchi (Angliya, Prussiya, Rossiya va Shvetsiya) koalitsiya shakllandi. Lekin o‘sha yilning o‘zida Yena va Auershtedt yonidagi janglarda Prussiya armiyasi tor - mor etildi. 1806 yilning oktyabrida Bonapart Berlinga kirib keldi va bu erda, Yevropa davlatlari iqtisodiyotiga jiddiy zarba bergan, kontinental (qit’aviy) qamal to‘g‘risidagi dekretni imzoladi (1806 yil 21 noyabr). Dekretga ko‘ra butun Fransiyada va unga qaram bo‘lgan mamlakatlarda Buyuk Britaniya bilan savdo qilish man etildi.
O‘zining asosiy vazifasini - Angliyani tor - mor etish va Fransiyaning gegemoniyasini o‘rnatishni - Napoleon Rossiya bilan vaqtinchalik murosaga kelish yo‘li orqali xal etishga urindi. Tilzit shartnomasiga (1807 yil 7 iyul) binoan Rossiya Yevropada Bonapart tomonidan amalga oshirilgan o‘zgarishlarni tan oldi va kontinental (qit’aviy) qamalga qo‘shildi. Shu erning o‘zida Fransiya - Prussiya tinchlik shartnomasi ham imzolandi-ki, unga ko‘ra Prussiya davlati qisqartirilgan ko‘rinishda saqlab qolindi. Prussiya ham kontinental (qit’aviy) qamalga qo‘shildi.
1808 yilda boshlangan Ispaniyaning okkupatsiyasi natijasida, Napoleon Fransiyasiga qarshi beshinchi koalitsiya tuzildi (1809 y.) va uning tarkibiga faqat Angliya va Avstriya kirdi. 1809 yilning iyulida Vagram yonidagi jangda fransuzlar armiyasi avstriyaliklarni mag‘lub etdi. O‘sha yilning oktyabr oyida Shenburunn tinchlik shartnomasi imzolandi. Unga binoan Avstriya hududlari qisqartirildi. Bundan tashqari, u armiyasining sonini kamaytirishi, kontributsiya (urushda engilgan davlat tomonidan g‘olib davlatga to‘lanadigan tovon) to‘lashi va kontinental (qit’aviy) qamalga qo‘shilishi majbur edi.
1812 yilning boshiga kelib Fransiya - Rossiya munosabatlarinng keskinlashishi oqibatda urushga sabab bo‘ldi. Urush 1812 yil 24 iyunda boshlandi. 26 avgustda bo‘lib o‘tgan Borodino jangida fransuzlarning talafoti 60 ming askarni tashkil etdi. Garchand rus armiyasi chekingan bo‘lsa ham, lekin o‘z jangovarligini saqlab qoldi. 1812 yilning 14 sentyabrida fransuzlar Moskvaga kirib kelishdi, biroq atrofda partizan urushi, xalq urushi avj olayotgan edi. 1812 yilning 12 oktyabrida Napoleon armiyasi Moskvani tark etishga majbur bo‘ldi. Keyinchalik Bonapartning o‘zi ham armiyasini tashlab, Parijga jo‘nab ketdi. Fransuzlar armiyasining Rossiyadagi mag‘lubiyati “engilmas” Napoleon imperiyasining qulashini boshlab berdi.
1813 yilning bahorida Fransiyaga qarshi oltinchi kaolitsiya tashkil etildi. Uning tarkibiga Rossiya, Angliya, Shvetsiya, Prussiya, Ispaniya, Portugaliya, Avstriya mamlakatlari kirdi. Hal qiluvchi jang 1813 yil 16 - 19 oktyabrda Leypsig shahri yonida ro‘y berdi. “Xalqlar jangi” natijasida Napoleon mag‘lub bo‘ldi va Reyn daryosi ortiga chekindi.
1814 yil mart oyining boshida ittifoqchilar Napoleonni to‘la tor - mor qilmaguncha urush harakatlarini olib borish to‘g‘risidagi Shomon shartnomasini imzolashdi.
31 martda ittifoqchilar Parijga kirib kelishdi. Napoleon o‘z o‘g‘li foydasiga taxtdan voz kechdi. Biroq, senat va Yevropa davlatlari Fransiya taxtida Burbonlarni tiklashdi. Napoleon Elba oroliga badarg‘a qilindi. 1814 yil 30 mayda Parijda tinchlik qo‘shinlaridan foydalanishni taklif etdi. Ushbu masala bo‘yicha munozaralardan davlatlarning ichki ishlariga aralashishga qaratilgan aksilinqilobiy doktrinani qonunlashtirdi. 1821 yil 12 mayda uch davlat (Avstriya, Rossiya, Prussiya) monarxlari Muqaddas ittifoqning butun dunyoda inqilobiy harakatlar bilan ochiqdan - ochiq harbiy kurash olib borish to‘g‘risidagi deklaratsiyani qabul qilishdi.
Muqaddas ittifoqning uchinchi kongressi Verona shahrida 1822 yilning okryabrida inqilobiy Ispaniyaga qarshi harbiy intervensiyani tashkil etish uchun to‘plandi. Rossiya, Avstriya va Prussiya yakdillik bilan harakat qilishdi. Veronada Fransiya ham ularga qo‘shildi. Ammo Angliya o‘zgacha nuqtai nazarga ega edi. Verona kongressining boshlanishi Yaqin Sharqda ingliz - rus ziddiyatlarning keskinlashishiga to‘g‘ri keldi. Angliya - Fransiya raqobati ham, qaytadan boshlandi- ki, bu ayniqsa Pireney yarimorolida va Lotin Amerikasida ko‘zga tashlandi.
Veronadagi kongress asosiy e’tiborni Pireneydagi inqiloblarga qaratdi. Muqaddas ittifoq ishtrokchilari inqiloblarni Fransiya kuchlari vositasida bostirish qarorini qabul qilishdi. Bunga faqat Angliya qarshi chiqdi. 1823 yilning bahorida fransuzlarning ekspeditsion korpusi Pireneylarni kesib o‘tdi va 1823 yilning may oyida Madridni egalladi. Inqilob bostrildi. Pentarxiya tomonidan amalga oshiriladigan muvofiqlashtirilgan harkatlardan Angliyaning chetga chiqishi jiddiy oqibatlarga ega edi; bunday holat Yevropani separat itifoqlariga bo‘linib ketishiga olib kelardi.
1848 - 1849 yillar inqiloblari “ 1815 yil traktatlari” ni (shartnoma, bitim ma’nosida) qo‘riqlash va “inqilobiy ruh” bilan kurashish bo‘yicha besh buyuk davlatning birgalikdagi harakatlarini nazarda tutgan “Vena tizimi” ning tamoyillariga yangi zarba berdi. Angliya boshqa buyuk davlatlar bilan umumiy siyosat yuritishda chetga chqib bo‘lgandi 30-yillarda shunga o‘xshash siyosatni Fransiya ham olib bordi. Prussiya va Avstriya hukmron doiralarining ruhi esa 1848 - 1849 yy. inqiloblari natijasida tushib ketgandi.
40 - yillar inqiloblaridan so‘ng Germaniyada keskinlashib ketgan Prussiya - Avstriya raqobati Muqaddas ittifoqning oxirgi tayanchi – Rossiya, Prussiya va Avstriya monarxlarining ittifoqchiligiga tarqab ketish tahdidini soldi. 1850 yilda Germaniyada raqobatning qaytadan o‘t olishi natijasida Avstriya - Prussiya urushi boshlanib ketishga sal qoldi. Biroq, Prussiya yon berishga majbur bo‘ldi. 1850 yilda Olmyusda Prussiyaning to‘la mag‘lubiyatini anglatgan Avstriya -Prussiya bitimi imzolandi. 1851 yilda Drezden shahrida umumgerman seymi (parlamenti) Avstriya boshchiligidagi German ittifoqini tikladi.
20 - 30 va 40 chi yillarda ro‘y bergan inqiloblar XIX asrning o‘rtalariga kelib “Vena tizimi”-ning asoslarini qo‘porib tashladi va uning chuqur inqirozini keltirib chiqardi.
Napoleon urushlaridan so‘ng sharqiy masalaning birinchi keskinlashishi yunonlar qo‘zg‘oloni (1821 y.) bilan bog‘liq edi. Yunonistonda turk sultoni hokimiyatiga qarshi inqilobning dastlabki muhokamasi Muqaddas ittifoqning Verona kongressida (1822 yil oktyabr - dekabr) bo‘lib o‘tdi va hech qanday natija bermadi. Biroq vaziyat o‘zgardi. Sharqiy masala bo‘yicha inglizlarning harakatlari rus diplomatiyasini faollashtirdi. Rossiya yunon - turk to‘qnashuviga ittifoqchi davlatlarning birgalikdagi aralashishiga erishmoqchi edi. Ammo Rossiyaning urinishlari Angliya va Avstriyaning qarshililigiga uchradi. Biroq, Angliya o‘z manfaatlari yo‘lida yunon masalasi bo‘yicha Rossiya bilan ikki tomonlama kelishuvga (1824 yilning 4 aprelida imzolangan Peterburg protokoli) bordi. Ushbu kelishuvga ko‘ra Yunoniston muxtoriyatga ega bo‘lishi va Turkiyaga har yili o‘lpon to‘lashi lozim edi. Angliya esa yunon - turk ixtilofida vositachilik qilishi nazarda tutilgandi.
Sulton bunga rad javobni berdi va keng qamrovli harbiy harakatlarni boshladi. 1827 yilning iyunida Londonda yunon masalasi bo‘yicha Angliya, Rossiya va Fransiya o‘rtasida bitim imzolandi. Ittifoqchilavr urushga kirdilar va 20 oktyabrda Navarin yonidagi jangda turk - misr flotini tor - mor etdilar.
1828 yil may oyida Rossiya Turkiyaga urush e’lon qildi va g‘alabaga erishdi. 1829 yil 14 sentyabrda Andrianopol shartnomasi imzolandi. Unga binoan Serbiya, Valaxiya va Moldovaning muxtoriyatiga ega bo‘lish huquqlari tasdiqlandi. Rossiya Qora dengizda, Kavkazda va Kavkaz ortida mustahkam o‘rnashib oldi. Turkiyaning xristian aholisidan iborat qator yerlari (Kars va boshq) Rossiya tasarrufiga o‘tdi. 1830 yil 3 fevralda Londonda Bolqonda yunon qirolligini barpo etish to‘g‘risidagi protokol imzolandi.
Biroq, Usmoniylar imperiyasining ichkarisida sulton hokimiyatiga qarshi Misr podshosi bosh ko‘tardi. Bu 1832 yilda Suriyaning egallanishi bilan boshlandi; 1833 yilda Misr qo‘shinlari Koniya yonidagi jangda sulton armiyasini mag‘lub etishdi. Sulton yordam so‘rab Angliya, Fransiya va Rossiyaga murojaat qildi. Ko‘mak faqat Rossiyadan keldi. 1833 yil 8 iyulda Unkyar - Iskelesida rus-turk shartnomasi imzolandi. Unda, misrliklarning Yangi bosqini ro‘y bergan taqdirda Rossiya Turkiyaga harbiy yordam berishi kafolatlangandi. Buning evaziga Maxmud II rus savdo va harbiy kemalarini bo‘g‘ozlardan o‘tkazish majburiyatini oldi.
Angliya va Fransiya ushbu shartnomani Qora dengiz bo‘g‘ozlariga oid boshqa bitim bilan almashtirishga harakat qilishdiki, bu erda ularning ta’siri ustunlikka erishish lozim edi. Angliya Turkiya va Misr o‘rtasida 1839 yilda Yangi urushning boshlanishiga erishdi. Ushbu urushda turklar to‘la mag‘lub bo‘ldilar. Sulton inglizlar ta’siri ostiga ko‘proq tushib bordi. Shu tariqa Usmoniylar imperiyasining hududiy yaxlitligi va Qora dengiz bo‘g‘ozlarining xalqaro huquqiy tartibga oid buyuk davlatlarning birgalikdagi kafolatlar to‘g‘risidagi London konvensiyalari (1840 - 1841 yy.) paydo bo‘ldi.
Sharqiy masalining keskinlashishiga oid keyingi bosqich Qrim urushi (1853 - 1856 yy.) bilan bog‘liqdir. Urushga bahona - Rossiyaning Turkiyadagi pravoslav xristianlariga va “Muqaddas joylar” ga (“Iso payg‘ambar qabri”) homiyligi edi. 1853 yil yanvar oyida Rossiya Turkiyaga ultimatum talabini qo‘ydi. Turkiya uni rad etdi. 1853 yilning oktyabrida Turkiya Rossiyaga urush e’lon qildi. 1853 yil 30 noyabrda Turklar floti Sinop ko‘rfazida admiral Naximov tomonidan cho‘ktirildi. Rossiyaning ushbu g‘alabasidan so‘ng, Angliya va Fransiya birgalikda harakatlar olib borish to‘g‘risida kelishib olishdi va 1854 yilning boshida o‘z eskadralarini Qora dengizga kiritishdi. 1854 yilning sentyabrida fransuz-ingliz-turk qo‘shinlari Qrimga tushirildi.
Urush natijasida Rossiya mag‘lubiyatga uchradi. 1856 yil 30 martda Parijda imzolangan tinchlik shartnomasiga ko‘ra Rossiya Qora dengizda harbiy flotga ega bo‘lish huquqidan mahrum bo‘ldi. Aslini olganda, ushbu shartnoma “Vena tizimi” ning batamom barbod bo‘lganligini va Rossiya Yevropa masalalariga nisbatan avvalgi ta’sirini yo‘qotganligini anglatardi.
Italiya va Germaniyadagi birlashish jarayoni “Vena tizimi” qulaganligining natijalaridan biri bo‘ldi. Modomiki Sardiniya qirolligi va Prussiyaning hukmron doiralari ushbu harakatni “yuqori” dan amalga oshiriladigan birlashtirish sifatida tasavvur qilishar ekan, ular bitta yoki bir necha buyuk davlatning ko‘magiga muhtoj edilar. Bunday siyosat ushbu mamlakatlardagi birlashish jarayonlarini xalqaro qarama - qarshiliklar ob’ektiga, diplomatik savdolashish va siyosiy murosalar mavzuiga aylantirishi muqarrar edi.
1861 yilda Sardiniya qirolligi atrofida aksariyat italyan yerlarining birlashtirilishi Prussiyaning rejalari va niyatlari uchun o‘rnak, misol bo‘larli hodisa edi. XIX asrning 60 yillaridagi xalqaro vaziyat ham Germaniya davlatini barpo etish uchun qulay keldi. 1863 yilda Polshada qo‘zg‘olon ko‘tarildi. 1863 yilning yanvar oyida Prussiya va Rossiya qo‘zg‘olonchilariga qarshi birgalikda harakat qilish to‘g‘risidagi mahfiy konvensiyani imzolashdi. 1866 yilda Prussiya Avstriyaga qarshi urush olib bordi. Avstriya va Prussiya o‘rtasida imzolangan Praga sulhiga (1866 y. 24 avgust) binoan Avstriya boshchiligidagi German ittifoqi yo‘q qilindi. Uning o‘rnida yuzaga kelgan Shimoliy Germaniya ittifoqi Prussiya boshchiligida kuchli davlatni barpo etardiki, uning chegaralaridan tashqarida janubiy german davlatlari (Bavariya, Vyurtemberg, Baden va boshq) qolgan edi.
Vena tartiblari batamom ko‘mib tashlandi.
Yevropa davlatlarining Amerika masalalariga faol aralashishi Meksikaga nisbatan harbiy intervensiyani amalga oshirish bilan boshlandi. Ushbu mamlakatda 1854 - 1860 yillarda inqilob ro‘y bergandi. 1861 yilda Angliya, Fransiya va Ispaniya Meksikaning Atlantika sohillarini preventiv1 tarzda harbiy okkupatsiya qilish to‘g‘risida konvensiya tuzishdi. Ushbu harakat Meksika qarzlarining to‘planishini ta’minlaydigan kafolat sifatida e’lon qilindi. 1861 yil dekabr oyida Meksika qirg‘oqlariga avval ispan, keyin esa ingliz va fransuz qo‘shinlari tushirildi. Biroq Napoleon III Meksikani Fransiya protektorati ostidagi “lotin imperiyasi”-ning tayanch nuqtasiga aylantirish rejalariga ega edi. Lekin Fransiyaning Yangi Dunyoda kuchayishi Angliya va Ispaniyaning niyatlariga to‘g‘ri kelmasdi. 1862 yilning fevralida ular o‘z qo‘shinlarini Meksikadan olib chiqishdi va Xuares hukumati bilan qarzlarni to‘lanishini kechiktirish to‘g‘risidagi bitimni imzolashdi. Ammo Fransiya Angliya va Ispaniyadan o‘rnak olmadi va uzoqqa cho‘zilgan Meksika avantyurasiga (hatarli, qaltis ish) aralashib ketdi. Natijada Fransiya 1867 yilda mag‘lubiyatga uchradi.
1862 yilda AQSH ga nisbatan qurollangan intervensiya tahdidi yuzaga keldi. Garchand Angliya 1861 yilda shimol va janub o‘rtasidagi urushga nisbatan o‘zining betarafligini e’lon qilgan bo‘lsa ham, amalda janubliklarni qo‘llab-quvvatladi, Konfederatsiya tomonida turib fuqarolar urushida bevosita qatnashishga tayyorgarlik ko‘rgan holda. Fransiya ham Yangi Dunyo ishlariga qurol bilan aralashishga intilmoqda edi. Biroq Rossiya 1862 yilning noyabrida shimolliklarga qarshi intervensiyada qatnashishni rad etdi. Napoleon III ning shimolliklarga nisbatan bo‘lgan maqsadlari Yevropa va Amerika demokratik jamoatchiligi orasida katta g‘azablanishni keltirib chiqardi. Bu holat ham yuzaga kelgan vaziyatga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Natijada Yevropa davlatlarining AQSH ishlariga qurolli aralashish rejasi barbod bo‘ldi.
XIX asr 60 - yillarning oxirida Fransiya imperiyasi inqirozni boshidan kechirmoqda edi. Mamlakat ichkarisida respublikaning o‘rnatilishini talab qilgan muholifat kuchaymoqda edi. Napoleon III hokimiyati mustahkam emasdi. Ushbu sharoitda Fransiyaga g‘olibona urush zarur edi. Bismark ham tezroq urush bo‘lishni xohlardi. CHunki Germaniyaning g‘alabasi natijasida janubiy german yerlari o‘z ixtiyoriga ko‘ra Shimoliy Germaniya ittifoqiga, qo‘shilishi ya’ni Prussiyaga qo‘shilishi mumkin edi. Biroq kansler urushni Fransiya boshlashini xohlardi. Va Napoleon III Bismarkning ushbu tuzog‘iga tushdi.
1868 yilda Ispaniyada inqilob boshlandi. Qirolicha Izabella II Fransiyaga qochdi. Fransiya imperatorining xotini ispaniyalik ayol bo‘lganligi sababli Izabellaga taxtni qaytarib olishda yordam bermoqchi bo‘ldi. Lekin buning imkoniyati yo‘q edi, Yevropada ispan toji uchun kurash boshlandi.
Napoleon III Ispaniya taxtiga shahzoda Ferdinand Saksen - Kaburskiyni o‘tkazib, do‘stona munosabatdagi Ispaniyaga ega bo‘lishni rejalashtirgandi. Bismark esa, Fransiyaning kuchayishidan qo‘rqib, ispan tojini qirol Vilgelmning qarindoshi bo‘lgan shahzoda Leopold Gogensollernga topshirishga intildi.
Voqealar 1870 yilning yozida avj oldi. Vilgelm I ning huzuriga kelgan Fransiya elchisi Leopold Gogensollernning nomzodini ispan tojiga da’vogarlikdan olib tashlashni taklif etdi. Vilgelm, Bismarkdan farqliroq, urushdan xavfsirab iltimosni bajarishni va’da qildi. Ammo masalani tinch yo‘l bilan hal etish mumkinligi Ikkinchi imperiya hukumatini qoniqtirmasdi. Fransiya elchisi Benedetti ikkinchi marotaba kayzer bilan uchrashdi va undan kelgusida qirol ispan taxtiga Gogensollernlar sulolasidan bo‘lgan shahzodaning nomzodini qo‘llab - quvvatlamasligi to‘g‘risida yozma ishontirshnoma berishni talab qildi. Vilgelm bunday va’dani bermadi, lekin ushbu masala bilan Emsdan Berlinga qaytib kelganida shug‘ullanishini aytdi. Biroq bunday qaror ikkala tomonga ham to‘g‘ri kelmasdi.
Bismark harbiy vazir Roon va bosh shtab boshlig‘i Moltke bilan kengashib oldi. U, armiya urushga tayyor ekanligini bilgach, Vilgelm I va fransuz elchisi o‘rtasidagi uchrashuv haqida soxta ma’lumotlarni gazetalarga etkazdi, go‘yoki qirol elchiga orqasini o‘chirib oldi va u bilan hatto gaplashmadi. Ushbu xabar butun Yevropaga tarqaldi. Prussiya elchisi Berlinga qaytarib chaqirib olindi. Parijda xavotir oshib bordi.
1870 yil 19 iyulda Fransiya Prussiyaga urush e’lon qildi. Angliya va Rossiya masalani tinch yo‘l bilan hal etish uchun xalqaro konferensiya chaqirishni taklif etishdi. Napoleon III urushda o‘ziga ittifoqchi qilib olmoqchi bo‘lgan Italiya va Avstro - Vengriya davlatlarining hukumatlari “qurollangan vositachilik” pozitsiyasini egallashdi. Ular avval Fransiyaning g‘alabasiga ishonch hosil qilib, keyin esa Prussiyaga qarshi harakatlarni boshlashga umid bog‘lashgandi. Lekin Fransiya imperatori urushga intilmoqda edi.
Biroq birinchi janglar Fransiyaga ayanchli mag‘lubiyatlarni keltirdi. 1 sentyabrda Sedan yonidagi jangda fransuzlar tor - mor etildi. 2 sentyabrda Napoleon III oq bayrog‘ni ko‘tarishni buyurdi va taslim bo‘ldi. Ikkinchi imperiya tugadi. Fransiyada inqilob boshlandi.
1870 yil 27 oktyabrda marshal Bazen qo‘mondonligidagi fransuzlar armiyasi ham taslim bo‘ldi. Nemis qo‘shinlari Parij tomon harakatlanishdi va uni 1871 yilning yanvarida qurshab olishdi. Fransiyaning Muvaqqat hukumati mamlakatni, kamsitadigan shartlar asosida, Prussiya bilan yarash ahdini tuzdi. 26 fevralda Ter va Bismark tinchlik bitimini imzolashdi-ki, unda Elzas va Lotaringiyani Germaniyaga berilishi, hamda 5 milliard frank miqdorida kontributsiya to‘lanishi ko‘zda tutilgandi. Nemis qo‘shinlari esa kontributsiya batamom to‘lalgunga qadar Fransiyaning shimolida joylashtirildi. Fransiyaning Milliy kengashi ushbu shartlarni tasdiqladi.
1871 yilning yanvar oyida Versal saroyining oynali zalida Vilgelm I Germaniya imperiyasi barpo etilganligini e’lon qildi. Mamlakatni birlashtirish uchun olib borilgan kurash yakunlandi.
Fransiya - Prussiya urushining muhim oqibatlaridan biri Italiyada ham birlashish jarayonining yakunlanishi edi. Urush natijalari Germaniya va Avstro - Vengriya o‘rtasidagi munosabatlarga ta’sir etdi. Avstriya - Vengriyaning hukmron doiralari Avstriya - Prussiya urushidagi mag‘lubiyati uchun revansh olish (qarimta qaytarish) g‘oyasidan voz kechishdan va Germaniya imperiyasi bilan yaqinlashishga qaror qilishdi.
Germaniya qudratining oshganligi ingliz - german munosabatlarining keskinlashuviga olib keldi, chunki mustamlakachilik siyosatida Angliyaga nisbatan yangi raqib paydo bo‘ldi. Yangi buyuk davlatning vujudga kelishi natijasida barcha qo‘shni davlatlar o‘z xavfsizligi uchun havotirga tushdi. Ayniqsa bunday holat yaqindagina prus armiyasining bosqinini boshidan kechirgan Fransiya uchun taaluqli edi.
Germaniya kanslerining tashqi siyosati Fransiyaga qarshi qaratilgan edi-ki, bu 1873 yilda uch imperator ittifoqining tashkil etilishida o‘z ifodasini topdi. Bismark Fransiyani Rossiya va Avstro - Vengriya bilan ittifoq tuzish ehtimolidan mahrum qilish uchun, monarxlar birdamligi g‘oyasidan Yevropada tartibni mustahkamlash yo‘lida foydalandi. Biroq Ittifoqqa kirgan har bir mamlakat o‘zining maqsadlariga ega edi. Jumladan Rossiya Fransiyani Germaniyaga qarshi turadigan kuch sifatida qo‘llab-quvvatlardi. Uch imperator ittifoqi tuzilganligiga qaramasdan, Rossiya va Germaniya o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashib borardi. Rossiya - Turkiya urushi (1877 - 1878 yy.) va Berlin kongressi ittifoqni qo‘porib tashladi.
Bismark, “rus tahdidi” to‘g‘risidagi fikrlarni ilgari surib, 1879 yilda Rossiyaga qarshi qaratilgan ittifoqni Avstro - Vengriya bilan tuzishga erishdi.
Fransiyani yakkalab qo‘yish bo‘yicha Bismarkning keyingi faoliyati Italiyani Germaniya tomoniga jalb etishda namoyon bo‘ldi. Bismark Italiyaning Tunisga nisbatan qiziqishini qo‘zg‘atardi va shu paytning o‘zida uni Fransiya tomonidan bosib olinishi yoqlab chiqardi. Italiya 1882 yilda Germaniya va Avstro - Vengriya bilan birga Uchlar ittifoqini tuzishni afzal ko‘rganligiga ajablanmasa ham bo‘ladi. Bitim 5 yillik muddatga tuzilib, keyinchalik bir - necha bor qaytadan takrorlandi va 1915 yilgacha mavjud bo‘ldi. Yangi koalitsiya (ittifoq), bir tomondan, - Fransiyaga, ikkinchi tomondan Rossiyaga qarshi qaratilgan edi.
Tabiyki, umumiy dushman paydo bo‘lgan vaziyatda Fransiya va Rossiya bir - birovi bilan yaqinlashishga intilishdi. Bismark barcha vositalarni ishga solib Fransiya
Rossiya ittifoqining tashkil etilishini oldini olishga harakat qildi. Nemis diplomatiyasining urinishlari natijasida ittifoqning tuzilishi keyinga surildi. Fransiya va Rossiya o‘rtasidagi ittifoq faqatgina 1893 yilda shakllandi.
Uchlar va Fransiya - Rossiya ittifoqlarining tashkil topishi bilan Yevropa qit’asida buyuk davlatlarning kuch jihatidan deyarli teng bo‘lgan ikki guruhi yuzaga keldi.
Ammo Angliya biron - bir harbiy ittifoqqa yoki guruhga qo‘shilmadi. Ingliz hukumati, an’anaviy “ajoyib yakkalanish” siyosatiga amal qilib, hech qanday majburiyatlar bilan o‘zini bog‘lamaslikni afzal ko‘rdi. Angliya o‘z manfaatlarini o‘zgalar qo‘li bilan himoya qilishga intildi. “Ajoyib yakkalanish” siyosati tarafdorlarining fikriga ko‘ra, bunga erishish uchun eng yaxshi vosita - bu boshqa buyuk davlatlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni qo‘zg‘atish edi. Birisining qo‘llab - quvvatlashiga ega bo‘lib, boshqalarini zaiflashtirishga intildi. Angliya Uchlar ittifoqiga Fransiya va Rossiya uchun mo‘ljallangan jilov sifatida qarardi. Chunki XIX asrning 80 - 90 yillarida aynan ushbu mamlakatlar bilan Britaniyaning ko‘plab muammolari mavjud edi.
“Ajoyib yakkalanish” siyosati Britaniyaning orol sifatida mustahkamligi va dengiz qudratiga tayanardi.
XIX asrda eng kuchli qarama - qarshilik Angliya va Fransiya o‘rtasida edi. Nil daryosining quyilishi joyi uchun olib borilgan uzoq muddatli kurash 1882 yilda Misrni Angliya tomonidan bosib olinishi bilan yakunlandi. Suvaysh, Malta va Kipr bilan birgalikda, Angliyaning Sharqiy O‘rta er dengizi mintaqasidagi strategik ustunligini mustahkamladi. 1881 yilda Fransiya Tunisni o‘z mustamlakasi deb e’lon qildi.
Angliya va Fransiya o‘rtasidagi keyingi kurash Afrika va janubi - Sharqiy Osiyo uchun olib borildi. Inglizlarning Sudan mamlakatiga uyushtirilgan birinchi harbiy ekspeditsiyasi 1885 yilda muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Ikkinchi ekspeditsiya esa 1896 - 1897 yillarda arablarning tor - mor etilishi va Sudanning bo‘ysundirilishi bilan tugadi. Inglizlarning Nil daryosi bo‘ylab, yuqoriga harakatlanishi Fashoda yonida kapitan Marshan qo‘mondonligidagi fransuzlar otryadi bilan to‘qnashuviga olib keldi. Angliyaning flotini safarbar qilish to‘g‘risidagi qarori Fransiyaga nisbatan urush tahdidi keltirib chiqardi. Fransiya hukumati yon berishga majbur bo‘ldi. 1899 yilda tuzilgan bitimga binoan Fransiya Fashoda va Nil daryosining butun vodiysidan voz kechdi, ammo Sudanning g‘arbiy viloyatlariga nisbatan “haq -huquq” ga ega bo‘ldi.
Tunisni Fransiya tomonidan bosib olinishi fransuz - italyan munosabatlarning keskinlashishiga sabab bo‘ldi. Italiya - Efiopiya urushi (1895 - 1896 yy.) davrida Fransiya va Rossiya Efiopiya negusiga diplomatik yordam ko‘rsatdi. Urush 1896 yilda Adua yonidagi jangda italiyaliklarning mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Efiopiya o‘z mustaqilligini saqlab qoldi.
To‘qnashuvning yana bir mintaqasi janubiy - sharqiy Osiyo edi. Hindixitoyda Fransiya Tonkin va Annamni bosib olishga intildi. Ammo bu hududlar Xitoyning suveriniteti ostida edi. Fransiyaning Xitoyga qarshi olib borgan urushi natijasida Annam va Tonkin fransuzlarning mustamlakasiga aylantirildi. 1887 yilda ushbu yerlar, Nambo, Kambodja, hamda Laos (1898 y.) Fransiya tomonidan barpo etilgan Hindixitoy ittifoqiga kirdi. Fransiyaning Hindixitoydagi ekspansiyasi Angliyani tashvishga solardi. XIX asr 90 - yillarning boshida ikkala davlat ekspeditsiyalarni amalga oshirdi va Siamgacha etib borishdi. Ushbu mamlakatni egallashga bo‘lgan intilish urushni keltirib chiqarishiga sal qoldi. 1896 yilda imzolangan bitimga ko‘ra Siam mustaqil deb tan olindi va fransuzlar va inglizlarning yerlari o‘rtasidagi qalqonga o‘xshab qoldi.
Ingliz - rus raqobati O‘rta Osiyo va O‘rta Sharqda bo‘lib o‘tardi. 1880 yilda ulkan harbiy urinishlar natijasida Afg‘oniston ustidan ingliz protektorati o‘rnatildi. Rossiya esa ushbu yillarda Turkmanistonni va Marvni qo‘shib oldi. 1885 yilda Londonda Afg‘onistonning shimoli - g‘arbiy chegarasini belgilash to‘g‘risida kelishib olindi, va 1887 yilda esa rus - afg‘on chegarasini belgilash to‘g‘risidagi yakuniy protokol imzolandi.
Xalqaro maydonda ro‘y bergan voqealar Angliyani “ajoyib yakalanish” siyosatini o‘zgartirishga majbur qildi. Sanoat gegemoniyasini yo‘qotgan va qit’aviy davlatlar o‘rtasidagi ziddiyatlardan foydalanish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan Angliya endilikda yakkalanish siyosatini ishga solaolmasdi. Eski raqiblari - Fransiya va Rossiya qatoriga yangi va yanada xavfli dushman - Germaniya qo‘shildi.
80 - yillarning oxiridan german mollari jahon bozorida ingliz fabrikalarining mahsulotlarini siqib chiqarishni boshladi. Qolaversa, Vilgelm II va uning atrofdagilari Germaniyani qudratli dengiz davlatiga aylantirishga intildilar. Bunga esa Angliya yo‘l qo‘ymoqchi emasdi.
Bismark 1883-yida Avstriya – Vengriya hamkorlikda uch yil muddatga Rossiya bilan bitim tuzishga erishdi. Bitimga muofiq Germaniya bilan Fransiya o‘rtasida nizo chiqsa Rossiya betaraf turadigan , Avstriya –Vengriya va Germaniyaning esa Rossiya bilan Buyuk Britaniya urushida betaraf turishiga kelishildi . 1884-yida esa rus hukumati faqatgina Fransiya Germaniyaga hujum qilgandagina betaraf qolishini aytdi .
Bitimning boshqa moddasiga binoan Avstriya –Vengriya va Germaniya Turkiya hukumatidan Bosfor va Dardanell bo‘g‘ozlarini “yopib “qo‘yishni talab qildi va ingliz flotining Qora dengizga kirishini to‘xtatdi , bu bilan Rossiyaga yordam berdi. Bismark ma’lum darajada Rossiya havfsizligini ta’minlab , O‘rta Osiyoda rus ekspansiyasini kuchaytirishni rag‘batlantirdi va Buyuk Britanya – Rossiya munosabatlarini keskilashtirdi . Germaniyaning asl maqsadi ham shu edi . XIX asr oxirida Gemaniya bilan AQSH zamonaviy tehnika bilan ta’minlanib Fransiya va Angliyadan o‘zib ketgan edi .Bu holat jahon bozori uchun kurashni keskinlashtirib yubordi. CHunonchi dunyoni taqsimlash jarayonini tezlashtirib yubordi ,Buyuk Britanya va Fransiya Afrika va Osiyda harbiy ekspansiyalarini boshladilar , Rossiya esa O‘rta Osiyoni mustamalakaaylantirishi nihoyalab bordi.
1881 –yilda Fransiya Tunisni bosib olb uyerda o‘z protektoratini o‘rnatdi . Oqibatda Fransiya –Italiya munosabatlari kekinlashdi . Bu esa yuqorida
ta’kidlaganimiz Uchlar ittifoqini tuzilishiga olib keldi .
Endi Afrikani “bo‘lib olish “ , ayniqsa keskin bo‘ldi . Ingliz hukumati Kongo daryosining quyilish joyini Angliyaga iqisodiy va moliyaviy jihatdan qaram bolgan Porugaliyaga berishni istardi .Fransiya va Germaniya esa bu joyni Belgya qiroli Leopoldga bermoqchi edi. O‘sha vaqtda deyarli butun Kongo havzasini Belgiya bosib olgandi . 1884-1885 – yilgi Berlin konferensiyasida mustaqil Kongo davlatining chegaralari belgilandi .
70-yillarda ingilizlar va fransuzlar Nigeriya vaNiger daryosining irmoqlarini Egallash uchun kurashni kushaytirdilar .1884-yili Angiliya bu hududlarni zabt etdi. Ular o‘rtasidagi nizo 1889-yilgacha cho‘zilib,nihoyat bir bitimga kelindi. 80 -90 yilarda Fransiya g‘arbiy va Markaziy Afrikada juda katta mustamlaka imperiyasini vujudga keltirdi.Fransiya 1886- yilda Madagaskarni ham bosib oldi.
1874-yildan 1887- yilgacha o‘tgan davr ichida Angliya Malayya yarimorolidagi davlatlar ustidan protektorati o‘rnatdi .Angliya bu davlatlardan juda katta foyda olardi. 80-yillarning boshlarida Fransiya Hindistonning janubiy qismini bosib olishga kirishdi.1883-yilda Annamni egalladi ,fransuz agressiyasi vetnam xalqining qattiq qarshiligiga duch keldi. Xitoy ham fransuzlarga qarshi urushga kirdi , 1885- yil martida Long Song yonida fransuzlarga zarba berdi. Lekin 1885 – yilda fransuzlar Tonkinni bosib olishga erishdilar . Bu bilan fransuzlar Hindiston chegaralarigacha bo‘lgan hududlarni o‘z mustamlakalariga aylantirdilar . Fransiyani Hindistonga “ yaqinlashtirmaslik “ uchun 1885- yilda inglizlar Birmani bosib oldilar. Fransuz Hindixitoyi bilan Britaniya Hindistoni o‘rtasida “oraliq” davlat sifatida Tailand qoldi Keyinchalik u ham ingliz -fransuz
“ ta’sir doirasi “ ga kirdi .
Germaniya 70 – yilardan mustamlakalar egallashga urinsa- da , Bismark bunga jur’at eta olmadi . 80 – yillarning boshlarida Britaniya – Fransiya , Fransiya - Italiya ‘rtasidagi , 70- yilarning ikkinchi yarmidan Britaniya –
Rossiya munosabatlarining keskilashuvi natijasida , Germaniya qa’tiyatlik bilan o‘zining mustamlakachilik siyosatini boshladi . 1884 – yilda dastlab Janubiy
G‘arbiy Afrika yerlarini , so‘ngra Togo va Kamerun hududlarini , 1885 – yilda Garbiy Afrika va Yangi Gvineyaning shimoli-sharqiy qusmini bosib oldi .
1885- 1887- yillarda Bolqonda vaziyat keskinlashdi . 1887- yil iyulida
1881- yildan amal qilib kelayotgan “ bataraflik “ haqidagi Avstriya-Vengra va Germaniya – Rossiya bitimimining muddati tugadi . Rossiya - Avstriya bilan bitim tuzishni istamadi , shuning uchun Rossiya – Germaniya bitimi tuzildi . Bu bitim “ Hadiksirash bitimi “ deb nom oldi . Chunki rus hukumati Germaniya Fransiyaga hujum qilganda betaraf qololmaganidek , Germaniya ham Rossiya – Avstriyga hujum qilsa betaraf qolaolmas edi. Fransiya – Rossiya munosabatlari Germaniyaning “ g‘ashiga “ tegar edi. Shu tufayli 1887- yilda nemis hukumati Rossiyaga qarz berishni to‘htatdi . Rus qimmatbaho qog‘ozlari Reyxsbank tomonidan rad etildi. Chor hukumati Parij bankiga burojaat qilib , Berlin rad etgan va o‘ziga kerakli bo‘lgan pulni oldi .Germaniya Rossiya munosabatlari keskinlashgach , Germaniya Angliya bilan yaqinlashishga harakat qildi . Biroq, Angliya nemislarning ittifoqchilikhaqidagi taklifini rad etdi. 1890- yilda bismark istefo berishga majbur bo‘ldi . Uning o‘rniga hokimiyat tepasiga Kaprivi keldi . Kaprivi 1887 –yildagi musthkamligiga ishonmadi va uni bekor qildi .
Mustamlakalar egallashda , ayniqsaTunis tufayli Italiya – Fransiya munosabatlari keskinlashdi . tunisda fransuz kapitali hukmron edi. Yosh italiyan burjuaziyasi bu hukmronlikni o‘z qo‘liga olmoqchi edi shunday qilib , Fransiya bilan Italiya o‘rtasida “ boj urushi “ boshlandi . Bu urush 1886- yildan 1898- yilgacha davom etdi .
Germaiyanig “hadiksirash bitimi “dan voz kechishi Rossiya – fransiya ittifoqiga turtki berdi , 1891- yildan Rossiya bilan Fransiya o‘rtaida bitim tuzildi. 1892 – yilda harbiy konvensiya ishlab chiqldi . Konvensiyada qarshi kuchlar hujum qilganda Rossiya bilan Fransiya bir vaqtning o‘zida safarbarlik e’lon qilishi lozim edi . 1893- yilda konvensiya ratifikatsiya qilindi .
XIX asr oxirida Xitoy tufayli kapitalistik mamlakatlar o‘rtasida kurash kuchaydi .Bunga 70-yilardayoq tayvan orolini bosib olgan yaponlar asos solgan edi. 1894 – yilda Yaponiya urush e’lon qilamsdan Xitoy yerlariga hujum boshladi . Xitoy armiyasi tor mor qilindi . 1895- yilda Yaponiya hukumati Xitoyga sulh shartalrini majburan qaabul qildirdi . Simonesiki sulhi shartiga ko‘ra Tayvan orolini , Tyanzisini va Pekinga kirib boradigan dengiz yo‘lida joylashgan Port – Arttur hamda Lyaodun yarim orolini Yaponiyaga berdi.
Xitoyga qaram bo‘lgan Koreya “mustaqil bo‘ldi . Yaponiya Lyaodun va
Koreyani bosib olgach Rossiyaning uzoq sharqiga havf sola boshladi . Fransiya
Rossiyaning ittifoqchisi bo‘lgani sababli yapon agressiyasiga qarshi yordam berishni va’da qildi.
Yaponiya – Xitoy munosabatlariga aralashish uzoq sharqda ta’sir o‘tkazish imkonini beradi , deb hisoblagan Germaniya ham bu janjalga qo‘shilgan edi. Rossiya , Fransiya va Germaniya Yaponiyadan bosib olingan yerlardan voz kechishni talab qildilar , aks holda yapon suvlariga o‘z harbiy dengiz kuchlarini yuborish bilan po‘pisa qildilar. Uch davlatning tazyiqi ostida Yaponiya chekinishiga majbur bo‘ldi .Ammo Tayvanni o‘zida saqlab qoldi . Lyaodun yarim oroli Xitoyga qaytarildi, buning evaziga Xitoy Yaponiyaga to‘laydigantovon miqdori ko‘paytirildi . Xitoyda mablag‘yo‘q edi . Shuning uchun Rossiya bilan Fransiyadan qarz oldi Bu ularga o‘z kapitallarini Xitoyga kirish imkonini berdi . 1896- yilda Rossiya – Xitoy ittifoqi tuzildi ,unga ko‘ra ,
Yaponiya Xitoyga hujum qildudek bo‘lsa Rossiya Xitoyni himoya qilish majburiyatini oldi .
Chor hukumatining Uzoq Sharqda Yaponiya ustidan qozongan diplomatik g‘alabasi 1896- yilda Sharqiy Xitoy temir yo‘lini qurish va ekshluatatsiya qilish
imkoniyatini berdi. Bu Baykal bo‘yidan Vladivostokkacha boruvchi yo‘lni
Xitoy hududidan o‘tkazish, binobarin, qurilishini tezlashtirish imkonini berardi. 1897-yilda Germaniya Szyaochjouvan buxtasini bosib oldi va Xitoyni
Szyaochjouvanni Germaniyaga ,,ijaraga’’ berish haqidagi shartnomani imzolashga majbur qildi. Rus hukumati bunga qarshilik qildi, lekin Port-Arturni olgach, ortiqcha monelik qilmadi. 1898-yil boshlarida Lyaodun yarimorolini Rossiyaga ijaraga berish haqida rus-xitoy bitimi tuzildi.
Uzoq Sharqda o‘zini ,,xo‘jayin’’ hisoblagan Britaniya kapitali Xitoyda birinchi o‘rinda edi. Chunki 60-yillarda Gonkong-Shanxay banki inglizlarning eng yirik mustamlaka banklaridan biri edi. Xitoy dengiz bojxonasi ustidan inglizlar nazorati o‘rnatilgan edi. Buyuk Britaniya 90-yillarga qadar Xitoyda zamonaviy harbiy dengiz bazasi bo‘lgan yagona davlat edi.
Britaniya Rossiyani ,,Osiyo uchun kurash’’da o‘zining asosiy raqibi deb bilardi. 1896-yilda Angliya Yaponiyaga qarshi Germaniya, Rossiya va Fransiya talablariga qo‘shilishdan bosh tortdi. Britaniya Yaponiya bilan munosabatlarini buzishni istamas, chunki Rossiyaga qarshi kurashda Yaponiyadan foydalanishni nazarda tutardi.
Ingliz hukumati strategik ustunlikka erishish uchun Veyxey portini bosib oldi. Temiryo‘l qurilishi Rossiya bilan Fransiya ta’siriga tushib qolmasligi uchun inglizlar Xiyoy hukumatidan ko‘proq temiryo‘l konsessiyasi olishga intildilar. Janubda Hindixitoy bilan qo‘shni yerda temiryo‘l konsessiyasini Fransiya qo‘lga oldi. Shandun temir yo‘l qurilishi va kon sanoati Germaniya ta’sirida edi. Britaniya hissasiga Xitoyning eng boy Yanszi daryosi havzasi, Gonkongga yaqin materikda joylashgan Kanton bilan Guandun viloyati qoldi. Xitoy xorijiy davlatlar tomonidan shu tariqa bo‘lib olindi . Bu davrda AQSH ham Xitoyda o‘z ta’sir doirasiga ega bo‘lishni istardi. AQSH monopolistlari 90 yillarda Xitoyga bostirib kirishni o'zlariga asosiy maqsad qilib oldilar. 1899 yil sentyabrda AQSH davlat kotibi Xeyning “ochiq eshiklar va teng imkoniyatlar” siyosati el'on qilindi va “Xey” doktrinasi deb nom oldi. O'zining iqtisodiy kuchqudratiga ishongan Amerika kapitali Xitoyda barcha raqiblarini yengishga umid bog'ladi.Bu AQShning o‘ziga xos bo‘lgan diplomatiyasi va mustamlakachilik siyosatidan tanlangan yo‘li bo‘ldi.
Xitoy bo‘linib olinayotgan bir vaqtda dunyoning boshqa turli nuqtalarida o‘ziga hos kurashlar ketayotgan edi .Jumladan diplomariya tarixida “Fashoda inqirozi” deb nomlanuvchi voqea ham huddi shu davrda yuz berdi . bu inqiroz quyidagicha ro‘y berdi . 1896-yilda Italiya Habashistonni bosib olishga kirishdi. Biroq italiyaning ekspedision korpussi Adua yonidagi jangda butunlay tormo qilindi . Habashiston bu kurashda o‘z mustaqiligini saqlab qoldi .
1896- yilda Angliya Sudanni bosib olishga kirishdi . 1898-yida mahaliy aholining qarshiligiga qaramay Xartumni eggalladi . Ingliz ekspiditsion korpussi
Nil daryosining yuqori qismida , Fashoda qishlog‘i yaqinida fransuz kapitanni Marshan qo‘mondonligidagi qo‘shinga duch keldi . Marshanning maqsadi inglizlarga Nil daryosining yuqoriqismini egallashga yo‘l qo‘ymaslik edi. Mrashan bu yerda joylashib olib , Misrda fransuzlar ta’sirini kuchaytirishga yordam berishi lozim edi . Ingliz qo‘shinlari qo‘mondoni Kitchener Marshanaga Nil havzasidan
“ketishini” taklif qildi, taklif rad etilsa, urush boshlanadi, deb Fransiyaga po‘pisa qildi.Marshan hukumat ko‘rsatmasi bilan “yon berdi”. Tez orada sudani bosib olish tuggalandi.
AQSH yuqorida Xitoy masalasidagina faol tashqi siyosat olib borganliginigina keltirdik, bu davrda o‘z diplomatiyasini o‘z yaqin mamlakatlarga iqtisodiy ekspansiyalar uyushtirishida yaqqol namoyon bo‘ldi .Bu AQSH diplomatiyasining o‘zigagina hos bo‘lgan , va tanlangan yo‘li edi. Maslan , Panamerkanizm siyosatini yuritdi endigina yevropadan mustaqil bo‘lgan Lotin Amerkasi mamlakatlariga turli niqoblarda asosan iqtisodiy jihatdan yorib kirib borishga harakat qildi va “amerika amerikaliklarniki “ deya shior bilan o‘z ekspansiyasini amlga oshirdi . AQSH
Lotin Amerikasida xukmron bo'lib olish uchun kurashib, riyokorlik bilan "Xamma Amerika mamlakatlarining manfaatlari bitta", degan g'oyani targ'ib qilib keldi. 1889 yilda AQSH Davlat departamenti tashabbusi bilan Vashingtonda birinchi Panamerika konferensiyasi chaqirildi. Birinchi Panamerika konferensiyasining birdanbir aniq natijasi xalqaro "Amerika respublikalari sezdi" degan assotsiatsiyasi tuzishdan iborat bo'ldi. AQSHning G'arbiy yarim shardagi mamlakatlar ustidan tanxo xukmronlik qilishga qaratilgan Panamerikanizm siyosati shu tariqa vujudga kcldi. 80 yillarda Venesuela bilan Britaniya Gvineyasi o'rtasidagi ziddiyat juda kuchayib ketganda AQSH "Monro doktrinasi"ga tayanib, bu janjalni bartaraf qilishda o'zi vositachilik qilmoqchi bo'lganligini Angliyaga ma'lum qildi. 1899 yil Venesuela masalasi xal etildi. Ko'p o'tmay Samoa orollari xam qo'lga kiritildi.
XIX asrning oxirida AQSH nixoyatda qudratli davlatga aylandi. Ispaniyaga qarashli Kuba oroli Amerika xukmron doiralarining liavasini keltirardi. AQSH Ispaniyaga qarshi urushga tayyorlana boshlacli. AQSH o'z fuqarolarining manfaatini ximoya qilish baxonasi ostida 1898 yil 15 fevralda Kuba soxillariga o'z xarbiy kemasini yubordi. Bu xarbiy kema Gavana reydida turgan joyda noma'lum sababga ko'ra portlab ketdi. Natijada, 268 kishi xalok bo'ldi, 100 ga yaqin kishi csa yarador bo'ldi. AQSH bu qo'poruvchilikda Ispaniyani aybladi va Kongress 1898 yil 22 aprelda Ispaniyaga qarshi urush xarakatlarini boshlash haqida qaror qabul qildi.Bu dunyoni qayta bo'lib olish yo'lidagi birinchi urush edi. 3 oy davom etgan urushda Ispaniya yengildi va sulx so'rashga inajbiir bo'ldi. 1898 yil 10 dekabrda Parij shaxrida AQSH - Ispaniya (tinchlik shartnomasi imzolandi. Unga ko'ra AQSH Puerto Riko va Guam orollariga, Ispaniyaga 20 mln. dollar to'lab Filippinga ega bo'lib oldi. Gavayi orollari batamom anneksiya qilib olindi. 1898 yilda Kuba nomiga mustaqillik oldi. Amalda esa AQSHga qaram bo'lib qolaverdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |