REFERAT
MENEJMENT USULLARI
Topshirdi: Saydaxmedova Maftuna
Tekshirdi:
Toshkent 2020
Hozirgi kunda yurtimizda turli xil sohalar rivojlanayotgan ekan, ularning har birida malakali menejerarga talab katta. Lekin shu o’rinda menejment o’zi nima? Uni qanday boshqaruv usullari mavjud? Degan savollar paydo bo’lishi mumkin. Shunday ekan, ushbu savollarning har biriga oydinlik kiritib ketsak.
Menejment bu- iqtisodga taalluqli, bozor munosabatlariga asoslangan alohida boshqaruv. U iqtisodiy boshqaruv usullariga asoslanib daromad va foyda olishni ko’zda tutadi. Menejment- maqsadga muvofiq boshqaruv usuli yoki mehnatni samarali tashkil etishga yo’naltirilgan, mahsulot sifati hamda mehnat unumdorligini oshirishni o’z vazifasi deb bilgan boshqaruv turidir. Menejmentning mana shu vazifalarni bajarishda o’zining ma’lum bir boshqaruv usullari mavjud. Boshqaruv usullari xodimalrga va umuman ishlab chiqarish jamoasiga ta’sir ko’rsatish usullari bolib, bu usullar qo’yilgan maqsadlarga erishish jarayonida mazkur xodimlar va jamoalarning faoliyatini uyg’unlashtirishni nazarda tutadi.
Menejmentning 3 xil usuli mavjud. Bular:
Menejmenting iqtisodiy usullari
Menejmentning tashkiliy-farmoyish usullari
Menejmentning ijtomoiy-psixologik usullari
Menejmentning iqtisodiy usullari
Menejmentning iqtisodiy usullari kishilarga iqtisodiy manfaatlar orqali ta’sir ko’rsatadi. Iqtisodiy usullarning mohiyati shundaki, bu usullar xodimlar va ishlab chiqarish jamoasiga ular manfaatli bo’lishini ta’minlovchi iqtisodiy sharoit yaratishdan iboratdir. Menejment usullar tizimida iqtisodiy usullar yetakcho o’rinni egallaydi.
Iqtisodiy usullar iqtisodiy ta’sir vositalari yig’indisidan (narx, krdit, biznes-reja, foyda, soliqlar, ish haqi, iqtisodiy rag’batlantirish vah.k ) iborat.
Menejmentning tashkiliy-farmoyish usullari
Menejmentning tashkiliy-farmoyish usullari boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar samarali faoliyat yuritishini ta’minlovchi ta’sir etish tizimidan iborat. Menejmentning tashkiliy farmoyish usullari iqtisodiy usullarni to’ldirib, bozor iqtisodiyoti qonunlarini, huquqiy aktlarni hisobga olish va bajarishga asoslanadi. Menejment tizimida tashkiliy usullar umumumiy maqsadga erishish uchun ishlab chiqaruvchilarning hamkorlikdagi harakati tartibga solinadigan ma’muriy hujjatlar asosida amalga oshadi. Bu usulni qo’llash asosini menejmentning barcha tamoyillariga rioya qilish tashkil etadi.
Menejmentning tashkily-farmoyish usullari ularning ishlab chiqaruvchilarga ta’sir etish manbalari va yo’nalishlari bo’yicha turlarga ajratiladi. Bunga bog’liq holda ta’sir etishning tashkiliy farmoyish usullari 3 guruhga bo’linadi:
-tashkiliy-barqarorlashtiruvchi;
-farmoyish;
-intizom.
Ta’sir etishning tashkiliy barqarorlashtiruvchi usullarning asosiy maqsadi hamkorlikda ishlash uchun tashkiliy asos yaratishdir, ya’ni vazifa, majburiyat, javobgarlik va vakolatlarni taqsimlash, tartib o’rnatish va h.k.
Ta’sir etishning farmoyish usullari cheklovchi hujjatlarda ko’zda tutilmagan mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda kundalik boshqarish maqsadida qo’llaniladi. Uning asosy maqsadi boshqaruv apparatining aniq harakati, boshqaruvning barcha bo’linma va xizmatlar barqaror ishlashini ta’minlab berishdir. Ta’sir etishning farmoyosh usuli buyruq, ko’rsatma va boshqa meyoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Intizomiy ta’sir usullari tashkiliy barqarorlashtiruvchi va farmoyish vositasida ta’sir etish usullarini to’ldirib, intizmoy talablar va majburiyatlar tizimi vositasida tashkiliy aloqalar barqarorligini ta’minlashga qaratilgan.
Menejmentning ijtimoiy-psixologik usullari
Menejmentning ijtimoiy-psixologik usullari ishlab chiqaruvchi va ayrim shaxslarga ularning ijtimoiy ehtiyojlarini va psixologik xususiyatlariga ta’sir etish bilan bog’liq vositasidir. Ijtimoiy-psixologik usullarni qo’llash korxonada yuz berayotgan ijtimoiy hodisalarni chuqur o’rganish, xodimlar nerv sistemasi, kayfiyatiga ta’sir etuvchi psixologik omillarni bilishni talab etadi. Bu usul ishlab chiqarishda mavjud ijtimoiy mexanizmni (o’zaro munosabat tizimi, ijtimoiy ehtiyojlar) qo’llashga asoslangan. Menejmentning ijtimoiy usullari ijtimoiy tartibga solish vositasida amalga oshiriladi. Ijtimoiy tartibga solish usullari turli guruhlar va shaxslar maqsadi va manfaatlarini aniqlash yo’li bilan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish va uyg’unlashtirish maqsadida foydalaniladi. Bu usullar inson omili faolligini oshirish, boshqaruvni demokratlash, yaxshilash maqsadida ham qo’llaniladi.
Xulosa qilib aytganda, menejment usullari ishlab chiqarish korxonalarining qo’yilgan maqsad vazifalariga erishishga yordam beradi. Ularning har biridan to’gri, unumli va meyorda foydalana olmagan rahbar odamlarga ta’sir o’tkaza olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |