Boshkaruv usullari.
R EJ A:
o’.1. Boshkaruv usullari to’grisida tushuncha.
o’.2. Boshkaruvning tashkiliy – ma‘muriy usullari.
o’.3. Boshkarishning iktisodiy usullari.
o’.4. Boshkarishning sotsial-ruxiy usullari.
Tayanch so’z va iboralar:
Usul. Boshkarish usullari. Tashkiliy-ma‘muriy usullar. Tashkiliy ta‘sir ko’rsatish. Farmoyish berish. Boshkarishni iktisodiy usullari. sotsial-ruxiy usullar.
5.1. Boshkaruv usullari to’grisida tushuncha.
Usul – bu tadkikot kilish yoki ta‘sir ko’rsatish usulidir. Tadkikot kilish nuktai nazaridan uslub deganda boshkaruv obektini °rganish jarayonida ko’llaniladigan usullar, ya‘ni:
sistemali (tizim)li yondashuv;
kompleks yondashuv;
tarkibiy yondashuv;
integratsion yondashuv;
modelashtirish;
iktisodiy-matematik yondashuv;
kuzatish;
eksprement;
sotsiologik kuzatuv kabi taxlilning usullari tushuniladi.
Ta‘sir ko’rsatish nuktai nazaridan esa usul deganda boshkarish funktsiyalarini amalga oshirish uchun boshkaruv obektiga ta‘sir o’tkazish usullari tushuniladi. Bunday usullarga kuyidagilar kiradi:
funktsional tizimosti obektlarini boshkarish usuli;
boshkarish funktsiyalarini bajarish usullari;
boshkaruv karorlarini kabul kilish usullari;
xar xil yondashuvlar, yo’sunlar, yo’llar yordamida amalga oshiriladigan turli-tuman boshkaruv ishlarining majmui – boshkaruvning anik va o’ziga xos usullari deb yuritiladi. Shunday kilib:
Boshkaruv usullari – bu xodimlarga va umuman ishlab chikarish jamoalariga ta‘sir ko’rsatish usullari bo’lib, bu usullar ko’yilgan maksadlarga erishish jarayonida mazkur xodimlar va jamoalarning faoliyatini uygunlashtirishni nazarda tutadi.
Boshkarish usullari ishlab chikarish yoki xizmat ko’rsatish jarayonidagi mavjud munosabatlardan obektiv tarzda kelib chikadi.
5.2. Boshkaruvning tashkiliy – ma‘muriy usullari
Tashkiliy-ma‘muriy usullar boshkarish usullari tizimida aoxida o’rin tutadi. Bu usullarga:
boshkarish apparatining muayyan strukturasini tuzish;
xar bir boshkaruv bo’ginining funktsiyalarini belgilash;
kadrlarni to’gri tanlash;
buyruklar, farmoyishlar va ko’llanmalar chikarish, ularning bajarilishini nazorat kilish;
topshiriklar va direktiv ko’rsatmalarni bajarmayotgan bo’linma va shaxslarga nisbatan majburiy choralarni ko’llash kiradi.
Tashkiliy-ma‘muriy usullar yukori organlar xokimiyatiga va kuyi organlarning bo’ysunishiga asoslanadi. Shuning uchun ularning ko’pincha ma‘muriy usullar deb yuritiladi. Yukori ma‘muriy organlar boshkariluvchi obektning bajarishi majburiy bo’lgan tartib-koidalarni ishlab chikadi, shuningdek bo’ysunuvchi organlarga farmoyishlar beradi.
Boshkarishning tashkiliy ma‘muriy usullari ikki shaklda:
tashkiliy ta‘sir ko’rsatish usullari;
formoyish berish usullari shakllarida namoyon bo’ladi (12 -chizma).
Tashkiliy-ma‘muriy usullar
Tashkiliy ta‘sir kўrsatish shakllari
loyiҳalash
reglamentlash
normalash
қўllanmalar tayyorlash va .k.
Farmoyishlar berish shakllari
buyruқ chiқarish
farmoyish berish
қaror қilish
kўrsatmalar berish va .k.
12- chizma. Tashkiliy – ma‘muriy usullar shakllari.
Tashkiliy usullarning bu ikkala shakl birgalikda ko’llaniladi, bir-birini to’ldiradi va rivojlantiradi. xar ikkala shaklning uygunlashuvi ishlab chikarish sharoitlarini xisobga olgan xolda optimal bo’lishi kerak.
Tashkiliy ta‘sir ko’rsatish turli tashkiliy choralarini, ya‘ni:
ishlab chikarish va boshkarishning tashkiliy strukturalarini belgilash;
ichki tartib-koidalarini o’rnatish;
boshkariluvchi va boshkaruvchi tizimlar o’rtasida optimk va okilona nisbatni o’rnatish kabilarni o’z ichiga oladi.
Farmoyish berish yo’li bilan ta‘sir ko’rsatish barcha boshkarish bo’limlari va organlarining (uyғun) ishlashini joriy ta‘minlab turishidan iborat bo’lib, bunga e‘lon kilinadigan yozma yoki ogizaki ko’rsatmalar berish, yozma shaklda nashr etilgan yoki ogizaki buyruklar vositasi bilan erishiladi.
5.3. Boshqarishning iqtisodiy usullari
Boshqarishning iqtisodiy usullari iktisodiy manfaatlardan foydalanishga asoslanadi. Zero, xar kanday jamiyatning iktisodiy munosabatlari, eng avvalo manfaatlarda namoyon bo’ladi. Manfaatlar uch xil bo’ldi:
umumjamiyat manfaatlari;
jamoa manfaatlari;
shaxsiy manfaatlar.
Bu manfaatlarni uygun sur‘atda boғlab olib borish muammosi bir kator muammolarni xal kilishni, xar bir davr sharoitlariga muvofik keladigan munosabatlarni o’rnatishni talab kiladi.
Iktisodiy boshkaruv usullarining asosiy vazifasi ishlab chikariladigan maxsulot (xizmat) birligiga sarflanadigan xarajatni kamaytirishga imkon beruvchi xo’jalik mexanizmlarining yangi usullarini, shuningdek, manfaatdorlik muxitini vujudga keltirish va ulardan samarali foydalanishdir.
Bu usulda kishilarning shaxsiy va guruxiy manfaatlarini yuzaga chikarish orkali ularni samarali ishlashi ta‘minlanadi. Bu maksadda ko’shimcha ish xaki to’lash, mukofotlar berish, bir yo’la katta pul bilan takdirlash kabilar muxim axamiyat kasb etadi. Iktisodiy metodlar boshkarishning barcha metodlari ichida yetakchi o’rinni egallaydi. xar kanday darajadagi raxbar bu usulning mazmunini yaxshi bilishi va ularni to’gri ko’llay olishi kerak. Boshkariluvchi obektga iktisodiy usullar orkali ko’rsatiladigan ta‘sir korxonalarni:
jiddiy rejalar kabul kilishiga:
mexnat va moliya resurslaridan yanada unumlirok foydalanishga;
yangi texnologiyalarni joriy kilishga;
mexnat unumdorligini oshirishga;
rakobatbop maxsulotlarni ishlab chikarishga ragbatlantiruvchi va shunga da‘vat etuvchi bo’lishi kerak.
SHu bilan birga iktisodiy metodlar shunday tanlanishi va ko’llanishi kerakki, bunda jamoalar va xar bir xodimning manfaatlarigina emas, balki butun jamiyat manfaatlariga rioya kilinadigan bo’lsin. Bir korxona uchun foydali tadbir davlatga xam foydali bo’lsin.
Boshkarishning iktisodiy usullari jumlasiga:
kredit va foiz stavkasi;
solik va solik yuki;
boj to’lovlari;
subsidiya va sanktsiya;
lizentsiya;
transfert to’lovlari;
narx-navo va xozolar kiradi.
Boshkaruv organlari, xususan, davlat bu usulni ko’llab, bozorni shakllantirish chogida xam, uning o’zini o’zi boshkarish boskichida xam goyat muxim jarayonlarni boshkaradi.
Agar ma‘muriy boshkarish usullari o’zini o’zi boshkaradigan bozor mexanizmlariga karshilik ko’rsatsa, ularga to’skinlik kilsa, iktisodiy usullar esa aksincha, ulardan foydalanishga tayanadi. Xo’jalik soxasiga davlatning ta‘siri xam tubdan o’zgaradi.
5.4. Boshkarishning sotsial-ruxiy usullari
Sotsial-ruxiy usullarning asosiy maksadi jamoalarda soglom ijtimoiy-ruxiy muxitni yaratishdir. Bu usulda ijtimoiy–ma‘naviy vaziyatga ta‘sir etish yo’li bilan kishilarning fe‘l-atvori, ruxiyatni xisobga olib ularning ijtimoiy (sotsial) talablarini kondirish orkali boshkarishni bildiradi.
Boshkacha kilib aytganda, sotsial-ruxiy usullar bu ishlab chikarish jamoalarini, ulardagi «psixologik vaziyatni», xar xodimning shaxsiy xususiyatlarini o’rganishga asoslangan usullardir.
Boshkarishning sotsial-ruxiy usullari kuyidagi muammolarni xal kilishga karatilgan:
1.
|
Kishilarning sotsial-ruxiy xususiyatlari, chunonchi, kobiyatlari, mijozlari, xarkatlari va xokozolarni xisobga olgan xolda mexnat jamoalarini tashkil toptirish. Buning natijasida jamoani rivojlantirish, ishlab chikarish samaradorligini oshirish maksadida xamkorlikda ishlash uchun ko’lay shart-sharoitlar yaratiladi.
|
2.
|
Sotsial yurish–turish me‘yorlarini o’rnatish va rivojlantirishga yaxshi va namunali an‘analarni ko’llab-kuvvatlash va milliy urf-odatlarni joriy etish xamda jamoa ongini ustirishga yordam beradi.
|
3.
|
Sotsial rivojlantirishni va kishilarning intilishini, tashabbusini ragbatlantirish, umumiy ta‘lim darajasini oshirish, madaniy, ma‘naviy va ma‘rifiy o’sish, malaka oshirish, estetik ravnak va mexnatga ijodiy munosabatni ta‘minlaydi.
|
4.
|
Kishilarning madaniy va sotsial-maishiy extiyojlarini kondirish, chunonchi, uy-joylar, bolalar bogchalari, klublar, prafilaktoriylar, sport ishootlari va xakozolarni kurishga sharoit to’gdiradi.
|
5.
|
Mexnat jamoalarda talabchanlik, o’zaro yordam, intizomni buzuvchilarga murosasizlikdan iborat soglom sotsial-psixologik muxitni vujudga keltirish va uni ko’llab-kuvvatlashga sharoit tugdiradi.
|
6.
|
Odamlarning o’z mexnatidan, tanlangan mutaxassisligi va kasbidan konikishlari uchun, ishlab chikarish samaradorligi va ish sifatini oshirish uchun shart-sharoitlarini vujudga keltiradi.
|
Bu muammolarni yechimi boshkarishning yanada yumshok, samarali bo’lishini talab kiladi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
Boshkaruv usuli nima?
Funktsional tizimosti obektlarini boshkarish usuli deganda nimani tushunasiz?
Tashkiliy-ma‘muriy usullarini boshkarishdagi axamiyati kanday?
Tashkiliy-ma‘muriy usullarining shakllarini ko’rsating?
Tashkiliy ta‘sir ko’rsatish kanday amalga oshiriladi?
Farmoyish berishning moxiyati nimadan iborat?
Manfaatlarning boshkarishdagi o’rni va turlari?
Boshkarishning iktisodiy usullarini moxiyati nimalardan iborat?
Boshkarish kanday iktisodiy vositalari mavjud?
Sotsial-ruxiy usullarning moxiyati nimalardan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |