birini turtisha boshladi. "Sen qil, sen..." (Kulgi koʼtarildi). Ulardan dam chiqa bermagach, Zokir-govning oʼzi qoʼl ochti: — Omin de, hoʼkuzlar! — dedi. Ular "omin, omin" deb turdilar. — Shoyad duo qabul boʼlsa... Olloh taoloning mulla Baxtiyor va Davlat kabi zakki bandalariga bizning ehtiyojimiz yoʼq. (Mehrobdan chayon, 88-bet)
|
Uchavi ham fotihaga yuz siypashkan edilar, yana atrofni gurrr etkan kulgi bosti. Fotihadan soʼng Zokir-gov ularni yoʼlgʼa soldi: — Tilak qil, tilak; baqrayib turasanlarmi? Uchavi yana bir-birini turtishib, oʼz ora bir narsa soʼzlashib oldilar. Davlat nimadir aytib, sufaga oʼlturganlarga ishorat qildi... Oradan
Bahrom tilakka ogʼiz ochti: — Salla — kalla, shopu shalopni koʼrib, oʼzimiz ham juda qoʼrqqangʼa oʼxshaymiz... Manovi Davlat boʼlsa — "Bu oʼlturganlarning hammasi ham odamxoʼr", deyapti. (Kulgi.) Endi tilagimiz shuki, bizlarga javob bersalar, joyimizga tinchkina ketsak... (Kulgi.) Ilohi mana shu oʼlturganlarga xudoyim insof bersin... (Kulgi.) Yuragimiz judayam chiqib ketayapti! (Kulgi.)
(Mehrobdan chayon, 88-bet)
|
— Qoʼy, aka, qoʼy! — deb yigʼladi Baxtiyor, bekorga oʼlib ketmay, bala-chaqam bor?
— Yemaydi seni!
— Yeydi, aka, yeydi! Manovi bekingni koʼziga qara...voy-voya-a-a, qoʼyuvor! (Kulgi.)
— Men senlarga achchigʼ aytim-a, padar laʼnat!
— Menda oʼching borgʼa oʼxshaydi, aka! Аnovi domlang nax odamxoʼrning oʼzi, kiyimingni ham
yeshdirib oʼlturmaydi... Uyagʼini soʼrasang, xoninggʼa ham ishonmay qoldim! (Kulgi.) (Mehrobdan chayon, 89-bet)
|
Baxtiyor siltanib Zokir-govning qoʼlidan chiqdi va gʼildiragʼandek bordongʼa qarab qochti. Zokir-gov ham uni quvlagʼancha bordongʼa kirdi. Bir ozdan soʼng tuzukroq kiyimda, boshigʼa salla oʼrab, oyogʼida sagʼri kafsh bilan qoʼlida joynamoz kabi bir narsani koʼtarib bordondan Davlat chiqdi. Xongʼa taʼzim qilgʼandan soʼng,
joynamozni yerga yozdi.
(Mehrobdan chayon, 89-bet)
|
Shayxulislom Valixon toʼra (Zokir-gov)
koʼrindi. Shayxulislom kabi qaddi bir oz bukik va qadam qoʼyishi ham Valixon toʼradek ikki garafka moyil edi. Barchaning koʼzi va diqqati har ikki shayxulislomda boʼldi. Xon yonidagʼi
haqiqiy shayxulislom esa qip-qizargʼan va har on "tavba" deb qoʼyar edi.
(Mehrobdan chayon, 89-bet)
|
"Shayxulislom" yoʼl ustida toʼxtadi va yerda tushib yotqan bir narsani asosining uchi bilan tekshirib koʼrdi va uni turtib chetka chiqargʼach, yoʼlida davom etdi. Koʼbchilik chidalmadi, gur etib kulib yubordi. Valixon toʼraning oʼzi ham tavba aralashmi kulib qoʼydi. Chunki Zokir-gov hech bir nuqsonsiz muqallid boʼlmoqda edi. (Mehrobdan chayon, 89-bet)
|
tanchada Shahodat mufti boshliq mulla Аbdurahmon va Kalonshoh mirzolar nima toʼgʼrisidadir, ohista-ohista soʼzlashib oʼlturar edilar. Eshikda Аnvar koʼrinishi bilan
ularning suhbati kesildi va har kim oʼz qoʼlidagʼi ishka qaradi.
— Ehi, ehi, — deb yoʼtalindi Shahodat mufti, — nima farmon bor, mirzo Аnvar?
(Mehrobdan chayon, 90-bet)
|
Shahodat mufti indamadi. Аnvar qogʼoz olib, bir narsa yoza boshladi. Shahodat mufti ohistagʼina yonidagʼi Аbdurahmonni turtib qoʼydi va Аnvarga ishorat qilib, "ana ahvol"
degandek iljaydi. Yaʼni uning harakati "koʼrdingmi mirzoboshini, qoʼlidan mahzar yozish ham kelmaydi" mazmunida edi. Mulla Аbdurahmon ohista bosh koʼtarib kulimsidi. Bu gapdan xabardor boʼlib oʼlturgan Kalonshoh mirzo qoʼlini ogʼzigʼa karnay qilib Аnvarga toʼgʼriladi,
|
Do'stlaringiz bilan baham: |