I bob. Sharqiy turkiston mintaqasining geosiyosiy hudud sifatidagi ahamiyati



Download 36,69 Kb.
Sana01.06.2022
Hajmi36,69 Kb.
#625717
Bog'liq
1-savol


I BOB. SHARQIY TURKISTON MINTAQASINING GEOSIYOSIY HUDUD SIFATIDAGI AHAMIYATI

    1. Sharqiy Turkiston mintaqasining geosiyosiy ahamiyati.

Sharqiy Turkiston hududi qadimdan turkiy xalqlar yashab kelgan hudud hisoblanadi. Ayniqsa, milodiy V asrda hukm surgan Turk xoqonligi mazkur hudud tarixida muhim rol o’ynaydi1. Keyinchalik islom dinining kirib kelishi, Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi va Temuriylar davrida ham ushbu hududda ilm-fan va madaniyat rivojlangan.
Sharqiy Turkiston Osiyoning markazida joylashgan. Qadimgi Ipak yo'lida joylashgan ushbu mintaqa 2000 yildan ortiq vaqt davomida savdo-sotiq markazi bo'lib kelgan. Sharqiy Turkistonning hozirgi yer maydoni taxminan 1,8 million kvadrat kilometrni tashkil etadi2.
Sharqiy Turkiston geografik jihatdan Xitoyning shimoli-g'arbidagi ulkan hududdir. XIX asrga kelib sharqda bu hudud Mo'g'uliston va Xitoy viloyatlari bilan, shimolda Rossiya Turkistoni bilan, g'arbda Afg'oniston va Pomir xonliklari bilan, janubda Tibet va Ladakxdagi ingliz mulklari bilan chegaradosh bo’lgan3. Aynan shu hol XIX asr boshlariga kelib Buyuk davlatlar o’rtasida Sharqiy Turkiston hududi egallash uchun raqobatni vujudga keltirgan.
Tarixiy adabiyotda Sharqiy Turkiston hududlari turli xil nomlar uchraydi: Kichik Buxoro, Xitoy Turkistoni, Qashqariya va eng keng tarqalgan ism Shinjon4. Masalan, O'rta Osiyoda faoliyat olib borgan rus tarixchilari va G'arbiy Evropa mualliflari XVIII-XIX asr o’rtalarida ko'pincha O’rta Osiyo hududini "Buyuk Buxoro", undan sharqdagi yerlarni - "Kichik Buxoro" deb nomlanashgan. Yangi davrda Xitoy tarixchilari “Kichik Buxoro”ni, ya’ni bu hududni Xitoy bosib olgach, Shinjon (“Yangi chegara” yoki “Yangi hudud”) deb atashgan5. Ikkala nom ham suniy tarzda shakllangan (“Kichik Buxoro” va “Shinjon”). Ular mahalliy toponim emas, bu nomlar aholiga ma’lum bo’lmagan va ulardan aholi foydalanishmagan. XVIII – XIX asrlarda Sharqda, so’ngra Yevropa va Rossiyada bu ikkala mintaqa ham Turkiston, ba’zan “Buxoro Turkistoni” va “Xitoy Turkistoni” deb nomlana boshladi. 1829-yilda N.Ya.Bichurin o’zining tatqiqotlaridan birida shunday ma’lumot bergan: “Bu yerda Buxoro Turkistonini G’arbiy, Xitoy Turkistonini esa Sharqiy deb atashimiz o’rinli bo’ladi6”. Shu tariqa Turkistonning Xitoy tomonidan bosib olingan hududiga Sharqiy Turkiston nomi berilgan.
Sharqiy Turkiston uch tomondan tog'lar bilan o’ralgan: shimolda Tyan-Shan, g'arbda Pomir va janubda Kuen-Lunem. Bu hudud sharqda Tarim daryosi vodiysi orqasida, Bay-Shan bilan chegaralangan, ya'ni tog'li mintaqa, tobora kengayib va ​​ko'tarilib boradi. Uzoq Sharqda bir necha bor Tyan-Shan tog’lari bilan, boshqa tomondan Kuen-Lyun tog' tizimi (Oltin-Tog’ va Tian-Shan) bilan tutashadi. Sharqiy Turkiston geografik jihatdan ichi bo'shliqqa o'xshash tekislik, har tomondan yopilib, parallel ravishda cho'zilib ketgan hududdir. Past Toksun tizmasi tomonidan teng bo'lmagan ikkita qismga bo'lingan: janubi-g'arbiy - Tarim havzasi va shimoli-sharqiy - Assa depressiyasi, va balandroqda Xamian vodiysi bilan o’ralgan. Lob-Nor ko'li Kuen-Lun, Pomir va Tyan-Shan suvlarini to'playdi. Ushbu mamlakatning ichki maydoni, umumiy maydoni taxminan 712 000 kv. km bo’lib, g'arbda, Yorkent va Yangi-Hisor o'rtasida, tor tepalikli chiziqdan boshlangan, ammo sharqqa tez kengayib, deyarli suv va organik hayotdan mahrum bo'lgan eng dahshatli cho'lni tashkil etadigan qumli dashtni anglatadi7.
Tog’larga tutashgan hududlar toshli dashtlarning xiralashgan manzarasini namoyish etadi. Dashtlar asosan, Sharqiy Turkistonning ichki qismlarida uchraydi. Bu hududning daryolari uning tuprog’ini unumdor vohalarga aylantirgan (masalan: (Cherchen, Niya, Keriya, Xo'tan, Kargalik, Yarkent, Yangi-Hisor, Qashqar, Artysh, Uch-Turfan, Oqsu, Bai, Kucha, Kurlya, Karashar, Toksun, Turfan, Lukchun, Pichan, Xami va boshqalar).
Sharqiy Turkistonning iqlimi qat'iy kontinental, ya'ni quruq iqlim hisoblanadi. Bunday noqulayliklarga qaramay, Sharqiy Turkiston azaldan madaniyat markazi bo'lib kelgan. Uning birinchi aholisi kim bo'lganligi noma'lum, ammo bizgacha etib kelgan ozgina ma'lumotlarga ko'ra, oriylar deb o'ylashlari mumkin; hech bo'lmaganda ma'lumki, bizning davrimizdan ancha oldin, Pomir yaqinida, ehtimol hatto Sharqiy Turkistonda ham saklar, toxarlar va xasalar yashagan. Ushbu qabilalar kelib chiqishi jihatidan oriylarga borib taqaladi. Bu haqida Sharqiy Turkiston aholisini tavsiflovchi xitoy yilnomalari quyidagi iboralarga duch kelamiz: "Gaochangdan (hozirgi Turfondan) g'arbga qadar barcha mulk egalarining ko'zlari cho'kib ketgan va burni bo'rtib chiqqan"8. Sharqiy Turkiston haqidagi dastlabki aniq ma'lumotni Xitoyning Xanlarning katta uyi tarixi taqdim etadi.
Arxeologik ma’lumotlarga ko’ra, Sharqiy Turkistonning birinchi aholisi kavkazliklar bo’lishgan. Bu yerdan mil.avv. 1800-yilga oid jasadlarning topilishi buni fikrimizni isbotlaydi. Mil.avv. III-II asrlarda bu hududda Yuechjilar yashagan. Yuechjilar kelib chiqishi jihatidan eronliklarga borib taqaladi. Mil.avv 176-yilda ular xunlar tomonidan mag’lubiyatga uchratiladi. Natijada yuechjiar O’rta Osiyo tomon siljiydilar va Yunon-Baqtriya davlatiga hujum qilib uni bosib oladilar (mil.avv. 140-130-yy) hamda Kushon davlatiga asos soladilar9. Sharqiy Turkistonni egallagan xunlarning hukmronligi esa uzoqqa cho’zilmaydi. Mil.avv.120-yilga kelib Xan imperiyasi Sharqiy Turkiston hududiga yurish boshlaydi. Chunki aynan shu mintaqa orqali ipak savdosining asosiy oqimi O’rta Osiyo va undan keyin Eron hududigacha yetib borardi. Ushbu oqim xunlarka katta daromad keltirardi. Ular Xitoydan kelgan ipak karvonlarining xavfsizligini taminlash orqasidan katta daromad topardilar. Bu hududning savdo yo’llari ustida joylashishi uning strategik jihatdan muhim hudud ekanligini ko’rsatadi. Savdodan keladigan daromad bu yerda hukmronlik qiluvchilarni boyitgan. Shuning uchun ham Xitoy, Xunlar va Kushonlar bu davrda Sharqiy Turkiston hududini o’z qo’llarida saqlab turishga uringanlar. Dastlab xunlar, keyinchalik xitoyliklar egallagan bu hududni milodiy 107-yilga kelib Kushonlar (asli kelib chiqishi yuechjilar) yana qaytarib oladilar. Natijada Buyuk ipak yo’li ustidan nazorat kushonlar qo’liga o’tadi. Bu esa davlatning iqtisodiy jihatdan rivojiga ijobiy ta’sir o’tkazgan10.
Xunlar Xitoy imperatorlariga bo'ysundirilganidan keyin, butun Sharqiy Turkiston G'arbiy hudud nomi bilan Xitoy imperiyasining tarkibiga kirgan (miloddan avvalgi 39-yil) va G'arbiy Hududning qo'riqchisi unvoniga ega bo'lgan hukmdorni qabul qilgan. Ushbu xitoylik arbobning qarorgohi, aftidan, Bugur (asalari uyasi) bo'lgan. Ayni shu paytda bu hududda bir nechta aholi punktlari vujudga kelgan: Cherchen (Tsin-Tszyue), Niya (Ni-yan), Keriya (Umi), Xotan (Yu-tyan), Yarkent (Sotszyu), Tosh-Kurgan (Uto), Qashqar (Sule), Karashar (Yuan-qu), Toksun (Xuxu), Kucha (Gutsi), Turpan (Cheshy), Son-gim (Shan-go), Kara-Xochja (Xara-Xoto, Gaochan) va hokazolar shular jumlasidandir.
Milodiy 2-asrga kelganda Sharqiy Turkiston 30 ga yaqin mustaqil hududlardan iborat edi. Keyingi davrlarda ham bir qancha xonliklar qatorida Turfon davlati (Gauaochan) (460—640-y. lar) ham yuzaga kelgan. Oʻsha vaqtda Xitoyda mavjud boʻlgan Gʻarbiy va Sharqiy Xan imperiyalari oʻlkani qoʻlga kiritish va Xitoydan gʻarbga boradigan savdo yoʻlini oʻz nazoratiga olish uchun bir necha bor uringan. Sharqiy Turkiston Buyuk ipak yoʻlida boʻlganligi sababli, u doim yirik davlatlar eʼtiborini tortib turgan. Shuning uchun ham mil. 3-a. da Sharqiy Turkistonning shimoliy qismi — Jungʻariya , 5—6-a. larda jujan, 6-a. ning 2-yarmida turk qabilalari nazoratida boʻldi11.
VI asr o’rtalariga kelib Osiyoning katta qismini egallagan Turk xoqonligi davlati vujudga keldi. Ushbu davlat Yevropadan to Xitoy chegarasigacha bo’lgan ulkan hududni o’z hokimiyati ostida birlashtirdi. Aynan shu davr Sharqiy Tutrkiston tarixida muhim davrlardan biridir. Geografik jihatdan qulay joyda joylashgan bu hudud Turk xoqonligini o’ziga jalb etmasdan qolmadi. Natijada, turklar bu hudud aholisini turklashtirish siyosatini amalga oshiradilar. Biroq, VII asrning boshlariga kelib Turk xoqonligi ikki qismga bo’linib ketadi. Sharqiy Turkiston Sharqiy Turk xoqonligi tarkibida qoladi. Aynan shu voqea tufayli Sharqiy Turk xoqonligi so’zidan Sharqiy Turkiston nomi kelib chiqishiga zamin yaratilgan12.
VI asr oxiriga kelib Xitoyda dastlab Suy sulolasi, keyinchalik esa Tan sulolasi davrida Shinjon hududiga e’tibor qaratildi. Chunki bu davrda Ipak savdosi yana kuchayib, sog’diylar bu savdoda yetakchilikni o’z qo’llariga olgan edilar. Sog’diylarning savdo kolloniyalari Sog’diyonadan to Chanangacha yetib borgan edi. Natijalada ular savdodan katta daromad topardilar. Buni yaxshi tushungan Xitoy hukumati qanday qilib bolmasin Shinjonni qo’lga kiritishni xoxlardilar.
VII asrga kelib Sharqiy Turkistonda 6 ta mulk mavjud bo’lgan. Bular : Gaochan, Karashar, Kucha, Tszimo (qadimgi Gumo-Bai), Kashgar va Xotan bo’lib, ammo ular o'sha paytda qanchalik mustaqil bo'lganligini aytish qiyin. Tez orada Korashar va Gaochan mulklari o’rtasida munosabatlarning yomonlashishidan foydalangan Xitoy hukmdorlari ularni bosib olishga harakat qilishdi. Xitoyliklar birinchi bo’lib 640-yilda Gaochanni bosib olishadi va uning nomini Si-Chjou provinsiyasi deb o'zgartirdilar. Keyinchalik xitoyliklar Korashar va Kuchani ham egallashib, Korasharni nomini “Fu”, Kuchani nomini esa “Tsyu” deb o’zgartirishadi. Tez orada Xo’tan va Qoshg’ar ham konvertatsiya qilinadi. Ushbu shaharlarning barchasida harbiy postlar va garnizonlar tashkil qilingan va ular ustidan qo'mondonlik Xitoy xokimiyatiga topshirilgan. 13. Lekin ular bu ishni to’liq amalga oshira olmadilar. Sababi tez orada ularga yangi dushman xavf sola boshladi.
670-yil Sharqiy Turkiston hududini tibetliklar bosib olishadi. Lekin ularning hukmronligi uzoqqa cho’zilmaydi. 22 yillik hukmronlikldan keyin 692-yilga kelib, xitoyliklar yana nazoratini qayta tiklaydilar. Oradan bir asr o’tgach, tibetliklar yana kuchayib, Sharqiy Turkiston va G’arbiy Xitoy hududlarini ham egallashadi. Ammo ko’p o’tmay Tibetning qudrati pasayadi va oxir oqibat tanazzulga uchraydi. 745-yilga kelib Uyg’ur xoqonligi tashkil topadi. Uning markazi zamonaviy Mo’guliston hududi edi. Lekin bu davlat uzoq vaqt yashay olmaydi. IX asrning o’rtalariga kelib, bu davlat zaiflasha boshlaydi. Natijada, IX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Tarim havzasidagi mamlakatlar ustidan hukmronlik qilish tibetliklarning vorislari xay-xe ko’chmanchilari qo’liga o’tadi. 840-yilga kelib, Xay-xelar tashkil etgan xonliklarga qirg’izlar hujum qilishadi. Natijada ushbu hudud bir necha xonliklarga bo’linib ketadi. Uyg’urlarning katta qismi Xitoyning janubiy va janubiy-g’arbiy qismlariga ko’chib o’tishga majbur bo’lishadi. Mahalliy uyg’urlar bir vaqtning o’zida boshqa turkiy qabilalar bilan birgalikda poytaxti Qoshg’ar bo’lgan Qoraxoniylar davlatini tashkil etadilar. Shunday qilib, 1-mingyillikning oxirida Tarim havzasi va Jung’oriyada turkiy tilda so’zlashadigan qabilalar ittifoqi tashkil etilib, uyg’urlar mintaqaning asosiy aholisiga aylanadilar. Shu davrdan boshlab ko’chmanchi xay-xelar mahallay aholi bilan aralashib, assimlatsiyaga uchraydi14.
IX-XI asrlar davrida Sharqiy Turkiston Xitoy bilan vasallik munosabatida bo’lishiga qaramasdan, Xo’tan uchun bu davr eng yorqin davr bo’ldi. Uning hukmdorlari hatto heulin-hexan unvonidan foydalanishni boshladilar. Savdo sotiq ham ancha rivojlanadi. Turli savdo ekspeditsiyalari ham tashkil etiladi. Lekin oradan ko’p o’tmay Xo’tan mo’g’ullar o’ljasiga aylanadi.
Shimoliy Xitoy hududida joylashgan Kidan Liao imperiyasi XII asr boshlarida qulab tushgandan so'ng, Kitanning bir qismi g'arbga qarab ketdi va Qoraxoniylarni mag'lubiyatga uchratib, avvalgi hududlarida G'arbiy Liao davlatini tashkil etdi.
Chingizxon Sharqiy Turkistonni deyarli qarshiliksiz egalladi. Uning vafotidan keyin Tarim havzasi, Ili vodiysi, Janubiy Jung’oriya va Movorounnahr hududlarini boshqarish huquqi uning ikkinchi o’g’li Chig’atoyga o’tadi. Uning qarorgohi Ili vodiysida bo’lib, bu hudud uning ishonchli vakillari tomonidan boshqarilgan. Bu holat 130 yil davom etdi. Uyg’uriya dastlab mog’ullarga so’ngra Xitoyga qaram bo’lgan. Ular bu hududni buyuk xonlarning sulolasi vakillari orqali boshqarishgan.
Uyg’uriya bu vaqtda boyliklari bilan mashhur edi. Imperator pulga muhtoj bo’lgan paytlarida Gaochanliklar banker vazifasini ham o’taganlar. Masalan, O’qtoy hukmronligi davrida mo’g’ullarga qarz sifatida 76000 kumush tanga to’langan. Xon knyazlari va boshqa yaqin kishilariga marvarid va qimmatbaho toshlarni taqdim etmoqchi bo’lsa, Uyg’uriyaga yuborilgan va bu toshlarni ular aynan shu hududdan olishgan. Amir Temur garchi Chig’atoyzodalarni mag’lubiyatga uchratgan bo’lsa-da, Sharqiy Turkistonni mo’g’ullardan tortib olmaydi. U yerni mo’g’ul hokimlari boshqarishda davom etgan. Lekin oradan biroz vaqt o’tgach, Shoxrux Mirzo Qoshg’ar va Yorkentni Chig’atoyzodalardan tortib oladi. Keyinchalik bu yerda hokimlarning zaiflashuvi natijasida Sharqiy Turkistonning vassal hukmdorlari o’zlarini mustaqil deb e’lon qildilar. Ulardan biri bo’lgan Abu Bakr o’zini shu qadar kuchli deb hisoblar ediki, u o’zining sobiq hukmdorlariga qarshi jang boshladi. Ushbu kurash 1514-yil Tarim havzasining chig’atoyzodalarga qaytarilishi bilan tugaydi15.
XVII asrga kelin Tyan-Shanga tutash hududlarda yashovchi jung’orlar va qalmoqlarning qudrati tez sur’atlar bilan rivojlana boshladi. Ular chig’atoyzodalarga qarshi kurash boshladilar va ularni g’arbga surib chiqarishdi va Ilini qo’lga olishdi. Shu davrdan boshlab ularning shiddatli hujumlari Sharqiy Turkiston tomon boshlandi. 1646-yilga kelib, Sharqiy Turkistondagi chig’atoyzodalar butunlay taslim bo’lishadi. 1670-yilga kelib Sharqiy Turkiston hududi butunlay egallanadi. Shu tariqa Sharqiy Turkiston hududida qalmoqlar hukmronligi boshlanadi. Ular bu hududda 1670-yildan XVIII asr o’rtalariga qadar hukmronlik qilishadi. Bu davr Sharqiy Turkiston aholisi uchun juda qiyin davr bo’lgan. Chunki oddiy aholi bosqinchilarga juda katta miqdorda tovon to’lashlari kerak edi.
XVI-XVII asrlarda Uyg'ur davlatining bir xususiyati shundaki, mamlakat siyosiy hayoti asosan Xoja faoliyati bilan belgilanadi. Xojaning ikki islomiy tariqati - "Belogorsk" va "Chernogoriya" ikki asr davomida Uyg'uriyada ta'sir o'tkazish uchun bir-birlari bilan kurashdilar. XVII asr oxirida hokimiyat tepasiga Belogorsk xalqining etakchisi Appak Xoja keldi. Ammo davom etib kelayotgan tortishuvlar Uyg'uriyaning butun hududini jungarlar ta'sirida bo'lishi uchun qulay zamin yaratdi. Uyg'uriyaning shimolida etarlicha kuchli Jungar xonligi, Uyg'urning janubida - Uyg'ur davlati Mo'g'uliston bo'lgan, ular jungarlarga qaram bo'lib qolgan.
XVII asrda Xitoyning Min imperiyasini manjurlar bosib olib, Sin imperiyasini tashkil etdilar. XVII asr oxirida Sharqiy Osiyo dashtlarida gegemonlik uchun manjurlar va jungarlar o'rtasida urushlar boshlandi. XVIII asrning o'rtalarida Jungar xonligi butunlay mag'lubiyatga uchradi va uning hududi Sin imperiyasi tomonidan qo'lga kiritildi.
Jungariya va Sharqiy Turkistonni manjur-xitoy feodallari tomonidan zabt etilishi natijasida ikkala mintaqa ham aslida Sin imperiyasining mustamlakalariga aylandi va 1760-yilda sun'iy ravishda maxsus harbiy-ma'muriy birlik - Shinjon imperatorlik gubernatorligiga aylantirildi (Chegara yoki yangi hudud)16.
XVII – XX asrlarda, salkam 300 yil davomida Sharqiy Turkiston hududi dunyodagi buyuk davlatlar – Rossiya, Buyuk Britaniya va Xitoy o’rtasida tortishuvlarga sabab bo’lib kelgan hududdir. XX asrning birinchi yarmigacha bo’lgan davrda ushbu hududga ko’plab ekspeditsiyalar yuborilgan va turli razvedka xizmatlarining manfaatlari to’qnashgan. Barcha sayohatchilar, elchilar, etnologlarning faoliyati o’z davlatlarining siyosiy manfaatlari bilan bog’liq bo’lgan. Ularning barchasi tashrif buyurgan mamlakatlari to’g’risida ma’lumotlar to’plash, hisobotlar tuzish uchun maxsus topshiriqlar olishgan. Moskva va Jung’oriya ham bundan mustasno emas edi. Chunki Rossiya va Osiyo mamlakatlari o’rtasidagi savdo azaldan mavjud bo’lgan.
1652-yilda Moskvaga Jung’or elchisi keladi. Elchi rus hukumati bilan muzokaralar olib borib, rus savdogarlariga ichki Xitoyga yetib borishlariga yordam berish istagini bildiradi. Bu taklifga rus hukumati rozilik bildiradi. Chunki Xitoy bilan bo’ladigan savdo ruslar uchun ham manfaatli edi. Aleksey Romanov unga qo’shib o’z elchisi Feodor Baykovni yuboradi. Feodor Baykov Pekin yo’lida Jung’oriyadan o’tgan rasmiy birinchi rus diplomati edi17. Ikki yil deganda Xitoyga yetib borgan Feodor Baykov Xitoy hukumati bilan aloqalar o’rnata olmay ortga qaytishga majbur bo’ladi. Keyinchalik uning to’plagan ma’lumotlari Rossiyadagi Gollandiya elchisi Nikolay Vitsen tomonidan 1692-yili “Tatariyaning shimol va sharqi” nomli esse shaklida chop ettiriladi.
Qizig’i shundaki, Nikolay Vitsen juda qiziquvchan inson bo’lgan. Masalan, u 40 ta tungus so’zlaridan iborat birinchi lug’at tuzgan. Ushbu lug’atdan 1697-yilda rus podshosi Pyotr I ilk bor Jung’oriya va Oltoyda, Irtish, Ob va Charish kabi daryolarning yuqori oqimida kumush rudalari borligini bilib oladi18. Bu haqida Nikolay Vitsen qayerdan bilgan, Amsterdamga ruda namunalari qanday olib ketilgan bunisi bizga qorong’u.
Natijada rus hukumati bu hudud bilan qiziqib qoladi va XVIII asr birinchi choragida imperatorning buyrug’i bilan kumush, oltin, mis va boshqa rudalarni o’rganish uchun Jung’oriyaga bir necha marta harbiy ekspeditsiyalar yuboriladi. Bu haqidagi ilk arxiv hujjatlarini Qozog’istonlik tarixchi Stanislav Chernix (1934-1991) nashr qildirgan.
1714-yili Sibir gubernatori knyaz Matvey Gagarin (1670-1721) Peterburgga muhim yangilik yuboradi. Uning ma’lumotlariga ko’ra, qalmoqlarning Erketi shahri aholisi Daryo daryosidan oltin yuvib olayotgani va savdo ishlarini tillada amalga oshirayotganini ta’kidlagan. Uning ma’lumoti Kichik Buxoro deb atalgan Yorkent shahriga sayohat qilgan zodogon Fyodor Trushnikov hikoyalariga asoslangan edi. Gubernator Tarim daryosidagi oltin aralash qumni poytaxtga yuborgan. Natijada, shvadlar bilan urush davrida Rossiya muhtoj bo’lgan qimmatbaho metallni qo’lga kiritish uchun polkovnik Ivan Buxgolkiy Jung’oriyaga yuboriladi. Lekin u ko’chmanchi qalmoqlar hujumiga uchrab, ortga qaytishga majbur bo’ladi. Ko’zlangan natijaga erisha olmagan rus hukumati keyinchalik Prokofy Stupin va Ivan Lixarev rahbarligida bir nechta ekspeditsiyalarni tashkillashtiradi. Lekin afsuski, bu ekspeditsiyalar ham muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.
XVIII asrning ikkinchi yarmi Sin imperiyasi Jung’oriya va Qoshg’arni bosib olgach, Rossiya va Xitoy o’rtasidagi munosabatlarda va savdo sotiq davlatlararo shartnomalarning buzilishi sababli uzulishlar paydo bo’ldi. Hindiston yarimorolining inglizlar tomonidan bosib olinishi ham xuddi shu davrga to’g’ri keladi. Hindistonni bosib olish inlizlarning Ost-Indiya kompaniyasi qo’li bilan amalga oshirildi. Bundan xavfsiragan Rossiya Angliyaning azaliy raqibi Fransiya bilan yaqinlashdi. Hattoki, Hind yarim oroliga Rossiya-Fransiya qo’shma harbiy ekspeditsiyalarini yuborish to’g’risida kelishuv ham tuzildi. Bundan oldin ham Rossiyaning Hindistonni bosib olish niyati bo’lgan. Masalan, 1801-yilning 12-yanvarida Don kazaklarining otryadi Hindistonga yuborilgan. Ushbu avantura muvaffaqiyat qozona olmagan. Rossiya imperatori o’ldirilgach, ekspeditsiya yarim yo’lda qaytarilgan.
Sharqiy Turkiston hududi uchun Rossiya va Britaniyaning “ritserlari” o’rtasidagi birinchi rasmiy duellar XIX asrning boshlariga to’g’ri keladi. Bu haqida Britaniya harbiy kuchlarining sobiq ofitseri Piter Xopkirk o’zining “Buyuk o’yin: Markaziy Osiyoda maxfiy operatsiyalar” nomli asarida ma’lumotlar keltirilgan19.
1808-yilda inliz veterenari Uilyam Murkfort (1767-1825) Hindistonga Ost-Indiya kompaniyasining taklifiga binoan naslchilik zavodlarini boshqarish uchun keladi. 17 yillik faoliyati davomida veterenar Hindistonning butun shimoliy qismini kezib chiqadi va kompaniyaning otliq askarlari uchun ot topadi. Yo’l davomida ozgina norasmiy izlanishlar ham olib boradi. 1821-yil sentabrda Murkfort Ladax shahriga kichik ekspeditsiyani olib boradi. Bu yerda u o’z hududidan o’tish uchun Yorkentdagi xitoy hukumati bilan aloqa o’rnatishga urinadi. Lekin bu qiyin ish edi. Birinchidan, Yorkentga borish yo’li ancha uzoq bo’lib, dovon orqali 300 mil yo’l bosib o’tish kerak edi, ayniqsa, qishda Sharqiy Turkiston hukumatidan javob olib qaytish uchun bir necha oy vaqt ketishi mumkin edi. Ikkinchidan, asrlar davomida mahalliy savdogarlar Leh va Yorkent o’rtasidagi savdo yo’llarida monopol huquqqa ega edilar va britaniyalik raqiblariga umuman ehtiyoj sezmaganlar. Uchinchidan, Murkfortning eng asosiy raqibi bo’lgan Mehdi Rafailov ham bor edi. Kobulda yashovchi afg’on yahudiysi Moisey Mehdi Rafailov muvaffaqiyatli tijorat faoliyati bilan shug’ullanib, Sank-Peterburg, Qoshg’ar, Kashmir, Sibir va Qozog’istonda o’z vakolatxonalariga ega bo’lgan. Kashmirda u dovonlar orqali sayohat qilgan va Leh hamda Shinjon shaharlari o’rtasida savdo qilgan mahalliy savdogarlardan biri hisoblangan. Ammo aslida u rus podshosining yuqori martabali agenti bo’lib, muhim siyosiy va tijorat topshiriqlarini bajargan va Rossiya Tashqi ishlar vazirligining yuqori lavozimli amaldorlaridan tavsiyanomalar olgandi. U 1813-yili Xitoyning g’arbiy viloyatlari va Kashmir bilan savdoni kengaytirish maqsadida yaqinlashish uchun Sibirdan Shinjonga savdo karvonini olib boradi.
Inglizlar Mehdi Rafailovga Qozog’iston va Xitoy dashtlari bo’ylab sayohat qilishda rus kazaklari otryadi hamrohlik qilganini bilar edi. Lekin bu uni o’limda qutqara olmadi. 1824-yili Mehdi Rafailov karvoni shunchaki g’oyib bo’ldi20.
Ko’p o’tmay Murkfort va uning ikki sherigiga suiqasdlar uyushtiriladi. Shunday suiqasdlardan birida Murkfort ularni otib tashlaydi. Lekin, 1825-yili Murkfort yurak xurujidan vafot etdi deyiladi. Tez orada uning ikki sherigi ham vafot etadi. Ularning o’limi tashqi tomondan tabiiy sabablarga ko’ra ko’rinardi. Biroq, Murkfort bilan uzoq vaqt ishlagan ekspeditsiya tarjimoni ham vafot etganida, ular rus agentlari tomonidan o’ldirilgani haqida butun Hindiston bo’ylab mish-mishlar tarqaladi.
Xullas, XIX asrning o’rtalariga kelib, Rossiya imperiyasining Buxoro amirligi, Xiva va Qo’qon xonliklarini zabt eta boshlashi ikki imperiya o’rtasida iqtisodiy jihatdan qoloq bo’lgan mintaqalarning xom ashyo manbalaridan foydalanish yoki sanoat mahsulotlari uchun foydali bozor sifatida egallash uchun raqobat vujudga keldi. Sharqiy Turkiston hududi Angliya-Rossiya geosiyosiy qarama qarshilik Strategiyasida asosiy rollardan birini o’ynadi. Ikkala kuchning vazifasi bir birining potensial raqibi sifatida Sharqiy Turkistonni bosib olishiga yo’l qo’ymaslik va uning hududidan harbiy va siyosiy tayanch sifatida foydalanish edi.
Rossiya uchun asosiy narsa uning tasiri ostida bo’lgan Markaziy Osiyo xonliklarida barqarorlikni ta’minlash edi. Buyuk Britaniya uchun Sharqiy Turkistonning geosiyosiy ahamkiyati uning joylashgan o’rnida edi. Chunki u yerda o’z mavqeini mustahkamlab, Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi turish uchun o’z ta’sirini Markaziy Osiyoga yetkazishi mumkin edi. Chunki Sharqiy Turkiston Xitoyning ichki viloyatlari bilan savdo qilish uchun transit hudud vazifasini ham bajarar edi. Sharqiy Turkistonning an’anaviy ravishda islom diniga amal qilib, Sharqning barcha hududlaridan kelgan musulmonlarni jalb qilish markaziga aylanishi, ayniqsa O’rta Osiyodagi rus mulklari uchun alohida xavfli edi. Bu esa o’z navbatida Rossiya mulklarida beqarorlikni vujudga keltirardi.
Biroq rasmiy ravishda Xitoy hududi hisoblangan Sharqiy Turkistonni nazorat ostiga olish oson ish emasdi va to’g’ridan to’g’ri qurolli bosqinchilik Yevropa davlatlarining qarshiligiga olib kelishi va noroziligini keltirib chiqarishi mumkin edi. Bu esa na Buyuk Britaniya van a Rossiya uchun foydasiz edi. Sharqiy Turkistonda vujudga kelgan harbiy-siyosiy vaziyat puxta o’ylangan chora tadbirlarni qabul qilishni taqozo qilardi. Bu borada Buyuk Britaniya Qoshg’ar hukmdorini Rossiya bilan geosiyosiy kurashda o’z tomoniga og’dirishga harakat qildi. Rossiya esa ehtiyotkorlik siyosatiga amal qilib qatiyatli choralar ko’rishga ikkilandi. Bunday vaziyatda Qoshg’ar hukmdori Rossiya va Buyuk Britaniya o’rtasida manevr qilishga urinib, ulardan o’z manfaatlari yo’lida foydalanishga harakat qildi.


1 Шокиров У. Алихонтўра Соғуний (Ҳаёти ва ижтимоий фаолияти) 1938-1946.- Т., Истиқлол, 2009. –Б. 10.

2 https://www.akademikkaynak.com/dogu-turkistan-sorunun-jeopolitigi-dunu-bugunu-yarini.html// Doğu Türkistan Sorununun Jeopolitiği (Dünü, Bugünü, Yarını)


3 Гарбузарова Е.Г. Восточнқй Туркестан в спектре геополитических интересов России и Великобритании в XIX веке. AUCA Academic Review 2009. – С. 55.

4 https://uz.wikipedia.org/wiki/Shinjon-Uyg%CA%BBur_muxtor_rayoni //Shinjon-Uyg’ur muxtor rayoni

5 Гарбузарова Е.Г. Восточный Туркестан в спектре геополитических интересов России и Великобритании в XIX веке. AUCA Academic Review 2009. – С 55.

6 Восточный Туркестан и Средняя Азия. История. Культура. Связи/Под ред. Б.А.Литвинского. – М., 1984. – С. 4.

7https://ru.wikisource.org/wiki/ ЭСБЕ/Восточный Туркестан

8 https://ru.wikisource.org/wiki/ ЭСБЕ/Восточный Туркестан

9 https://cyberleninka.ru/article/n/sintszyan-ocherk-istorii-regiona/viewer //Синьцзян: очерк истории региона

10 https://zen.yandex.ru/media/erkinsarsenbaev/vostochnyi-turkestan-s-drevneishih-vremen-i-do-kushanskogo-gospodstva-5f3a4709e96fdf65988874f6 //Восточный Туркестан с древнейших времен и до кушанского господства


11 http://qomus.info/oz/encyclopedia/s/sintszyan-uygur-muxtor-rayoni/ Sinszyan – Uyg’ur Muxtor rayoni

12 http://wikiredia.ru/wiki/История_Восточного_Туркестана

13 https://cyberleninka.ru/article/n/sintszyan-ocherk-istorii-regiona/viewer //Синьцзян: очерк истории региона

14 http://wikiredia.ru/wiki/История_Восточного_Туркестана

15 http://wikiredia.ru/wiki/История_Восточного_Туркестана

16 http://wikiredia.ru/wiki/История_Восточного_Туркестана

17 Схватка Шести империи. Битва за Синъцзян (Военные тайны ХХ века). В.Г.Обухов. –М.: Вече, 2007. С. 7.

18 Схватка Шести империи. Битва за Синъцзян (Военные тайны ХХ века). В.Г.Обухов. –М.: Вече, 2007. С. 8.

19 Схватка Шести империи. Битва за Синъцзян (Военные тайны ХХ века). В.Г.Обухов. –М.: Вече, 2007. С. 15.

20 Схватка Шести империи. Битва за Синъцзян (Военные тайны ХХ века). В.Г.Обухов. –М.: Вече, 2007. С. 17.

Download 36,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish