naqshbandiyaning asosiy ma’naviy tarbiya usuli hisoblangan.
Naqshbandiya ta’limoti Bahouddin Naqshband hayotligida- yoq keng shuhrat qozondi.
Bahouddin Naqshbandning qabri azaldan ziyoratgoh hisoblanadi. Ilgari amirlar taxtga o‘tirishdan oldin, safarga chiqayot- ganda va qaytayotganda, albatta, Bahouddin Naqshband dax- masini ziyorat qilishgan. Buxoro xoni Abdulazizxon 1544-yili Bahouddin Naqshband maqbarasi yonida ulkan bir xonaqoh qurdirgan.
Bahouddin Naqshband vafotidan keyin naqshbandiya tariqati keng yoyildi. 15-asrda Xoja Ahror Ubaydulloh Valiy bu tariqat- ning eng yirik rahnamosi sifatida maydonga chiqdi. Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Bobora- him Mashrab kabi shoidar ham naqshbandiya tariqatida edilar. Ular ijodida naqshbandiya g'oyalari keng va atroflicha targ ib etildi.
Bahouddin Naqshband haqida, uning ta’limoti xususida, naqsh- bandiy shayxlar to‘g‘risida talay asarlar yaratilgan. Birgina 0‘zbekiston FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar xazinasining o‘zida naqshbandiyaga doir 195 kitob mavjud. Jumladan, Saloh ibn Muborak al-Buxoriyning
“Anisut-tolibin va uddatus-solikin” (“Toliblar oshnasi va soliklar rahnamosi”) asari (1383)da Bahouddin Naqshbandning hayot tarzi, kashfu karomatlari va purhikmat so‘zlaridan namunalar be- riladi. Bu asar “Maqomati Hazrati Xojai naqshband” nomi bilan yuritiladi. Shu muallifning 4 qismdan iborat “Manoqibi Xoja Bahouddin Naqshband” (“Xoja Bahouddin Naqshbandning ta’rif va tavsiflari ”) asari ham bor. Bulardan tashqari Bahouddin Naqshbandning suyukli xalifasi Xoja Muhammad Porso yozib qoldirgan bir necha asar orqali valiylikning ta’rifi, Bahouddin Naqshbandning tariqatdagi ilk davrlari, uning suhbatlari va hikmatli so‘zlari bilan tanishish, islom aqidasi, ibodat, shariat va tariqat ahkom- laridan bahramand bo‘lish mumkin.
0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashab- busi bilan 0‘zbekistonda alloma tavalludining 675 yilligi o‘tkazilib (1993), Bahouddin Naqshband me’moriy majmuasi qayta ta’mirlandi, qo‘shimcha binolar barpo etildi. Bahouddin Naqshband ta’limotini o‘rganishga ahamiyat kuchaydi. Buxoro davlat universiteti huzurida “Naqshbandiya” ilmiy markazi ish boshladi. U yerda tasawufiy-irfoniy merosni tadqiq etish yo‘lga qo‘yildi. Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasida ham “Naqshbandiya” markazi tuzildi.
Bahouddin Naqshband maqbarasi.
AMIR TEMUR
(to‘liq ismi Amir Temur ibn Amir Tarag‘ay ibn Amir Barqul)
(1336.9.4—1405.18.2)
Amir Temur o'rta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysidir.
Amir Temur Kesh (hozirgi Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xoja Ilg‘or qishlog‘ida tug‘ilgan. Amir Temurning onasi Takina xotun buxorolik. Otasi amir Tarag‘ay esa barlos urug‘ining oqso- qollaridan hamda Chig‘atoy ulusining e’tiborli beklaridan hisoblangan. Uning ajdodlari Kesh viloyatida hokimlik qilishgan. Shu bois Amir Temurning otasi amir Tarag‘ay ham yilda bir maro- taba Hi daryosi bo‘yida xon tomonidan chaqiriladigan el-yurt beklarining qurultoyiga taklif etilar va u bunday yig‘inlarda mut- tasil qatnashar edi. Shu bilan birga u, temuriylar davrining mash- hur tarixnavisi Sharafuddin Ali Yazdiyning ta’kidlashiga kora, “ulamo va sulaho va muttaqiylarg‘a mushfiq va mehribon erdi va bularning majlisiga borur erdi...”. Tarag‘aybek piri shayx Sham- suddin Kulolni ayniqsa chuqur ehtirom qilgan. Keyinchalik shayx Kulol Amir Temurning ham piri bo'lgan. Tarag‘aybek 1360' yilda vafot etgan.
Amir Temurning yoshligi Kesh-
Ja kechdi. Yetti yoshga to'lgach,
otasi uni o‘qishga berdi. Amir Te-
mUr yoshlik chog‘laridanoq maxsus
murabbiylar nazorati ostida chavan-
dozlik, ovchilik, kamondan nishon-
ga otish, boshqa turli mashq va
harbiy о‘уЫаг bilan mashg‘ul
bo'lgan. Shu asnoda Amir Temur
tulporlarni saralab ajrata oladigan
mohir chavandoz va dovyurak ba-
hodir bo‘lib voyaga yetgan. Amir
Temur tabiatan og‘ir, bosiq, teran
fikrli va idrokli hamda nihoyatda
ziyrak, kishilardagi qobiliyat, fazi-
lat, ayniqsa, samimiyatni tezda
fahmlab oladigan inson bo‘lgan. Shu
tufayli o‘spirinlik chog‘laridayoq atrofiga tengqurlari orasidan sa-
doqatli do‘stlarni jalb qila olgan. Uning atrofiga bolalikdagi do‘stlari
va maktabdoshlari (Abbos Bahodur, Jahonshohbek, Qimori inoq,
Sulaymonshohbek, Idiku Temur, Sayfuddinbek, Hindushoh, Qar-
qara va boshqalar) to‘planishib, birgalikda mashq qilishar, mu-
sobaqalarda ishtirok etishar edi. Asta-sekin ular navkar boTishdi
va harbiy guruhga birlashib, harbiy bo‘linma sifatida shakllanish-
di. Keyinchalik ular Amir Temur qo‘shinida lashkarboshilik dara-
jasigacha ko‘tarilganlar.
Amir Temur o‘zining ilk harbiy faoliyatini qo‘l ostidagi navkar- lari bilan ayrim viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan; ularning o‘zaro kurashlarida qatnashib, jasorat ko‘rsatgan, jang- larda chiniqqan, harbiy mahoratini oshirgan. Dong‘i butun
Do'stlaringiz bilan baham: |