Usmanova N. Yu. Iqtisodiyot va moliyaviy menejment



Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/208
Sana16.03.2022
Hajmi2,57 Mb.
#497037
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   208
Bog'liq
fayl 1668 20210827

Nazorat savollari: 
1.
Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning mohiyati. 
2.
Ishlab chiqarish xarajatlarini tasniflash. 
3.
Boshqa xarajatlar tarkibiga nimalar kiradi? 
4.
Foyda iqtisodiy kategoriya sifatida hamda uning korxonaning tijorat va ishlab 
chiqarish faoliyatini tashkil qilishdagi ahamiyati. 
5.
Foydani shakllantirish manbalari. 
6.
Foydani taqsimlash va uni ko`paytirish yo`llari. 
7.
Rentabellikning iqtisodiy mohiyati. 
8.
Rentabellik ko`rsatkichlari va ularni aniqlash uslubiyati. 
9.
Tannarxni kamaytirish yo`llari va omillari. 


141 
X BOB.
SANOAT ISHLAB CHIQARISHIDA BAHO VA BAHOLASH 
 
Reja: 
10.1. Baho – bozor munosabatlarining iqtisodiy kategoriyasi sifatida
10.2. Baho tushunchasi, ahamiyati, zaruriyati va uning funktsiyalari
10.3. Bahoning turlari va tarkibi 
Tayanch iboralar: 
baho, baho siyosati, ulgurji baholar, chakana baholar, 
xarid baholari, dunyo baholari, baho funktsiyalari, baho turlari.
 
 
10.1. Baho – bozor munosabatlarining iqtisodiy kategoriyasi sifatida 
Baho 
bozor kategoriyasi bo`lib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan 
munosabatlarni anglatadi. Oqilona, ilmiy jihatdan asoslangan baho va baholash 
iqtisodiyotning ilmiy va amaliy vositalaridan biri hisoblanadi. 
Baho siyosati
– bu davlatning iqtisodiy siyosati va iqtisodiy strategiyasining 
muhim 
ajralmas 
qismidir. 
Shu 
sababli 
ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotni 
jadallashtirishda, mehnatkashlarning tashabbusi va omilkorligini rivojlantirishda 
baho belgilash siyosati alohida o`rin egallaydi. Bahoni xo`jalik mexanizmi va 
o`zini o`zi pul bilan ta`minlashning ko`tarib turuvchi ustuni deyish mumkin. 
Jamoaning va ayrim xodimning daromadlari, ular iqtisodiy manfaatlari narxning, 
ya`ni bahoning to`g`ri belgilanishiga bog`liqdir. 
Baho bamisoli barometr kabi bozor holatini ko`rsatib turadi, u pasayib ketsa, 
tovar bozori kasodga uchraydi, tovar nafsiz bo`lib, uni boshqa tovar bilan 
almashtirish yoki uning sifatini yaxshilash zarurligi kun tartibiga qo`yiladi.
Baho pul muomalasi holatiga, kreditlash samaradorligi va iqtisodiyotning 
moliyaviy sog`lomligi bilan bog`liq. Davlatning, korxona (firma) lar va ularda 
ishlovchilarning, umuman aholining o`zaro rejali bog`lanishi baho yordamida 
amalga oshiriladi, ijtimoiy resurslardan foydalanish ta`minlanadi, yalpi ichki 
mahsulotni hisobga olish va taqsimlash amalga oshiriladi. Bahoni tovar qiymati 
belgilaydi, ammo bozor iqtisodi sharoitida u aniq qiymatdan yuqori yoki kam 


142 
bo`lishi mumkin, bu esa bozordagi o`sha mahsulotga bo`lgan talab va taklifga 
bog`liq bo`ladi. Tovar bahosining darajasi, shuningdek, tovarning ijtimoiy 
foydaliligi darajasi va boshqa tovarlar o`rnini bosa olishi, muomaladagi pulning 
harid quvvatiga ham bog`liq bo`ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida baho yordamida 
korxonalar ishlab chiqarishini tashkil etishning asosiy muommolaridan biri, nima 
ishlab chiqarish foydali ekanligini hal etadi. Baho tovar taklifi, aholining to`lov 
qobiliyati, ishlab chiqarish resurslarining oshib yoki kamayib ketishi to`g`risida 
korxona egalariga axborot beruvchi vosita hamdir. Bahoning yana bir vazifasi 
qiymat o`lchovidir, bunda qilingan xarajatlar va olingan natija ma`lum bir narx 
yordamida hisob-kitob qilinadi. 
Xo`jalik yuritish amaliyotida esa baho muhim iqtisodiy vosita, dastak deb 
qaraladi. Ma`lumki, qiymat ishlab chiqarish kategoriyasi bo`lib, ishlab chiqarish-
dagi mehnat sarflanishi bilan bog`liq munosabatlarni ifoda etadi. Tovarning 
yaratilishida moddiylashgan va jonli mehnat sarf etiladi. Ularning majmuasi 
qiymatdir. Ammo qiymat har qanday mehnat sarfi emas. Qiymat tovarni yaratishga 
ketgan ijtimoiy zarur mehnat sarfi, aniqrog`i ehtiyojni qondira olgani sababli 
bozorda tan olingan mehnat sarfidir, chunki mehnatning bir qismini, agar u kerakli 
bo`lmasa, bozor inkor etadi va shu qismi qiymatni yaratishda ishtirok etmaydi. 
Muayyan baho sharoitida ko`proq foyda olish uchun xarajatlarni kamaytirish zarur. 
Baholar tovar-pul munosabatlari muomalasining shakli va realizatsiya 
qilinadigan mahsulot turiga ko`ra farqlanadi. Ammo bahoning turlari bir biri bilan 
o`zaro bog`liq bo`lib, ular yagona tizimni tashkil etadi. Mazkur tizimning muhim 
elementlari quyidagilardir: 
a) ulgurji baholar. Ular firmalar o`z mahsulotlarini katta hajmda boshqa 
firmalarga yoki vositachilarga va ulgurji savdo tashkilotlariga sotayotganlirida 
qo`llaniladi. Ulgurji baho korxonalarga ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashni, 
zarur foyda olishni ta`minlab berishi zarur; 
b) chakana baholar. Ulardan tovarlarni bevosita iste`molchilarga sotishda 
foydalaniladi. Bu baholarga davlat savdosi, xususiy mulk egalari do`konlari va 


143 
bozorda yuzaga kelayotgan baholar kiradi. Chakana baho darajasi aholining real 
daromadlari bilan belgilanadi.
v) xarid baholari qishloq xo`jaligi mahsulotlarining davlat tomonidan sotib 
olinishida ishlatiladi.
g) dunyo baholari xalqaro savdo munosabatlarida qo`llaniladi. 
Baholar tovar ishlab chiqarishning rivojlanishiga o`z vazifalari orqali ta`sir 
etadi. Bozorda turli mehnat sarflari umumiy, ya`ni ijtimoiy zarur mehnat sarfiga 
keltiriladi va shu sarfning pulda ifodalanishi bahoni hosil qiladi.
Bozorda sotuvchi bilan xaridor o`rtasidagi iqtisodiy munosabat bo`lganidan 
narxning shakllanishida har ikki tomon ishtirok etadi. Xaridor deganda, biz tovar 
va xizmatlarni iste`mol etuvchilar – fuqarolar, ishlab chiqarishni yurgizish uchun 
resurslarni sotib oluvchi firmalarni tushunamiz. Baholarning shakllanishida tovarni 
ishlab chiqarishdan tortib, iste`molga yetgungacha bo`lgan mehnat sarflari ishtirok 
etadi. Jamiki xarajatlar baho tarkibiga kiradi.
Bahoni shakllantiradigan asosiy omillar esa quyidagicha: 
1. Iqtisodiy xarajat darajasi; 
2. Tovarlarning naflilik darajasi; 
3. Tovarga bo`lgan talab va uning taklifi; 
4. Raqobat shakllari va usullari; 
5. Tovarni iste`mol qilish vaqti. 
Raqobat cheklangan bozorlarda (sof monopoliya, monopolistik raqobat, 
oligopoliya) ishlab chiqaruvchilarning o`rni bozor narxlarini belgilovchi muhim 
omillardan hisoblanadi. Monopoliya sharoitida bozorda bir turdagi mahsulotlar 
taklif qilinishi sababli baho ustidan to`liq nazorat amalga oshiriladi. 
Bu degani monopolist ishlab chiqaruvchilarning narx belgilashdagi 
hukmronligi, iste`molchi daromadlari cheklangani bo`lib, to`qnash keladi. O`rnini 
bosuvchi tovarlarning mavjudligi ham ularning baho belgilashdagi mutlaq 
imkoniyatini cheklaydi. 


144 
Oligopoliya sharoitida esa alohida ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) bir-
biriga bog`liq bo`lganliklari sababli baholarni mustaqil belgilashga botina 
olmaydilar. Faqat baho belgilashda yashirincha kelishishlari mumkin. 
Bozor iqtisodiyotiga o`tish jarayonida bahoning roli va ahamiyati beqiyos-
dir. Ma`lumki, hozirgi zamon iqtisodiyoti bozor iqtisodiyotidir. Bu iqtisodiyot yer 
yuzidagi ko`pgina davlatlarda turli darajada va o`ziga xos xususiyatlar bilan 
rivojlanib bormoqda. Uning mohiyat belgilarini eng rivojlangan mamlakatlar 
iqtisodiyotida ko`rish mumkin. Uning ana shunday belgilaridan biri, narxlarning 
liberallashuvi, narx-navoning erkin shakllanishidir. Tovarlar narxini davlat 
yuqoridan belgilamaydi. U bozordagi talab va taklifga qarab, xaridor bilan 
sotuvchining savdolashuvi asosida yuzaga keladi. Kelishilgan narxlar esa bozor 
munosabatlariga xizmat qiladi. Narx pul bilan o`lchanadi. Bozor iqtisodiyoti pulsiz 
bo`lishi mumkin emas. Pul esa iqtisodiy munosabatlarning asosiy vositasi bo`lib, 
iqtisodiyotda o`ta muhim rol o`ynaydi. Pul munosabatlari bozor iqtisodiyotining 
ajralmas qismi hisoblanadi. Pul oboroti, pul emissiyasi, qadri-qimmati, inflyatsiya, 
valyuta kursi kabi hodisalar iqtisodiy vaziyatning ko`zgusi hisoblanadi. Bozor 
iqtisodiyotida tovar taqchilligi bo`lmaydi, shu sababdan bozorda ishlab chiqaruv-
chi emas, balki iste`molchi (xaridor) o`z izmini o`tkazadi, tovar va xizmatlarni 
sifati va narxiga qarab tanlab olish imkoniyatiga ega bo`ladi. Ko`rib chiqqanimiz-
dek, bozor iqtisodiyotiga o`tish jarayonida narxning roli va ahamiyati juda katta. 
Baho shakllanishida raqobat muhim o`rin tutadi. Raqobatda yutib chiqish 
yoki yutqazish bahoni belgilashga ham bog`liq. Raqobatlashuv jarayonida xaridor 
ko`p bo`lsa, yuqori narx tashkil topadi. Agar sotuvchilar ko`p bo`lib, ular 
raqobatlashishsa, past baholar vujudga keladi. 
Raqobat kurashida xarajatlarni qoplamaydigan, binobarin, zarar keltiradigan 
o`ta past baholar ham paydo bo`ladi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, 
xo`jalikni oqilona yuritish esa moliyaviy aloqalar va qiymat qonunlaridan 
foydalanishni talab qiladi. 
Ayrim buyumlarning bahosini o`zgartirish evaziga davlat ularga bo`lgan 
ehtiyojni hamda ularni xarid qilishni boshqaradi. Jumladan, inson sog`ligiga putur 


145 
yetkazuvchi mahsulotlarning narxini oshirish evaziga ularni xarid qilinishini 
chegaralash va aksincha, ba`zi oziq-ovqat mahsulotlarining narxini me`yorda ush-
lab turish orqali ehtiyojlarni to`laroq qondirish mulohazamizga dalil bo`la oladi. 

Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish