20
1. Sariq-yashil suvo„tlarining tuzilishi.
2. Sariq-yashil suvo„tlarining sistematik gyruhlarga bo`linish asoslari.
3. Sariq-yashil suvo„tlarining asosiy vakillari va ko„payishi.
DIATOM SUVO‘TLARI BO‘LIMI - BACILLARIOPHYCOPHYTA
Diatom suvo„tlari turlarining xilma-xilligi va tarqalishi jihatidan boshqa
suvo„tlari ichida yetakchi o„rinda turadi. Ularning vakillari chuchuk va sho`r
suvlardan tashqari tuproqda, suv sachratqilarida, namlanib turadigan
qoyatoshlarda ham keng tarqalgan. Diatom suvo„tlarining tuzilishidagi o„ziga
xos xususiyatlaridan biri shundan iboratki, kokkoid strukturaga ega bo„lgan
hujayralari maxsus qumtoshli qobiq bilan o„ralgan. Bunday qobiq qalqon
(sovut) deb ataladi. Qalqon pektinli matriksdan tuzilgan bo„lib, skelet moddasi
sifatida esa kremniy kislotasi to„planadi. Qalqon ikki bo„lakdan (palladan)
tashkil topgan. Ular quticha va qopqoqchaga o„xshab biri ikkinchisiga kirib
turadi. Pallasining katta bo„lagi epiteka, kichigi - gipoteka deb ataladi. Diatom
suvo„tlari mikroskop ostida ikki xil shaklda ko„rinadi. Agarda qalqon pallalari
yon tomoni bilan turib qolgan bo„lsa, belbog„ tomonidan ko„rinish deb ataladi.
Aksincha, pallalarining biri ostida ikkinchisi ustida bo„lsa, palla tomonidan
ko„rinishi bo„lib hisoblanadi. Ularning qumtoshli pallalari tashqi muhit bilan
modda almashinishi uchun har xil labirintsimon teshikchalar, g„ovak va zich
qismlar hosil qilib joylashgan. Bular esa, pallalarda optik zich va g„ovak
qismlarini yuzaga keltirib, palla ustida xilma-xil chiziqchalar, punktirlar va
nuqtalar shaklidagi "naqshlarni" yuzaga keltiradi. Diatom suvo„tlarini
sistematik o„rnini aniqlashda ana shu naqsh va chiziqchalar muhim ahamiyat
kasb etadi.
Diatom suvo„tlarining pallalari ichini hujayra qobig„i bo„ylab tarqalgan
sitoplazma egallagan bo„lib, uning o„simtalari palla choklariga kirib turadi
(chokli vakillarida). Ko„pchilik vakillarida bitta yoki ikkita plastinkasimon
xromatofori bor. Umuman ulardagi xromatoforlar shakli jihatidan xilma-xil
bo`lishi mumkin.
Diatom suvo„tlari vegetativ va jinsiy yo„l bilan ko„payadi. Vegetativ
ko„payishda pallalari asta-sekin ajralib, hujayra ikkiga bo„linadi. Hosil bo„lgan
yangi hujayralarning biri epitekani, ikkinchisi esa gipotekani ona hujayradan
oladi. Ikkala yangi hujayra o„ziga gipoteka sintezlaydi. Natijada ona
hujayradan gipoteka pallasini olgan hujayra, uni epitekaga aylantirib, uning
ostki qismida kichikroq gipotekani sintezlaydi. Shuning uchun yosh
hujayralarning biri ikkinchisidan pallasining ikki tomonidagi gardishi
qalinligida kichikroq bo„ladi. Ana shunday bo„linib ko„payishning ketma-ket
qaytarilishi hujayrani ancha kichiklashib ketishiga olib keladi. Hujayraning
kichiklashib borishiga chek qo„yuvchi va asl kattaligini tiklovchi omil,
auksospora hosil qilib jinsiy ko„payish hisoblanadi. Ushbu jarayon diatom
suvo„tlarining har xil sistematik guruhlarida o„ziga xos holda amalga oshadi.
21
Patsimonlar sinfiga mansub vakillarining jinsiy ko„payishi desmidiya
suvo„tlaridagi matashishni eslatadi. Ikkita hujayra bir-biriga yaqinlashib,
umumiy shilimshiq bilan qoplanadi va pallalari ochiladi. Har bir hujayra
yadrolari reduksion bo„linadi (ko„pinchalik sitoplazma ham bo„linadi) va
ularning biri nobud bo„ladi. Hayotchan yadrolar o„zaro qo„shilib
Do'stlaringiz bilan baham: