Siklosporalar sinfi - Cyclosporae
Yuqorida qayd etilganidek, ushbu sinfga mansub vakillarda nasllar
gallanishi kuzatilmasdan, ko„payishi faqat jinsiy yo„l bilan amalga oshadi.
Siklosporalar sinfining tipik vakili Fukus (Fucus) hisoblanib, u ham diktiotaga
o„xshash tasmasimon, dixotomik shoxlangan tallom hosil qiladi. Uning bo„yi
bir metrgacha bo„lib, tallomining o„rta qismidagi tekis yoki tishsimon
tomirlanish ostki qismiga borib bandga aylanadi. Tasmaning dixotomik
shoxlangan joylarida havo pufakchalari yig„iladi. Fukus oogamiya yo„li bilan
ko„payib, oogoniy va anteridiylari tallomining uchki qismlaridagi
retseptakullarda skafidiya hosil qilib joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |