26
4. Izogeneratalar sinfining tavsifi va ularning muhim vakillari.
5. Getrogeneratalar sinfining tavsifi va ularning asosiy vakillari.
6.
Siklosporalar sinfining tavsifi va ularning muhim vakillari.
SHILIMSHIQLAR BO`LIMI – MYXOMYCETES
Shilimshiqlar geterotrof organizmlar guruhiga kiradi. Yashash sharoiti
hujayralarning tuzilishi va oziqlanishi jihatidan shilimshiqlar sodda bir
hujayrali hayvonlarga ko„proq o„xshash bo„ladi. Ayniqsa shilimshiqlarning
Akrozeyalar (Acrozeae) sinfiga mansub vakillari amyobalarga o„xshash
fagotsitoz usulida oziqlanadi. Hujayralari qalin qobiq hosil qilmaydi. Shuning
uchun ular o„z shaklini o„zgartirishi mumkin. Bunday hujayralarni yalang„och
hujayralar yoki plazmodiylar deb ataladi. Shilimshiqlarning diploid plazmoid
hujayralari qo„shilib plazmoid massasini, ya‟ni koloniyaga uxshash massani
(Miksogastralar va Plazmodioforalar sinflari) yoki soxta plazmodiylar
(psevdoplazmodiylar) massasini hosil qiladi. Shilimshiqlar saprofit yoki
parazit holda hayot kechiradi. Saprofit hayot kechiruvchi ko„pchilik
vakillarida o„sish va rivojlanish davriga qarab ozuqaga, namgarchilik va
yorug„likka nisbatan o„ziga xos intilish yuzaga keladi. Masalan plazma
massasining o„sish davrida ijobiy trofo, gidro va reotaksis hamda salbiy
fototaksis, ko„payish oldidan esa ijobiy fototaksis yuzaga kelib ular yashash
joylaridan (barglar ostidan, to„nkalar kavagidan) yorug„lik etarli bo„lgan
joylarga, ya‟ni barg va to„nkalar ustiga, ayrimlari esa daraxt shoxlarigacha
chiqib olishi mumkin. Shilimshiqlarning saprofit vakillari parchalangan
organik moddalarning qoldiqlari, bakteriyalar va mayda suvo„tlari bilan
oziqlanadi va oddiy bo„linib shilimshiqlangan, ko„piksimon massani hosil
qiladi. Ushbu massa yoruglikka chiqqach, oq, sariq, qizil va boshqa ranglarga
kirib shakli jihatidan xilma-xil bo„lgan spora hosil qiluvchi sporakarplarga
aylanadi. Odatda spora hosil bo„lishdan oldin hujayra reduktsion bo„linadi.
Ayrimlarining sporakarplari ustida etaliy deb ataluvchi umumiy qobiq yuzaga
keladi. Deyarli barcha plazmatik massa hosil qiluvchi shilimshiqlarda jinssiz
ko„payish hosilasi, ya‟ni sporalar ko„p uyachali sporangiyalarda yuzaga
keladi. Faqat Serotomiksa (Cerotomyxa) vakilida bir uyachali sporangiyalar
hosil bo„ladi. Ameboid hujayra o„z navbatida zoospora hosil qilishi, zoospora
esa bir necha marta bo„linib ko„paygach, o„zaro qo„shilib, diploid holga o„tishi
mumkin. Ayrim vakillarida ameboid hujayralar zoospora hosil qilmasdan
o„zaro qushiladi va diploid miksoamyobani hosil qiladi. Diploid
miksoamyoba yadrolari mitoz bo„linib, ko„p yadroli plazmoid massaga
aylanadi.
Ayrim vakillari noqulay sharoitda qattiq qobiqli sklerosiy hosil qiladi.
Sklerosiylari va sporalari o„n yillab o„sish xususiyatini saqlab qolishi mumkin.
Shilimshiqlarning Plazmodioforalar (Plasmodiophoraceae) sinfiga mansub
vakillari parazit holda hayot kechiradi. Ularning ham vegetativ tanasi ko„p
27
yadroli plazmodiy shaklida bo„lib, xo„jayin hujayrasi ichida sporalarini
vujudga keltiradi. Ushbu sinfning tipik vakillaridan biri "karam kilasi" nomi
bilan tanish bo„lgan kasallikni keltirib chiqaruvchi Plazmodiofora brassika
(Plasmodiophora brassicae) bo„lib, u karamning ildiz hujayralarida parazitlik
qilib yashaydi.
Kasallangan karamning hujayralari izchillik bilan bo„lina boshlaydi.
Bo„lingan hujayralarning har biriga plazmodiyning bir qismi o„tadi. Karam
hujayralarini tez bo„linishi uchun esa plazmodiy o„zidan stimulyator moddalar
ishlab chiqaradi. Behisob bo„linayotgan hujayralarga ozuqa moddalar ham
ko„p miqdorda oqib keladi. Shunday qilib karam ildizida shish paydo bo„ladi.
Ozuqa moddasi kamayib qolgach plazmodiylarning har bir yadrosi atrofida
sitoplazma to„planib, qobiq hosil qiladi va sporaga aylanadi. Spora hosil
bo„lishidan oldin yadrolar reduksion bo„linadi. Shuning uchun sporalar
gaploid xromosomalar soniga ega bo„ladi. Sporadan o„sib chiqqan
plazmodiy yana ildiz tuklari hujayrasiga kirib, bir necha marta bo„linadi va
avvaliga bir necha, bir yadroli, keyin ko„p yadroli massaga aylanadi. Ushbu
hujayralar esa erkin gameta xususiyatiga ega bo„lgan gaploid zoosporalarni
yuzaga keltiradi. Zoosporalar tuproqdagi suvda biroz suzib yurgach, o„zaro
qo„shilib, haqiqiy ko„p yadroli planozigotaga aylanadi. Planozigota ikkinchi
marta ildiz hujayralari po„stlog„iga kirib plazmodiyni hosil qiladi. Spora hosil
bo„lishdan oldin plazmodiyning ko„p yadrolari oldin qo„shilib, keyin yana
reduktsion bo„linadi.
Plazmodiofora bilan kasallangan karam nobud bo„ladi yoki bosh
tortmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: