PIROFITA SUVO‘TLARI BO‘LIMI - PYRROPYCOPHYTA
Ushbu suvo„tlari asosan monad strukturali tallomga ega bo„lib,
hujayrasidagi xromatofori qo„ng„ir yoki qo„ng„ir-sarg„ish rangli bo„ladi.
Zaxira ozuqa modda sifatida esa kraxmal yoki yog„ to„planadi. Ayrim turlari
hayvonlarga xos geterotrof oziqlanish xususiyatiga ega bo„lib, ularda
paypaslagich, soxta oyoqlar va otiluvchi kapsulalar hosil bo„ladi. Pirofitalar
uchun umumiy bo„lgan belgi monad hujayralarining dorzoventral tuzilishi,
ustki qismida egatlari va ayrimlarida halqumi borligidir.
Pirofita suvo„tlarining keng tarqalgan vakillaridan tashkil topgan
Dinofitalar (Dinophyceae) sinfi tirik organizmlar ichida o„ziga xos
mezakariotik tuzilishga ega bo„lib, xromosomalarining kimyoviy tarkibida
giston oqsili bo„lmaydi va hujayrada sentromeralari ham bo„lmasligi sababli
xromosomalari uzunligi bo„yicha kuchsizroq differensiallashgan bo„ladi.
Dorzoventral tuzilgan hujayralarning bir tomoni (yelka tomoni)
qavariq, ikkinchi tomoni esa botiq (qorin tomoni) bo„lib, uni ekvator kengligi
bo„yicha o„rab olgan va qorin tomonining o„rta qismidan pastiga cho„zilgan
egatlari joylashgan. Ekvator bo„ylab joylashgan egat hujayrani ustki (apikal)
va ostki (antapikal) bo„laklarga bo„ladi. Qorin tomonidan ikkita xivchin
chiqqan bo„lib, biri tasmasimon va ko„ndalang egat ichida, ikkinchisi esa
qamchinsimon va uzunasiga joylashgan egat ichida o„rnashib, ikkala
xivchinlarning ham uchki qismlari erkin holda tashqariga chiqib turadi.
Pirofita
suvo„tlarining ko„pchilik yuksak tuzilgan vakillarida
hujayralarini ustki qismi sellulozali sovutchalar bilan qoplangan bo„ladi.
Sovutchalari orasida choklari bo„lib, ular hujayraning o„sishi davomida
sovutchalarini kattalashishiga qulaylik yaratadi.
Dinofitalar sinfining chuchuk va shur suvlarda keng tarqalgan
vakillaridan biri hisoblangan Peridinium (Peridinium) qorin va elka
tomonlaridan oval yoki dumaloq, yon tomonidan esa dukkak shaklida
ko„rinadi.
Keng tarqalgan yana bir vakili Seratsium (Ceratium) esa tashqi
ko„rinishidagi apikal tomonida bitta uzun va antapikal tomonida esa bitta uzun
va ikkita qisqa o„simtalari borligi bilan ajralib turadi. Ikkala vakilning ham
asosiy ko„payish usuli hujayralarining ikkiga bo„linishi orqali amalga oshadi.
Bo„linish uzunasiga yoki diogonal bo„yicha, chok yo„llari bilan boradi.
Noqulay sharoitda ular qalin qobiqqa o„ralgan sista hosil qiladi. Yashash
uchun qulay sharoit vujudga kelgach, sista yorilib, undan yalang„och hujayra
ajralib chiqadi va ustida qalqonchalar hosil bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |