Qiziqishlar sohalari: 1. Jonsiz predmetlar bilan bog‘liq qiziqishlar – tabiat, ilm, san’at. Bu holda hech qanday bahillik bo‘lmaydi, xolisona fikrlash.
2. Tirik mavjudod bilan bog‘liq. Ijtimoiy qiziqish hayotning qadriga etish va o‘zidan boshqaning fikriga qo‘shimcha olishning namoyon bo‘lishida aks etadi.
3. Butun olamni butunligicha qabul qilish. Hayotni qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qilinadi.
Ba’zi shu yoshdagi odamlar hayratlanib shunday deyishadi: “Hayotning go‘zalligi shunchalik men uchun ilgari ahamiyatsiz ekanmi bilmadim. Hozirgi har bir tosh ham, har bir barg ham hayotning go‘zalligidan zavqlanishini tushunib etdim”.
Ijtimoiy munosabatlar quydagi his-tuyg‘ular bilan bog‘liq bo‘ladi:
1. Qandaydir guruhga tegishliligini his qilish.
2. Odamlar bilan munosabatlardagi o‘zini qulay sezish hissi, hamma joyda “o‘ziniki”dek bo‘lib his qilish.
3. Boshqa o‘ziga o‘xshaganlarning ko‘nglidagi kechinmalarini his qilish.
4. O‘zgalarga ishonch-har bir odamdagi yaxshi xislatlarning mavjudligiga ishonish.
5. Mukammal emasligini tan olish jasorati – “birinchi” yoki “eng yaxshi” bo‘lmasligi mumkinligini his qilish.
6. Insoniyatning bir bo‘lgan ekanligini his qilish.
7. Optimizm – bu olamni o‘zi uchun eng qulay orzu-havaslarga erishishuchun joy deb hisoblash.
Ijtimoiy qiziqishlari haqidagi fikrlari quydagi fikrlar bilan bog‘liq: “Men odamman, o‘zgalardan kam joyim yo‘q. Jamiyat manfaatlari bilan mos keladigan o‘z manfaatlarini amalga oshirish imkoniyatim bor”. O‘zgalarga hamyordam berishni istaydilar. Boshqa bu narsa kerakmi, yoki yo‘qmi, ular o‘zlarining nasihatlarini hammaga kerak deb bilmaydilar.
1.2. Keksalik davrining o‘ziga xos xususiyatlari. Ijtimoiylashuvning pastligi namoyon bo‘ladigan odamlarda o‘z ota-onasiga bo‘lgan munosabati yomonroq bo‘ladi. Kitob mualifi juda katta taassuflar bildirib, shu yoshdagilar o‘zi yordam bera olishini ta’kidlaydi, lekin ular o‘zlari-o‘zlariga yordam berishni istamasliklari namoyon bo‘ladi.
“So‘nggi muhabbat” bosqichi kuzatiladi. Erkaklar klimaksi, 60-65 yoshga to‘g‘ri keladi. Umuman erkaklardagi seksual faollikni keltirib chiqaradigan sabablar fiziologik sabablardan ko‘ra ko‘proq psixologik sabablarga bog‘liq.
Erkaklarda bu narsa ateroskleroz umumiy kuchsizlik holati ro‘y beradi. Moddalar almashinuvi buzilishi, garmonlar almashinuvining buzilishi. O‘z asliga nisbatan e’tiborsizligi boshlanadi. 55-65 yoshdan boshlab odam organizmidagi o‘zgarishlarni bilgan odamlar o‘zlarining ruhiy holatinibiroz ushlab, barqarorlashib boradi. SHu yoshda yurak xastaligi kuzatiladi. Buning sababi gripp va boshqa viruslar kasalliklariga e’tiborsizligi.
Stenokardiya erkaklarda 4 marta ko‘p ayollarga nisbatan. O‘zini ehtiyotlab, avaylash rejimi shunda juda kerak. Aks holda infarkt va so‘ngra insult bo‘lishi mumkin.
Gipertoniya 30 % odamlarda namoyon bo‘ladi. Pikniklarning xususiyatlarini yuzining qip-qizilligi, semirishi har bir ortiqcha semirish kilogramm yurakka juda ham malol keladi.
Oshqazon yazvasi kasalligi doimiy agressiv holatda yuradigan, depressiyaga beriluvchan odamlarda kuzatiladi. Ular hech qachon biror narsalardan rozi bo‘lmaydilar. Doimiy norozilik ularni depressiya holatiga tushirib qo‘yadi.
Yuqoridagi va shunga o‘xshash kasalliklarni davolash keksayish darvdia ko‘proq psixologik yondoshuvni talab qiladi. Doridan ko‘ra ko‘proq psixologik yordam kerak bo‘ladi. Gerantologiya fanida shu narsa ma’lumki, 40 yoshdan oshgan erkaklarda shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilmaslik tufayli nizolar va kasalliklar kelib chiqadi. Erinchoqlik va o‘zga jinsga qiziqishning susayishi shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilmaslikka sabab bo‘ladi. Lekin gigiena muolajalari juda katta hayotiy energiyaning berishidan shu yosh odamlari bexabarlar yoki unchalik e’tibor bermaydilar5 Doimiy yoshlikni saqlab qolishning iloji yo‘q. Ammo umumiy holatga shaxsiy gigiena muolajalari ijobiy ta’sir etishini e’tirof etishiimz mumkin.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, har qanday yosh darida ham kasal odamdan ko‘ra sog‘lom odamlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Sog‘lomlashtirish muolajalarini oddiy shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilishdan boshlash mumkin. Boshlash hech qachon kech bo‘lmasligini yoddan chiqarmagan holda keksayishi davrida ham yaxshi hayot, sog‘lom turmish tarzini boshlash kech emasligini ta’kidlamoqchimiz.