Uzoq umr ko'ruvchilar psixologiyasi kirish I- bob. Uzoq umr ko‘ruvchilar psixologiyasi xususiyatlari va mohiyati



Download 494,64 Kb.
bet1/8
Sana01.06.2022
Hajmi494,64 Kb.
#626549
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Uzoq umr ko\'ruvchilar psixologiyasi docx





KURS ISHI



UZOQ UMR KO'RUVCHILAR PSIXOLOGIYASI
Kirish
I- Bob. Uzoq umr ko‘ruvchilar psixologiyasi xususiyatlari va mohiyati.
1.1. Psixogerontologiya haqida tushuncha.
1.2. Keksalik davrining o‘ziga xos xususiyatlari.
1.3. Keksayish davridagi shaxs psixologiyasi.
II-Bob. Psixologiya vositalari va usullari yordamida kekesalar ruhiyati hamda fe’lini o’rganish.
2.1.Umumiy psixologiya vositalari hamda usullaridan foydalanib, keksalar ruhiyati va feʼlining oʻziga xos xususiyatlarini o’rganish.
2.2. Bromley bo`yicha gerontogenez bosqichlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish
Yirik jahon psixologlari S.Pako, G.Offre, L.Bine, U.Maynot, E.Medavir, A.Komfort, I.V.Davidovskiy, B.G.Ananev, N.V.Nagorniy, E.D.Aleksandrova va boshqalar uzoq umr ko‘rish sirlarini ekologak omillar orqali tushuntirishga harakat qila- dilar. Aksariyat olimlarning fikricha, ekologik omillar insonning yashash sharoitiga, kamol topishiga, bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladigan omillardir. Insonning ijtimoiy muhiti sharoitlari ichiga kasb mehnati, turmush tarzi, madaniyati va ma’naviyati kabilar kiradi.1
Mavzuning dolzarbligi. Jahon fani to‘plagan ma’lumotlarga ko‘ra, ochiq havoda ortiqcha zo‘riqishsiz jismoniy mehnat bilan shug‘ullangan odamlarda harakatningtezligi, qad-qomatning tikligi, ma’naviy tetiklik, ruhiy faollikuzokroq saqlanadi. Mana shu holat jismoniy tarbiya bilan doimiy shug‘ullanuvchi kishilarda ham bo‘ladi.
"Umrni uzaytirish muammolari" nomli (1952) kitobda dog‘is- tonliklarda uzoq umr ko‘rishnipg asosiy sabablary quyidagilar ekani ta’kidlangan: 1) Respublikaning tog‘li qismidagi iqlim sharoiti va jo‘g‘rofiy omillar; 2) sutkasiga 3—4 marta iste’mol qilinadigan go‘shtli, o‘simlik moyli va sutli oziq-ovqatlar, chekishning, ichish va ortiqcha jinsiy aloqaning taqiqlangani; 3) avloddan-avlodga asrlar davomida o‘tib kelayotgan madaniy an’analar, o‘ziga xos turmush tarzi va uning xususiyatlari; 4) gigiena- ning barcha qonun va qoidalariga rioya qilinishi va butun umr bo‘yi jismoniy mehnat bilan shug‘ullanish; 5) bir maromda ham passiv, ham aktiv hordiqchiqarish; 6) aholi turmush darajasining moddiy-maishiy jihatdan yaxsh ilanishi va hokazolar.
S.Pako va uning izdoshlari ta’kidlaganidek, keksayish jarayonida ayrim psixofiziologik va psixologik jarayonlarning barqarorlashuvi inson umrining uzayishiga, unda ijodiy faollik uzluksiz davom etishiga yordam beradi, aqliy mehnat bilan doimo shug‘ullanuvchi keksa odamlarda mantiqiy xotira saqlanadi. SHu bilan birga iqgidorli va akdni peshlash mashqlari bilan shug‘ullangan kishilarda ham intellektning yuksak darajasi saqlanib, boshqa bilish funksiyalarining faoliyati bir tekis harakatni vujudga keltiradi.2
Uzoq umr ko‘rishning, umr uzayishining muhim omillaridan yana bittasi kasb-korlik faoliyatiga bog‘liq psixik holatning barqarorlashuvidir. Ana shu holatga insonning ko‘rish idrokida fazoni farqlash (fazoviy tasavvur) qobiliyati kiradi. Fransuz gerontologi va oftalmologi G.Offre o‘zining "Gerontologiya asoslari" (1960) kitobidan joy olgan "Ko‘zning keksalarga xos o‘zgarishi" asarida ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlar keltiradi. Uning fikricha, keksalikda presbioniya (grekcha, qarilikda ko‘rishning zaiflashuvi) hodisasi ro‘y berib, yaqinni ko‘rish yomonlashadi. G.Offreningfikricha, 10 Yoshdan ko‘rish akkomo- datsiyasining kuchi pasayishi kuzatiladi, agar 10 Yoshda akkomodatsiya kuchi 16 dioptriyaga (grekcha optik o‘lchov) teng bo‘lsa, 40—45 Yoshda — 4, keyinchalik esa 1 dioptriyaga tushib ketishi mumkin. 50—60 Yoshlarda aqqomodatsiya o‘zining eng quyi darajasiga tushadi, biroq shundan keyingi Yosh davrlarida barqarorlashib boradi. Jahon psixologiyasi fani ma’lumotlariga qaraganda, akkomodatsiyaning kuchi shunchalik kamayib boradiki, yaqinni faqat ko‘zoynak bilan ko‘riladigai bo‘ladi.
Ba’zi manbalarda mayda narsalar bilan shug‘ullanmaydigan, ko‘zi uzoqni ko‘rishga o‘rgangan odamda akkomodatsiya yuksak darajada saqpanishi, ko‘z xiralashuvi juda sekin, goho butunlay ro‘y ber- masligi mumkin.
M.YA.Lojechnikova va L.N.Kuleshovaning aniqlashicha, haydovchi- lar, temiryo‘lchilar, ovchilarningko‘rish sezshrligi Yoshligada 1 yoki 1,5 birlikka teng bo‘lsa, uzoq yillardan keyin ham o‘zgarmasligi mumkin.
I.V.Davidovskiy va B.G.Anan’ev ta’kidlaganidek, qarish va uzoq umr ko‘rish o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Binobarin, umrni uzaytirishning juda ko‘p omillari bor. YUqorida uzoq umr ko‘- rishning ekologak omillari ifodalandi, lekin uning psixologik, ijtimoiy-psixologak omillari, manbalari va mexanizmlari ham mavjuddir. Umuman aytganda, insonning umrini uzaytirish uchun shaxslararo yaxshi munosabat, shirin muomala, samimiy muloqot, oilaviy totuvlik, asab sistemasini asrash, barqaror his-tuyg‘u, hamdardlik, psixik faollik, irodaviy tetiklik bo‘lishi zarur.


Download 494,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish