. . i 99
“Ziji ragomy asari
s0‘zboshisida “farzandi aiju-
mand”, ya’ni “aziz farzandim”
deydi. Aslida u Ulug‘bekning
sadoqatli shogirdi bo‘lib, “Zij”
ustida ishlar poyoniga yetka-
zilguniga qadar ustoziga yor-
dam bergan.
Mirzo Ulug‘bek Samarqandda 2 ta madrasa barpo qilgan: biri — Registon ansambli tarkibida, ikkinchisi Go‘ri Amir an- sambli tarkibida. Boshqa yirik olimlar qatori Ulug‘bekning o‘zi ham bu madrasalarning har birida haftada bir marotaba ma’ruza o‘qigan. Boshqa vaqtini ko‘proq astronomik kuzatishlar, “Zij” ustida ishlash va davlat ishlariga bag‘ishlagan.
Mirzo Ulug‘bekning “Risolai Ulug‘bek” deb atalgan mate- matik asari ham mavjud bo‘lib, uning 1-nusxasi Hindistondagi Aligarx universiteti kutubxonasida saqlanadi. Risola hali o‘rganilmagan. Balki u ham hisoblash matematikasiga aloqa- dordir.
Mirzo Ulug‘bekning fan va madaniyat tarixida so‘nmas iz qoldirgan ilmiy merosi uning “Ziji Ko‘ragoniy” asaridir. Bu asar sayyoralar, Quyosh va Oy harakatini talqin qilish, yulduzlar katalogi va unda qo‘llanilgan matematik usullari bo‘yicha o‘rta asrlardagi astronomik asarlarning eng mukammali bo‘lganligi uchun, avvalo, u musulmon mamlakatlari olimlari diqqatini jalb qilgan. “Zij”ga ilk sharhni “Sharhi Ziji Ulug‘bek” nomi bilan Mirzo Ulug‘bekning shogirdi Ali Qushchi yozgan.
--'-*-5 :~r 1 «5=-с r-aetteSi
;.r*-t I =-ur=«: is
* ta:-5-rtrr. ~
2Ш328ЕШ Шшт
- ^scr.-sa-asts
Mirzo Ulug‘bekning «Ziji Ko‘ragoniy» asari. Samarqandda ko'chirilgan nodir qo‘lyozma nusxasi.
15 -asrning o zid$ qohiralik inun3jjini Shamsiddin IVIuharri'- mad as-Sufiy al-]Vfisriy “Tashil Ziji Ulug‘bek” (“Ulug‘bek “Zij”ini osonlashtirish”) nomli asar yozib, unda Ulug'bek jad- vallarini Qohiraningge0grafik kengligiga moslashtirgan. Al-Mis- riy o'zining “Taqvih al-kavokib as-sab’a” (“Yetti sayyoraning taqvimlari”) va “Jodavil al-шакЫ as-sani ala usul Ulug‘bek” (“Ulug'bek usuliga to‘ra ikkinchi yechimlar jadvali”) nomli asarlarida ham Mirzo lilug‘bek “Zij ”iga murojaat qilgan.
Suriyalik olim Zsyniddin al-Javhariy as-Solihiy (15-asr) “Ad- Durr an-nozil fi taslil at-taqvim’ (“Taqvimni soddalashtirishda nozil bo'lgan durlar”) nomli asarida Ulug'bek “Zij” ini qayta ishlagan.
Mirzo Ulug‘bek “Zij”iga yozilgan eng mukammal sharh Samarqand ilmiy maktabining so'nggi namoyandasi Nizomiddin Abdul Ali ibn Muhammad ibn Husayn Birjandiy (1525-yil vafot etgan) ning 1523-yiji yozib tugatilgan “Sharhi Ziji Ulug'bek” asaridir. Biijandiy q‘z “Sharh”ida mufassal va aniq raqamlar bilan “Zij” sirlarini ochadi. Mirzo Ulug'bekning ko‘plab jumla- larini chizmalar bilan tushuntirib isbotlaydi.
Samarqandlik 2 buyuk oliiu — Qozizoda Rumiy va Ali Qushchining nabirassi Miram Chalabiy (1525-yili vafot etgan) “Zij”ga sharh yozib, uni “Dastur al-amal va tashih al-jadval” (“Amallar dasturi v& jadvallarning tuzatilishi”) deb atagan.
Eronlik olim G‘iyosiddin Mansur al-Husayniy ash-Shiroziy (1542-yili vafot etgan) “Zij”ga“ Risola dar ta’niq Ziji Ulug‘bek” (“Ulug‘bek “Zij”ini aniqlashtirish haqida risola”) nomli sharh yozgan.
asrning 2-yat-mi va 17—18-asrlardagi qator musulmon olimlari ham “Zij”g^ sharhlar yozganlar hamda uni qayta ishlab o‘z davr va makonlariga moslashtirganlar. Suriyalik Taqiyiddin
154
ash-Shomiy (1526—85), Mazhariddin al-Qori (16-asr), misr- lik Abdulqodir al-Manufiy ash-Shofi’iy (16-asr), Rizvon ar- Razzoq al-Misriy (1710-yili vafot etgan), eronlik Shoh Fathulloh Shiroziy (1589-yilda vafot etgan), Muhammad Boqir al-Yazdiy (1637-yili vafot etgan), hindistonlik Farididdin Dehlaviy (1629- yili vafot etgan), turkiyalik Muhammad Chalabiy (1640-yili vafot etgan), dog‘istonlik Damodon al-Muhiy (1718-yili vafot etgan) kabi olimlarning sharhlari shular jumlasidandir.
Hind davlat arbobi va olimi Savoy Jay Singh Hindistonning Boburiy sultoni Muhammadshoh (1719—48) farmoni bilan Dehli, Banoras, Jaypur, Ujjayn va Muttra shaharlarida Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi kabi rasadxonalar barpo etdi. So‘ng homiylik qilgan sultonga atab “Ziji Muhammadshohiy” asarini yozdi va unda Ulug‘bekning ba’zi jadvallarini o‘zgartirmagan holda qabul qildi. Savay Jay Singh asari bilan Mirzo Ulug‘bek “Zij”i orasidagi bog‘liqlikni matematik olim, 0‘zbekiston FA akademigi T.N. Qori-Niyoziy va dushanbalik olim G. Sobirovlar o‘z asarlarida bayon qilib berdilar.
Mirzo Ulug‘bek nomi Yevropa va umuman G‘arb mamlakat- larida buyuk bobosi Amir Temur shuhrati tufayli ancha ilgari ma’lum bo‘lgan. Yevropa Amir Temur va uning oila a’zolari haqida birinchi marta Samarqandga 1403—05-yillar sayohat qilgan Kastiliya qiroli elchisi Klavixo ma’lumotlaridan xabardor bo‘lishgan. 1582-yili Klavixo “Kundaliklar”i Sevilyada va 1607-yili Parijda nashr etilganidan so‘ng yevropaliklar Amir Temur va uning oila a’zolari bilan qiziqqanlar. Mirzo Ulug‘bek nomi 17-asr boshidanoq (1601-yildan) Amir Temurga bag‘ishlangan dramatik asarlarda eslatiladi.
Yevropada bevosita Ulug‘bekka bag‘ishlangan birinchi nashr ingliz astronomi Jon Grivs (1602—52) qalamiga mansub.
Uning 1648-yil nashr etil-
gan asarida Ulug'bek yulduz-
lar jadvalining bir qismi (98
ta yulduz) ilova qilingan.
1665-yil yana bir ingliz oli-
mi Tomas Xayd (1636 —
1703) Grivs ishlaridan bu-
tunlay bexabar holda
Yan Geveliyning «Astronomiya “Zij”dagi yulduzlar jadvali-
darakchisi» kitobidan olingan gravyura m forscha
va lotincha tarji-
(chapdan uchinchi — Mirzo Ulug bek).
mada nashr etgan.
1690-yil Gdanskda polyak astronomi Yan Geveliy (1611— 87) chop ettirgan “Yulduzlar osmonining atlasi”dagi ikkita grav- yurada o‘sha davrning mashhur astronomlari qatori Ulug‘bekka ham faxrli o‘rin bergan. Unda Ulug‘bekning yulduzlar jadvalini Ptolemey, Tixo Brage, Jovanni Richcholi, Vilgelm IV va o‘zining jadvallari bilan solishtirgan. Ulug‘bekning geografik jadvali 1711- yili Oksfordda uchinchi marta nashr etilgan. 1725-yil ingliz astronomi J. Flemstid (1646—1719) Ulug‘bekning yulduzlar jadvalini Ptolemey, Tixo Brage, Vilgelm IV, Yan Geveliy va o‘zining jadvallari bilan birga nashr etgan. 1767-yil ingliz G. Sharp Ulug‘bek yulduzlar jadvalining Tomas Xayd nashrini qayta chop ettirgan. 1843-yil ingliz F.Beyli (1774—1844) uni yanada tako- millashtirib, uchinchi nashmi amalga oshirgan. Fransuz sharqshunosi
L.A. Sediyo (1808—76) 1839-yil Ulug'bek “Zij”idagi astronomik jadvallarning bir qismini nashr etgan. 1917-yil amerika- lik olim E.B.Nobl Ulug‘bek “Zij”ining Angliya kutubxonalarida saqlanayotgan 27 qo‘lyozmasi asosida yulduzlar jadvalining tan- qidiy matnini, 1927-yil K. Shoy “Zij”ning trigonometrik jadvalini nashr etgan.
1908—09-yillar arxeolog V.L. Vyatkin rahbarligida olib borilgan qazilma ishlari natijasida Mirzo Ulug'bek rasadxonasi xarobalari va rasadxonaning asosiy astronomik asbobi — kvadrantning topilishi Samarqand olimlari faoliyatiga qiziqishni yanada oshirdi. Natijada 1918-yil rus sharqshunosi V. V. Bar- toldning “Ulug‘bek va uning davri” asari nashr etildi.Yaqin yillargacha Ulug'bek faqat astronom va matematik deb hisob- lanib kelinardi. Lekin 20-asr oxiriga kelib uning ijodi serqirra ekanligi, tarix, she’riyat va musiqa bobida ham qalam tebrat- ganligi ma’lum bo‘ldi.
Tarixchi Mirzo Muhammad Haydar “Tarixi Rashidiy” asarida “Mirzo Ulug‘bek tarixnavis donishmand (va) “To‘rt ulus” (tarixi)ni (ham) yozib qoldirgan edi”, deb yozgan. Mirzo Ulug‘bekning turkiyda yozgan “Tarixi arba’ ulus” (“To‘rt ulus tarixi”) asari Chingizxon bosib olgan mamlakatlarning 13—14- asrlar 1-yarmidagi siyosiy hayotini o'rganishda muhim manba hisoblanadi.
Eron shimoli-sharqidagi Mashhad shahri binolarining birida Ulug‘bek qalamiga mansub ushbu bayt topilgan:
“Harchand mulki husn ba zari nigin tust Sho‘xi makun ki chashmi bidon dar kamin tust”.
Ma’nosi:
“Harchand husn mulki sening hukmingda bo‘lsa ham, Sho‘xlik qilmagilki sen uning nazari ostidasen”.
Navoiyning “Majolis un-nafois” va tarixchi Abu Tohirxo‘ja Samarqandiyning “Samariya” asarlarida ham uning she’rlaridan namunalar keltirilgan. Uning davrida ko‘pgina asarlar arab va fors tilidan eski o‘zbek tiliga taijima qilingan. Ulug‘bek tashkil etgan boy kutubxonada turli fan tarmoqlariga oid 15 ming jilddan ortiq kitob bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |