23
2.
Pirofita suvo„tlarining ko„payishi.
3.
Pirofita suvo„tlarining muhum vakillari.
QUNG‘IR SUVO‘TLARI BO‘LIMI - PHAEOPYCOPHYTA
Qo„ng„ir suvo„tlarining xromatoforlarida xlorofil "a" va "s", beta karotin
hamda ko„p miqdorda qo„ng„ir rang beruvchi ksantofillar, ayniqsa fukoksantin
bo„lishi bilan boshqa suvo„tlaridan ajralib turadi. Zaxira ozuqa modda sifatida
hujayrada laminarin polisaxaridi, olti atomli mannit spirti va moy to„planadi.
Monad hujayralari (zoospralari va gametalari) noksimon shaklda bo„lib, yon
tomonida, odatda, ikkitadan har xil uzunlikdagi va har xil tuzilishga ega
bo„lgan xivchinlari bo„ladi. Ularning biri sillik (akronemali), ikkinchisi esa
ikki qator tukli (mastigonemali yoki plevronemali) ko„rinishda bo„ladi.
Ayrim vakillaridan tashqari qo„ng„ir suvo„tlarining hammasi dengiz va
okeanlardagi sho„r suvlarda hayot kechiradi. Ayniqsa ular shimoliy va janubiy
yarimsharlarning sovuq suvlarida keng tarqalgan. Tallomining morfologik
differensiasiyasi bo„yicha ular barcha suvo„tlariga nisbatan murakkabroq
tuzilishga ega. Jumladan, ularning ichida bir hujayrali, kolonial, shoxlanmagan
yoki oddiy shoxlangan ipsimon vakillari uchramaydi. Eng oddiy tuzilgan
qo„ng„ir suvo„tlari har xil ipsimon (geterotrixial), aksariyat ko„pchiligi esa
plastinkasimon tuzilgan. Tallomining hujayralari kuchli shilimshiqlangan
qobiqli bo„lib, bir yadroli, hujayra shirasiga boy bo„lgan bir yoki birnecha
vakuolali va har xil shakldagi hujayra qobig„iga yaqin joylashgan
xromatoforlarga ega. Ko„payishi vegitativ, jinssiz va jinsiy. Vegetativ
ko„payish tallomining mexanik ravishda bo„laklarga bo`linishi natijasida, yoki
ayrim vakillarida (masalan, Sfasillariyada) maxsus uzilib tushuvchi kurtaklar
hosil qilib amalga oshadi. Qo„ng„ir suvo„tlarining jinssiz ko„payishi sistematik
guruhlariga qarab har xil bo„lishi mumkin. Ko`pchilik vakillarida zoosporalar
vositasida amalga oshib, ular diploid o„simliklarda yuzaga keluvchi bir
uyachali zoosporangiyalarda hosil bo„ladi. Diktiotalar (Dictiotales) tartibiga
mansub vakillarning bir uyachali sporangiyalarida to„rttadan aplonosporalar
(tetrosporalar) yuzaga keladi. Zoosporalar va tetrosporalar hosil bo„lishidan
oldin reduksion bo„linadi va ulardan jinsiy bo„g„in - gaploid gametofit o„sib
chiqadi. Lekin ayrim ko„ng`ir suvo`tlarida (masalan, Diktiotada) ham bir
uyachali, ham ko„p uyachali zoosporangiyalar yuzaga kelib, ko„p uyachali
zoosporangiyada hosil bo„lgan zoosporalar reduksion bulinmaydi va diploid
zoosporadan yana diploid sporofit o„sib chiqadi.
Jinsiy kupayish qo„ng„ir suvo„tlarining nisbatan primitiv tuzilgan
vakillarida izogamiya yo„li bilan amalga oshib, gametalar ko„p uyachali
gametangiyalarda hosil bo„ladi. Qo„ng`ir suvo„tlarining bir qator vakillarida
esa jinsiy ko„payish geterogamiya usulida amalga oshib, ular ham ko„p
uyachali gametangiylarda yuzaga keladi. Lekin ayrim gametangiylarda
maydaroq, ayrimlarida esa yirikroq gametalar hosil bo„ladi. Nisbatan yuksak
24
tuzilgan qo„ng„ir suvo„tlarida jinsiy ko„payish oogamiya usulida amalga
oshadi. Odatda oogoniy va anteridiylarida bittadan gametalar hosil bo„ladi.
Lekin Fukus (Fucus) turkumiga mansub turlarining har bir anteridiysida 64
tadan spermatozoid, oogoniylarida esa 8 ta tuxum hujayra yuzaga keladi.
Qung„ir suvo`tlarining ayrim vakillarida ko„payish a‟zolarining yig„ilgan
to„plamlari vujudga kelib, ular soruslar deb ataladi. Masalan, Diktiotada
oogoniy va anteridiylar sorusi, Laminariyada esa zoosporangiylar sorusi
vujudga keladi. Shuningdek ayrim vakillarining tallomi ustida maxsus
shoxlangan nasl shoxchalari yuzaga kelib, ularni retseptakullar deb ataladi.
Retseptakullar jinsiy a‟zolarning hosil bo„luvchi o„rni bo„lib, ular kupinchalik
noksimon chuqurchada (skafidiyada) tuxum hujayra va spermatozoidlarni
vujudga keltiradi (mas. Fukusda).
Qo„ng„ir suvo„tlarining ko„pchilik vakillarida jinssiz va jinsiy bo„g„inlar
gallanib turadi. Gallanish izomorf (gametofit va sporofit bir xil tuzilishga va
kattalikka ega) yoki geteromorf (gametofit va sporolfit har xil) bo„lishi
mumkin. Ushbu bo„limga mansub suvutlarida nasllarning gallanishi sistematik
gyruhlapga bo„linishi uchun asos qilib olingan. Izomorf gallanishga ega
bo„lgan vakillar izogeneratalar, geteromorf gallanib gallanuvchilari
geterogeneratalar, faqat jinsiy ko„payish xususiyatiga ega bo„lgan vakillari esa
siklosporalar sinfiga biriktirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: