Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish
2021-yil
23-aprel
155
vaqtda o‘quvchilarda nazariy tafakkurni tarbiyalash, tushunchalarni rivojlantirish,
munosabatlarni hosil qilish muhimdir. O‘qituvchi doim o‘quvchilarni qanday mulohaza va
xulosalarga olib kelishini oldindan biladi. O‘qituvchi o‘quvchilar fikri yo‘naltirilgan
xulosani qanchalik yashira olsa, o‘quvchilar shu xulosaga shunchalik katta kuchlanish va
qiziqish bilan yondashadilar hamda uni yaxshiroq o‘zlashtirib oladilar.
Boshlang‘ich sinflarda interfaol metodlardan foydalanish o‘quvchilarning tafakkuri va
malakalarini ko‘p tomonlama rivojlantiradi, shuning uchun faqat birgina metod bilan
cheklanib qolmasdan har xil metodlarni qo‘llash o‘rinli bo‘ladi. Boshlang‘ich taʼlim
jarayonida interfaol metodlardan foydalanish orqali o‘quvchilarda muloqot madaniyati o‘sadi
va guruh bilan ishlash malakalari rivojlantiriladi. Boshlang‘ich taʼlim jarayonida interfaol
metodlardan foydalanishda: birinchidan, individual taʼlim jarayonini qulaylashtirishi, taʼlim
maqsadlarining didaktik loyihalashda xizmat qilishi, uning natijalarini kafolatlashi;
ikkinchidan, jamiyat talabidan kelib chiqqan holda, taʼlim-tarbiya jarayonida o‘quvchi va
o‘qituvchi o‘rtasida «subyekt-subyekt» munosabatlarini to‘g‘ri yunaltirishni taminlashi;
uchinchidan, o‘quvchi shaxsini gumanitar pedagogika samaralaridan bahramand bo‘lishida
ko‘maklashishi kerak. Boshlang‘ich taʼlim jarayonini tashkil qilish fikrimizcha, quyidagi
tamoyillarga asoslanadi:
- birinchisi - shaxsning erkin fikrlashiga zamin yaratish, uning intellektuallik darajasini
har tomonlama o‘rganish, tashxislash;
- ikkinchisi - pedagoglar jamoasi tomonidan taʼlimiy-tarbiyaviy jarayonning
samaradorligiga erishishni taʼminlash;
- uchinchisi - jamiyatda har tomonlama chuqur mulohaza yurituvchi, erkin shaxs,
barkamol avlodni tarbiyalash muammosining yechimini topish.
Boshlang‘ich taʼlim jarayonida interfaol metodlardan foydalanish orqali o‘quvchilarda
mustaqil va tanqidiy fikrlashni shakllantirish natijasida har bir rejali o‘quv jarayonining
didaktik taʼminoti eʼtiborga olinadi, tahsil oluvchi o‘quv materialini qanday
o‘zlashtirayotgani doimiy monitoringi ishlab chiqiladi, taʼlim jarayonidagi muammolarning
yechimini topishga harakat qilinadi. Mohir pedagog o‘quv jarayonida tug‘iladigan
qiyinchiliklarni boshqalardan ko‘ra yaxshiroq tushunadi. Umumiy o‘rta taʼlim
maktablarining boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari faoliyatini tashkil etishda interfaol
metodlardan foydalanish orqali pedagogik faoliyatni muntazam takomillashtirib borishga
imkon yaratadi. Shunday mualliflik texnologiyalari zamirida shakllantirilgan interfaol
metodlardan ayrimlarini keltirib o‘tamiz.
BILIMLAR DARAXTI
Slaydda daraxt tasviri. Ushbu tasvir har bir darsda o‘quvchilar ko‘z oldida
gavdalanadi. Har bir mavzudan soʼng daraxt shohlariga o‘tilgan mavzu nomi “biriktirib”
quyiladi. O‘quv yili oxiriga borib, daraxt tanasidagi shohlar ko‘payadi. Yil davomida
o‘quvchilar orasida eng mazmunli daraxt shoxiga bag‘ishlab ko‘riklar o‘tkaziladi. Ushbu
texnologiya asosida yangi mavzuni takrorlash, o‘tilgan mavzularni mustahkamlashga zamin
yaratiladi. Bu texnologiyadan boshlang‘ich sinflarda, o‘rta pog‘onadagi sinf o‘quvchilari
orasida foydalanish maqsadga muvofiq.
ILM QASRI
Texnologiya oldingi didaktik o‘yin tariqasida o‘tkaziladi. Qasr konturlari bilim
darchalari bilan bezatiladi. O‘quvchilarda yangi bilimlar, tushunchalar shakllanishiga
xizmat qiladi. Oldin o‘tilgan mavzular va yangi mavzu o‘rtasida bog‘lanish hosil qilishda,
o‘ʼquv materialining uzviyligini davom ettirishda qo‘llaniladi.
Bundan xulosa qilish mumkinki, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi pedagogik jarayonni
boshqarar ekan, o‘quvchilar to‘qnashishi mumkin bo‘lgan muammolar doirasini aniqlashi,
Do'stlaringiz bilan baham: |