Peshovar hokimi Nosiriddin Qubacha
dana va Sakunclagi noi- bi Qamariddin Kar- moniy Jaloliddin Man- й J guberdiga o‘z xayri- -|уш|д
xohligini izhor etib, SkMRBR 888681^
s°Vg a-salomlar Jaloliddin Manguberdining mo‘g‘ullar bilan jo‘natadi. Bu vaqtga jan8‘ (°‘rta asr miniatyurasi).
kelib, Jaloliddin Manguberdining ukasi G‘iyosiddin Pirshohdan ajralib ketgan amirlar — Sanjoqonxon, Elchi pahlavon, 0‘rxon, Soyircha, Tekjoruq Xonkishilar o‘z lashkarlari bilan Jaloliddin Manguberdiga qo‘shiladilar. Jaloliddin Manguberdi Kalor shahri, Parosravar, Tarnuj qal’alarini qo‘lga kiritadi. Mulklarining katta q^midan ajralgan Qubacha 10 ming otliq qo‘shini hamda Dehli ®ultoni Shamsuddin Eltutmishdan olgan qo‘shimcha kuch bilan °nddin Manguberdiga qarshi jang qiladi, biroq mag‘lubiyatga Uchraydi. Uning xazinasi, qurol-yarog‘larini Jaloliddin Mangu-
117'
berdi o‘lja sifatida qo‘lga kiritadi. 1222-yil Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga qarshi To'rbay To‘qshin va Bola no‘yonni 20 ming kishilik qo‘shin bilan jo‘natadi. Lekin ular Mo‘ltonga qadar borib, shaharni ololmaydilar, jazirama issiqqa dosh berolmay orqaga qaytishadi. Jaloliddin Manguberdi o'ziga qarshi mo‘g‘ul qo‘shinlari jo‘natilganligini Parosravar qal’asini olgandan so‘ng eshitadi. Jaloliddin Manguberdi Mo‘lton tomon yo‘l olib Qubacha mulklaridan Uchcha, Sadusan, Xatisor, Deval va Damrillarni qamal qiladi, qo‘shini uchun tuyalar zarurligi tufayli Gujarot viloyati markazi Nahrvalga Xosxon boshchiligida qo‘shin jo‘natadi. Shu orada Shamsuddin Eltutmish Jaloliddin Manguberdi ustiga katta qo‘shin (30 ming otliq, 100 ming piyoda, 300 ta fil) tortadi. Jaloliddin Manguberdi mardonavorlik bilan raqibiga qarshi chiqadi. Jaloliddin Manguberdining 0‘zbek Toy Jahon Pahlavon qo‘mondonligi ostidagi ilg'ori Eltutmish ilg‘ori bilan to‘qnashib raqibidan ustun keladi. Eltutmish Jaloliddin Manguberdi huzuriga elchisini yuborib sulh tuzishni so‘raydi.
Jaloliddin Manguberdi Hindistonda o‘z nomidan kumush va mis tangalar zarb qilgan, unga tobe hind mulklarida nomi xutba- ga qo'shib o‘qilgan. Biroq vaziyat borgan sari murakkablashib bormoqda edi. Eltutmish, Qubacha, shuningdek, Hindiston- ning boshqa viloyat hokimlari o‘zaro til biriktirib Jaloliddin Man- guberdiga qarshi ittifoq tuzmoqchi ekanliklari ayon boTib qoladi. Jaloliddin Manguberdining ikki lashkarboshisi Yazidak pahlavon va Sunqurjiq Toysilar ham xiyonat qilib Eltutmish tomoniga o‘tadilar. Og‘ir vaziyatdan qutulish uchun Jaloliddin Manguber- di harbiy kengash chaqiradi. Amirlarning ko‘pchiligi Iroqda siyO' siy parokandalik hukm surgan bir paytda Iroq tomon yurish qilib, uni G‘iyosiddin Pirshohdan tortib olishni taklif qiladi. Jalolid' din Manguberdi o‘zining Hindistonda zabt etgan mulklarig3
0‘zbek Toy Jahon Pahlavonni,
G‘ur va G‘azni viloyatlariga
Hasan Qarluqni noib sifatida
qoldirib, Iroqqa yo‘l oladi. Cho‘lu
biyobonlarni kesib o‘tishda
Jaloliddin Manguberdining ko‘p
jangchilari nobud bo‘ladi va ni-
hoyat u 4 ming jangchisi bilan
Kirmonga yetib keladi.
G'iyosiddin Pirshohning Kir-
mondagi noibi Baroq Hojib
Jaloliddin Manguberdiga tobelik
izhor qiladi. Shundan so‘ng
Jaloliddin Manguberdi Fors
viloyati markazi Sherozga keladi.
Fors hokimi Sa’d ibn Zangiy va
Yazd hokimi Alouddavla ibn
To‘g‘onshoh unga tobelik bildirishadi. Jaloliddin Manguberdi
Isfahonga kelganda aholi uni katta tantana bilan kutib oladi,
qo‘shini qurol-aslaha bilan ta’minlanadi. Bu hoi G'iyosiddin Pir-
shohga yoqmaydi, u akasiga qarshi 30 ming otliq qo‘shin bilan
УО lga chiqadi. Biroq Jaloliddin Manguberdi unga sovg‘a-salom-
lar bilan Odekni elchi sifatida jo‘natadi va o‘zaro nizoni tinchlik
bilan hal etadi. Qo‘shin boshliqlari Jaloliddin Manguberdi to-
m°niga o'tadi.
1225-yili Jaloliddin Manguberdi Ozarbayjonga yurish qiladi. So ng Bag‘dodga qarshi yurishga hozirlik ko‘radi. Xalifa Nosirga elchi jo natib, mo‘g‘ullarga qarshi birlashishga chaqiradi. Bunga Javoban Xalifa Jaloliddin Manguberdiga qarshi mamluki amir Jamoliddin Qushtemur boshliq 20 ming kishilik qo‘shin jo‘natadi.
Jaloliddin Manguberdi haykali (Urganch shahri).
Basra yaqinidagi jangda Xalifa qo‘shinlari tor-mor keltiriladi. Xalifa Bag'dod mudofaasi bilan mashg‘ul bo‘ladi. Jaloliddin Manguberdi Bag'dod atrofida 12 kun turgach, Ozarbayjon tomon ketadi. Ozarbayjon va Arron hukmdori O'zbek ichkilik, maishatga berilib davlat ishlarini o‘z holiga tashlab qo‘ygan edi, davlatni amalda uning xotini Malika xotun boshqarardi.
1225-yil mayda Jaloliddin Manguberdi Marog'a shahrini jangsiz qo'lga kiritadi. Damashq, Erbil hokimlari esa u bilan ittifoq tuzishga rozi bo‘ladilar. 0‘zbek Tabrizni tashlab Ganjaga, so‘ng Alinjo qal’asiga qochib o‘sha yerda vafot etadi. Jaloliddin Manguberdi Malika xotunga uylanadi. Tabrizda bir necha kun tur- gandan so‘ng o‘z qo‘shinini Gruziya tomon boshlaydi. 1225-yil avgustda Garni qal’asi yaqinida gurjilarning Ivane Mxargrdzeli boshliq 60 ming kishilik qo‘shinini tor-mor keltiradi va Tiflisga qarab yuradi. Gruziya malikasi Rusudana Kutaisiga ko‘chib o‘tadi. Jaloliddin Manguberdi Dvin, Lori shaharlarini egallaydi, Surmari shahri hokimi o‘z tobeligini bildiradi.
1227-yil sentabrda Isfahondan 30 chaqirim sharqdagi Sin qishlog'i yaqinida Jaloliddin Manguberdi mo‘g‘ullarning Taynol no‘yon boshliq qo‘shinini yengadi. Taynol no‘yon Jaloliddin Manguberdi haqida: “Zamonasining haqiqiy bahodiri ekan, oz tengqurlarining sarvari ekan”, degan. Jaloliddin Manguberdining Ko‘niya sultoni Alouddin Kayqubod, Jazira hokimi al-Malik al- Ashraf Muzaffariddin Muso, Damashq hokimi al-Malik al-Muaz- zam Sharafiddin Iso va Misr hokimi al-Malik al-Komil Muham- madga nomalar yozib, mo‘g‘ullarga qarshi kurashda ularni birlash- tirish yo‘lidagi xatti-harakatlari behuda ketadi. Ustiga-ustak Alouddin Kayqubod muxolif kuchlami Jaloliddin Manguberdiga qarshi birlash' tirishga muvaffaq bo‘ladi va 1230-yil 10-avgustda Arzinjon У3' qinidagi jangda Jaloliddin Manguberdini mag‘lubiyatga uchratadi-
Jaloliddin Manguberdining kuchsizlanganidan foydalangan mo'g^llar katta qo‘shin bilan Ozarbayjonga bostirib kiradilar va ]Vlarog‘a, Tabrizni egallab (1231-yil), Jaloliddin Manguberdini ta’qib etishgan. Mayofariqin viloyatidagi qishloqlardan birida mo‘g4ullar tungi hujum natijasida Jaloliddin Manguberdining oz sonli qo‘shinini tor-mor keltiradilar, Jaloliddin Manguberdining 0‘zi esa ta’qibdan qutulish uchun Kurdiston tog‘lariga chiqib ketadi. Bu yerda qaroqchi kurdlar qo‘liga asir tushib qoladi va fojiali ravishda halok bo‘ladi. Jaloliddin Manguberdi haqida uning shaxsiy kotibi, tarixchi, Ashxobod yaqinidagi Xurandiz qal’asi hokimi Nasaviy shunday yozadi: “Jaloliddin qorachadan kelgan, o‘rta bo‘yli, turk lafzli odam edi. Fors tilini ham yaxshi bilardi. Uning botirligiga kelganda shuni aytish kerakki, sulton arslonlar orasidagi eng kuchli sher edi. Bir so‘zli, kek saqlamaydigan, ochiq ko‘ngil, to‘g‘ri odam edi. U jiddiy shaxs edi. Hech qachon kulmasdi. Juda nari borsa, jilmayib qo‘yardi. U adolatsizliklarni yomon ko‘rardi. Jaloliddin o‘ta qat’iyatli, nihoyatda irodali, murakkab vaziyatlarda, taqdirning qaltis sinovlarida o‘zini yo‘qotib qo‘ymaydigan favqulodda mard va botir sarkarda edi”.
0‘zbekiston hukumati Jaloliddin Manguberdining mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashda ko‘rsatgan mislsiz jasorati, va- tanga va o‘z xalqiga sadoqat va cheksiz muhabbatini qadrlash Va uning porloq ruhini abadiylashtirish maqsadida “Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini nishonlash haqida” qaror qabul qildi (1998-yil). Qarorga ko‘ra, uning yurti Xorazmda Jaloliddin Manguberdiga haykal o‘rnatildi, yirik ko‘cha, may- don Va boshqalarga uning nomi qo‘yildi. Jaloliddin Manguber- haqida videofilm, doston, pyesa va boshqalar yaratilgan.
Jaloliddin Manguberdi” ordeni (oliy harbiy mukofot) ta’sis e*%an (2000-yil 30-avgust).
TEMUR MALIK
(12-asr oxiri — 13-asrning
1-yarmi)
Temur Malikning mo‘g‘ullar bilan jangi (13-asr).
Xorazmshoh Muhammad hukmronligi davrida Xo‘jand h mi, Jaloliddin Manguberdining yaqin safdoshi, mo‘g‘ullar istilosiga qarshi kurash olib borgan sarkarda, xalq qahramoni. 1219-yilning dekabrida 3 kunlik jangdan so‘ng Banokatni egallagan Aloq no‘yon boshliq 5 ming kishilik mo‘g‘ul qo‘shini Xo‘jandni qamal qilish- ga kirishadi. Temur Malik ilgariroq har ehtimolga qarshi Sir- daryo o‘rtasidagi orolda, suv 2 shoxga bo‘linib oqadigan joyda, bir mustahkam qal’a qurdirib qo‘ygan edi. Mo‘g‘ul qo‘shini son va qurol-aslaha jihatdan ustun bo‘lgani bois shaharni mudofaa qilish qiyinlashadi. Natijada, Temur Malik 1000 kishilik otryadi bilan 1220-yilning aprelida orolga ko‘chib o‘tadi va tezlikda qal am jangga tayyorlashga kirishadi. Shahar va qal’a atrofini dushman halqa qilib o‘rab oladi. Manjaniqdan otilgan toshlar orolga yet' magandan so‘ng mo‘gullar xo‘jandlik yoshlar va ilgari olingan asirlardan hashar tarzida foydalanishga qaror qiladilar. Taxminan 50 ming hasharchi tevarak-atrofdan tosh, shox-shabba va xashak keltirib daryoga tashlaydi, mo'gullarning 20 ming kishilik qo shin*
esa jangga kirishadi. Temur Malik usti namat hamda sirkali loy bilan suvalgan, о q otish uchun darichalari bor kemalar yasatadi. K.unda tongda har ikki tomonga 6 tadan kemada suzib kelib, yovga qirg in keltiradi. Oxir-oqibat vaziyat tanglashgach, Temur Malik orolni tashlab ketishga majbur bo'ladi. U qolgan askarlari va yuklari ortilgan 70 qayiqda Sirdaiyoning quyi oqimi bo'ylab suzib ketadi. Barchinlig'kent (Qizilo‘rdadan taxminan 50 km janubda bo‘lgan) yaqinida mo‘g‘ullar daryoni to‘sib qo‘yadilar. Temur Malik qirg oqqa tushib, dushman bilan jang qiladi. Ko‘p talafot berib, yolg iz о zi Qizilqum cho‘li orqali 1220-yilning yozida Xorazmga yetib keladi. Askar toplab Jo'jixon qo‘shiniga kuchli zarba beradi. Kasba (Yangikent) shahrini mo‘g‘ullardan ozod qiladi. Ammo, saltanatda yuzaga kelgan mushkul siyosiy vaziyat tufayli Xorazmni tark etadi. Temur Malik 1221-32-yillar davomida Sulton Jaloliddin bilan birgalikda mo'gullarga qarshi kurash olib boradi. Jaloliddin halokatidan keyin o‘z yurtiga qay- tadi. Ma lum vaqtdan so ng Temur Malik mo‘g‘ullar tomonidan qo'lga olinadi va qatl qilinadi.
Temur Malik jasorati haqida Mirmuhsin “Temur Malik” ro~ mani (1986) ni yozgan. Ashrafiy “Temur Malik” nomli simfonik poema (1963) yaratgan va Navoiy teatrida uning “Temur Malik baleti (1970) qo yilgan. Toshkent shahridagi ko‘chalarning biriga Temur Malik nomi berilgan.
BAHOUDDIN NAQSHBAND
(to‘liq ismi Muhammad binni Muhammad Bahouddin an-Naqshband al-Buxoriy)
(1318—1389)
Bahouddin Naqshband me’moriy majmuasi.
Bahouddin Naqshband mashhur avliyo, naqshbandiya tariqati- ning asoschisi. Buxoro viloyatining hozirgi Kogon tumanidagi u tug'ilgan qishloq Qasri Hinduvon (keyinchalik Bahouddin Naqshband sharafiga Qasri Orifon) deb atalgan. Uning oilasi va farzandlari to‘g‘risida aniq ma’lumot yo‘q. Lekin Bahouddin Naqshband Muhammad payg‘ambar avlodlariga mansub sayyidzodalardan ekanligi qayd etilgan. Otasi to‘quvchi hamda o‘yma naqsh soluvchi (naqshband) bo'lgan. Bahouddin Naqshband taqdirida bobosining alohida xiz- mati bor. U sufiylar bilan yaqin aloqada bo‘lgan. Shu sababli nabi- rasida ilohiyotga katta qiziqish uyg‘otdi. Bahouddin Naqshbandning birinchi piri — ustozi Xoja Muhammad Boboyi Samosiy edi. Kek- sa shayx yosh Bahouddin Naqshbandni tarbiyalashni o‘rinbosarlaridan bo‘lmish Amir Sayyid Kulolga topshirdi. U tariqat bobida bilgan- larini o‘rgatib bo‘lgandan keyin shogirdiga ijozat beradi.
Bahouddin Naqshband ilm istab, Naxshab, ya’ni hozirgi Qarshi shahriga yassaviya tariqati shayxlarining mashhur vakillaridan bo lmisb Qusam shayx oldiga boradi. Uch oy undan ta’lim oladi. Bahouddin Naqshbandning bu pirga ixlosi baland bo‘lgan, ayni chog‘da Qusatf*
124
shayx ham uni o‘z o‘g‘lidek bilib,
muridiga cheksiz hurmati tufayli urn-
rining oxirigacha Buxoroda yashagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |