gametogamiya deb ataladi va u 3 xil ko„rinishda bo`ladi:
1. Izogamiya - ushbu jarayonda morfologik jihatidan bir xil va vegetativ
hujayralarda hosil bo„lgan gametalar qo„shilib zigotani yuzaga keltiradi.
Izogamiya vegetativ hujayralar orasida ham juzaga kelishi mumkin. Masalan
matashuvchilarda va diatom suvo„tlarida ushbu jarayon kusatiladi.
2. Geterogamiya yoki anizogamiya - ushbu jinsiy ko„payishda
gametalarning biri ikkinchisiga nisbatan kattaroq va sust harakatchan bo„ladi.
Gametalar vegetativ hujayralarda (ko„pchilik suvo„tlarida) yoki maxsus,
vegetativ hujayradan farq qiluvchi jinsiy ko„payish a‟zolarida vujudga keladi.
3. Oogamiya - harakatsiz yirik tuxum hujayraning mayda, xivchinli,
harakatchan spermatozoid bilan qo„shilishidan hosil bo„ladi. Ushbu jarayon
ham suvo„tlarining har xil sistematik guruhlarida keng tarqalgan bo„lib, qizil
suvo„tlarida spermatozoidlar, o„rnida xivchinsiz spermatsiyalar hosil bo„ladi.
Suvo„tlarining tarkibida jinsiy a‟zolari ko„p hujayrali bo„lgan vakillari ham
mavjud. Bularga xara va qizil suvo„tlarining ayrim vakillari misol bo„ladi.
Jinsiy ko„payish hosilasi bo„lgan zigotalar ayrim suvo„tlarining vakillarida
to„g„ridan-to„g„ri o„sib chiqishi mo„mkin yoki ma‟lum tinchlik davrini o„tgach,
qulay sharoit vujudga kelishi bilan o„sadi. Ayrim paytlarda zigota o„sib
chiqishidan oldin reduktsion bo„linadi va hosil bo„lgan tallom gaploid buladi.
Bunday tallomning faqat zigota davrigina diploid bo„lib, o„simlikning vegetativ
davri gaplobiont hisoblanadi. Boshqa suvo„tlarida esa aksincha, vegetativ hayoti
diploid holda o„tib, faqat gametalarigina gaploid bo„lishi kuzatiladi. Bunda
gametalar hosil bo„lishidan oldin reduktsion bo„linadi. Diploid zigotadan esa yana
diplobiont vujudga keladi. Va nihoyat uchinchi xil suvo„tlarida hujayra
yadrolarining bo/linishi diploid tallomda rivojlanadigan zoospora yoki
aplanosporalar hosil bo„lishiga olib keladi. Ushbu hosiladan gaploid o„simlik
o„sib chiqadi va ular uz navbatida faqat jinsiy ko„payuvchi gametalarni yuzaga
keltiradi. Gametalarni qushilishidan hosil bo„lgan zigota diploid o„simlikni
yaratadi. Diploid o„simlik o„z navbatida yana jinssiz ko„payish a‟zolarini hosil
qiladi. Shunday qilib, ushbu suvo„tlarida nasllarning to„liq yoki to„g„ri gallanishi
kuzatiladi. Bularga, nisbatan yuksak tuzilgan, qo„ng„ir, qizil va ayrim yashil
suvo„tlari misol bo„ladi. Nasllar to„lik gallanadigan suvo„tlarining jinssiz
ko„payuvchi tallomi sporofit va jinsiy ko„payuvchisi esa gametofit o„simlik deb
yuritiladi. O„z navbatida sporofit gametofit bilan morfologik jihatdan bir-biriga
8
o„xshash va bir xil kattalikda bo„lsa - izomorf, har xil bo„lsa geteromorf
nasllarning gallanishi deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |