Makkajo‘xorining pufakli (Ustilago zeae) qorakuyasida esa
tarqalishning mahalliy tipi deb ataluvchi o„ziga xos uchinchi xili kuzatiladi.
Bunda qorakuya
sporalari shamolda tarqalib, makkaning poyasi, barglari va so„tasiga
tushadi. Tushgan joyining o„zidayoq bazidiya va bazidiosporalarini hosil qilib,
ulardan yuzaga keladigan dikariotik miseliylar tinim davrini o„tkazmasdanoq
o„sitb chiqadi. Rivojlanish o„simlikning vegetatsiyasi davomida birnecha
marta qaytarilishi mumkin. Kuzda esa o „simlik qoldiqlari bilan birga
miseliylar tuproqda qishlaydi. Erta bahorda ushu miseliylar yana makkani
kasallantirishni davom ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |