Sendesmusda (Scenedesmus) esa bir necha hujayralar yon tomoni bilan birlashib
kichik koloniyalarni hosil qiladi. Chetki hujayralarni qobig„idan o„simtalar
vujudga kelishi mumkin. Jinssiz ko`payishi Xlorellanikiga o„xshash bo„ladi.
Xlorella va qisman Senedesmus sun‟iy sharoitda o„stirilib, ulardan olingan
biomassa chorva mollariga, parrandalarga va tut ipak kurtlariga vitaminli, oqsilga
boy ozuqa sifatida ishlatiladi.
Ulotrikslar tartibi – Ulofrichales. Ulotrikslar tartibiga kiruvchi suvo„tlari
shoxlanmagan ipsimon strukturali bo„lib, uchki hujayralari ko„ndalangiga
bo„linishi hisobiga ipi uzunlashib boradi (masalan, Ulotriks). Ayrim vakillari
plastinkasimon tuzilishga ega bo„lsa da (masalan, Ulva), o„sishining boshlangich
davrida ipsimon tallom hosil qiladi. Ushbu tartibning tipik vakillaridan biri
Ulotriksning (Ulotrix) ipi birtekis joylashgan hujayralardan iborat bo„lib, pastki
qismidagi substratga yopishuvchi rangsiz hujayrasi rizoid vazifasini bajaradi.
Xromatofori hujayra qobig„i tagida plastinka shaklidagi, uchlari birlashmagan
belbog„ni eslatadi. Ulotriks vegetativ hujayralarida 4 xivchinli zoosporalar hosil
qilib, jinssiz ko„payadi. Jinsiy ko„payishi esa izogamiya usulida bo„lib, ikki
xivchinli gametalar yuzaga keladi.
Ulva (Ulva) dengizda yashovchi plastinkasimon suvo„ti. U rivojlanishining
boshlangich davrida ulotriksga o„xshash bo„ladi, lekin hujayralari uzunasiga
bo„linishi natijasida ikki qator hujayralardan iborat bo„lgan nozik plastinkani
hosil qiladi. Ulvaning ko„payishi ham Ulotriksnikiga o„xshash bo„lsa-da, ularda
izomorf nasllarning gallanishi kuzatiladi.
Edogoniumlar tartibi – Oedogonales. Ushbu tartibga mansub
suvo„tlarining tallomlari ipsimon strukturali bo„lib, o„ziga xos xususiyatlari
shundan iboratki, vegetativ hujayralarining bo„linishi tallom ipidagi oraliq
hujayralarda amalga oshadi va natijada yangi hosil bo„lgan hujayra sitoplazmasi
o„zidan yuqorida joylashgan hujayraga surilib o„tishi sababli ularning qobig„idan
maxsus, ko„ndalang holda joylashgan yoqachalar hosil bo„ladi. Generativ
hujayralari (zoosporasi va spermatozoidlari) esa supurgisimon joylashgan ko„p
xivchinlar bog„lamini hosil qiladi. Ushbu tartibning tipik vakili Edogonium
(Oedogonium) bo„lib, chuchuk suvlarda, maxsus bazal hujayrasi yordamida
substratga birikkan holda hayot kechiradi. Xromatofori ko„p perenoidli,
elaksimon plastinka shaklida. Jinssiz ko„payishda vegetativ hujayra ichida
bittagina zoospora hosil bo„ladi. Jinsiy ko„payishi oogamiya usulida bo„lib,
oogoniyda bitta tuxum hujayra, anteridiyda esa ikki dona zoosporasiga o„xshash
ko„p xivchinli, lekin kichikroq spermatozoid yuzaga keladi. Otalangan tuxum
15
hujayradan oospora hosil bo„lib, u tinchlik davrini o„tgandan keyin to„rtta
zoospora hosil qiladi. Zossporalar edogoniumning yangi tallomini vujudga
keltiradi. Oosporasi o„sishdan oldin reduksion bo„linganligi sababli, vegetativ
edogonium gaplont o„simlik hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |