«Devonu lug'otit turk»ning qo'lyozmasi 1914-yil Turkiyaning £);_ yorbakr shahridan topilgan. 319 sahifali bu qo'lyozma hozirgi lstanbul- da saqlanadi. Bu nusxa asar yozilganidan salkam 200 yil keyin, ya'ni Mahmud Koshg'ariyning o'z qo'li bilan yozilgan nusxadan ko‘chirilgan Asarda ayniqsa qabila va urug tillariga oid lingvistik malumotlar ancha batafsil benlgan. Bunda har bir so'zning ma’nolari chuqur tahlil qilinadi, ayrim so'zlaming etimologiyasiga to'xtab otiladi. Tovushlaming tahlili ancha mukammal. Morfologiya sohasida so'z turkumlarini, davr an anasiga ko'ra, 3 turkumda: fe’l, ism, bog'lovchiga bo'lib, ularning yasalishi va turlanish yo'llanni ko'rsatib o'tadi. «Devonu lugotit turk»da 250 dan ortiq maqol va matallar, o'nlab she’riy parchalar keltirilgan.
tarixiy-etimologik lug‘atlaming barcha unsurlarini qamrab oluvchi dastlabki universal lug‘at bo‘lib, o‘z muallifini dunyoga ulug‘ adabiyotchi, tarixchi, geograf va boshqa ko‘p fanlardan yaxshi xabardor bo‘lgan yirik fan arbobi, qomusiy olim sifatida tanitdi. Bu asarida olim turkiy qabila va urug‘lar (xalqlar) tillaridagi so‘zlar ma’nosini arab tilida izohlab beradi. Misol sifatida esa maqollardan va badiiy adabiyotdan parchalar keltiradi. Bu haqda Mahmud Koshg‘ariyning o‘zi yozadi: “Men bu kitobni maxsus alifbe tartibida hikmatli so‘zlar, saj’lar, maqollar, qo‘shiqlar, rajaz va nasr deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim... Men iste’moldagi so‘zlarnigina berdim, iste’moldan chiqqanlarini tashladim... So‘ngra men har bir qabilaga mansub so'zlaming yasalish xususiyatlarini va qanday qo‘llanishini qisqacha izohlab ko‘rsatish uchun alohida yo‘l tutdim. Bu ishda misol tariqasida turklaming tilida qo‘llanilib kelgan she’rlaridan, shodlik va motam kunlarida qo‘llanadigan hikmatli so‘zlaridan, maqollaridan keltirdim”. Shuni aytish kerakki, “Devon”da benlgan adabiy parchalar, til faktlari faqat 11-asr adabiyotining namu- nalari bo‘lmay, ularning aksar qismi juda uzoq o‘tmish davrlarning mahsulidir. Shu jihatdan bunday parchalar turkiy tillaming kelib chi- qish tarixini, rivojlanishini, adabiy harakatining juda uzoq tarixini bel- gilashga xizmat qiluvchi eng muhim hujjatdir. Asardagi bir qancha
geografik, etnografik ma’lumotlar
ham tegishli sohalar nuqtai nazari-
dan katta ahamiyatga ega.
Mahmud Koshg'ariy mazkur
asariga o‘zi tuzgan dunyo xarita-
sini ibva qiladi. Xaritada mam-
lakat, shahar, qishloq, tog‘, cho‘l,
dengiz, ko‘l, daryo kabilarning
nomlari yozilgan. Xaritada aks et-
magan ba’zi bir nomlar lug‘at
matnida izohlangan. Xarita, aso-
san, Sharqiy yarim sharga to‘g‘ri keladi. Bu haqda Mahmud
Koshg'ariyning o‘zi: “Rumdan Mochingacha bo‘lgan... shaharlar
omini aniqlash maqsadida ularning hammasini yer shaklidagi doira-
da ko‘rsatdim”, — deb yozadi. Shartli qabul qilingan bo‘yoqlar rangi
doira tashqarisida to‘rt joyda so‘z bilan izohlangan. Ayrim kamchi-
liklariga qaramay, Mahmud Koshg'ariyning 11-asrda tuzilgan xarita-
si o‘z davri uchun mukammal, hozirgi davr uchun geografik ma’lumotlar
bemvchi muhim manba hisoblanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, alloma-
ning “Devonu lug‘otit turk”dan awalroq yaratilgan “Javohirun-nahvi
fi lug'otit turk” (“Turkiy tillar sintaksisi qoidalari”) deb nomlangan
asari ham bolgan. Ushbu asar hozircha topilgani yo‘q.
Mahmud Koshg'ariy 1080-yilda (yoki 1118-yilda) vataniga qaytib kelib, 0‘paldagi Aziq qishlog'ida, Hazrati Mullom tog‘i etagidagi tepalikda joylashgan madrasada dars bergan va ilmiy ijod bilan mashgul bo'lgan (hozirda mazkur madrasaning faqat poydevorlari saqlanib qolgan). Mahmud Koshg‘ariy 1105-yilda (yoki 1126-yilda) 97 yoshida vafot etib, 0‘paldagi uning ajdodlari maqbarasiga dafn etilgan. Maqbara hozirgacha “Hazrati Mullom mozori” nomi bilan mashhur.
Mahmud Koshg'ariyning dunyo xaritasi.
XOJA AHMAD YASSAVIY
(taxminan 11-asrning 2-yarmi — 1166)
Yassaviy qabri ustiga qo‘yilgan sag‘ana.
Tasawufning mashhur namoyandalaridan biri, shoir Ahmad Yassaviy Yassi yaqinidagi Sayram shahrida tavallud topgan. Otasi Shayx Ibrohim javonmardlik tariqatiga mansub nufuzli zotlardan bo‘lgan. Ahmad Yassaviy tug‘ilgach, ko‘p o‘tmay onasi — Muso Shayxning qizi Oysha xotun vafot etadi. 7 yoshida otasidan ham ajraladi. Yassaviy opasi bilan Yassiga ko‘chib borgach, birinchi ustozi turkistonlik mashhur sufiy Arslonbob (taxminan 11-asr) bilan uchrashadi va undan tahsil oladi (“Yetti yoshda Arslon bobom izlab topdim...”). Yassaviy Yassida botin ilmi sirlarini mukammal o‘zlashtirgan. 0‘sha zamonlarda ilm-ma’rifatning Movarounnahrdagi markazlaridan bo‘lgan Buxoroda Turkiston- ning turli tomonlaridan tolibi ilmlar yig'ilishgan. Arslonbob ko‘rsatmasi bilan Ahmad Yassaviy ham Buxoroga boradi.
Buxoroda u arab tili bilan bir qatorda fors tilini ham chuqur o‘rganadi. Forsiyda yaratilgan tasawufiy adabiyot bilan tanisha- di. Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy, Abdulloh Barqiy, Xoja Hasan Andoqiy kabi tasawuf namoyandalari bilan hamsuhbat va ham- maslak bo‘lib davrning eng peshqadam olimi va sufiysi Shayx
Yusuf Hamadoniy bilan uchrashib,
uning muridlari qatoridan o‘rin oladi.
Ahmad Yassaviy o‘z yurti
Turkiston shahriga qaytgach o‘z
ta’limotini — yassaviylikni targ'ib
etib, shogird, muridlar tayyoday
boshlaydi.
Yassaviylik ta’limotiga ko‘ra ko-
mil murshid (shayx)ning zimmasida-
gi birinchi vazifa asosiy insoniy si-
fatlarni o‘zida mujassam etish, sha-
riat ilmini mukammal egallab, so‘ng
muridlarni ortidan ergashtirishga erishishdir. Yassaviylikka ko‘ra
murid quyidagi talablarga rioya qilishi zarur: biror kishini o‘z mur-
shididan ustun qoymasligi va unga mutlaq ehtirom bilan bog‘lanishi;
zikr va idrok sohibi bo‘lish, ustozining ramzi va ishoratlarini oson
ilg‘ashi; so‘zda to‘g‘ri va va’daga vafodor bo'lishi; ustozining amr,
taklif, va’z va nasihatlarini nazardan soqit etmay kamolga intilishi,
himmat va saxovat tuyg‘ularini kamol toptirish, nafsga qarshi kurashda
sobit bo‘lishi, halol mehnat bilan rizq topishga alohida ahamiyat
berilgan. Yassaviylik ta’limoti ko‘plab ulamo, shoir va davlat arboblari
qalbini zabt aylagan. Bu ta’limot faqat Movarounnahrda emas,
balki Xuroson, Ozarbayjon, Turkiyada ham keng tarqalgan.
Ahmad Yassaviy turkiy xalqlarni islomga yanada kengroq jalb qilish va tasawuf g‘oyalarini omma ko‘ngliga chuqur singdi- rish maqsadida she’riyatdan keng foydalangan. Yassaviy tariqa- tining barcha aqidalari Ahmad Yassaviyning asosiy asari lHikmat”da mufassal bayon etilgan.
Ahmad Yassaviy nuqtai nazarida hikmat — “ilmi laduniy”, ya’ni ilmi g‘aybu haqoyiq va ilohiy sirlarni kashf aylash mazmu-
Was&aviynivy ada- biyotda tutyan ydti sod- da xaiq siwinarimiz- niny tutyon yoiidir... (lAniny hikmatlari msrula, (jojiyada, tidub- da ocaLj adabiyoti atal- yan she’riar biian
Abdurauf Fitrat.
99
niga ham ega. Uning o‘zi “Devoni hikmat” nomi bilan biron bir kitob yaratmagan. Ushbu nodir asar uning murid va izdoshlari tomonidan tartib berilgan. Lekin bu narsa hikmat majmuasining Yassaviyga aloqasi yo‘q, degan da’voni ilgari surishga asos bo‘lmaydi.
“Devoni hikmat ”da ilohiy ishq va oshiqlik, ma’rifat va oriflik saodati, fanodan baqoga yetishish tushunchalari nihoyatda samimiy va ta’sirli ohanglarda yoritib berilgan. “Devoni hikmat”dagi barcha she’rlar ham Yassaviyga mansub emas. Unga Yassaviy izdoshlarining ijod namunalari ham kiritilgan. Bu esa, tabiiyki, hikmatlar tili va uslubida ma’lum o‘zgarishlar hosil qilgan. Lekin Yassaviyning o‘nlab izdoshlaridan hech biri ustozlari boshlagan g'oyaviy, axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy va mafkuraviy yo‘nalishni o‘zgartirmagan. Buni Yassaviy hayoti, tariqati va ijodiyotidan bahs yuritilgan o‘nlab qadimgi manbalar, ayniqsa, Sulton Ahmad Haziniyning “Javohir ul-abror min amvojil bihor” asari ham to‘la tasdiqlaydi.
Ahmad Yassaviyning faqat ijodiyoti emas, qancha umr ko‘rib, qachon vafot etganligi ham bahsli. U hikmatlaridan birida “Yuz yigirma beshga kirdim, bilolmadim”, deydiki, bu so‘zlar tarixiy haqiqatdan ko‘ra, manoqibiy mazmunga ega. Bundan tashqari, 125 yillik uzoq umrning yarmidan ko‘pini “yer osti”da (“Oltmish uchda yer ostiga kirdim mano”, deydi Yassaviy) o‘tkazish aql bovar etmas hodisadir. Lekin ko‘pchilik tadqiqotchilar uning vafot etgan yilini 1166—67-yillar deb qayd etishgan.
Ahmad Yassaviy Turkiston (qadimgi Yassi; hozirgi Qozog‘iston hududida) shahrida dafn etilgan. Uning qabri usti- da dastlab (12-asrda) kichik maqbara qurilgan. Keyin Amir Temur tomonidan ulkan mahobatli maqbara majmui bunyod etil- gan (bino loyihasini ishlab chiqishda uning o‘zi shaxsan ishtirok etgan). Ahmad Yassaviy maqbarasi majmui ko‘lami jihatdan о sha
davrda bunyod etilgan Bibixonim masjidi, Shahrisabzdagi Oqsa- r0y va Dor us-Saodat majmuiga tenglashadi.
Uzoq vaqt mobaynida Ahmad Yassaviy hayoti va ijodiyotini ilmiy jihatdan tadqiq etishga imkon berilmadi. Asarlarini nashr qilishga yo‘l qo‘yilrnadi. O'tgan asrning 70-yillarida Yassaviy- ning milliy madaniyat, til va adabiyot tarixidagi xizmatlarini to‘g‘ri baholash yo‘lidagi urinishlar esa qoralandi. Mustaqillik arafasida, xususan, 0‘zbekiston istiqlolga erishgandan keyin yassaviyshu- noslikda yangi davr boshlandi. Dastlab turli gazeta va jurnallarda “Devoni hikmat”dan namunalar e’lon qilingan bo'lsa, 1990— 92-yillarda uning 2 mustaqil nashri kitobxonlar qo‘liga yetkazil- di. Ushbu nashrlar nafaqat 0‘zbekistonda, balki boshqa turkiy davlatlarda ham bu buyuk mutasawifning hayoti, adabiy-ma’rifiy faoliyati, izdoshlari xizmatiga qiziqishni kuchaytirdi. 1993-yil 0‘zbekistonda Ahmad Yassaviyga bag‘ishlab ilmiy anjumanlar o‘tkazildi. 0‘zbekistondagi bir qancha ko‘cha va mahalla Ahmad Yassaviy nomi bilan ataladi.
Badiiy ijodda ham Yassaviy obrazini yaratish bo‘yicha izla- nishlar olib borilmoqda. Yozuvchi Sa’dulla Siyoyev “Yassaviyning so‘nggi safari” romanini yaratdi.
Xoja Ahmad Y assaviy me’moriy majmuasi.
ZAMAXSHARIY
(taxallusi; to‘liq ismi Abulqosim Mahmud ibn Umar ibn Ahmad) (1075.18.3—1144.14.4)
Tilshunos, adib, tafsir va hadis olimi Zamaxshariy Xorazm- ning Zamaxshar qishlog‘ida tug‘ilgan. Oilasi islomning mu’tazila ta’limotiga e’tiqod qo'ygan bo‘lib, Zamaxshariy dunyoqarashi dindor, taqvodor otasining ta’sirida shakllangan, dastlabki bilimi- ni ham o‘z otasidan olgan. Zamaxshariy ilm-fanning turli so- halari, ayniqsa, arab tili va adabiyotini, diniy ilmlarni, shuningdek, o‘sha davrda ilm ahli orasida qadrlangan xattotlik san’atini ham mukammal egallaydi. Ustozi — til, lug‘at va adabiyot sohasida mashhur olim Abu Mudar Isfahoniy (1113-yil Marvda vafot etgan)dan ilm o‘rganadi. Talabalik yoshiga yetgach, bilimini yanada oshirish, har tomonlama kamol toptirish maqsadida Buxoroga yo‘l oladi. Bu yerda u shayx ul-islom Abumansur Nasr Horisiy, Abu-Sa’d Shaqqoniy va Abulxattob ibn Abulbatr kabi olimlar- dan saboq oladi. 0‘qishni tugatgach, bir necha yil Xorazm- shohlar xizmatida bo‘lib, kotiblik bilan shug‘ullanadi, hukmdor-v larga yaqinlashishga urinadi. Biroq qobiliyati, ilmi, fazilatiga yarasha biror mansab va o‘ziga nisbatan munosib e’tibor ko‘rmagach, o‘zga yurtlarga safar qiladi. Marv, Nishopur, Isfahon, Damashq,
gag'dod va Hijozda, 2 marta
IVlakkada bo'ladi. Bu yerda ilmiy
ishlarini davom ettirib, arab tili
grammatikasi va lug‘atini hamda
mahalliy qabilalarning lahjalari,
maqollari va urf-odatlarini chuqur
o'rganadi, mintaqa geografiyasiga
oid xilma-xil ma’lumotlarni
to'playdi. Zamaxshariy ko‘p asar-
larini IVlakkada yozadi. Shu bois-
dan u Jorulloh (“Allohning
qo'shnisi”) degan sharafli laqabga
muyassar bo'lgan. Zamaxshariy
oxirgi marta Makkadan qaytib,
Xorazmda bir necha yil yashaydi
va hozirgi Ko‘hna Urganchda vafot
etadi.
Zamaxshariy arab grammatika-
si, lug‘atshunoslik, adabiyot, aruz
ilmi, geografiya, tafsir, hadis va fiqhga oid 50 dan ortiq asar
yaratgan. Ularning aksariyati bizgacha yetib kelgan. Zamaxshariy-
ning “Al-Mufassal” (“Grammatika bo‘yicha mufassal kitob”, 1121)
asari arab tili nahvu sarfi(sintaksis va morfologiyasi)ni o'rganishda
yirik qo'llanma sifatida azaldan Sharqda ham, G'arbda ham
shuhrat topgan. Shorn (Suriya) hokimi Muzaffariddin Muso kim-
da-kim Zamaxshariyning ushbu asarini yod olsa, unga 5 ming
kumush tanga va sarpo sovg‘a qilishni va’da bergan. Bir qancha
kishilar asarni yod olib, mukofotga sazovor bo‘lishgan. “Al-
Mufassal’ 'ning ixchamlashtirilib, muxtasar holatga keltirilgan nusxasi
Al-Unmuzaj” (“Namuna”) nomi bilan ataladi. Grammatikaga
Do'stlaringiz bilan baham: |