Nazorat uchun savollar: 1.“Pul tizimi” tushunchasining mazmunini, pul tizimining shakllarini yoritib bering?
2. Pul tizimining elementlarini tushuntirib bering?
3. “Pul tizimi” tushunchasining mazmunini, pul tizimini tashkil qilish shart-sharoitlarini
va pul tizimini tashkil qilish printsiplarini yoritib bering?
4.Pul tizimining shakllari: bimetallizm; monometallizm; qog’oz va kredit pullari tizimini
ochib bering?.
MAVZU: PUL MASSASI VA PUL AGREGATLARI REJA:
1. Pul massasi tushunchasi, uning mohiyati va tarkibi. 2. Muomala uchun zarur pul miqdorini aniqlash. 3. Pul multiplikatori va uning mohiyati. 4. Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda pul agregatlari va ularning tarkibi. Pul massasi tushunchasi, uning mohiyati va tarkibi. Biz oldin mavzularda ko‘rganimizdek va keyingi mavzularda ham bevosita ko‘rib o‘tadigan pul nazariyalariga
ko‘ra, pul taklifidagi o‘zgarishlar foiz stavkasi va inflatsiya darajasiga bevosita ta‘sir qiladi. Iqtisodiyotga ta‘siri
tufayli pultaklifini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Uni kim nazorat qiladi? Uni o‘zgarishiga nimalar sabab bo‘ladi?
Uni yaxshilash uchun qanday tarzda nazorat qilish kerak? Ushbu va keyingi bo‘limlarda pul taklifi jarayonini maxsus
asoslar orqali izohlab beramiz va yuqoridagi savollarga javob berib o‘tamiz. Pul massasi- yuridik va jismoniy
shaxslarga hamda davlatga tegishli bo‘lgan naqd va naqdsiz ko‘rinishdagi pul mablag‘larining yig‘indisidir. Pul taklifi
jarayonini tushunishning birinchi bosqichi banklardagi depozitlarni o‘rganish hisoblanadi, chunki depozitlar pul
taklifining katta tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Ushbu mavzuda banklarning depozit siyosati va ular bilan
bog‘liq operatsiyalari yoritilgan.
Majburiyatlar Balansdagi 2 ta majburiyat ya‘ni muomaladagi valyuta va zaxiralar Federal Zaxiraning monetar majburiyatlari hisoblanadi.
Ular pul taklifining muhim qismi hisoblanadi chunki ularning birini o‘sishi yoki ikkalasining ham o‘sishi pul taklifining
o‘sishiga sabab bo‘ladi. Federal Zaxiraning Monetar majburiyatlari va hukumat xazina majburiyatlari monetar baza
hisoblanadi. Bunda davlat xazina majburiyatlari umumiy bazaning 10%idan kam ulushga ega.
1.
Muomaladagi valyuta. Ya‘ni Federal Zaxira tomonidan chiqarilgan va
aholini qo‘lida bo‘lgan pullardir. Depozitariy institutlardagi pullar ham Federal
Zaxiraning majburiyati hisoblanadi lekin balansning zaxira qismida joylashgan.
2.
Zaxiralar. Barcha banklar Federal Zaxiralar tizimi (Fed)da depozit sifatida
o‘z hisob raqamlariga egadirlar. Zaxiralar Feddagi depozit hisobraqamlaridan
hamda bank kassalaridagi naqd pullardan tashkil topadi. Zaxiralar banklar uchun
aktiv, Federal Zaxira uchun passiv hisoblanadi, chunki banklar istalgan paytda
zaxiralar uchun to‘lov talab qilishlari mumkin va Federal Zaxira o‘z majburiyatini
qoplash uchun Federal Zaxira notalari to‘lab boradi. Keyinchalik ko‘rib o‘tishimiz
mumkinki, zaxiralarning oshishi depozitlarning ko‘payishiga va buning natijasida
pul taklifining oshishiga olib keladi.
Umumiy zaxiralar 2 ta kategoriyaga ajratilishi mumkin: Federal Zaxira tomonidan qat‘iy talab asosida
saqlanishi kerak bo‘lgan zaxiralar (majburiy zaxira), banklar tomonidan ixtiyoriy tarzda saqlanishi mumkin bo‘lgan
qo‘shimcha zaxiralar (ortiqcha zaxira). Masalan, Fedning talabi bo‘yicha depozitar tashkilotdagi depozitlarning har
bir dollari uchun uning ma‘lum qismi (misol uchun, 10 sent) zaxira sifatida shakllantirilishi kerak. Ushbu qism (10%)
majburiy zaxira nisbati deb ataladi.