Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish
2021-yil
23-aprel
365
6-SHO‘BA: TA’LIMDA INSON RESURSLARI: SHAKLLANTIRISH,
BAHOLASH VA TAKOMILLASHTIRISH
INSON TARAQQIYOTINI BAHOLASHNING ASOSIY MEZONLARI VA
ULARNING XUSUSIYATLARI
Pulatov Jaxongir Nazirovich - Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash
va ularning malakasini oshirish hududiy markazi dotsenti, falsafa fanlari bo‘yicha
falsafa doktori (PhD)
Annotatsiya:
maqolada Inson taraqqiyotining asosiy mezonlari va ularning amalga oshirish
mexanizmlari yoritilgan.
Аннотация:
в статье описаны основные критерии человеческого развития и
механизмы их реализации.
Annotation:
the article describes the main criteria of human development and the
mechanisms of their implementation.
Jahonda “Inson taraqqiyoti” konsepsiyasining uzviy aloqadorligini ta’minlash – davr
talabidir. Davr esa yangicha nazar tashlashni hamda mutlaqo yangicha yondashuvlarni,
ro‘yobga chiqarilishini aniq monitoring qilishni va xalqaro - huquqiy hujjatlar
implementasiyasini nazorat qilishni talab etmoqda. Inson taraqqiyoti prinsiplarining o‘zaro
aloqasi muammolarini yanada teranroq anglab yetishlariga va eng muhimi, olgan
bilimlaridan kundalik ishlarida foydalanishlariga yordam beradi. 2020 yil mamlakatimizda
“Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon
qilingani munosabati bilan qabul qilingan dasturni amalga oshirishda ilm-fan, sog‘liqni
saqlash, aholini ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikni va mahalliy infratuzilmani rivojlantirish,
atrof-muhit holatini yaxshilash, tabiat va yer resurslaridan foydalanish samaradorligi bilan
bog‘liq masalalar muhim ustuvor ahamiyatga ega. Bularning hammasi mohiyat e’tibori
bilan inson kamolotiga, uning ma’naviy hamda moddiy talab-ehtiyojlarini ta’minlash uchun
har tomonlama qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan “Inson taraqqiyoti” konsepsiyasiga
batamom mos va muvofiqdir.
“Inson taraqqiyoti” konsepsiyasiga asosan aynan inson millatning boyligi hisoblanadi.
Insonlarga jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojining quroli sifatida emas, balki bosh maqsadi deb
qaralishi lozim. Har qanday taraqqiyotning pirovard maqsadi va muvaffaqiyat mezoni
bo‘lgan inson uchun tanlovning kengayishi, o‘z erkinligini amalga oshirish, uzoq va
sog‘lom turmush kechirish imkoni, bilim olish va munosib hayot darajasining yaratilishi
jamiyat rivojida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Mamlakatimizda “Inson taraqqiyoti”
konsepsiyasi istiqlolning birinchi kunlaridan boshlab “Islohot islohot uchun emas, avvalo
inson uchun, uning manfaatlari uchun” degan hayotiy qoida asosida islohot jarayonlarni
amalga oshirayotgan mamlakatimizda barcha o‘zgarish va yangilanishlarning markazidagi
ustuvor masalaga aylanmoqda. Bu haqda so‘z borganda, O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasida inson huquq va manfaatlari eng oliy qadriyat sifatida muhrlab
qo‘yilganligini qayd etish o‘rinli bo‘ladi. Chindan ham, iqtisodiy, siyosiy va huquqiy
sohalardagi barcha islohotlarimiz pirovard natijada odamlar farovonligini muttasil oshirib
borishga, mamlakatimiz har bir fuqarosining kasbiy, intellektual va ma’naviy salohiyatini
ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlarni yaratishga qaratilgandir.
Har qanday demokratik davlatning rivojlanishdan asosiy maqsadi – insondir. Jamiyat
taraqqiyoti esa nafaqat mamlakat iqtisodiy salohiyatining kattaligi bilan, balki bu salohiyat
har bir insonning kamol topishi va uyg‘un rivojlanishiga qanchalik yo‘naltirilgani bilan ham
o‘lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |