bosh irgʼatib qoʼydi.
— Men siz bilan xayrlashib koʼchaga chiqsam, "doʼstingiz" mulla Аbdurahmon ularni kutib
turgʼan ekan. Chamasi kunduzgi "suhbat"ning mobaʼdi boʼlsa kerak?!
(Mehrobdan chayon, 95-bet)
|
— Mulla Аbdurahmonni oʼrdadan joʼnatish kerak; tinchkina imom va xatibligini qilsin.
Muftilarga ham qozixonadan birar vazifa topilib qolar.
Аnvar bosh tebratib kuldi. Toyir aka gulxanga oʼtun qalab shom uchun joynamoz yozdi.
Sultonali mirzo imom boʼlib, uch kishi shomgʼa turdilar. (Mehrobdan chayon, 95-bet)
|
Sultonali mirzo muftilar toʼgʼrisida bir narsa deyalmasa ham, Аbdurahmonni joʼnatishgʼa
isror etdi1.
— Xoʼb, muftilar qolsin, yana bir necha kun sasishsin. Biroq, Аbdurahmonni toʼxtatmang,
agar siz shu chuvalchangning bahridan oʼtsangiz, hamrohlariga katta ibrat koʼrsatkan boʼlasiz.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |