Ўқув фанининг долзарблиги ва олий касбий таълимдаги ўрни



Download 6,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/254
Sana09.07.2022
Hajmi6,02 Mb.
#765905
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   254
Bog'liq
pul va banklar majmua Музаффарова




 
 
 

 
4.4.3-rasm. 
To‘lov topshiriqnomalari bo‘yicha hisob-kitoblardagi 
hujjatlar aylanishi
49

 
Yuqorida keltirilgan rasmga quyidagicha tavsif beramiz:
1.
Eng avvalo mol jo‘natuvchi va mol oluvchi korxonalar o‘rtasida xo‘jalik 
shartnomasi tuziladi.
2.
Shartnomaga asosan mol jo‘natuvchi korxona mol oluvchi korxonaga 
maqsulot jo‘natadi. 
3.
Mol oluvchi korxona olgan maqsulotga pul o‘tkazish uchun to‘lov 
topshiriqi rasmiylashtirib o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka topshiradi.
4.
Bank xodimi tomonidan to‘lov topshiriqi asosida mol oluvchi korxona 
hisobvarag‘idan pul chegiriladi.
5.
Hisob-kitob markazi orqali elektron to‘lov mol sotuvchi korxona bankiga 
jo‘natiladi.
6.
Kelib tushgan elektron to‘lov mol sotuvchi korxona bankida mol sotuvchi 
korxona hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. 
7.
Elektron to‘lov topshiriqining bir nusxasi to‘langan hujjatlar 
sifatida mol sotuvchi korxonaga beriladi. 
Hozirgi kunda respublikamizda banklar orqali o‘tkazilayotgan barcha to‘lovlarning 45-50 foizi to‘lov 
topshiriqnomalari yordamida amalga oshirilmoqda, bu uning afzalliklari bilan bog‘liqdir.
Bu afzalliklar quyidagilardan iboratdir: 
Pul oluvchining 
banki(6) 
Pul oluvchi (mol 
sotuvchi) 
To‘lovchi (mol 
oluvchi) 
Hisob kitob 
markazi (5) 
To‘lovchining 
banki (4) 


-birinchidan, hujjatlar aylanishining oddiyligi va tezligi, ya‘ni hisob- kitoblarni amalga oshirishning texnik 
jixatdan kulayligi. Bu esa o‘z navbatida xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar va bank xodimlarining mexnat sarfini 
kamaytiradi;
-ikkinchidan, pul mablag‘lari xarakatining tezligi, ya‘ni to‘lov talabnomasiga nisbatan to‘lov topshiriqnomasi 
bo‘yicha hisob-kitoblarda hujjatlarning aylanishi harakati qisqaligi so‘zsiz xo‘jalik oborot mablag‘larining aylanish 
tezligini oshiradi; 
-uchinchidan, tovar sotib oluvchining qabul qilgan tovarlari yoki xizmatlar sifatini oldindan aniqlab olinishi. 
hisob-kitoblarning bu shaklida to‘lov talabnomasi orqali hisob-kitoblarda bo‘lgan kabi bankka raddiya arizasi 
topshirilmaydi, chunki to‘lovchining o‘zi tulovni to‘lashga rozi bo‘lsa, topshiriqnomani bankka topshiradi; 
-to‘rtinchidan, to‘lov topshiriqnomasining barcha tovarsiz operatsiyalarda ko‘llanishi, bu esa ushbu shakl 
bo‘yicha hisob-kitoblarning ahamiyatini yanada yaqqol aks ettiradi. 
To‘lov topshiriqnomasi bo‘yicha hisob-kitoblarning afzalliklari bilan bir qatorda kamchiliklari ham mavjud. 
Kamchiliklar shundan iboratki, mol jo‘natuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi korxona uchun to‘lovning o‘z vaqtida 
o‘tkazilishi to‘la kafolatlanmagan. Chunki to‘lovning o‘z vaqtida o‘tkazilishi to‘lovchi korxonaning depozit hisob 
varag‘idagi mablag‘lar miqdoriga bog‘liq. To‘lovning to‘liq o‘tkazilishiga etarli pul mablag‘larining bo‘lmasligi pul 
aylanishi sekinlashtiradi va maqsulot jo‘natuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi korxonaning moliyaviy holatini 
yomonlashtiradi. 
To‟lov talabnomasi 
— o‘zida mablag‘ oluvchini to‘lovchi tomonidan bank orqali ma‘lum bir summani to‘lash 
to‘g‘risidagi talabi aks ettirilgan pul-hisob- kitob hujjatidir. To‘lov talabnomalari bo‘yicha hisob-kitoblar 
umumlashgan holda qanday amalga oshirilishini to‘lov talabnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarning hujjatlar aylanishi 
sxemasi orqali yaqqol ko‘rish mumkin. 

Download 6,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish