“UzACADEMIA” scientific-methodical journal
95
www.academiascience.uz
c)
Qaralmish otlashgan ravish bilan ifodalandi – ko'pi. Bu odamlarning ko‘pi
akamning do‘stlari edi. – odamlardan ko‘pi akamning do‘stlari edi.
d)
Qaralmish otlashgan sifat bilan ifodalanadi - eng aqllisi. Aziza dugona
qizlarning eng aqllisi.- Aziza dugona qizlardan eng aqllisi.
Qaratqich va chiqish kelishigi shakllari sinonim sifatida qo‘llanganda, bir shakl
yasovchi o‘rnida ikkinchi bir shakl yasovchining qo‘llanishi moslashuvli birikmani
boshqaruvli birkmaga aylantiradi: bolalarning biri – bolalardan biri kabi. Qaratqich
kelishigi to‘dadan ajratilganlik ma‘nosini anglatganda chiqish kelishigi affiksi bilan
sinonim bo‘ladi. Ular sinonim qo‘llanganda stilistik ravonlik, mazmun aniqligi
asosan saqlanadi. Sinonimlik affikslar doirasidagina emas, birikmalar o‘rtasida ham
kuzatiladi. Bu xil birikmalar sinonimiyasini asosan qaralmish sifat, olmosh va ayrim
ravishlar bilan ifodalangan birikmalarda kuzatish mumkin.[4]
Qaralmish sifat bilan ifodalangan birikmalar sinonimiyasi: - Yaxshi
odamlarimiz ko‘p, - dedi Qalandarov va falsafa maqoliga o‘tdi, - men sizga aytsam,
odamning yomoni
bo‘lmaydi. Birov tosh, birov gul, o‘z joyida ikkovi ham yaxshi…
(A. Qahhor). Misolda qo‘llangan qaratqichli va sifatlovchili birikmalarni sinonimi
bilan almashtirib, jumlani qayta tuzib ko‘ramiz. Odamlarimizning yaxshisi ko‘p, -
dedi Qalandarov va falsafa maqoliga o‘tdi, - men sizga aytsam,
yomon odam
bo‘lmaydi. Birov tosh, birov gul, o‘z joyida ikkovi ham yaxshi...[2]
Bu ikkala jumlani qiyoslaganda, ularda stilistik ravonlik va stilistik ma‘no
nozikligi jihatidan ham qisman farq yuzaga kelganini ko‘rish mumkin. Fikrimizcha,
buning sabablari quyidagichadir, ―yomon odam‖ birikmasida ma‘lum belgi,
xususiyatga egalik ma‘nosi odatiy tarzda ifodalanadi, ―odamlarning yomoni‖
birikmasida‖ esa ko‘p predmetdan ma‘lum belgi, xususiyatga ega bo‘lgan qismi
ajratib, ta‘kidlab ko‘rsatilyapti. Yozuvchining maqsadi qaratqichli birikmada
ifodalangan ma‘nino berish bo‘lgan.
Qaralmishi sifatdan iborat bo‘lgan qaratqichli birikmalar ma‘lum stilistik
bo‘yoqqa egaligi, ravonligi, ta‘kidga egaligi va ta‘sirchanligi bilan ajralib turadi. Ular
badiiy asarda ekspressivlikni ta‘minlashga xizmat qiladi va qahramonlarning ichki
kechinmalarini ifodalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday o‘rinlarda
qaratqichli birikmalarni sifatlovchili birikmalar bilan almashtirib bo‘lmaydi.
Men aytaman… Aytaman-u, o‘ylayman:
Do'stlaringiz bilan baham: |