SUVO‘TLARI
Suvo„tlari avtotrof tuban o„simliklar hisoblanib, aksariyati suvda hayot
kechiradi va sistematik jihatidan pigmentlar tarkibi, zaxira ozuqa moddalari,
xivchinlarining joylashishi kabi bir qator belgilari bilan farq qiluvchi quyidagi
bo„limlarga bo„linadi:
1. Ko„k - yashil suvo„tlari - Cyanophycophyta
2. Qizil suvo„tlari - Rhodophycophyta
3. Yashil suvo„tlari - Clorophycophyta
4. Tillorang suvo„tlari - Chrysophycophyta
5. Sariq - yashil suvo„tlari - Xanthophycophyta
6. Diatom suvo„tlari - Bacillariophycophyta
7. Pirofita suvo„tlari - Pyrrophycophyta
8. Evglena suvo„tlari.- Euglenophycophyta
9. Qung„ir suvo„tlari - Phaeophycophyta
Sanab o„tilgan so„vutlari bo`limlarining deyarli barchasi (ko„k-yashil va
qizil suvo„tlaridan tashqari) kelib chiqishi jihatidan bir-biriga bog„liq bo„lib,
ularning boshlangich avlodlari har xil rangli, xivchinli suvo„tlari deb hisoblanadi.
Bunga asos qilib hozirgi paytdagi vegitativ hayoti davomida harakatsiz bo„lgan
suvo„tlarining reproduktiv stadiyalarida xivchinli zoospora va gametalari ayrim
suvo„tlarining vegetativ tuzilishiga aynan o„xshash ekanligi va hujayralarini
tuzilishi hamda uning kimyoviy tarkibi jihatidan yaqinligi olingan.
Suvo„tlarining evolyutsiyasida o„ziga xos paralellik kuzatilib, deyarli
hamma bo„lim vakillarida ham tallomining tuzilishi jihatidan quyidagi
morfologik strukturalar kuzatiladi.
1. Monad struktura - bir hujayrali yoki kolonial tuzilishga ega bo`lib,
vegetativ hayoti davrida harakatchan.
2. Kokkoid struktura - bir hujayrali yoki kolonial, vegetativ hayoti
davomida harakatsiz.
3. Ipsimon struktura - hujayralari ko„ndalangiga bo„linishi natijasida hosil
bo„ladigan, shoxlangan yoki shoxlanmagan ip shaklidagi tallomli suvo„tlari.
4. Har xil ipsimon (geterotrixial) struktura - tallomidagi iplari har xil
bo„lib, gorizontal (substrat) iplari ancha yirik va undan o„sib chiqqan vertikal
iplari esa biroz mayda ko„rinishda bo„ladi.
5. Plastinkasimon (to„qimasimon) struktura - hujayralari uzunasiga va
ko„ndalangiga bo„linishi natijasida parenximatik plastinka shaklida bo„ladi.
6. Sifonal struktura - ipsimon yoki boshqacha ko„rinishdagi ko„p yadroli,
alohida hujayralarga bo„linmagan tallom.
5
7. Sifonokladial struktura - ipsimon yoki boshqacha ko„rinishdagi ko„p
yadroli va ko„p hujayrali suvo„tlari.
8. Rizopobial (ameboid) struktura - hujayra qobig„i faqat stoplazmatik
membranadan iborat bo„lgan va rizoidlar hosil qilib o„z shaklini o„zgartirib
turuvchi suvo„tlari.
9. Pallmelloid (kapsal) struktura - harakatsiz, shilimshiqqa o„ralgan
suvo„tlari.
Kupchilik monad strukturali suvo`tlarining vegetativ hujayralari va bir
qator boshqa strukturali suvo„tlarining zoospora hamda gametalari tashqi hujayra
qobig„iga ega bo„lmasdan yalang„och holda, faqat sitoplazmatik membrana bilan
o„ralgan bo„ladi. Suvo„tlarining aksariyat ko„pchiligida hujayraning sitoplazmatik
membranasi ustida gemosellyuloza va pektin moddalaridan iborat, amorf matriks
shaklidagi ikki fazali sistema ko„rinishida hujayra qobig„i joylashgan bo„ladi.
Qobiq ichida esa tolasimon sklet joylashgan. Ayrim suvo„tlarining hujayra
qobig„i qavatlarida qo„shimcha komponentlar shaklida kaltsiy karbonat (xara va
padinada); algin kislota, fukoidin, fuksin (qo„ng„ir suvo„tlarida); temir (qizil
suvo„tlarida); yupqa ustki qavat shaklida xitin (kladofora va edogoniumda)
moddalari to„planishi mumkin. Bunday suvo„tlarining ustki qismida epifitlar ko„p
miqdorda joylashib oladi. Aksincha, hujayra qobig„i shilimshiqlangan
matashuvchilar, ko„pchilik qizil va qo„ng`ir suvo„tlarida esa epifitlar deyarli
bo„lmaydi. Diatom suvo„tlarining pektin matriksidan tuzilgan hujayra qobig„ida
sklet modda sifatida selluloza o„rnida kremniy (qumtosh) to„planadi.
Suvo„tlarining hujayra qobig„i bir butun yoki ikkita yarim pallalardan tuzilgan
bo„lishi mumkin.
Eukariotik suvo„tlarining hujayra sitoplazmasi o„zining tuzilishi bo„yicha
yuksak o`simliklardan keskin farq qilmaydi. Lekin ayrim sitoplazmatik
organoidlar o„ziga xos tuzilgan bo„lib, ular joylashgan o„rni va strukturasi biroz
soddaligi jihatidan ajralib turadi. Ayniqsa, suvo„tlarining hujayra sitoplazmasida
joylashgan
xromatoforlar
submolekulyar
tuzilishi
jihatidan
yuksak
o„simliklarning xloraplasti bilan bir xil bo„lishiga qaramasdan lamellalaridagi
tilakoidlarning soni va yashil suvo„tlaridan tashqari suvo„tlarining barcha
vakillarida granlar hosil qilmasligi bilan ajralib turadi. Shuningdek yuksak
o„simliklarning xloraplastidan farqli ravishda suvo„tlarining xromatoforlarida
maxsus oqsil hosila "pirenoid" bo„lib, unda kraxmal (yashil suvo„tlarida)
to„planadi. Suvo„tlarining bir qator vakillarida pirenoidlar xromatoforlardan
tashqarida joylashgan bo„lib, bagryankali kraxmal donachalari (qizil suvo„tlarida)
yoki paramilon (evglena suvo„tlarida) to„planadi. Suvo„tlarining xromatoforlarini
shakli ham xilma-xil bo„ladi. Kupinchalik hujayra po„stiga yaqin joylashgan
xromatoforlar kosachasimon (xlamidomonadada), halqa shaklida joylashgan
plastinka ko`rinishda (ulotriksda), elaksimon teshikli plastinka shaklida
(edogonium va kladoforada), bir yoki birnecha spiral lenta (spirogirada), bir yoki
ikita pariyental plastinka (patsimon diatomlarda) va boshqa shakllarda bo„ladi.
Ko„pchilik suvo„tlarining hujayralarida xromatoforlar hujayra qobig„iga yaqin
joylashgan donachalar yoki diskchalar shaklida (sifonal suvo„tlari, xaralar,
6
pirofita va qizil suvo„tlarida) bo„ladi. Kamdan-kam xromatofor hujayra
markazida joylashib, ulardan hujayra chetiga qarab o„simta yoki qirralar tarqalgan
(zignema va ko„pchilik desmidiyalarda) bo„ladi.
Suvo„tlarining monad hujayralarida maxsus organoidlar sifatida xivchinlar
bo„ladi. Har bir xivchin sitoplazmatik membrananing burmalari bo„lib, ular
xivchinlarning strukturasiz matriksi chetlarida joylashgan 9 juft va markazidagi
bir juft mikrofibrillarni o„rab olgan. Tashqi tuzilishi jixatidan ham xivchinlar
xilma-xil bo„lib, har bir hujayrada bitta (evglenada); ikita yoki bir necha teng
xivchinlar (ko„pchilik yashil suvo„tlarida); 2 ta, biri uzun ikkinchisi kaltaroq
(pirofita suvo„tlarida); noteng joylashgan, biri qamchinsimon ikkinchisi patsimon
(sariq-yashil, tillorang suvo„tlarida) ko„rinishlarda bo„ladi.
Monad strukturali suvo„tlarining hujayralarida yana bir maxsus organoid
bo„lib, u stigma deb ataladi. Stigma odatda qizil rangli bo„lib, yoruglikni sezish
xususiyatiga ega.
Suvo„tlarining ko„payishi vegetativ, jinssiz va jinsiy usullarda amalga
oshadi. Vegetativ ko„payish eng oddiy hisoblanib, suvo„tlarining tallomlari
mexanik ravishda bo„laklarga bo„linib ketishi (ipsimon va plastinkasimon
tallomlarda), bir hujayrali suvo„tlarida hujayraning ikkiga bo„linishi (evglenalar,
desmidiyalar, diatom suvo„tlari va bosh.) natijasida yangi tallomlar hosil bo„ladi.
Vegetativ ko„payishning nisbatan maxsus formalari qalin qobiqli, zaxira
moddalariga boy bo„lgan akineta (ko„k-yashil va yashil suvo„tlarida) hosil qilish
bilan amalga oshib, ular uzoq muddat davomida noqulay sharoitga chidashi va
naslni saqlab qolishi mo„mkin. Xara suvo„tlarida vegetativ ko„payishga
moslashgan maxsus kurtakchalar hosil bo„ladi.
Jinssiz ko„payishning eng keng tarqalgan usuli hujayra qobig„i yupqa
bo„lgan monad strukturali zoosporalar hosil bulishi bilan amalga oshadi.
Zoosporalar tashqi tuzilishi, xivchinlarining soni va bitta zoosporangiyda hosil
bo„ladigan miqdori jihatidan har xil bo„ladi. Ayrim suvo`tlarining tallomi to„liq
zoosporaga aylanib, zoosporalaridan yangi tallomlar o„sib chiqadi
(xlamidomonada, xlorokokkum va bosh.). Ko„p hujayrali suvo„tlarining
zoosporalari ayrim vegetativ hujayralarda (ulotriks, kladofora, edogonium va
bosh.) yoki vegetativ hujayradan farq qiluvchi maxsus hujayralarda (kodium,
kaulerpa, laminariya va bosh.) hosil bo„lishi mo„mkin. Zoosporalar bir xivchinli
(xrizosfaera, gidrurus va bosh.), bir-biriga teng bo„lgan ikki xivchinli
(xlorokokkum, xlamidomonada va bosh.), teng bo„lgan 4 va undan ortiq xivchinli
(ulotriks, ulva va bosh.), bir xil tuzilgan noteng xivchinli, ya‟ni biri uzun
ikkinchisi qisqa (nematochrysis, phaeothamnion va bosh.) va nihoyat har xil
noteng - biri kalta qamchinsimon, ikkinchisi esa uzun patsimon (qo„ng„ir, ayrim
tillorang va sariq-yashil suvo„tlarida) bo„lishi mumkin. Zoosporalarning
xivchinlari uning oldingi qismida yakka holda yoki to„p bo„lib (aksariyati
ko„pchilik suvo„tlarida), oldingi qismida supurgisimon (edogoniumda) yoki
zoosporalarning butun yuzasi bo„ylab (vosheriyada) va nihoyat zoosporaning yon
tomonida erkin holda (qung„ir suvo„tlarida) yoki maxsus egatchalarda (
tetradinium) joylashishi mumkin.
7
Jinssiz ko„payishning yana bir keng tarqalgan shakli spora hosil bo„lib
ko„payishdir. Sporalar nisbatan qalin qobiqqa o„ralgan bo„lib, harakatsiz va
noqulay sharoitga anchagina chidamli hisoblanadi. Hosil bo„lishi va shakllarining
xilma-xilligi jihatidan ular zoosporalarga o„xshash bo„ladi. Sporalar sporangiyada
bir donagina hosil bo„lsa monospora (bangiyalar sinfining vakillari va ayrim
yashil suvo„tlarida), 4 tadan hosil bo„lsa tetrosporalar (floridiyalar sinfi va ayrim
qung„ir suvo„tlarida) deb ataladi. Sporalar qalin qobiqqa o„ralib, ona hujayraga
aynan o„xshash bo„lsa avtospora deb ataladi.
Suvo„tlarining jinsiy ko„payishi ham xilma-xildir. Jinsiy ko„payish jarayoni
gametalar hosil bo„lishi bilan bog„liq bo„lsa, bunday ko„payishning umumiy nomi
Do'stlaringiz bilan baham: |