Usmanova N. Yu. Iqtisodiyot va moliyaviy menejment


Marka  deganda biz bitta to`rt o`qli vagonga sig`adigan toylarning shartli  sonini tushunamiz.  Kod



Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/208
Sana16.03.2022
Hajmi2,57 Mb.
#497037
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   208
Bog'liq
fayl 1668 20210827

Marka 
deganda biz bitta to`rt o`qli vagonga sig`adigan toylarning shartli 
sonini tushunamiz. 
Kod
deganda esa o`z mahsulotlarini markalaydigan har bir 
zavodga beriladigan shartli sonni tushunamiz. 
Har bir toyning mustahkam kartondan 230

400 mm o`lchamda ishlangan 
yorlig`i bo`lishi kerak. Yorliq yozuvlari bosmaxonada yozilgan bo`lishi shart. Bir 
xilda ishlangan ikkita ana shunday yorliq toyning har ikki tomonida osib qo`yiladi. 
Nazorat savollari: 
1.
Ishlab chiqarish dasturining mohiyatini ochib bering? 
2.
Ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi nimalarga bog`liq bo`ladi? 
3.
Paxta tolasi miqdori qaysi ko`rsatkichlarga muvofiq hisoblanadi? 
4.
Paxta chigit va momiq ishlab chiqarish hajmi nimalarga ko`ra hisoblanadi? 
5.
Paxta tozalash korxonasi yillik ish vaqti necha davrga bo`linadi? 
6.
Asbob-uskunalar ish faoliyatini rejasini tuzish uchun qaysi ko`rsatkich tayanch 
ko`rsatkich hisoblanadi? 


285 
XX BOB.
TASHKILIY REJA VA MENEJMENT. 
 
Reja: 
20.1. Tashkiliy rejaning mazmuni, maqsadi va vazifalari. Korxonaning kadrlar 
siyosati va personalni boshqarish. 
20.2. Ish haqi to`lash shakllari: vaqtbay va ishbay. Tarif tizimi elementlari. Paxta 
tozalash korxonalarida ish haqi fondini hisoblash. 
20.3. Mehnat unumdorligi ko`rsatkichi va uni hisoblash. 
Tayanch iboralari:
tashkiliy reja, kadrlar siyosati, personalni boshqarish, ish 
haqi fondi, soatlik ish haqi fondi, kunlik ish haqi fondi, oylik ish haqi fondi, yillik 
ish haqi fondi, mehnat unumdorligi. 
20.1. Tashkiliy rejaning mazmuni, maqsadi va vazifalari.Korxonaning 
kadrlar siyosati va personalni boshqarish. 
Mehnat va ish haqi rejasi korxona yillik rejasining asosiy bo`limlaridan biri 
bo`lib, bunda asosiy maqsad – korxonani to`g`ri va to`liq ishchi kuchi bilan 
ta`minlash, hamda bu ishchilarga yil mobaynida ish haqi to`lash fondlarini 
belgilashga qaratilgan. 
Mehnat va ish haqi rejasi yengil sanoat sexi dasturi bilan uzluksiz 
bog`langan. Bu reja bir necha qismdan iborat: 
Engil sanoat korxonasida ishlayotgan ishchilar sonini rejalashtirish va 
aniqlash (asosiy, yordamchi ishchilar, xizmatchilar va rahbariyat); 
Kategoriyalar bo`yicha ish haqi fondlarini hisoblash; 
Ish kuchi balansini tuzish, mehnat samaradorligini aniqlash va asosiy 
mehnatga tegishli texnik iqtisodiy ko`rsatkichlarni aniqlash. 
Hozirgi kunda shu mehnat rejasini tuzishda korxonalar juda katta huquq va 
mustaqillikka ega. Korxonaning o`zi ishchi xizmatchilar va muxandislarga bo`lgan 
talabni o`zining ichki tuzilishi va ehtiyojiga qarab aniqlashi mumkin. 
Korxonada ishlayotgan ishchilarni 2 ta asosiy guruxga ajratish mumkin: 


286 
Ishlab chiqarishda band bo`lganlar (ishchilar, xizmatchilar, shogirdlar, 
muxandislar, rahbariyat); 
Ishlab chiqarishda band bo`lmaganlar (oshpazlar, bog`cha tarbiyachilari, o`t 
o`chiruvchilar). 
Bu rejani tuzishda eng muhim vazifa – ishlayotgan ishchilar sonini 
belgilash.
Bu vazifa 2 yo`l bilan aniqlanadi:
1-usul. Ishchilar soni xizmat ko`rsatish me`yori yoki mahsulot ishlab 
chiqarish me`yoriga asosan aniqlanadi. 
2-usul. Ishchilar soni ma`lum bir belgilangan ko`rsatkichga asoslanib 
topiladi (bitta slesar` 120 ta kengligi 100 sm bo`lgan dastgohlarga xizmat qilishi 
mumkin, bitta farrosh 150 m2 ga xizmat qilishi kerak). 
Ishchilar sonini aniqlaganda yengil sanoat korxonalarida ishchilarni soni 
ro`yxat bo`yicha va ish joyiga kelishi bilan belgilanadi. 
Xizmat ko`rsatish me`yoriga asosan ishchilar soni quyidagi formula bilan 
aniqlanadi: 
Ch = M/No 
bu yerda: 
M
– o`rnatilgan dastgohlar soni; 
No
– ishchining xizmat ko`rsatish normasi. 
Mahsulot ishlab chiqarish me`yoriga asosan ishchilar soni quyidagi formula 
bilan aniqlanadi: 
Ch = V/T 

 N 

 K 
bu yerda: 

– rejalashtirilgan mahsulot hajmi; 
T
– belgilangan ish vaqti; 
N
– belgilangan mahsulot ishlab chiqarish me`yori (1 ishchiga); 
K
– me`yorni oshirib bajarish koeffitsienti. 
Korxonalarda ro`yxat bo`yicha ishchilar sonini aniqlash uchun ishchilarning 
turli sabablar bo`yicha ishga kelmasligini aniqlash kerak. Ishga kelmaslikning 
asosiy sabablari quyidagilar: 

Mehnat ta`tili; 


287 

Sirtqi o`qiydigan ishchi talabalarning o`quv ta`tili; 

Kasallik tufayli; 

Sababsiz ishga chiqmaslik. 
Korxonalarda ro`yxatdagi ishchilar soni quyidagi formula yordamida 
aniqlanadi: 
Chr = Ch/(1-(%N/100)) 
Ch
– ishga kelgan ishchilar soni; 
%N
– ishga kelmagan ishchilar foizi. 

Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish