Uslubiy qo’llanmada Pedagogika tarixi fanidan kelib chiqqan holda qadimgi Yunoniston shahar-davlatlarining ta’lim-tizimi haqida ma’lumotlar keltirilgan



Download 380,67 Kb.
bet2/4
Sana08.06.2022
Hajmi380,67 Kb.
#644218
1   2   3   4
Bog'liq
Uslubiy qo\'llanma





Spartan ta'lim tizimi

Lakoniya (Sparta) Peloponnesning janubi-sharqiy qismidagi yerlarga joylashgan davlat bo‘lib, bu viloyatlar sohilida kemalar to‘xtaydigan qulay gavanlar yo‘q edi. Mamlakatda qullar mehnatiga asoslangan dehqonchilik hukmron edi. Soni unchalik ko‘p bo‘lmagan yarim ozod va to‘la huquqli bo‘lmagan aholisining ko‘pchiligi hunarmand edi. To‘qqiz ming oiladan iborat bo‘lgan quldorlar 250 mingdan ko‘proq aholiga hukmronlik qilardi. Spartada Qullar shafqatsiz ta'qib ostiga olinar edi, shu sababli ular tez-tez qo‘zg‘olon ko‘tarib turar edilar. Bunday hol ularni uyushqoq bo‘lib yashashga, hamisha harbiy tayyorgarlikda bo‘lishga da'vat etar edi.

Tarbiya ishlari esa davlat ixtiyorida bo‘lib, uning –asosiy maqsadi spartaliklarning bolalarini baquvvat, jismoniy sog‘lom, bardoshli, chiniqqan jangchilar qilib tarbiyalashdan iborat bo‘lishi bilan birga bo‘lajak quldorlarni ham tarbiyalashni nazarda tutar edi.

Spartaliklarning bolalari 7 yoshgacha uyda yashar, keyin «agella» deb ataluvchi alohida davlat tomonidan tashkil etilgan tarbiya muassasasiga joylashtirilar va 18 yoshga yetgunicha ularga ana shu muassasalarda ta'lim-tarbiya berilar edi. Bu muassasalarniyg rahbarlari davlat tomonidan obro‘li, taniqli kishilardan tayinlanar edi. Bounday kishlar «pedonom» deb atalib, butun tarbiyaviy ishga rahbarlik qilardi. Ayniqsa, o‘smirlar tarbiyasiga alohida e'tibor berilardi. Ular jismoniy sog‘lom bo‘lishi uchun turli mashqlar bilan chiniqtirilar, sovuqqa, ochlikka va chanqoqlikka chidashga, og‘riqqa bardosh berishga ham o‘rgatib borilar edi. Ta'lim jarayonining asosiy qismini harbiy gimnastika mashqlari egallar edi. Bu yosh spartaliklarni yugurishdan, sakrashdan, disk va nayza ota bilishdan, kurashish va qo‘l bilan jang qilish usullaridan saboq berilardi. Shuningdek, harbiy tusdagi maxsus o‘yinlar ham o‘rgatilardi. Spartaning kelajak vorislari jismoniy baquvvat, hech narsadan qo‘rqmaydigan, botir jangchi, o‘z vatanini, xalqini har qanday ofatdan himoya qila oladigan bo‘lib yetishardi. Qadimgi Yunonistondagi tarbiyaviy ishlar shunisi bilan o‘ziga xos ediki, unda bolani nafaqat jismoniy chiniqtirishgina emas, balki ma'naviy tomondan ham barkamol bo‘lishi nazarda tutilardi. Unda asosan bolalarga musiqa, ashula va diniy raqslar ham o‘rgatilgan. Bu mashg‘ulotlarning mazmuni jangovar hamda harbiy tusda bo’lgan.

Qadimgi yunon tarixchisi, faylasuf olimi Plutarx Sparta maktablaridagi ta'lim-tarbiya haqida gapirib shunday deydi: «o‘qish va yozish — bolalarga faqat ularning eng zaruri o‘rgatilar edi, tarbiyaning qolgan qismi esa bitta maqsad: hech so‘zsiz itoat qildirishni, chidamli bo‘lishni va yengish ilmini o‘rgatishni ko‘zda tutadi». Spartada olib boriladigan ta'lim-tarbiyaning yana bir muhim vazifasi yoshlarni qullarga nisbatan shafqatsiz, ularni mensimaydigan qilib tarbiyalashdan iborat edi. Shu maqsadda yoshlar «Kreptiyalarda» da, ya'ni kechalari qullarni tutish mashqlarida qatnashtirilar edi, bunday mashqlarda yosh spartaliklar otryadlari shaharning biror mahallasini yoki shahar tashqarisini qurshab olib, shubhali bo‘lib ko‘ringan har qanday illatni (qulni) o‘ldirar edilar.

Yoshlarga axloqiy tarbiya berishda davlat rahbarlari maxsus suhbatdan o‘tkazib, shu yo‘l bilan ularga ahloqiy va siyosiy tarbiya berar edilar. Bu suhbatlarning asosiy mazmuni vatan dushmanlari bilan kurashda ota-bobolarning ko‘rsatgan mardligi va jasurligi haqida gapirib berish, qahramonlar haqida qilishdan iborat edi. Bu bilan ular bolalarda o‘z vataniga, xalqiga va ota-bobolariga hamda uning merosiga katta hurmat hissini tarbiyalashgan. Shuningdek, bolalarni savol-javob jarayonida aniq, qisqa va lo‘nda qilib javob berishga o‘rgatib borilgan.

Sparta ta'lim-tarbiya tizimida bola 18—20 yoshga yetgandan keyin maxsus «efeblar» (efeblar qadimgi Yunonistonda balog‘atga yetgan o‘spirinlar) guruhiga o‘tkazilgan va harbiy xizmatni o‘taganlar.


Download 380,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish