Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi tizimini takomillashtirish bo‘yicha
qo‘shimcha chora tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni 5538 son 05.09.2018 yil.
2. N.Muslimov, Z.Raximov, X.Qodirov “Ta’lim texnologiyalari” darslik. Toshkent-2017
yil
3. Tarix fanini o‘qitishda innovatsion texnologiyalar O‘quv-uslubiy qo‘llanma Jizzax Davlat
pedagogika instituti Aqchayev F.Sh 2014yil
Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish
2021-yil
23-aprel
154
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA DARSLARDA INTERAKTIV METODLARDAN
FOYDALANISHNING AHAMIYATI
Bababekova O - Navoiy viloyat Karmana tuman XTBga qarashli 8-sonli umumiy o‘rta
ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Umumiy o‘rta taʼlim muassasalaridagi pedagogik jarayon – maʼlum bir maqsadga
yo‘naltirilgan, pedagogik faoliyat taʼsirida tashkiliy shakllantirilgan va mazmunan
boyitilgan tizimdir. Bu tizimni boshqarishda va uning sifatini yuqori pog‘onaga
yuksaltirishda yangi yo‘llarni topish, taʼlim jarayonini zamonaviy texnologiyalar bilan
jihozlash, uni maʼnaviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta
tuzish kabi chora-tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi davrning bu talabi – pedagog kadrlar oldida turgan eng dolzarb vazifalardan
biri – erkin fuqaro maʼnaviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasidir. Boshqacha
aytganda, o‘z haq-huquqlarini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlarini anglagan, atrofda
sodir bo‘layotgan voqea va hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashgan, ayni
zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda quradigan
erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalash lozim. Shu jihatdan olganda, barkamol
insonni tarbiyalash avvalo, pedagoglardan ulkan mahorat va masʼuliyatni talab qiladi.
Ustozlik mahorati va tarbiyachilik sanʼatining tayyor andozasi yoki qolipi mavjud emas.
Ushbu sanʼatni egallash uchun insondan katta kuch, ijodkorlik va ko‘p yillik tajriba talab
etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “2017-2021 yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi” to‘g‘risidagi PF-4997-son Farmoni va mazkur sohaga tegishli boshqa
meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish mazkur yo‘nalish
rivojiga muayyan darajada xizmat qiladi.
1
Mustaqillik yillarida respublikamizda yosh avlodni zamonaviy pedagogik va axborot-
kommunikatsion texnologiyalardan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or metodlarini joriy
qilishga zamin yaratildi. «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»da davlat tomonidan yoshlar bilan ishlash
siyosatini takomillashtirish, intellektual rivojlangan yosh avlodni barkamol inson qilib
tarbiyalash, taʼlim muassasalarida taʼlim sifati va uni baholash mezonlarini xalqaro
standartlarga muvofiqlashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Interfaol metodlar o‘quvchilarning materialni o‘rganishlari va javob berishlarida bilim
manbai sifatida ko‘rgazmali qurollardan foydalanish mustaqilligini oshiradi. Boshlang‘ich
taʼlim jarayonida interfaol metodlardan foydalanish xususiyatlari muayyan tavsifga egadir.
Interfaol metodlari oʼqituvchining oldindan bergan topshiriq rejasi, yo‘riqnomasi
bo‘yicha mustaqil bajariladi. Ularning natijalari ish oxirida tekshiriladi. O‘quvchilar ishni
mustaqil rejalashtiradilar, uni alohida operatsiyalarga ajratadilar, ularning bajarish
izchilligini belgilaydilar, adabiyotlardan foydalanadilar, javob berishda o‘qituvchining
yordamisiz kerakli ko‘rgazmali qurollarni tanlaydilar, darsda o‘tkazilgan tajriba va amaliy
ishlarni takrorlaydilar.
Interfaol metodlar o‘quvchilarning materialni o‘rganishlari va javob berishlarida bilim
manbai sifatida ko‘rgazmali qurollardan foydalanish mustaqilligini oshiradi. Shu bilan bir
1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича
Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги Фармони // Халқ сўзи, 2017 йил. 8 февраль. № 28 (6722) //
http://lex.uz/pages/getpage.aspx?lact_id=3107036
Do'stlaringiz bilan baham: |