G’afur gulomning shumbola qissasida folklore mativlar



Download 23,98 Kb.
Sana01.06.2022
Hajmi23,98 Kb.
#629599
Bog'liq
shum bola


G’afur gulomning shumbola qissasida folklore mativlar
REJA:
1. G‘afur G‘ulomning hayot va ijod yo‘li.
2. G‘afur G‘ulom – bolalar shoiri.
3. Adib qissalarining g‘oyaviy-badiiy mundarijasi.
4. Xulosa


Tayanch tushunchalar: qissa, ctilizatsiya, interpretatsiya, tarixiy haqiqat, badiiy haqiqat, milliy istiqlol, tamoyil, tanqidchilik, dramaturgiya, publitsistika.
Maqsad:
Ta’limiy maqsad
: O’quvchilarda”Shum bola”qissasining mazmun mohiyati,hikoyada tasvirlangan davr, timsollarning o’ziga xos kechinmalari haqida bilim, ko’nikma va malakalar hosil qilish.

Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni halollikka, mardlikka, to’g’ri so’zlikka o’rgatish va mehnatsevar, oliyjanob, vatanparvar qilib tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni fikrlash va eslash qobiliyatlarini kengaytirish, fikrini boshqalarga yetkaza olish ko’nikmalarini rivojlantirish.

Dars metodi: suhbat,savol-javob,”Sinkveyn”,“Venn diogrammasi” texnalogiyasi va “Hayot chizig’i” mashqi.

Dars jihozlari: darslik kitob, G’.G’ulom portreti, asarlari, doska.

G'afur G'ulom (1903 - 1966) 1903 yilning 10 mayida Toshkent shahrida tug’ilgan. “Shum bola” (1936) avtobiografik qissasida ijodkorning bolaligi, asr boshidagi Toshkent hayoti tiniq tasvirlangan.
“Dinamo” (1931), “Tirik qo’shiqlar” (1932) to’plamlarida shoir ruhidagi betakrorlik, milliy o’ziga xoslik aks etdi. Insonga xos mangu tuyg’ular “Qish va shoirlar” (1929), “Non” (1931), “Toshkent” (1933), “Qutbda saylov” (1937), “Men Yahudiy” (1941), “Qish” (1941), “Xotin” (1942), “Afsuski, afsusni qo’shib ko’mmadi” (1945) singari she’rlarda aks etdi. “Bog’” (1934), “Sog’inish” (1942), “Kuz keldi” (1945), “Kuzgi ko’chatlar” (1948) singari she’rlarida obod bog’, saxiy bog’bon, umiddagi kelajak gavdalanadi. G’afur G’ulomda yurt, xalq, kelajak oldidagi mas’ullik Ota timsolida aks etgan “Sen yetim emassan” (1942), “Sog’inish” (1942), “Biri biriga shogird, biri biriga ustod” (1950), “Sizga” (1947), “Bahor taronalari” (1948) singari she’rlarida yurt, xalq, kelajak mas’uliyati tasvirlanadi. “Netay” (1930), “Yodgor” (1936), “Shum bola” (1936-1962) qissalari, “Hiylai shar’iy” (1930), “Mening o’g’rigina bolam” (1965) singari hikoyalarida qahramon xarakterining milliy betakrorligini aks ettirgan.
Bolalar kitobxonligi Gafur Gulomni “Shum bola” asari Bu asarni nomi shum Bola, bu kitob kitobxonlar tomonidan juda katta qiziqish bilan o'qilmoqda. Kitobning mazmuni o'quvchini befarq qoldirmaydi. Kitob keng o'quvchilar ommasiga mo'ljallangan.
Kitob haqida batafsil malumot quyidagicha, kitobxonlar tomonidan juda katta qiziqish bilan o'qilmoqda. Kitobning mazmuni o'quvchini befarq qoldirmaydi. Kitob keng o'quvchilar ommasiga mo'ljallangan. Kitob haqida qisqacha gap shundan iborat

  • Sir emas, hozirda G`afur G`ulom nomi tilga olinsayoq xayolimizga uning sho`ro yozuvchisi ekanligi, she`rlarida sho`roni kuylagani keladi — xafsalamiz sovigandek bo`ladi. Bugun, yubiley bahona adibning asarlarini qayta varaqlarkan, beixtiyor “keyingi yillarda qaror topgan bu xil munosabat adolatdan yiroqroq tushmaydimi” degan andisha tug`iladi...

  • G`afur G`ulomning keng ommaga ma`lum va suyuk qissasi —“Shum bola”ga hozirda ko`proq sarguzasht asar, kulgi asari deb qaraymiz. Ha, chindan ham Shum bolaning turfa xangomalarga boy sarguzashti, undagi ichakuzdi holatlar shunday o`ylashimizga asos berar. Biroq, e`tibor qilinsa, adibning kulgisi, sarguzashtli syujet botinida uning zamonasi haqidagi anchagina jiddiy o`y-fikrlari, tahliliy mulohazalari yotganini ham ko`rishimiz mumkin bo`ladi.

  • Ma`lumki, Shum bola hikoyasini o`zi o`sgan muhit bilan tanishtirishdan (shu o`rinda bir shartni qabul qilaylik: bu, aslida, o`smirlik paytidagi hayotning adib xotirasida tiklangan eng muhim nuqtalaridir) boshlaydi. Shum bolaning aytishicha, uning singari “bozorda sanqib yurgan daydi bolalar uchun quvonchli ermaklardan biri bozor, mahalla, ko`cha-ko`y jinnilari edi. O`sha yillari Toshkentda shunaqa ham jinni ko`p ediki, sanab sanog`iga yetolmaysiz”. Jinnilarning fe`l-atvoridagi kulgili holatlarni hikoya qilarkan Shum bola ularning foje taqdiriga oid tafsilotlarga ham to`xtaladi.

  • Ma`lumki, qissada tasvirlangan davr Turkistonda kapitalistik iqtisodiy munosabatlar qaror topa boshlagan paytga to`g`ri keladi. Bunaqa sharoitda esa, tarixdan yaxshi ma`lum, jamiyatda tabaqalanish kuchayadi: evini qilolganlar o`ta boyib, eplana olmaganlar qashshoqlashib boradi. Yangicha sharoitga tez moslashganlar “yangi boylar” qatlamini tashkil qiladiki, ularda zeb-hashamga, dabdabaga o`chlik ko`riladi. Xalqimiz bu xil fe`l-atvorni oddiygina qilib “pul quturtirgan”, “ko`rmaganning ko`rgani qursin” tarzida izohlasa-da, bu oddiy iboralar o`zida hodisaning ijtimoiy-psixologik asoslarini mujassam etadi. Gap shundaki, “yangi boylar” qo`lga kirgan katta davlatni xudoning bergani deb emas, avvalo, o`zlarining oqilligiyu abjirligi mahsuli deb biladi. Bu esa ularda o`zlarining o`zgalardan ustunligi tuyg`usini paydo qiladiki, ular beixtiyor buni barchaga tan oldirish, namoyish etish payidan bo`ladilar.

  • Yuqorida aytdikki, davrning jadidlar tanqid qilgan deyarli barcha illatlari “Shum bola” badiiy voqeligida u yoki bu darajada o`z ifodasini topgan. Qissadagi hayot tasviridan “ortiq bu tarzda yashab bo`lmaydi, jamiyat isloh qilinishi kerak” degan xulosa kelib chiqadiki, bu ham jadidlar qarashlariga hamohang. O`rtadagi farq esa, bizningcha, tasvir rakursida xolos: jadidlardan farq qilaroq, G`.G`ulom mehnatkash xalq hayotini “ichdan” tasvirlaydi. YA`ni, adib bu hayotni yashab o`tgan, sirtdan kuzatib bilgan emas. Bas, inqilobdan so`ng mehnatkashlar hayotida ozmi-ko`pmi ijobiy o`zgarishlar bo`lgan ekan, ularga adibning munosabati ijobiy bo`lmasligi mumkinmi edi?! Hozirda bu nav munosabatga, aytaylik, jadidlar munosabati yoki bugunda shakllangan munosabatni qarama-qarshi qo`yish to`g`rimikan?!

G‘.G‘ulomning o‘zbek bolalar adabiyotini rivojlantirish sohasidagi hizmatlarini alohida umumlashtirish yo‘nalishidagi ilk urinishlar XX asrning o‘rtalaridayoq yuzaga kelgan edi. O‘shanda pedagogika bilim yurtlarida o‘qishga mo‘ljallangan bolalar adabiyoti faniga oid o‘quv qo‘llanmalari va xrestomatiyalarida G‘.G‘ulom alohida ijodkor sifatida taqdim etilib, uning haqida portret-maqola va asarlaridan namunalar berila boshlangan edi.G‘afur G‘ulomning bolalar shoiri va nosiri qiyofasiga otalik va murabbiylik tuyg‘ulari chuqur singishib ketgan. Bunda etimlikda kechgan bolalik hotiralari ta‘siri ayricha rol o‘ynaganini alohida ta‘kidlash joiz. Shu holat uni qo‘liga qalam olib ilk she‘rini yozishga undagan edi. «Bir kuni, - deb yozgan edi u o‘zining «Kechmish va kechirmishlarimdan» xotiranomasida, - bolalar bog‘chasidagi yetim bolalardan 15 tasini bizning internatga 85 o‘tkazdilar. Men bu go‘daklar bilan birga tunab qoldim. Kechasi uxlamay, kuzatuvchilik qilib chiqdim. Shu kecha o‘z yetimligim, boshimdan kechirganlarim va shu yetim bolalar ahvoli... to‘g‘risida she‘r yozdim. Shu she‘rimni birinchi she‘rim desam bo‘ladi‖. O‘sha ilk she‘ridayoq u bolalarning ham hazrati Odam farzandi ekanligini, binobarin, ular ham insonday yashash va ulg‘ayish huquqiga ega ekanliklarini ularning o‘z tillaridan favqulodda bir ko‘tarinkilik bilan ifoda etgan edi.
G‘afur G‘ulom yetimlikda ulg‘ayganini umr bo‘yi unuta olmadi. Yetimlik uni o‘ksik qalb sohibiga aylantirgan va mudom ta‘qib etganligi tufayli bolalarga atab qaysi mavzuda she‘r yozmasin, o‘sha zahoti xotirasi qatlaridagi yetimlik armonlari uyg‘onishi tabiiy edi. Kattalar uchun yozilgan va XX asrdagi o‘zbek she‘riyatida voqeaga aylangan «Sen yetim emassan»da ham, bolalarga atab bitilgan «Bayram maktubi» va boshqa qator she‘rlarida ham bu holni kuzatish mumkin. Inchunin, shoirning roppa-rosa ellik ikki yasharligida yaratgan «Bayram maktubi» she‘rida o‘qiymiz:
O‘ttiz sakkiz yil burun
Bugungi siz bilan teng
O‘n to‘rt yoshlarda edim.
Tongsiz, uzun kechqurun
qora qo‘ynin ochar keng
Ko‘z o‘ngida uchurum.
Maktab qayoqda deysiz?
Nonning hatto o‘zi yo‘q,
Bo‘z yaktak, yirtiq ishton,
Eshiksiz, o‘tsiz, nursiz,
Vayronalar qup-quruq,
Halq tentirar parishon
Oq podshoning urushi
Yurtni yergacha toptab,
Tekkan edi tinkaga.
Och qo‘shinning yurishi
Er yuzini gur o‘rtab,
O‘xshardi alangaga.
Rus mustamlakachiligi siyosatining butun fojeasini bolalik xotirasi vositasida shu xilda fosh etarkan, qonxo‘r fashistlar ming-minglab bolalarni ota-onalaridan ayru etib, yetim qoldirayotganidan jirkanganida yana o‘sha «o‘ninchi yillar sargardonligi»ni eslamay, o‘tolmaydi:
G‘.Gulomning o‘smirlar kitobxonligining asosini tashkil etgan «Netay», «Yodgor» va «Shum bola» қissalarida shu muammo tahlil қilindi. Adib asarlarida etimlikni keltirib chiqargan sabab va oqibatlarga badiiy nazar solish yo‘lidan boradi. Uning talqinicha, yetimlik-mohiyat e‘tibori bilan o‘gaylik ham. Chindan-da, o‘z otasi yo onasi (ba‘zan har ikkovi)dan bevaqt ajralib, o‘gay ota yoki o‘gay onadan shafqat emas, shafqatsizlik ko‘rgan bolakayning achchiq va alamli qismati-shunday foje‘ qismatdir. Bunday holatda yetimning o‘gayligi birmuncha shaxsiy fojea sanalishi mumkin. Ammo G‘afur G‘ulom masalani shu holda echish yo‘lidan bormagan, aksincha u o‘tmishdagi nobop tuzum va bemehr jamiyatning shafqatsizligi ham o‘lganni tepkilab, etim-esirlarga o‘gaylik qilishi 86 fojeasini ochishga harakat qildi va aytish mumkinki, bunga muvaffaq ham bo‘ldi. Bu jihatdan Netay va SHum bola-qoravoyning etimlik qismati talqini e‘tiborni tortadi.
G’afur G’ulom mumtoz adabiyotimiz va xalq ijodidan o`rganish bilan chegaralanib qolshadi, u jahon xalqlari, ayniqsa, rus adabiyoti maktabi bilan ham bahramand bo`ldi. V.Sheksperning “Otelo”, “Qirol Lir” Lope de Veganing “Qo`zibuloq qishlog’i”, F.Shimirning “Vilgelm Tell”, Nizomiy, Jomiy, A.Pushkin, L.Tolstoy, A.To`qay. T.Shevchenko, Prem Chand haqida maqolalar yozdi. Nozim Hikmat, Antol Gidash, Xodi Toqtosh, A.Lohutiy, M.Tursunzodadan tortib. A.S.Pushkin, M.Yu.Lermontov, N.A.Nekrasov, V.V.Mayakovskiygacha bo`lgan ijodkorlar asarlarini o`zbekchaga tarjima qilib o`zbek kitobxonlarini jahon adabiyotining noyob durdonalari bilan tanishtirishda o`z hissasini qo`shdi.
Download 23,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish