“Pul tizimi” tushunchasining mazmuni. Pul tizimini tashkil qilish shart-sharoitlari. Pul tizimini tashkil qilish printsiplari. Tizim deganda o’zaro bog’liq elementlarning birligi tushuniladi.
Pul tizimi – bu bir biri bilan o’zaro bog’liq holda xarakatlanuvchi va pul tizimining
yaxlitligini ta’minlovchi elementlarning yig’indisidir.
Pul tizimi – bu mamlakatda yoki alohida olingan iqtisodiy hududda pul muomalasini
tashkil qilishning davlat-huquqiy shaklidir.
Pul tizimini obektiv va subektiv asoslari mavjud. Pul tizimining obektiv asoslariga
tovar pul munosabatlarining rivojlanganlik darajasi kiradi. Pul tizimining subektiv
asoslariga to’lov hujjatlarini va vositalarini hamda ulardan foydalanish tartibini
qonunchilik hujjatlarida belgilab qo’yilishi kiradi.
Pul tizimining ikkita jihati mavjud:
1.
Funktsional jihat(aspekt) – pul tizimi funksiyanal jihatidan pul muomalasidan
tashkil qilish prinsiplari, shakllari va usullarining yig’indisidir.
2.
Instituttsional jihat – institutsional jihatdan pul tizimi pul muomalasini tashkil
qiluvchi va tartibga soluvchi institutlarning yig’indisidir. Bunday institutlarga Markaziy
bank, tijorat banklari, kliring markazlari, hisob uylari kabi muassasalar kiradi.
Pul tizimini tashkil qilish quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi
1.
Pul tizimining barqarorligi va elastikligi prinsipi. Pul tizimining barqarorligi
deganda pulning barcha funksiyalarini to’liq bajarilishini ta’minlash tushuniladi. Pul
tizimining elastikligi deganda pul tizimining iqtisodiyotning pul mablag’lariga bo’lgan
talabini o’zgarishiga o’z vaqtida javob bera olishiga aytiladi.
2.
Muomalaga chiqarilgan pullarning ta’minlanganlik printsipi. XX asrning 70-
yillariga qadar muomalaga chiqarilgan naqd pullar oltin bilan ta’minlanar edi.
Muomaladagi har bir AQSh dollari 1$=0.88 gramm sof oltin asosiga ega edi. 1 unsiya =
35$ bahoda almashtirib berdi. 1 unsiya = 31.1 gramm sof oltinga teng. Milliy valyutaning
oltin bilan ta’minlanishi baho masshtabi deb ataladi. 1976-1978- yillarda bo’lib o’tgan
Yamayka jahon valyuta tizimida oltinni demonitizatsiya qilish tugatildi. Bu oltindan
to’lov vositasi sifatida foydalanishni ta’qiqlash. Natijada baho masshtabi dunyo
mamlakatlarida bekor bo’ldi, eng oxirgi davlat Shvetsariya baho masshtabini 2011-yilda
bekor qildi. Hozirgi davrda muomalga chiqarilayotgan pullar Markaziy bankning
aktivlari bilan ta’minlanadi.
3.
Pul aylanmasini rejalashtirish va prognos qilish prinsipi.
4.
Pul aylanmasini nazorat qilish printsipi
Pul tizimlari XVI-XVII asrlarda ishlab chiqarish kapi-talistik usulining yuzaga
kelishi va qaror topishi munosabati bilan shakllangan, biroq shunday bo’lsa ham, uning
ayrim element-lari bundan ancha oldin paydo bo’lgan. Tovar-pul munosabatlari va ishlab
chiqarishning kapitalistik usuli rivojlanishi bilan pul tizimida sezilarli o’zgarishlar yuz
beradi.
Pul tizimi turlari pul qanday shaklda amal qilishiga bog’liq, ya’ni umumiy
ekvivalent - tovar sifatida yoki qiymat belgisi sifatida bo’lishiga qarab quyidagicha pul
tizimlar mavjud bo’lgan.
1. Metall pul muomalasi tizimlari. 2. Qog’oz va kredit pullar muoma-lasi tizimlari.
Birinchi tizimda metall pul bevosita muomalada bo’ladi va pul-ning barcha
funktsiyalarini bajaradi, kredit pullar esa metallga almashinishi mumkin;
Kredit va qog’oz pullar muomalaga kiritilishi bilan qog’oz pullar muomalasi tizimi
yuzaga kelgan. Mamlakatda umumiy ekvivalent sifatida qabul qilingan me-tallga va pul
muomalasi bazasiga qarab pul tizimi bimetalizm va monometalizm pul tizimlariga
bo’linadi.