Uzbekiston Respublikasi Oliy va urta maxsus ta'lim vazirligi



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/72
Sana11.08.2021
Hajmi0,52 Mb.
#145261
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Bog'liq
Тубан усимликлар 2017



O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi 

 

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti 

 

 

 

 

Ibodov K.I. Abdusamatov S.A. 

 

 

 

 

TUBAN O‘SIMLIKLAR 

(O‘quv qo`llanma) 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Toshkent - 2017

 

 


 

Tuban  o„simliklar  botanika  fanining,  tarkibiy  qismlaridan  biri  bo`lib,  unda 



tuzilishi xilma-xil bo„lgan suvo„tlari, zamburug„lar va lishayniklarni anatomik va 

morfologik  belgilariga  bog„lab  sistematik  jihatidan  o„rganiladi.  Tuban 

o`simliklarning  yana  bir  katta  guruhi  bo„lmish  bakteriyalar  mikrobiologiya 

umumiy  kursida  alohida  ko„rib  chiqilishini  hisobga  olib,  ushbu  o„quv 

qo„llanmaga  kirgizilmadi.  Tuban  o„simliklarning  tuzilishi  yuksak  o`simliklarga 

nisbatan sodda, to„qimasiz va vegetativ a‟zolarga ega bo„lmaganligi sababli o„quv 

qo`llanmani  yozishda  ularning    tallomi  va  hujayrasining  tuzilishi  hamda 

ko„payish usullariga e‟tibor berildi. 

    Ushbu  risola  O„zbekiston  Milliy  universiteti  talabalari  uchun  tuban 

o„simliklar fanidan tuzilgan dastur asosida yozilgan qisqa o„quv qo„llanma bo„lib, 

talabalarni  ko„rsatilgan  fan  bo„yicha  zarur  bo„lgan  birlamchi  ma‟lumotlarni 

egallashiga  mo„ljallangan.  Tabiiyki,  talabalar  talabga  to„liq  javob  bera  oladigan 

chuqur  bilimga  ega  bulishlari  uchun  qo„llanma  oxirida  ko„rsatilgan 

adabiyotlardan ham foydalanishlari kerak bo„ladi. 

      

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

KIRISH 

 

      Yaqin  paytlargacha  tirik  organizmlar  ikkita  olamga  bo„linib  kelingan. 



Bular o„simliklar va hayvonlar  olami bo„lib, ular  o„z navbatida kenja olamlarga 

bo`lingan.  Jumladan,  o„simliklar  olami  yuksak  o„simliklar  va  tuban  o„simliklar 

kenja  olamlaridan  tashkil  topgan.  Yuksak  o„simliklarga  300-  350  ming, 

tubanlarga esa 150 mingga yaqin o`simliklar kirgizilgan. Tuban o„simliklar uchun 

xos  bo„lgan  belgilarning  asosiylari  ularning  vegetativ  tanasi  organlarga 

(a„zolarga)  bo„linmaganligi,  agarda  organlarga  o„xshash  vegetativ  hujayralar 

to„plami  bo„lgan  taqdirda  ham  ular  kelib  chiqishi  jixatidan  haqiqiy  to„qima 

emasligi  bilan  yuksak  o„simliklardan  keskin  farq  qilishi  ko„zda  tutilgan. 

Shuningdek  tuban  o„simliklarning  vegetativ  tanasida  o„tkazuvchi  naylarning 

bo„lmasligi, hosil bo„lishi jihatidan esa tuban  o„simliklarning barcha to„qimalari 

hosil qiluvchi to„qima mahsuli emasligi bilan ajralib turadi. Yuqorida ko„rsatilgan 

sabablarga  asoslanib  tuban  o„simliklarning  to„qima  shakliga  ega  bo„lgan 

hujayralar to„plami soxta to„qima deb hisoblanadi.  

    Tuban  o„simliklarning  vegetativ  tanasi  umumiy  nom  bilan  "tallom"  yoki 

"qattana" deb yuritiladi. O„simliklarning ushbu guruhiga bakteriyalar, suvo„tlari, 

shilimshiqlar, zamburug„lar va lishayniklar kiradi.  

    So„nggi  yillar  mobaynida  hujayraning  tuzilishini  mukammal  o„rganish 

natijasida  organik  olamning  klassifikatsiyasi  boshqacharoq  guruhlanadigan 

bo„ldi. Hujayraviy tuzilishi jihatidan tirik organizmlar prokariotlar va eukariotlar 

katta  olamlariga  ajratiladi.  Prokariotlarga  hujayra  yadrosi  membrana  bilan 

ajralmagan,    ya‟ni  yadro  elementlari  bo„lib,  haqiqiy  yadro  darajasigacha 

rivojlanmagan  organizmlar  kiritilgan.  Shuningdek  prokariotik  organizmlarda 

yadrocha,  yuksak  tuzilishga  ega  bo„lgan  xromosoma,  DNK  atrofidagi  giston 

oqsili,  hujayra  organoidlaridan  mitoxondriya,  plastidlar  va  boshqa  bir  qator 

kiritmalar  yo„qligi  bilan  eukariotlardan  tubdan  farq  qiladi.  Prokariotik 

organizmlar  faqatgina  tuban  o`simliklarning  vakillari  hisoblanib,  ularga 

bakteriyalar  va  ko„k  -  yashil  suvo„tlari  kiradi.  Tuban  o„simliklarning  qolgan 

barcha sistematik guruhlari va yuksak o„simliklar, eukariotlarning vakillari bo„lib 

hisoblanadi.  

    Shuni ham alohida  ta‟kidlab  otish zarurki, tuban o„simliklar tarkibida ham 

avtotrof, ham geterotrof vakillari mavjud. Shulardan suvo„tlari guruhining deyarli 

hammasi va bakteriyalarning katta guruhi avtotrof organizmlar hisoblansa, qolgan 

guruhlar,  ya‟ni  zamburug„lar,  shilimshiqlar  va  qisman  bakteriyalar  geterotrof 

organizmlarning  vakillari  bo„lib  hisoblanadi.  Tuban  o`simliklarning  yana  bir 

guruhi bo„lmish lishayniklar esa avtotrof suvo„tlari va geterotrof zamburug„lardan 

tashkil topgan.  

     Tabiatda  tuban  o„simliklarning  ahamiyati  juda  katta.  Suvo„tlari  suv 

havzalaridagi hosil bo„ladigan organik moddalarning 80% ni tashkil etadi. Ayrim 

bakteriyalar  va  suvo„tlari  atmosfera  azotini  bog`lab,  tuproqni  boyitadi. 

Bakteriyalar  va  zamburug`lar  tabiatdagi  barcha  organik  qoldiqlarni  parchalovchi 

geterotrof  organizmlar  hisoblanib,  moddalarning  almashinishida  muhim  rol 



 

o„ynaydi. Shuningdek tuban o„simliklarning bir qator vakillari oziq-ovqat, dori - 



darmon  va  fiziologik  aktiv  moddalar  olish  uchun  manba  hisoblansa,  boshqa 

vakillari  esa  o„simlik,  hayvon  va  odamlarda  kasalliklarni  yuzaga  keltiruvchi 

organizmlar sifatida e‟tiborni o„ziga jalb qiladi. 


Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish