Uzbekiston Respublikasi Oliy va urta maxsus ta'lim vazirligi


QIZIL SUVO‘TLARI BO‘LIMI – RHODOPHYCOPHYTA



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/72
Sana11.08.2021
Hajmi0,52 Mb.
#145261
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   72
Bog'liq
Тубан усимликлар 2017

QIZIL SUVO‘TLARI BO‘LIMI – RHODOPHYCOPHYTA 

 

      Ko„k-yashil  suvo„tlariga  o„xshash  qizil  suvo„tlarining  hujayralarida  ham 

xlorofil va har xil karatinoidlardan tashqari suvda eruvchi qizil fikoeritrin va ko„k 

fikotsianin  pigmentlari  mavjud  bo„lib,  ularning  o„zaro  nisbati  qizg„ish  yoki 

havorang  ko„rinishdagi  tallomlarni  yuzaga  keltiradi.  Qizil  suvo„tlarining 

hujayralarida zahira ozuqa modda sifatida bagryankali kraxmal to„planadi. Ushbu 

bo„lim  suvo„tlari  ham  qo„ng„ir  suvo„tlari  kabi  sho„r  suvlarda  hayot  kechirib, 

ularning  rivojlanish  siklida  harakatchan  stadiyasi  bo„lmaydi.  Tallomining 

strukturasi  jihatidan  xilma-xil  bo„lib,  eng  soddalalari  bir  hujayrali,  lekin  asosiy 

qismi har xil ipsimon va plastinkasimon tuzilishga ega.  

    Qizil suvo„tlarining hujayralari nisbatan pishiq qobiq bilan o„ralgan bo„lib, 

sellulozali  mikrofibrillar  amorf  matriks  bo„yicha  tarqoq  holda  joylashgan. 

Hujayra  qobig„ining  pektin  va  sellulozali  komponentlari  bo„lib,  u    shilimshiq 

bilan  aralashib  ketadi.  Ayrim  vakillarida  bunday  yumshoq  yoki  tog„aysimon 

konsistensiyali  birikmaga    ohaktosh  aralashishi  natijasida  qattiq  qobiq  yuzaga 

keladi. Hujayralalari bir yoki ko`p yadroli bo„lib, ko„pinchalik hujayra qobig„iga 

yaqin  joylashgan  (pariental)  xramotoforlari  donachasimon,  plastinkasimon  yoki 

markaziy  qismida  pirenoidli  yulduzsimon  shakllarda  bo„ladi.  Bagryankali 

kraxmal pirenoid va xromatofordan ajralgan holda sitoplazmada to`planadi.  

    Qizil  suvo„tlarining  jinssiz  ko„payish  hosilalari  harakatsiz  yalang„och 

hujayralardan  iborat  bo„lib,  sporangiylarning  butun  borlig„idan  bitta 

(monospora)  yoki  to„rtta  (tetrospora)  spora  hosil  bo„ladi.  Monosparalar  odatda 

sodda  tuzilgan  vakillarida  (bangiyalar  sinfi),  tetrosporalar  esa  murakkabroq 

tuzilgan vakillarida (floridiyalar sinfi) hosil bo„ladi.  

     Qizil suvo„tlarining jinsiy ko„payishi ham o„ziga xos va murakkab jarayon 

hisoblanadi.  Umuman  jinsiy  ko„payish  oogamiya  usulida  amalga  oshib, 

urg„ochilik  jinsiy  a‟zosi  ko„zachasimon  ko„rinishdagi  karpogondan  iborat. 

Karpogon  trixoginasiz  (bangiyalar  sinfi  vakillarida)  yoki  karpogonning  ustki 

qismidan chiqqan maxsus o„simta shaklidagi trixoginali (floridalar sinfi) bo„lishi 

mumkin.  Anteridiy  esa  karpogon  yonida  vujudga  kelib,  unda  mayda  xivchinsiz 

spermatsiylar  hosil  bo„ladi.  Anteridiydan  chiqqan  spermatsiylar  suv  oqimi 

yordamida  trixogina  orqali  karpogonga  tushib,  undagi  yadro  bilan  qo„shiladi. 

So„ngra  karpogonning  bazal  qismi  trixoginadan  ajraladi  va  karposporaga 

aylanadi. 

Karposporaning 

keyingi 


rivojlanishi 

ushbu 


sinfga 

mansub 


suvo„tlarining har xil  vakillarida  o„ziga xos ko„rinishda davom  etishi  kuzatiladi. 

Floridiyalar  sinfining  nisbatan  tuban  tuzilishga  ega  bo„lgan  vakillarida 

(batraxospermum,  nemalion)  otalangan  karpogon  qorinchasida    gonimoblast 

ipchalari  o„sib,  uning  uchlarida,  karposporangiyalar  hosil  bo„ladi  va 

karposporalari 

bittalab 

ajralib 

chiqa 


boshlaydi. 

Floridiyalar 

sinfining 

murakkabroq  tuzilgan  vakillarida  esa  otalangan  karpogon  qorinchasidan  har  xil 

uzoqlikda  joylashgan,  bo`linishni  tezlashtiruvchi  maxsus  auksolyar  hujayralar 

rivojlanib,  yaqinroq  masofada  joylashganlari  gonimoblast  ipchalari  va 

karpogoniyalar,  uzoqqa  cho„zilgan  ipchalaridan  esa  yana  birlashtiruvchi  yoki 



11 

 


Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish