Pul tizimining elementlari.
Zamonaviy pul tizimi quyidagi elementlarni uz ichiga oladi: pul birligi; valyuta
kursini o’rnatish qoidalari, baxolar masshtabi; pul ko’rinishlari; emissiya tizimi; davlat
yoki kredit apparati.
Pul tizimining tarkibiy qkismi milliy valyuta tizimidir.
Pul biriligi - konuniy tarzda urnatilgan pul belgisi bulib, barcha tovarlar baxosini
uzaro solishtirish va ifodalash uchun xizmat kiladi. Kupincha pul biriligi mayda
bulinuvchi kismlarga ajraladi. Kupchilik mamlakatlarda
unlik
bulinish tizimi urnatilgan.
Masalan, 1:10:100 (AKSh dollari 100 tsentga, 1 funt sterling - 100 pensga, 1 Indoneziya
rupiyasi - 100 senga teng va x.k)
Rasman baxolar masshtabi o’zining iktisodiy ma’nosini davlat monopolistik
kapitalizmi rivojlanishi va kredit pullarni oltinga almashinishi to’xtatilgandan so’ng
yo’kotdi. 1976-1978 yilda o’tkazilagan Yamayka valyuta isloxoti natijasida oltinning
rasmiy narxi va pul birliklarning oltin tarkibi bekor qilindi.
Qonuniy to’lov vositasi bo’lgan pul ko’rinishlari - bular asosan bank kredit biletlari,
qog’oz pullar (xazina biletlari) va tangalardir. Masalan,AQSh da muomalada kuyidagi
pullar mavjud: 100, 50, 20, 15, 5 va1 dollarlar, bank biletlari. Xazina biletlaridan tashkari
;
kumush-mis va mis-nikel tangalar (50,20, 10, 5, 1 tsentli) chiqariladi Buyuk Britaniyada
muomalada 50, 20, 10, 5, 1 f. st. banknotalar: 1 f. st., 50, 10, 5, 2 pennli, 1 va 1/2 pensli
tangalar amal qiladi. Yana eski 2 va 1 shilling tagalari yuritiladi, ular yangi
10 va 5 pensga teng. Agar rivojlangan mamlakatlarda asosan bank biletlari
chiqarilsa, qator rivojlanayotgan mamlakatlarda ko’prok xazina biletlari chiqarish keng
tarqalgan. Masalan, Indoneziyada 50, 25, 10, 5, 1 sen qiymatli, Xindistonda - 1 rupiya
qiymatli xazina biletlari chiqariladi.
Respublika hukumati tomonidan iqtisodiy mustaqillikka erishish borasida qat’iy
chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bu, ayniqsa, iqtisodiyot tarkibini tubdan o’zgartirishda,
shu jumladan an’anaviy sektorlarni zamonaviylashtirish va mamlakat ichida nisbatan
yuqori darajadagi qo’shilgan qiymat hosil qilishga qodir bo’lgan yangi tarmoqlarni
tashkil etishda yaqqol ko’zga tashlandi. Mazkur chora-tadbirlar oxir-oqibatda milliy pul
tizimini shakllantirish va iqtisodiyotda islohotlarning navbatdagi bosqichini amalga
oshirishning poydevori bo’lib xizmat qildi.
Yuzaga kelgan vaziyat va pul tizimi rivojining yuqorida ko’rsatilgan variantlari
tahlili asosida dastlab O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 12
noyabrdagi «O’zbekiston Respublikasi hududida so’m-kuponlarni muomalaga kiritishni
joriy qilish to’g’risida»gi qaroriga muvofiq 1993 yil 15 noyabrdan boshlab oraliq valyuta
sifatida «so’m-kupon» 1 so’m - 1 rubl nisbatda muomalaga kiritildi.
1994 yilda milliy valyutaning muomalaga kiritilishi bank tizimi rivojlanishining
birinchi bosqichini yakunladi va ikkinchi bosqichini boshlab berdi. Bu iqtisodiyotda
amalga oshirilayotgan islohotlarda sifat jihatidan yangi bosqich boshlanganidan darak
berardi. Bu davrda Markaziy bank asosiy e’tiborni makroiqtisodiy barqarorlikni
ta’minlashga va shu asosda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiy o’sish
uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratdi.
Shu paytdan boshlab, Markaziy bankning asosiy kuch va vositalari mustaqil pul-
kredit siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirish, tijorat banklari faoliyatini tartibga
solish va nazorat qilish, samarali to’lov tizimini yo’lga qo’yishga erishishga yo’naltirildi.
Bu davrda pul tizimining huquqiy bazasi mustahkamlanib, bank qonunchiligi
takomillashtirildi. 1995 yili «O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki
to’g’risida»gi Qonuni va 1996 yili O’zbekiston Respublikasining «Banklar va bank
faoliyati to’g’risida»gi Qonunining yangi tahrirda qabul qilinishi zamonaviy pul tizimini
tashkil etilishini, tijorat banklarini xalqaro moliya bozorlariga chiqishini, aholi,
korxonalar va xorijiy sarmoyadorlarning pul tizimiga bo’lgan ishonchini
mustahkamlanishini, barqaror iqtisodiy o’sishni hamda xalq farovonligini oshirilishini
ta’minlashga qaratilgan istiqbollarni belgilab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |