Bu sinfga bir xujayrali kokkid va oddiy ipsimon, shoxlanmagan suvo„tlar
kiradi. Ularning xarakterli belgisi rivojlanish siklida harakatchan stadiyasining
yo„qligi va jinsiy ko„payishida oogamiyaning o„ziga xos ko„rinishi hisoblanuvchi
ikki vegetativ hujayralarning o„zaro qo„shilishi yoki "matashishi" (konyugatsiya)
bo„lib hisoblanadi. Matashish jarayoni har xil vakillarida o„ziga xos ko„rinishda
amalga oshadi. Ko„pchilik ipsimon vakillarida yonma - yon joylashgan iplar
orasida qator o„simtalar hosil bo„lib, hujayralar sitoplazmasi biridan ikkinchisiga
o„tadi va zigota hosil bo„ladi (narvonsimon konyugatsiya). O„simtalar bir ipdagi
hujayralar orasida (bir - biridan har xil uzoqlikdagi hujayralar) ham yuzaga
kelishi mumkin (yon konyugatsiya). Hosil bo„ladigan zigota koopulatsion kanal
(o„simta) ichida yuzaga kelish hollari ham uchrab turadi (oraliq konyugatsiya).
Matashuvchilarda jinssiz ko„payish uchramaydi. Matashishdan tashqari tallomlari
Matashuvchilarning tartiblarga bo„linishiga asos qilib tallomining tuzilishi va
16
Zignemalar tartibi - Zygnemales. By tartibga oddiy ipsimon,
shoxlanmagan, odatda oqmaydigan suv havzalarida mualliq holda yashaydigan
suvo„tlar kiradi. Tallomi shilimshiq parda bilan qoplangan, silindr shaklidagi bir
yadroli hujayralardan iborat. Xromatoforining tuzilishi va uning sitoplazmasida
joylashishi asosiy sistematik belgilaridan bo„lib hisoblanadi. Vegetativ ko„payishi
tallomini alohida qismlarga bo„linishi yordamida, jinsiy ko„payishi esa,
narvonsimon yoki yonbosh konyugatsiya yo„li bilan boradi. Zignemalar
tartibining eng xarakterli vakillari Mujotsiy, Zignema va Spirogiralardir.
Mujotsiy (Mougeotia) ko„p yadroli va ko„p pirenoidli bo„lib, ular yirik
plastinkasimon xromatoforda joylashgan. Hujayra ichidagi xromatofori yon
tomonidan tayoqcha, yuza tomonidan esa hujayrani to„liq egallab turuvchi
plastinka shaklida ko„rinadi. Zignema (Zygnema) sarg„ishroq rangli, qalin po„st
va shilimshiqqa o„ralgan, ikkitadan yirik, yulduzsimon xromatoforli, bitta yirik
yadroli suvo„ti. Spirogira (Spirogira) ham qalin shilimshiq po„st bilan o„ralgan,
bir yoki bir necha lenta qo„rinishdagi, spiral shaklda o„ralib joylashgan
xromatoforli bo„lib, hujayra markazi to„liq vakuoladan iborat. Vakuolaning
o„rtasida bitta yirik yadrosi protoplazmatik iplar yordamida osilib turadi.
Spirogira va zignemalarning yadrolari yirik bo„lganligi sababli yadro
xususiyatlarini o`rganishda klassik ob„ekt sifatida ishlatiladi. Yuqorida keltirilgan
uchchala vakillar ham ko„lmak suvlarda, ariqlarda, kanallar va daryo
qirg„oqlarida hamda hovuz va ko„llarda keng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: