Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish
2021-yil
23-aprel
152
TARIX DARSLARIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING
O‘RNI
Rahimova H.I. - Navoiy shahar 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi tarix fani o‘qituvchisi
Annotatsiya:
maqolada O‘zbekisron Respublikasi ta’lim tizimini rivojlantirishda yangi
ilgor pedagogik texnologiyalarni joriy etilishi va ushbu jarayonning samarali tashkil
etilishining samarali omillari, Maktablarda o‘qitilayotgan ijtimoiy, shu jumladan tarix fani
darslarida pedagogik texnologiyalarning qay darajada ahmiyat kasb etishi istiqboldagi
samarali jihatlari haqida fikr va mulohazalar yoritilgan.
Аннотация:
в статье рассматривается внедрение новых передовых педагогических
технологий в развитие системы образования Республики Узбекистан и действенные
факторы эффективной организации этого процесса, значение педагогических
технологий в социальной, в том числе исторической, преподаваемой в школах и
обратная связь предоставляется.
Annotation:
the article discusses the introduction of new advanced pedagogical
technologies in the development of the education system of the Republic of Uzbekistan and
the effective factors of the effective organization of this process, the future effectiveness of
pedagogical technologies in schools, including history and feedback is provided.
Zamonaviy hayotni bugun ilm-ma’rifat va ta’limning taraqqiyotisiz tasavvur etib
bo‘lmaydi, insoniyat fan o‘qi atrofida aylanayotgandek go‘yo. Jahonning yetakchi
davlatlarida ta’limni rivojlantirish birinchi galdagi vazifa sifatida belgilanishi ham bejiz
emas. Negaki, mamlakatning kelgusi ravnaqi aynan shu sohada qo‘lga kiritgan yutuqlari
bilan chambarchas bog‘liqdir.
Darhaqiqat, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev so‘nggi yillarda ta’lim sohasini isloh
qilishga, kadrlar tayyorlash sifatini tubdan takomillashtirishga, xususan, tizimga rivojlangan
xorijiy mamlakatlar tajribasini tatbiq etishga jiddiy e’tibor qarata boshladi. Binobarin,
“O‘zbekiston Respublikasi Xalq tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”ni
tasdiqlanishi buning yaqqol isbotidir. Qolaversa, “2017–2021 yillarda O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yich Harakatlar strategiyasi”da ham ta’lim sohasini
tubdan takomillashtirishga e’tibor qaratilgan.
Ushbu konsepsiya O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta va maktabdan tashqari
ta’lim tizimini tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash o‘sib kelayotgan
yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga
ko‘tarish, o‘quv tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish
maqsadida tasdiqlandi, shuningdek O‘zbekistonni 2030-yilga kelib PISA (The Programme
for International student Assessment) Xalqaro miqyosida o‘quvchilarni baholash dasuri
reytengi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilgor mamlakati qatoriga kirishiga erishish
maqsadi ustuvor qilib belgilandi.
Haqiqatan keyingi yillarda mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimida amalga
oshirilayotgan islohatlarning asosini jahon ta’limi standartlariga javob bera oladigan ilgor
tajribalarni ommalashtirish hamda ta’lim -tarbiya jarayonida kam jismoniy kuch sarflab,
yuqori samaradorlikka erishish yo‘lida amaliy faoliyat olib borilmoqda, Hozirgi kunda
umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilari oldida turgan eng muhim va dolzarb vazifa
o‘quvchilarning ilm olishga bo‘lgan qiziqishlarni orttirish, ularning tasavvurlarini
kengaytirishdan iborat. Ana shu ishni amalga oshirish uchun bugungi kungacha bir qator
tadbirlar bajarildiki natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi ta’lim samaradorligining
muvaffaqiyatiga zamin yaratildi. Dars samaradorligining muhim shartlaridan biri bu
o‘qituvchi va o‘quvchilarning haqiqatni birgalikda izlash va o‘quvchilarning butun dars
Do'stlaringiz bilan baham: |