oyoq koʼzdan kechirdi. (Mehrobdan chayon, 78-bet)
|
Raʼno tashqarigʼa chiqib ketdi. Аnvar qoʼlida chaqaloq bilan ayvon muyushiga kelib oʼlturdi.
Chaqaloq Аnvar qoʼlidan irgʼib har tarafka talpinar va turlik tovushlar chiqarib qichqirar edi.
Maxdum chaqaloqning harakatiga qiziqsindi:
— Mam-mam, mam-mam-mam, — dedi qoʼlini chaqaloqqa uynatib, — du-du-duv, du-du-duv...
hay bachchataloq, hay bachchataloh!.. Behad shoʼx boʼlibti-da, behad, du-du-duv!
Chaqaloq maxdumga talpinar, kichkina qoʼllarini goh ochib, goh yumar edi.
(Mehrobdan chayon, 81-bet)
|
Аnvar Raʼnoning kelib suv quyishigʼa qaramay, oʼzi yuvina berdi. Raʼno yetib kelguncha
qoʼlini yuvib oldi. Maxdum qizidan achchigʼlandi:
— Juda sust qadamsan-a, Raʼno. Seni talqon yeb suvga yuborgʼan kishi qaytib kelguningcha,
tiqilib oʼladi!
Maxdumning tashbihidan Аnvar va Raʼno kulishdilar. Soʼzni joyida ishlatkani uchun boʼlsa
kerak, maxdumning oʼzi ham kulimsiradi:
— Toʼgʼri-da, mirzo Аnvar, qoʼli sust kosibdan oyogʼi chaqqon gadoy yaxshi emish! (Mehrobdan chayon, 82-bet)
|
Аnvar bir oz oʼylab turdi.
— Kim u mulla Аbdurahmon, xotirlay olmadim?
— Oʼzimizning mulla Аbdurahmon-chi, axir... Yerligʼ olgʼan kuningiz fotihaga kelgan yosh
imom.
Аnvar yana bosh chayqadi:
— Hech bir esimda yoʼq.
— Xoʼb, — dedi maxdum oʼng koʼzini qisib. — Oʼshal kun fotihaga kelgan boʼzchi
muxlisingizni xotirlaysizmi?
— Xotirlayman.
(Mehrobdan chayon,83-bet)
|
— Xe-xe-xe! — deb kuldi Zokir-gov. — Sizlar har kun minglab kishini oʼrda tegida maʼtal qoʼygʼanlaringizda, men bir nafas maʼtal qoʼysam, xe-xe-xe!.. Taqsir, sizga arz! Xon, "ayt" degan kabi bosh irgʼatdi.
— Taqsirimga birinchi arz shuki, — dedi Zokir-gov, — yonimda turgʼan shu baqa aftni mendan nari qilsangiz, zero, buningizning dagʼdagʼasi siznikidan ham oʼtadigʼan koʼrinadi!
(Kulgi.) (Mehrobdan chayon, 85-bet)
|
Zokir-gov xongʼa qulliq qildi va ikki-uch qadam bordon tomongʼa yurib, butun tovshi bilan
chaqirdi:
— Bahromboy! Hov, Bahromboy!!!
Bordon ichidan bir oyogʼida kafsh, ikkinchisi kafshsiz oldi ochiq kir yaxtagidan badani
koʼringan, bir qoʼli bilan yelkasini qashib, ikkinchisi bilan ishtonbogʼini ushlagan, bosh yalan
bir yigit chiqdi.
(Mehrobdan chayon, 86-bet)
|
— Qoʼy desam boʼlmadi, bir poy kafshimni ikavi huzur qili-i-ib yeb yatipti! ( qattigʼ
kulgi.)
Zokir-gov achchigʼlandi.
— Senlarga hech bir aql kirmadi-da... Endi xonning oldigʼa bir poy kafsh bilan chiqasanmi?
Bahrom oʼylanib boshini qashidi.
— Chiqsam chiqavuraman-da. Xoning ham menga oʼxshagʼan bir odam-da, aka! (Kulgi.)m— Kir, kir, padarlaʼnat, darrav ularingni olib chiq!
(Mehrobdan chayon, 86-bet)
|
Bahrom yelkasini qashib, kafshlik oyogʼi bilan kafshsiz oyogʼini "tapchip, tap-chip" yerga bosib ichkariga kirib ketdi. Bir ozdan soʼng ikki hamrohini boshlab chiqdi. Chiqqanlardan biri pak- pakana, yum-yumaloq, loʼp-loʼnda bir maxluq edi. Uning gavdasi bu qadar "kelishkan" boʼlishi ustiga, basharasi ham shunga monand tushkan, tomogʼining ostida choʼguri qovundek boʼqoq gʼovlab yotar edi. (Mehrobdan chayon, 86-bet)
|
Bahrom maʼyus boʼyin solib turdi, Baxtiyor bilan Davlat labini artib, bir-biriga
qarashdi: — Аyt! — Sen ayt.
— Nima deb aytaman? — Yeganimiz yoʼq, deb ayt...
|
Do'stlaringiz bilan baham: |