УТМИШГА НАЗАР | ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ | LOOK TO THE PAST №8 | 2020 101
Nurekin kabi sayyoh va tadqiqotchilarning asarlaridan iborat [8]. Ushbu sayyohlarning asarlari
mintaqa hududi bo’yicha geografik, tarixiy, biologik, zoologik, siyosiy ma’lumotlar tuplashdan iborat
bo’lgan. Qo’qon xonligi va Rossiya imperiyasi o’rtasidagi diplomatik aloqalarning boshlanishi
Olimxon nomi bilan bog’lanadi. Bu uning Rossiyaga boradigan savdo yullari va hududlarning
egallanishi bilan bog’liq edi. Lekin uning Rossiyaga elchilik missiyasini junatganligi to’g’risidagi
ma’lumotlar saqlanmagan. Birinchi elchilikni Rossiyaga keyingi hukmdor Umarxon junatadi. Uning
elchilik missiyasining maqsadi savdo aloqalarida erkinlikni kuchaytirish bo’lganligi aytiladi .
Elchilikka javob sifatida Qo’qon xonligiga F.Nazarov yuborilgan. U 1813-1814 yillarda Qo’qon
xonligida buladi [9]. F. Nazarovning Qo’qon xonligi tarixi, ijtimoiy- iqtisodiy, madaniy hayoti
bo’yicha bergan ma’lumotlari Qo’qon tarixini o’rganish uchun muhim manbalardan biri hisoblanadi.
Qo’qon xonligidagi siyosiy jarayonlarga ruhoniylarning ta’siri kuchi Buxoro amirligi va Xiva
Xonligiga nisbatan kuchli edi. Ruhoniylar hattoki xonni ham ko’pgina masalalarda o’z yo’rig’iga
yurgizishga muvaffaq bo’lar edi. Bu holatni F. Nazarov alohida ta’kidlab o’tadi [9]. Xonlikdagi
islomiy qotib qolgan mafkuraning mavjudligi albatta boshqa dinga e’tiqod qiluvchi davlatlar bilan
aloqalariga ham salbiy ta’sir ko’rsatishi tabiiydir.
1822 yilda Amir Umarxonning vafot etishi munosabati bilan taxtga yosh valiahd Ma’dalixon
chiqadi. U otasi davrida siyosiy hokimiyatga o’z ta’sirini o’tkazishga harakat qilgan ko’plab
amaldorlarni ta’qib ostiga oladi yoki siyosiy hokimiyatdan chetlatadi. Ma’dalixon davri Qo’qon
xonligi tashqi aloqalari har qachongidan ko’ra kuchaygan davr deb hisoblashimiz mumkin. Uning
topshirig’iga ko’ra Soatbek Sultonbekov 1825 yilda elchi qilib Sibirga junatilgan. Elchilik
missiyasining faoliyatini tahlil etar ekanmiz, uning shu vaqtgacha bo’lgan Qo’qon-Rossiya elchilik
munosabatlaridan tubdan farq qilishini guvohi bo’lamiz. Shu vaqtgacha bo’lgan elchilik aloqalarida
asosiy masala savdo-iqtisodiy masalalar bo’lgan bo’lsa, Soatbek Sultonbekov elchiligida asosiy
masala hududiy nizolarni bartaraf etish va Rossiya imperiyasining Xonlik ichki ishlariga
aralashishiga e’tirozdan iborat edi. Rossiya imperiyasi tarkibiga XVIII asrda kirgan va 1822 yildan
boshlab o’z mustaqilligidan batamom ajralgan qozoq juzlari hududi. Rossiya tomonidan tuliq
egallanib, imperiya boshqaruviga moslashtirilayotgan bir paytdagi Rossiya-Qo’qon elchilik
aloqalarini olim H.Ziyoyev xolisona yoritib bergan [10]. Rosssiya imperiyasi bu hududlarda 46 ta
katta va 96 kichik harbiy istehkomlar qurib mustahkam o’rnashib oladi [11].
Mazkur davrda Qo’qon- Rossiya munosabatlarining ijobiy rivojlanishiga rus
ma’murlarining Irtish daryosi sohillaridagi Qo’qon xonligi manfaatlariga zid bo’lgan hatti
harakatlari sabab bo’lgan. Rossiya imperiyasi ta’sir doiarasiga o’tib ketga qozoq juzlarining
milliy ozodlik harakatlariga Qo’qon xonligi tomonidan Toshkent qo’shbegisining aralashuvi esa
vaziyatni yanada chigallashtirar edi. Qo’qon xonligi o’zining iqtisodiy va harbiy holatini hisobga
olgan holda muammoni imkon darajasida diplomatik yo’l bilan bartaraf etishga harakat qilgan
bo’lsa , O’zining xonliklarga nisbatan harbiy qo’drati katta ekanligini, qolaversa har bir xonlikda
o’ziga tarafdor guruhlarni shakllantirib olganligidan g’ururlangan Rossiya imperiyasi muammoni
o’z foydasiga hal qilishga harakat qilar edi. Shu boisdan ham Qo’qon xonligining 1828 yilda
junatgan ikkinchi elchiligi ham natijasiz tugaydi.Rossiya qozoq juzlari masalasidagi o’z fikrini
o’zgartirmaydi. Bu holat Qo’qon va Rossiya imperiyasi o’rtasida Qozog’iston hududidagi dastlabki
kichik – kichik tuqnashuvlarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi [11]. Bu urushlar natijasida Rossiya
Qo’qon xonligining harbiy holatini yana bir bor aniqlab olib, unga nisbatan bosimni kuchaytiradi.
Qo’qon xonligi bu vaqtda Xitoy sin imperiyasi bilan ham siyosiy nizoga uchraydi. Sharqiy
Turkiston mintaqasida uzining siyosiy nufuzini oshirishga harakat qilgan Qo’qon xonligi ushbu
masalada Rossiya imperiyasi madadiga tayanishni reja qilganligi ehtimoldan xoli emas, albatta.
Qolaversa Ma’dalixonning mamlakat ruhoniylari bilan jiddiy nizoga borib qolishi va ruhoniylarning
Buxoro amirligidan yordam surashi Qo’qonning siyosiy inqirozini yanada chuqurlashtirdi. Sharqda
Xitoy, G’arbda Buxoro amirligi, simolda Rossiya bilan nizoga borib qolgan Qo’qon xonligi
ilojsiz holatda Rossiya imperiyasining talablariga bosh egishga majbur bo’ldi. Xonlikning og’ir
ahvolidan foydalangan davlatlar, birinchi navbatda Rossiya imperiyasi o’zining talablari sonini
oshira boshladi.