“UzACADEMIA” scientific-methodical journal
125
www.academiascience.uz
shaharlarning geografik koordinatalari, yulduzlarning koordinatalari, Quyosh, Oy va
boshqa sayyoralarning harakatlari aks ettirilgan jadvallar, to XV asrda Ulug‘bek
rasadxonasining yirik astronomik asboblarida bu ma‘lumotlar aniqlashtirilgunga
qadar, ya‘ni ikki yuz yildan ko‘proq davr mobaynida dunyo astronom olimlarining
foydalanadigan kundalik lug‘atiga aylandi. Tusiyning bu asarida o‘sha paytda hukm
surgan musulmonlar, yahudiylar hamda Xitoy taqvimlari va ular orasidagi
bog‘lanishlarni, Quyosh, Oy va ―qurollanmagan‖ ko‘z bilan ko‘rinadigan beshta
sayyoraning harakat nazariyasi hamda o‘nlab yorug‘ yulduzlarning aniq
koordinatalari keltirilgan. Bu asarida olim, mashhur yunon astronomi, Olam
tuzilishining geosentrik ta‘limotining asoschisi K.Ptolemeyning (mashhur
―Almajistiy‖ ning muallifi) Oy va Utorud (Merkuriy) ning harakatiga bag‘ishlangan
nazariyasiga qarshi chiqib, o‘zining nisbatan yengil hisoblash usulini taklif etadi.
Tusiyning fizikaga bag‘ishlangan risolalarining soni to‘rtta bo‘lib, ular optika va
issiqlik hodisalari bilan bog‘liq masalalarni o‘z ichiga olgan. Ayniqsa olimning
matematikadan ―Doska va chang yordamida arifmetikadan to‘plam‖, ―Algebra va
almuqobaladagi
hisoblash
masalalari
haqida
risola‖,
―Astronomiyadan
Almajistonning bayoni‖, ―Elxon ziji‖, ―Astronomiyadan Nosiriddinning esdaliklari‖
va nihoyat, fizikaga oid ―Nurning sinishi va qaytishi haqidagi risola‖, ―Issiq va sovuq
haqidagi risola‖ kabi asarlari o‘rta asr tabiiy fanlarining rivojlanishida buyuk hissa
bo‘lib qo‘shildi.
Tusiy fizika, matematika va astronomiya fanlaridan boshqa sohalar bo‘yicha
ham ilmiy asarlar yozib, tarixda qomusiy alloma degan nom oldi. Uning
Xuloguxonga bag‘ishlangan ana shunday asarlaridan biri ―Elxon mineralogiyasi‖
(―Tansiqnomai Elxoniy‖ ba‘zan ―Javohirnoma‖ deb ham yuritiladi) risolasidir. Bu
asarning bir nusxasi Angliyaning Kembrij universitetining kutubxonasida, boshqa bir
nusxasi esa Sankt-Peterburg universitetining kutubxonasida saqlanadi. Tusiyning
pedagogik faoliyati ham tahsinga sazovordir. Uning ―Axloqi Nosiriy‖ risolasi chuqur
pedagogik falsafiy asar bo‘lib, unda insonning ma‘naviy shakllanishi, xulq-atvori va
jamoada o‘zini tutishi bilan bog‘liq etik qoida va normalar haqidagi muammolar
yoritilgan. Shuningdek, olimning mantiq bo‘yicha yozgan ―Bilim olishning asoslari‖
(―Asos al-iqtibos‖) asari ham faylasuflar uchun qimmatli meros hisoblanadi.
Tusiyning Marog‘adagi astronomik rasadxonasi o‘rta asrlarda ishlangan va
dunyoga dong‘i ketgan eng yirik rasadxonalardan biri bo‘lib, uning Sharq
astronomiyasi, ilm-fani rivojiga qo‘shgan hissasi beqiyosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |