УТМИШГА НАЗАР | ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ | LOOK TO THE PAST
№8 | 2020
100
mustaqil holatda saqlanib qolinmasdan balki, butunlay tugatilganligi ham xonlikning startegik
ahamiyatga ega degan fikrimiz tasdig’idir.
2.
Metodlar:
Tadqiqot umumqabul qilingan tarixiy metodlar, tarixiylik, xolislik, ketma-ketlik va qiyosiy
mantiqiy tahlil tamoyillari asosida amalga oshirilgan.
3.
Tadqiqot natijalari:
Sobiq tuzum davrida Rosssiya imperiyasi va Markaziy Osiyo xonliklari munosabatiga doir
holatlar markaz manfaatlaridan kelib chiqqan holda bir taraflama talqin etib kelinganligi sir emas.
Tarixshunoslikda bu jarayon “Xonliklarning Rossiya imperiyasi tomonidan qo’shib olinishi”,
“Feodal zulm ostidagi xalqlarning ozod etilishi” deb tarixiy haqiqat buzilib, soxtalashtirilib
ko’rsatildi. Rus tarixchilarining bunday fikrlariga bo’lgan e’tirozlarning ta’qib ostiga olinishi fanda
bir yoqlamalikni keltirib chiqardi. Rus sharqshunos olimi N.A.Xalfinning bu boradagi fikrlariga
taniqli o’zbek olimi H. Ziyoyev o’z munosabatini qo’yidagicha bildiradi. “N.A.Xalfinning fikr va
mulohazalaridan Rus davlatining harbiy yurishlari va hukmronligi o’lka uchun “tarixiy zaruriyat”
bo’lib chiqadi. Bo’nday uydirma gapga mutlaqo qo’shilib bo’lmaydi”[2]. Tarixchilarimizning
Markaziy Osiyo xonliklarining “qo’shib olinmasdan”, balki zabt etiganligiga doir ma’lumotlar o’tgan
asrning 80- yillaridan boshlab paydo bo’la boshladi. Xuddi shu masala H.N.Bobobekovning “ O’rta
Osiyo Rossiyaga qo’shib olinganmi” va “O’rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olinganmi” nomli
ikkita maqolasida o’z ifodasini topib, tarixiy haqiqatni anglash uchun zamin yaratdi [3]. Mazkur
haqiqatni ochiq oshkor etishga jazm qilgan tarixchilarimizning asarlariga qo’yilgan ta'qiqlar milliy
mustaqillikka erishishimiz munosabati bilan olib tashlana boshlandi. Olim G’.A.Ahmadjonov
o’zining “Rossiya imperiyasi Markaziy Osiyoda” nomli monografiyasida Rossiya imperiyasi bosqini
davri tarixini xolisona yoritib berishga harakat qilib, jarayonga quyidagicha izoh beradi. “Endilikda
bu sohada yuzaga kelgan “chipta yamoq” o’rni haqqoniy tadqiqotlar, ilmiy izlanishlar, publitsistik
maqolalar bilan to’lmoqda. Jumladan, vaqtli matbuotda Rossiya bosqinchiligi davriga xolis baho
berish yuzasidan B.Ahmedov, H.Ziyoyev, D.Alimova, N.Abdurahimova, H.Sodiqov kabi ko’plab
olimlar ushbu masalaning turli qirralarini yangicha tahlil etib, shu paytgacha zulmat qo’ynida qolib
ketayotgan tarixiy faktlarga oydinlik kiritdilar” [4].
Markaziy Osiyodagi XVIII asr boshlarida tashkil topgan yangi va yosh davlat Qo’qon xonligi
hudud va aholi soni jihatidan O’rta Osiyo xonliklari ichida eng yirigi edi. Mazkur davlat hudud
jihatidan ,aholi nufuzi jihatidan Buxoro amirligi va Xiva xonligidan ustun turgan.XIX asrning
ikkinchi yarmida Qo’qon xonligi sharqda Sharqiy Turkiston,G’arbda Buxoro amirligi va Xiva xonligi
bilan chegaradosh bo’lib,janubda Qorategin, Kulob, Darvoz, Shug’non kabi tog’li hududlarni o’z
ichiga olgan.Rossiya va Qo’qon xonligi o’rtasida Mirzachul va Muyunqul chullari yastanib yotgan
[5]. Aholisi tarkibi qolgan xonliklar singari nihoyatda qurama bo’lsada etnik mojarolarga moyillik
har ikkala davlatga nisbatan kuchli edi. Shu sababdan ham davlatning ichki ahvoli barqaror holatda
bo’lmagan. Qo’qon xonligining tashkil topishi bilan bog’liq jarayonlar to’g’risida ham
tarixshunoslikda o’ziga xos fikrlar mavjud. Ko’pchilik tarixchilar xonlikning tashkil topish jarayonini
Buxoro amirligidagi ichki va tashqi nizolarning mavjudligi natijasida xonlik hududiga bostirib kirgan
kuchmanchi qabilalardan himoyalanish vositasida yuzaga kelgan jarayon deb hisoblashadi.
Haqiqatdan ham davlat tashkil topayotgan davrda Buxoro amirligi o’z hududiy yaxlitligini saqlab
qolish maqsadida Balx bilan urush olib borar va bo’ndan foydalangan Jung’or qabilalari mamlakat
hududini talon taroj qilmoqda edilar. Vujudga kelgan yangi davlat dastlab Farg’ona vodiysi bilan
chegaralangan. Tarixchi Ibrat hududning qadim tarixga ega ekanligini isbotlash maqsadida “
Farg’ona Iskandari Rumiy, Qubod va Afrosiyobdan qolg’on” deb ma’lumot beradi [6]. Davlat tashkil
topishi bilan aholi soni va etnik tarkibi ham kengayib borgan. Farg’ona o’lkashunoslik muzeyi tarix
bo’limi xodimi O’.B.Hoshimov o’zining “Farg’ona XVIII asrda” nomli ilmiy maqolasida davlat
aholisining etnik tarkibi, hududi, xalqaro aloqalari haqida batafsil ma’lumot berib o’tadi [7].
Tarixchi olimlar Qo’qon xonligi tarixini yorituvchi manbalarni shartli ravishda uch guruhga
bo’lishadi. Bular qo’yidagilar: 1.XIX asr 30-50 yillaridan to XX asr boshlarigacha bo’lgan davr
manbalari. 2. Sovet davri manbalari. 3. Mustaqillik davri manbalari. Shulardan birinchi davr
manbalari F. Nazarov, V.V.Vel’yaminov-Zernov, M.N. Galkin. A. Maksheev, N.I. Potanin, A.
Do'stlaringiz bilan baham: |