Usmanova N. Yu. Iqtisodiyot va moliyaviy menejment



Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/208
Sana16.03.2022
Hajmi2,57 Mb.
#497037
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   208
Bog'liq
fayl 1668 20210827

Foyda – 
bu korxonaning mahsulot sotishdan olingan foydasi (zarari) bilan 
mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog`liq bo`lmagan foydalari (zararlari) 
yig`indisidir. Mahsulot sotish deyilganda nafaqat natural-moddiy shaklga ega 


132 
bo`lgan ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish, balki ishlarni bajarish, xizmatlar 
ko`rsatish ham tushuniladi.
Xo`jalik yurituvchi subyekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning 
quyidagi ko`rsatkichlari bilan tavsiflanadi: 
- mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda (YAF), bu sotishdan olingan sof 
tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o`rtasidagi tafovut 
sifatida aniqlanadi: 
YAF 
=
 SST – MIT, 
bu yerda: 
YAF – 
yalpi foyda; 
SST
– sotishdan olingan sof tushum; 
MIT
– sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi; 
- asosiy faoliyatdan ko`rilgan foyda – bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi 
foyda bilan davr xarajatlari o`rtasidagi tafovut va qo`shimcha asosiy faoliyatdan 
ko`rilgan boshqa daromadlar yoki minus boshqa zararlar sifatida aniqlanadi: 
AFF = YAF – DX +BD – BZ,
bu yerda: 
AFF
– asosiy faoliyatdan olingan foyda; 
DX
– davr xarajatlari; 
BD
– asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar; 
BZ
– asosiy faoliyatdan ko`rilgan boshqa zararlar; 
- xo`jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar) – bu asosiy faoliyatdan 
olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan ko`rilgan daromadlar va 
minus zararlar sifatida hisoblab chiqiladi: 
UF= AFF + MD – MX, 
bu yerda: 
UF
– umumxo`jalik faoliyatidan olingan foyda; 
MD
– moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar; 
MX
– moliyaviy faoliyat xarajatlari; 
- soliq to`lagungacha olingan foyda – bu umumxo`jalik faoliyatidan olingan 
foyda, plyus favqulodda (ko`zda tutilmagan) vaziyatlardan ko`rilgan foyda va 
minus zarar sifatida aniqlanadi: 


133 
STF = UF + FP – FZ, 
bu yerda: 
STF
– soliq to`lagungacha olingan foyda: 
FP
– favqulodda vaziyatlardan olingan foyda: 
FZ
– favqulodda vaziyatlardan ko`rilgan zarar; 
- yilning sof foydasi – bu soliq to`langandan keyin xo`jalik yurituvchi 
subyekt ixtiyorida qoladi, o`zi dadaromad (foyda)dan to`lanadigan soliqni va 
minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va to`lovlarni chiqarib 
tashlangan holda soliqlar to`lagunga qadar olingan foydani ifodalaydi: 
SF = STF – DS – BS, 
bu yerda: 
SF
– sof foyda; 
DS 
– daromad (foyda)dan to`lanadigan soliq; 
BS
– boshqa soliqlar va to`lovlar. 
Har bir korxona (firma) yashashi va ravnaq topishi uchun foyda olishi kerak. 
Korxona foydani o`z rivojini ta`minlovchi birinchi muhim omil deb biladi. 
Foydani maksimallashtirish bilan shug`ullanmaydigan korxonaning yashab ketish 
imkoniyati kam bo`ladi. Makroiqtisod sohasida uzoq muddatga foydani 
maksimallashtirish masalasiga katta e`tibor berilishi shundan iboratki, shu asosda 
firma faoliyati oldindan bashorat qilinadi.
Mulk egasini o`zi boshqaradigan unchalik katta bo`lmagan korxona 
(firma)da ularni yuritish bilan bog`liq bo`lgan hamma qarorlarda foydani 
ko`paytirish asosiy o`rin tutadi. Juda katta va yirik korxona (firma) larda rahbar 
(boshqa ruvchi)lar kundalik qarorlarni qabul qilishda mulk egalari har doim ham 
boshqaruvchilar faoliyatini nazorat ostida saqlay olmaydilar. Shuning uchun 
boshqaruvchilarda va korxonaga rahbarlik qilishda ma`lum darajada erkinliklar 
bo`lib, foydani maksimallashtirish bilan yetarli shug`ullanmasliklari mumkin. Ular 
mulk egasi bo`lmaganliklari uchun uzoq muddatli manfaat o`rniga qisqa manfaatni 
afzal ko`rishlari mumkin. Boshqaruvchilar ko`pincha foydani maksimallashtirish 
o`rniga daromadni ko`paytirish yoki aktsiyadorlarni qiziqtirish uchun dividendni 
oshirishga harakat qilishlari mumkin. Bundan tashqari, ular yuqori lavozimga 


134 
erishish yoki katta mukofotlar olish maqsadida foyda keyinchalik kamayib ketsa 
ham hozirgi kunning o`zida oshirishga harakat qiladilar. Shu tufayli bunday 
rahbarlar o`z lavozimlaridan chetlashtirilishi va korxonani boshqa rahbarlarga 
topshirish zaruriyati yuzaga keladi. 
Yuqorida keltirilgan foyda turlaridan tashqari, uning yana bir qancha turlari 
mavjud: 

haqiqiy foyda; 

o`rtacha foyda; 

monopol foyda yoki iqtisodiy renta; 

maksimal foyda. 
Haqiqiy foyda – bu haqiqatda hisobot ma`lumotlari, ya`ni haqiqiy xarajatlar 
asosida aniqlangan foyda hisoblanadi. Bu foyda korxona moliyaviy faoliyatini 
tashkil etishda asosiy manba bo`lib hisoblanadi. 
O`rtacha foyda deganda boshqa hamma korxonalar kabi sarflangan 
kapitaliga bir xil foyda olish yoki bir xil rentabellikka ega bo`lish tushuniladi. 
O`rtacha foyda korxona (firma)ning faoliyat ko`rsatayotgan sohada, tarmoqda 
qolishini ta`minlaydi. Bunday foydaning yuzaga kelishi bozorning uzoq muddatli 
barqarorlikka erishganidan dalolat beradi. O`rtacha foydani ko`pincha iqtisodiy 
foyda deb ataydilar. 
Iqtisodiy foyda qachon paydo bo`ladi? Agar korxona bir mahsulotni 
tayyorlab, sotib, haqiqatda 100 ming so`m foyda olgan bo`lsa-yu, ana shu 
mablag`ni boshqa mahsulot ishlab chiqarishga sarflab, uni sotganda 150 ming 
so`mlik foyda olsa, bunday foydani iqtisodiy foyda deb tushunish kerak. Bu holda 
foyda ijobiy tus oladi. Ijobiy iqtisodiy foyda korxonani biron-bir investor faoliyat 
boshlashiga rag`batlantirsa, ijobiy haqiqiy foyda ishlab chiqarish yoki firmaning 
ancha oyoqqa turib olganidan darak beradi. 
Monopol foyda yoki iqtisodiy renta – bu cheklangan ishlab chiqarish omilla-
ridan foydalanish natijasida sodir bo`lgan foyda hisoblanadi. Masalan, ikkita kor-
xona bir xil yerga ega bo`lib, yerni olish bilan bog`liq xarajatlar bir xil bo`lishi 
sharoitida birinchi yer transport tarmog`iga yaqin bo`lganligi uchun mahsulotni 


135 
tashishga 10 mln.so`m kam sarf qilinishi mumkin, ana shu 10 mln.so`m uning qo`-
shimcha foydasi hisoblanadi. Iqtisodiy renta ishlab chiqarish omillari cheklangan-
ligidan kelib chiqadi va u yoki bu ishlab chiqarish omiliga berish holatini bildirgan 
baho bilan shu omilning eng kam bahosi o`rtasidagi farqdan iborat bo`ladi. 
Maksimal foyda – bu bir birlik qo`shimcha mahsulotni sotishdan olingan 
daromadni shu bir birlik qo`shimcha mahsulotga qilingan xarajat miqdori bilan 
bab-barobar kelishi natijasida olingan foyda. Shu holda rentabellikning eng yuqori 
darajasiga erishilgan bo`ladi. Shunga ko`ra, foydani maksimallashtirish degani, 
eng yuqori rentabellikni ta`minlash deganidir. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida sanoat sohasida o`tkazilayotgan tub iqtisodiy 
tadbirlar majmuida foydani taqsimlash masalalari muhim o`rin tutadi, zero uni, 
adolat yuzasidan va to`g`ri taqsimlash jamoa va har bir xodimning 
manfaatdorligini uyg`unlashtirish uchun sharoit yaratadi. 

Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish