288
yordamchilari,
brigadirlar, yuk tashuvchilar, mashinalarni moylovchilar,
tozalovchilar, slesarlar, elektriklar kabi ishchilar guruhi kiradi.
Yondosh guruh ishchilariga esa laborantlar,
kontrolyorlar, farroshlar,
omborxona xodimlari kabi ishchilar kiradi.
Asosiy guruh ishchilarining soni yillik mahsulot ishlab chiqarish hajmi,
o`rnatilgan dastgohlar soni hamda dastgohlarga xizmat ko`rsatish me`yoriga
bog`liq holda aniqlanadi. Yordamchi va yondosh guruh ishchilarining soni xizmat
ko`rsatish me`yoriga bog`liq holda rejalashtiriladi. Korxona xodimlariga ishbay,
ishbay-mukofatbay, vaqtbay-mukofatbay maosh sistemalarida haq to`lanishi
mumkin.
Ishbay
ish haqi deb, ishlab chiqariladigan mahsulotning hajmiga qarab
to`lanadigan haqga aytiladi. Ishbay ish haqi quyidagicha aniqlanadi:
Ishbay ish haqi = V natur.
Rastsenka
bu yerda:
Rastsenka
– mahsulot birligini ishlab chiqarilganligi uchun to`lanadi-
gan haq bo`lib, quyidagicha aniqlanadi:
bu o`rinda:
TS
– tarif stavkasi
Nv
– mahsulot ishlab chiqarish normasi.
Ishbay-mukofotbay ish xaqi esa ishbay ish haqiga mukofotni qo`shish orqali
aniqlanadi. Ishbay-mukofotbay sistemada asosan asosiy guruh ishchilariga xaq
to`lanadi.
Vaqtbay ish xaqi deb, korxona ishchilariga
ularning ishlagan ishchi-
soatlariga tarif razryadlarini hisobga olgan holda to`lanadigan haqga aytiladi.
Vaqtbay ish haqi quyidagicha aniqlanadi:
Vaqtbay ish haqi = ishlagan ishchi soatlar
TS,
bu yerda:
TS
– tarif stavkasi, ya`ni ishlagan ish vaqti birligiga va tarif
razryadlariga qarab to`lanadigan haq.
Vaqtbay sistemada asosan yordamchi guruh ishchilariga haq to`lanadi.
Injener – texnik xodimlar hamda yondosh guruh ishchilariga asosan maosh
sistemasida haq to`lanadi.
289
Ish haqi yillik fondi hisobi. Ish haqi fondi deb, korxonaning ishchi-xizmatchi
xodimlariga ma`lum vaqt mobaynida haq to`lash uchun ajratilgan mablag` yoki
fondga aytiladi.
Ish haqi fondi 3 guruhga bo`linadi:
✓
Ish haqining soatlik fondi
✓
Ish haqining kunlik fondi
✓
Ish haqining yillik fondi
Ish haqining soatlik fondi deb, vaqtbay sistemada ishlayotgan ishchilarga
ularning sof
ishlagan ishchi soatlari uchun, ishbay sistemada ishlayotgan
ishchilarga esa ularning sof ishlab chiqargan mahsulotlarining hajmi uchun
to`lanadigan haqga aytiladi. Ish haqining soatlik fondi mehnat shtatlari jadvali
hisobiga asoslanib aniqlanadi.
Ish
haqining kunlik fondi deb, ish haqining soatlik fondidan tashqari
ishlanmagan, lekin mehnat qonuniga ko`ra ish haqi fondidan haq to`lanishi lozim
bo`lgan vaqt uchun ham to`lanadigan qo`shimcha haqni hisobga olgan holdagi ish
haqi fondiga aytiladi. Bu ko`rsatkich ish haqining soatlik fondiga o`smir
bolalarning imtiyozli soatlari uchun va tungi smenadagi ish uchun, hamda yosh
bolalik onalarning imtiyozli soatlari uchun to`lanadigan qo`shimcha haqni qo`shish
orqali aniqlanadi.
Ish haqining yillik fondi ish haqining kunlik
fondiga mehnat otpuskasi
kunlari uchun ham to`lanadigan qo`shimcha haqni qo`shish orqali aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: