Uslubiy qo’llanmada Pedagogika tarixi fanidan kelib chiqqan holda qadimgi Yunoniston shahar-davlatlarining ta’lim-tizimi haqida ma’lumotlar keltirilgan



Download 380,67 Kb.
bet3/4
Sana08.06.2022
Hajmi380,67 Kb.
#644218
1   2   3   4
Bog'liq
Uslubiy qo\'llanma

Qadimgi sparta jangchisi

Spartada qizlar tarbiyasiga ham alohida e'tibor berilgan,ya'ni ular ham harbiy va jismoniy tarbiya malakalari bilan qurollantirib borilgan. Bundan maqsad erkaklar qullar qo‘zg‘olonini bostirmoq uchun kurushga ketgan vaqtlarida qizlar, ayollar shaharni,- uy-joyni qo‘riqlash maqsadida qurollanib qo‘riqchilik vazifasini o‘tar, qullarni esa itoat saqlashni ta'minlar edilar.


Spartan ta’limi tizimining ijobiy va salbiy jihatlari.
Tizimning asosiy afzalliklari orasida quyidagi fikrlarni ajratish mumkin :

  • bolalar qotib qolgan va qattiqlashadi;

  • doimiy mashg'ulotlar natijasida bolalar intizomli bo’ladi;

  • jismoniy mashqlar sog'liqni saqlashni rivojlantirishga hissa qo'shadi;

  • sinov, mahrum qilish va cheklovlar bolalarning javobgarlikni o'rgatmoqda.

Afzalliklari, albatta, juda ko'p, ammo salbiy oqibatlarga olib keladigan kamchiliklar mavjud. Ayniqsa, agar ota-onalar bolaga juda qattiq munosabatda bo'ladi. Salbiy jihatlari:

  • haddan tashqari tajovuz;

  • avlodlar orasidagi o'zaro tushunishni yo'qotish;

  • tengdoshlar bilan muloqot qilishda muammolar;

  • mustaqil ravishda qaror qabul qila olmasligi.


Afina ta’lim tizimi.


Qadimgi Yunonistonning ikkinchi bosh shaharlaridan biri Afinada esa hayot, tartib, intizom, maktab tizimi va undagi ta'lim-tarbiya spartanikidan butunlay farq qilar edi. Chunki Afinadagi iqtisodiy hayot Spartadagi singari cheklanib qo‘yilgan emas edi. Qullar xususiy mulk hisoblanar edi.
Afinada eramizdan ilgarigi V— IV asrlarda madaniyat barq urib o‘sdi. Dunyoqarashning keyingi hamma turlari Yunon falsafasining xilma-xil shakllarida kurtak holida namoyon bo‘ldi. Ayniqsa tibbiyot ilmi, matematika, tarix, san'at, ajoyib yunon me'morchiligi va haykaltaroshligi taraqqiy qildi.
Afinada eng ko‘rkam va barkamol inson deb ham jismoniy, ham ma'naviy jihatdan yetuk kishini o‘zlarining «ideali» deb hisoblar edilar.
Tarbiya jarayonida aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy tarbiya uyg‘unlashgan holda olib borilar edi. Lekin shuni ta'kidlash kerakki, bu ideal faqatgina ijtimoiy yuqori tabaqali quldorlarga xos edi. Jismoniy mehnat esa faqat qullarning qismati deb hisoblanardi. Ammo tabaqalanish natijasida quldorlik jamiyatining o‘zida ancha kambag‘al, ya'ni erkin oila»dan tug‘ilgan: va qullikdan ozod etilgan qishilarning kattagina guruhi ajralib chiqdi, ular hunarmandchilik bilan shug‘ullanar edilar. Boy quldorlar esa ularga nafrat ko‘zi bilan qarar edilar.
Afinada bolalar 7 yoshga yetguncha uyda tarbiyalanar edilar. O’g‘il bolalar 7 yoshdan boshlab maktabga qatnar, qizlar esa oilada ona ko‘magida uy-ro‘zg‘or ishlariga o‘rgatilar edi. Afinada umuman xotin-qizlarning hayoti uy doirasidan chiqmas, asosan ichkarida o‘tar edi.

Afinada dastlab bolalar (7 yoshdan 13-14 yoshgacha) «grammatist»; (grammatika mutaxassisligi demakdir, savod o‘qituvchisi ma'nosida) va «kifarist» (yunoncha musika demak, musika o‘qituvchisi ma'nosida) maktablarida (yoki shu maktablarning har ikkovida ham, yo bo‘lmasa avval grammatist maktabida, so‘ngra esa kifarist maktabida) o‘qitilar edi. Bu maktablar xususiy bo‘lib, haq to‘lanar edi. Shuning uchun ham puli yo‘q (demos deb atalgan) fuqarolarning bolalari bu maktablarda ta'lim ololmas edi.


Bu kabi maktablarda «didaskol» deb atalgan o‘qituvchilar mashg‘ulot olib borar edilar. (Men o‘qitaman degan ma'nodagi «didasko». so‘zidan keyinroq «didaktika»— ta'lim nazariyasi kelib chiqqan). O’g‘il bolalarni maktabga qullar yetaklab borishgan. Bunday qullar «pedagog» deb: atalgan?1 («pays» bola, «agogeyn»— yetaklab borish degan so‘zlardan olingan). Afinadagi grammatist maktabidagi ta'lim-tarbiyaning mazmuni o‘qish, yozish va hisoblashni o‘rgatishdan iborat bo‘lgan.
O’qish harflarni hijjalab o‘qitish usulida olib borilib bolalar harflarning nomlarini (al'fa, beta, gamma va hokazo) yodlab olar, so‘ngra shu harflarni qo‘shib bo‘g‘inlar yasar, bo‘g‘inlarni: qo‘shib so‘zlar yasardilar. Yozuvni o‘rgatishda mum surilgan yaltiroq taxtachalardan foydalanilar edi. Bunday
taxtachalarga ingichka cho‘p bilan harflar yozilar edi. Barmoqlar, sopol toshlar va sanoq taxtasi (hozirgi cho‘tga o‘xshash asbob) yordami bilan hisoblash o‘rgatilar edi. Kifarist maktabida o‘g‘il bolalarga adabiy; bilim, estetik mazmuchdagi deklomasiyalar o‘rgatilar; («Iliada» va «Odisseya» dan parchalar
o‘qitilar) edi.
O’g‘il bolalar o‘n uch—o‘n to‘rt yoshga yetganlaridan keyin «polestra» (kurash maktabi) deb atalgan o‘quv yurtiga o‘tar, edilar. Bu o‘quv yurtida ular ikki-uch yil davomida jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanar edilar. Besh kurash deb nom berilgan bu jismoniy mashqlar yugurish, sakrash, ko‘rash tushish, disk va nayza irg‘itishdan iborat bo‘lib, suvda suzish ham o‘rgatilardi.
Spartadagi kabi Afina maktablarida ham o‘quvchilar bilan siyosiy va axloqiy masalalarda suhbatlar o‘tkazilgan. Polestrada jismoniy tarbiya va axloqiy masalalarga doir suhbatlarga eng taniqli fuqarolar bepul rahbarlik qilar edilar,
Palestra maktabida o‘qish tekin bo‘lganligi uchun ham ko‘pchilik bu maktabda o‘qish bilan chegaralanib qolar edilar.
Ayrim badavlatroq oiladan bo‘lgan bolalar palestra maktabini tugatgandan so‘ng «gimnasiy» (grekcha so‘z bo‘lib, Qadimgi Yunonistonda jismoniy tarbiya ijtimoya maktabi ma'nosida. gimnaziya so‘zidan qelib chiqqan)ga kirib o‘qir edilar. Maktabni tugatgan yoshlar davlatni boshqarishda qatnasha olishlari mumkin bo‘lgan. Shuning uchun ularga falsafa, siyosat, adabiyot fanlari o‘qitilgan. Lekin bu maktabda ham badantarbiya bilan shug‘ullanish davom ettirilgan. Nihoyat, Spartadagi kabi Afinada ham 18 yoshdan 20 yoshgacha
bo‘lgan yoshlar efeblar qatoriga, o‘tib harbiy xizmatga tayyorlanar va o‘zlarining siyosiy bilimlarini oshirishni davom ettiririshar edilar. Shuningdek istehkomlar qurishni va harbiy aslahalarni ishlata bilishni o‘rganar, shahar garnizonlarida xizmat qilar, dengizchilik ishini o‘rganar, ijtimoiy bayramlarda va teatr tomoshalarsda qatnashar edilar.
Afinada quldorlik jamiyati ichida tabaqalanishning tarbiya sohasiga o‘tkazgan ta'siri shundan iborat bo‘ldiki. mukammal tarbiya olish faqat badavlat quldorlarning bolalarigagina xos bo‘lib qoldi.
Aholining ko‘pchilk qismi bolalarini maktablarda o‘qita olmaganlari sababli ularga kasb-hunar o‘rgatish odat tusiga kirgan edi. Ayrim xat-savodi bor otalar bolalariga o‘qishni o‘zlari o‘rgatar edilar. Bu kabi tartib davlat tomonidan qonuniylashtirilib qo‘yilib bechorahol tabaqaga mansub ota-onalar o‘z bolalariga biror kasbni o‘rgatishga majbur edilar. Aks holda ularning bolalari kelgusida keksayib qolgan ota-onalari to‘g‘risida moddiy g‘amxo‘rlik. qilishdan ozod etilar edi.
Quldor zodagonlar mehvnat bilan shug‘ullanuvchi erkin aholga nafrat bylan qarardi. Qullarni esa «gapiradigan ish quroli» deb. hisoblaganlar.
Yunonistonda maktab va madaniyatning tez rivojlanishi pedagogika nazariyasining ham tug‘ilishiga imkoniyat yaratdi. Pedagogika nazariyasiga olim va faylasuflardan Sokrat, Platon, Arastu va Demokritlar asos soldilar.
Ular pedagogika sohasidagi dastlabki qarashlarini jamoat oldiya so‘zlagan nutqlarida, ilmiy asarlarida bayon etdilar.



Sokrat (eramizdan avvalgi 469—399 yillar) o‘zining demokratik ijtimoiy chiqishiga qaramay (u kambag‘al hunarmand o‘g‘li edi), konservativ zamindor. aristokratlarning ideologi edi. Bu albatta uning falsafiy va pedagogik qarash larida o‘z aksini topdi; Sokratning fikricha tarbiyadan kutilgan maqsad, buyumlar tabyatini o‘rganish bo‘lmay, balki kishining bilib olishi, axloqni kamol toptirishi bo‘lmog‘i lozim edi. Ham faylasuf, ham notiq Sokrat keng maydonlarda, jamoat oldida so‘zlarga chiqib axloqqa doir masalalar yuzasidan suhbatlar o‘tkazar, tinglovchilarni savol-javob yo‘li bilan haqiqatni o‘zlari o‘ylab topyshlariga undar, shu yo‘l bilan odamlarni haqiqatny izlashga o‘rgatar edi. Suhbatning bu usuli o‘sha paytda «Sokrat usuli» deb atalgan. «Sokrat usuli» dan keyingi davrlar uslubiyatida suhbatni «fikr qo‘zg‘ovchi savollar usuli» nomyda o‘tkazish paydo bo‘ldi.
Umuman Sokrat yaratgan axloqiy etika maktabi umumiy fazilat, bir qator xususiy fazilatlardan, ya'ni jasurlik, donolik, mo‘tadillik, adolat va boshqalardan tashkil topdi. U har bir fazilatning u yoki bu, turdagi bilimlardan iborat ekanligini asoslab berdi» Ya'ni, mardlik — qo‘rquvni daf qilishni, donolik — Qonunlarga rioya qilishni, mo‘tadillik — o‘z hissiyotlariga erk bermaslikni, adolat - yaxshilikni qanday qilib amalga oshirishni o‘rgatadi deb ta'lim berdi. Shu sababli u odamni fazilatli hayotga urgatishdan oldin, inson eng avvalo umumiy etika mezonlarini, inson uchun muqaddas bo‘lgan
barchaga xos umumiy faziltlari bo’lishi zarur, deydi. Shuningdek, u kimgaki olijanob insoniy fazilatlarni bilish ravo ko‘rilgan bo‘lsa, ana shu odamgina yaxshy fazilatni ko‘rsata olishi mumkin deyish bilan, fazilat va' bilimiy aynan bir narsa deb saboq beradi. Uning fikricha, insonlardagi fazilat, ya'ni axloqiy fazilatlar fan tufayli, ta'lim berish bilan qo‘lga kiritilganligi sababli, axloqiy rivojlanish axloq asosini tashkil etar ekan.
Sokratning axloqiy qarashlarida tengsizlikni yaqqol sezish mumkin.
Uning fikricha, axloq faqat imtiyozli «mumtoz» largagina xos, «mumtoz» kishilar haqiqiy axloqning yagona egalari bo‘lganliklari uchun hokimiyat ham ularning qo‘llarida bo‘lmog‘i kerak deydi. «Sara» bo‘lmaganlar qora xalqning, avomning hokimyati axloqsizlik sifatida rad etilmog‘i kerak deb ko‘rsatadi.
Qadimgi Yunonistonning mashhur faylasuflaridan yana biri Platon eramizdan ilgari (424—347 yillar) faylasuf Sokratning shogirdi, ob'ektiv idealizm nazariyasining asoschisi edi. U «g‘oyalar dunyosi»i birlamchi his qilinuvchi narsalar dunyosini ikkilamchi deb hisobladi.
Platon tanadan tashqarida mavjud bo‘lgan narsalar haqidagi nazariyani olg‘a surdi va bu tanadan tashqarida bo‘lgan narsalarni «tur» yoki «ideyalar» deb atadi. Platon odamni hodisalar dunyosi deb ikkiga bo‘lib o‘rgandi. Uning nazarida narsalar ideyalar odamining soyasidir xolos.
Afina aristorkratiyasining namoyandasi bo‘lgan Platon aristokratiyaning abadiy hukmronligi haqidagi, nazariyani olg‘a surdi. Uning. fikricha ideal aristokratik davlat: uch xil ijtimoiy guruh: faylasuflar, jangchilar, hunarmandlar va dehqonlar guruhidan iborat bo‘lish lozim, ekan. Faylasuflar davlatni boshqaradilar, jangchilar uni har qanday dushmandan himoya qiladilar, uchinchi guruh esa mehnat qilib, mo‘l hosil yetishtirib, faylasuflar va jangchilarni boqadilar, degan fikrni olg‘a suradi. Shuningdek, u qullarda ham saqlanib qolishini aytib, uning tasavvuridagi ideal davlatda qullar ham, hunarmandlar ham huquqsizdirlar. pastkashlik hamda qanoat va itoatkorlik fazilatlarigina hunarmand kosiblarga va dehqonlarga xos deb ta'kidlaydi.
Platonning fikricha, u olg‘a surgan g‘oya bu davlatning maqsadi oliy ezgulik g‘oyasiga yaqinlashishdir bu g‘oyani asosan, tarbiya yo‘li bilan ro‘yobga chiqishini ta'kidlaydi:
Tarbiya,— deydi Platon,-— davlat tomonidan tashkil etilmog‘i va hukmron guruhlarning faylasuflar va jangchilarning manfaatlarini ko‘zlamog‘i lozim.. Platon o‘zining pedagogika tizimida Sparta va Afina tizimining ba’zi bir belgilarini birlashtirishga intiladi.
Platonning fikricha, bolalar 3 yoshdan boshlab 6 yoshgacha davlat tomonidan tayinlab qo‘yilgan tarbiyachi rahbarligida maydonchalarda turli o‘yinlar o‘ynash bilan shug‘ullanishlari muhim bo‘lgan, Platon o‘yinlarni maktabgacha tarbiya vositasi deb hisoblab, ularga katta ahamiyat. beradi. shuningdek, bolalarga hikoya qilib beriladigan materiallarni sinchiklab tanlash kerakligini ham uqtirib o‘tadi. U bolalarga eng yoshliq chog‘idanoq ijtimoiy tarbiya berish tarafdori edi.
Bolalar 7 yoshdan 12 yoshgacha davlat maktablariga qatnaydilar va bunday maktablarda ularga o‘qish, yozish, hisob, musiqa va ashula o‘rgatiladi.
Bolalar 12 yoshdan 16 yoshgacha odatdagi badantarbiya mashqlari o‘rganiladigan palestrada, ya'ni jismoniy tarbiya maktabida o‘qiydilar. Palestrani tamomlagan o‘spirinlar 18 yoshgacha hisob, geometriya va astronomiyani o’rganadilar, bunda qo‘proq amaliy m qsadlar (ularni jangchilar qilib tazyyorlash) ko‘zda tutilgan. 18 yoshdan 20 yoshgacha yigitlar «Efebiya» da tarbiyalanadilar ya'ni harbiy gimnastika tayyorgarligini o‘taydilar. Aqliy
mashg‘ulotga mayli bo‘lmagan yigitlar ,20 yoshdan boshlab, jangchilar qatoriga o‘tadilar. Abstrakt tafakkurga qobiliyati borligi ochiq ko‘ringan yoshlar, ya'ni yigitlarning ozroq qismi 30 yoshga qadar falsafa, shuningdek, hisob, geometriya astronomiya va musiqa nazariyasini o‘rganish bilan shug‘ullanib, shu tariqa ilm olishning uchinchni oliy bosqichinini o‘taydilar, ammo bunda amaliy maqsad ko‘zda tutilmasdan, balki falsafa — nazariyani mukammal o‘rganish ko‘zda tutiladi. Shu tariqa ular davlat mansablarida ishlashga tayyorlanadilar. Iste'dodni g‘oyat o‘tkir ekanligi ma'lum bo‘lgan va juda ozchilikni tashkil etgan yigitlar falsafa ilmini o‘rganishni yana 5 yil (35 yoshga qadar) davom ettiradilar, shundan so‘ng 35 dan 50 yoshgacha davlatni boshqaruvchi kishilar: bo‘lib qoladilar.
Platon ham xotin-qizdar • tarbiyasi xususida fikr yuritib, Spartadagi usulni ma'qullaydi. Umuman Platon tarbiya tizimining butun mazmuni va mohiyati jismoniy mehnatdan g’oyat nafratlanish ruhi bilan sug’orilgan, Platon g’oyasiga ko‘ra bo‘lajak faylasuflar esa jangchilarning «jismoqiy mehnat to‘g‘risada, xato o‘ylashlari» ham taqiqlab qo‘yilgan, shuningdek qullarning bolalarini o‘qitamagan ma'qul degan g‘oya ilgari surilgan.
Biroq, Platon maktabgacha tarbiya to‘g’isida, davlat tomonidan izchillik bilan o’ylab borilishi lozim bo‘lgan tarbiya tizimi to‘g‘risida bir qancha muhim fikrlarni aytdi, ijobiy o‘rnak namunasida tarbiyalash kabilarni talab qildi.
Platon o‘zining axloqiy tizimini yaratar ekan, ustozi Sokratga ergashib, obyektiv idealizm yo‘lini tutadi. Platon etikasining asosiy nazariy tayanch nuqtasi — inson ongi chegaralaridan tashqarida bo‘lgan va mangulik g‘oyalari olamida xudoning 'Doimiy nazorati ostida bo‘ladigan yagona o‘zgarmas «yaxshilik” g’oyasidir. Uning fikricha yerdagi barcha yahshiliklarning hamma turi o‘zida me'yor, go‘zallik va haqiqatdan iborat uch tushunchani jamlagan oliy «yaxshilik g’oyasi» ning .in'ikosigina bo’lishi mumkin.
Platon fikricha, odamning axloqiy hayoti shu oliy «yaxshilik g‘oyasi» ga intilishga to‘la, bo‘ysungan va hushbaxtlikni tashkil etadigan, faqat oliy «yahshilik» g’oyasiga intilishidagina xulqning namunasini ko‘rish mumkin. Shunday qilib, Platon insonning hulqini xudo xohidaga bo‘ysundirishga harakat qilgan.
Platon insonga xos axloqiy kategoriyalar va tushunchalarni sinchiklab ishlab chiqib, ularning barqarorligi va muayyanligini isbotlagani holda ularni kishilar joriy qilishini ham e'tirof etmadi. Shu bilan u ahloqiy qonunlar kishilar uchun
majburiy yoki nomaqbul bo‘lishi mumkinligi haqidagi fikrga o‘rin qoldirmadi. U bu o‘rinda aristokrat zodagonlarnigina nazarda tutgan xolos. Xalq ommasiga kelganda unga axloqiy hayotda arzimas o‘rin berilgan, uning fikricha xalqqa faqat bo‘ysunish, itoatkorlik ahloqigina xos. Qullar hech qanday fazilatga ega emaslar, deb hisoblagani sababli Platon axloqiy etikasiga ko‘ra ular umuman chinakam axloq egasi bo‘lishi mumkin emas.
Platonning axloqiy tushunchalarni o‘zgarmas va barqaror deb qarashi hamda ularni mutlaqlashtirish jamiyat siyosiy tuzilishining o‘zgarmasligi g‘oyalarini himoya qilishga va quldorlik davlatini ideallashtirishga xizmat qildi. Natijada
Platon etikasi arystokratiya nazarida jozibador bo‘lib ko‘rinadi. Ular uning etikasida o’z hayotlari tarzining inikosini va himoyachisini ko‘rdilar.
Platonning shogirti bo’lgan makedoniyalik Iskandarni tarbiyalagan, qadimgi yunon idealist-faylasufi va olimi Arastu (er. avv. 384-322-yillar)ning pedagogika nazariyasini yaratishdagi va uni rivojlantirishdagi xizmatlari juda ulkan.
Platon olamni g’oyalar va hodisalar dunyosi deb ikkiga bo’lgan bo’lsa, uning shogirti Arastu olamni yaxlit deb bildi va narsalarni o’zidan ajratib bo’lmaydi, dedi. Arastuning aytishicha, g’oyani shaklga o’xshatish mumkin. Har qanday buyumda biz uning moddasini va shaklini ko’rishimiz mumkin. Moddada narsalar bo’lishi uchun imkoiyatlar bor, modda biron shakl olganidan so’nggina narsa bo’lib qoladi. Chunonchi, marmarning o’zi moddadir, ammo unga ma’lum shakl berilsa, haykal tusini olishi mumkin.
Butun hayot tarqqiyot jarayonidir, bu jarayon, Arastuning fikricha, tashqi kuchlarning ta’siri ostida sodir bo’lmaydi, balki ichki taraqqiyotning o’zidir. Arastu tashqi olamning mavjudligiga shubha qlmaydi va xissiy tajribani, sezgilarni bilishning asosi deb hisoblaydi. Arastuning ta’kidlashicha, bilishning asosi deb hisoblaydi. Arastuning ta’kidlashicha, bilishdagi xatolar noto’g’ri tafakkurdan, ya’ni xissiy tajribani noto’g’ri talqin qilishdan kelib chiqadi. Eng muhimi shundaki, Arastu shakl bilan mazmunning birlini ko’rsatib o’tdi, tarqqiyot g’oyasini ilgari surdi.
Arastu olamda tana va jon bor, tana bilan jon materiya bilan shakl tariqasida bir-biridan ajralmagan holda mavjuddir, deydi. Uningcha, uch xil jon bor: o‘simlikdan tarkib topgan jon oziqlanishda va urchib ko‘payishda namoyon boiadi; hayvonotdan tarkib topgan jon, o‘simlik xossalaridan tashqari sezgilarda va istaklarda namoyon boiadi; aqlning ifodasi boigan jon, o‘simlik va hayvonot xossalaridan tashqari, u tafakkur yoki bilish xislatlariga ham egadir. Insondagi jonning hayvoniy qismi aqlga tobe boiganligi sababli, uni iroda deb atash mumkin. Arastuning fikricha, jonning mana shu uch xiliga muvofiq, uch xil tarbiya - jismoniy tarbiya, axloqiy tarbiya, aqliy tarbiya boiishi kerak. Tarbiyaning maqsadi, uning fikricha, jonning oliy tomonlarini — aql va irodani kamol toptirishdan iborat edi. Har bir moddada rivojlanish imkoniyati bor bo‘lganidek, insonga ham tabiat faqat qobiliyatlaming boshlang‘ ichinigina beradi, insonda kamol topish imkoniyati tabiatda mavjuddir va bu imkoniyat tarbiya vositasi bilan ro‘yobga chiqariladi. Tabiat jonning uch xilini bir-biri bilan chambarchas bog‘lab qo‘ygan, biz ham tarbiyada tabiat belgilab bergan yo‘ldan borib, jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiyani bir-biri bilan chambarchas bogiab olib borishimiz lozimligini uqtiradi. Arastuning fikriga ko‘ra, davlatning umumiy bitta oxirgi maqsadi bor, u ham boisa, davlat hamma fuqarolarga bir xilda tarbiya berilishini ta’minlashi lozim, mana shunday tarbiya berish esa xususiy tashabbusning vazifasi boimasdan, balki davlatning ishi boiishi lozim. Oilaviy tarbiya bilan ijtimoiy tarbiya o‘zaro bogiiq boiishi lozimligini uqtirib, u oilaviy tarbiyaga doir bir qancha tavsiyalar beradi. Ammo Arastu davlat hamma fuqarolar uchun «bir xilda» tarbiya berishi lozim, deb ta’kidlaganida qullami nazarda tutmaydi. Arastu pedagogika tarixida birinchi boiib, yoshni davrlarga boiishga urinib ko‘radi. U insonning yoshlik yillarini uch davrga boiib o‘rganadi: 7 yoshgacha bo ‘Igan davr; 7yoshdan 14yoshgacha bo’lgan davr (jismoniy balqg‘at davrining boshlanishi) va jinsiy baloh’at davrining boshlanishidan 21 yoshgacha bo 'Igan davr. Uning fikricha, bunday davrlarga bo ‘lish tabiatga mos bo ‘lib tushadi. Arastu o‘g‘il bolalar 7 yoshdan boshlab davlat maktabida o‘qishi lozim, deb uqtiradi. Bolalarga aqliy tarbiya berilishi kerakligini aytib, u o’g‘il bolalar avvalo badantarbiya muallimlarining qoiiga topshirilsin, deb talab qiladi; bunda u bolalami haddan tashqari charchatib qo‘ymaslik kerakligini va ulami jismi mustahkamlanib olgunicha yengil mashqlar bilan shug‘ullantirishni tavsiya etadi. Arastu jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiyani bir-biri bilan bogiangan, deb qaraydi. Boshlang‘ich taiim vaqtida, badantarbiyadan tashqari, yana o‘qish, yozish, grammatika, rasm va musiqa o‘rgatilishi kerakligini ham alohida uqtirib o‘tadi. 0‘smirlar maktabda jiddiy maiumot olishlari kerak, ular adabiyot, tarix, falsafa, hisob, falakiyot, musiqa o‘rganishlari shart. Go‘zallikni his qilishni o‘stirish uchun musiqa o‘rganmoq kerak, ammo rasm chizish singari musiqa o‘rganish ham oddiy hunarga aylanib ketmasligini kuzatib turish muhim deydi. U xotin-qizlaming tarbiyasi xususida gapirib, bu erkaklaming tarbiyasiga o‘xshab ketmasligini, chunki ulaming tabiati mutlaq erkaklamikidan farq qilishini aytadi. Arastu o‘z pedagogik qarashlarida iroda, faoliyatni asos qilib olgani holda, aqliy tarbiya sohasida axloqiy ko‘nikmalarga katta ahamiyat beradi. Tabiiy iste’dod, shu bilan birga, ko‘nikma orttirish (matlub harakatlami o‘rganish, tez-tez takrorlab turish) va aql - bular axloqiy tarbiyaning uch manbaidir, deydi. Fazilatlar hosil boiishi uchun ezgu xulq-odatlarini va ko‘nikmalarini tarkib toptiradigan, yaxshi o‘ylab o‘tkaziladigan mashqlar boiishi ham zarur, bunga odatlanish, buning uchun doimiy harakat qilish lozim, odatdan, ko‘nikishdan esa axloqiy xatti-harakat hosil boiadi, deb taiim beradi. Arastuning qayd etishicha, har qanday istak va faoliyatda kamchilik, ortiqchalik va o‘rtachilik boiadi. Shuning uchun ham hamma narsada faqat o‘rtachilik, faqat muvozanat yaxshi va foydalidir. Demak, hamma narsada ortiqchalikka ham, kamchilikka ham yo‘l qo‘ymaydigan xattiharakat yaxshilikning nishonasidir. Mana shunday xatti-harakatni hosil qilmoq uchun ko‘proq mashq qilish kerak, degan fikrlami olg‘a surdi. Arastu Platondan farqli oiaroq, oilani tarbiyadan chetlashtirmaydi, axloqiy tarbiya berish, asosan, oilaning zimmasida boiishi kerak, deydi. Arastuning qarashlari antik pedagogikaning taraqqiyotiga katta ta’sir o‘tkazdi. Ayniqsa, uning «Nikomah etikasi» va «Siyosat» asarlari axloq masalalarini nazariy ishlab chiqishga bagishlandi. Arastu, axloqning jamiyat hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab, «Tabiat inson qoiiga qurol — aqliy va axloqiy kuch bergan, ammo u shu qurolni teskari tomonga nisbatan ham ishlatishi mumkin: shu sababli axloqiy tayanchlari boimagan odam eng insofsiz va yowoyi, o‘zining jinsiy va did mayllarida eng tuban mavjudot boiib qoladi», - deydi. Arastu antik davrining boshqa faylasuflariga qaraganda axloqiy munosabatlaming tabiatini teran tadqiq qila oldi. Uning fikriga ko‘ra, axloqiy fazilat - faoliyat, xatti-harakat demakdir. Barcha axloqiy fazilatlar adolat, do‘stlik, muhabbat, saxiylik, sulhparvarlik, xushfeilik va hokazolar faqat inson faoliyatida namoyon boiishini asoslab beradi. Odam jamiyatda yashagani sababli uning axloqiy fazilatlari hech qachon sof, xolis holda namoyon boimaydi, balki faqat ijtimoiy faoliyatdagina amalga oshadi. Shuning uchun barcha axloqiy fazilatlar ijtimoiydir, deydi Arastu. Inson tabiatan fazilatlarga ega boimagani, balki fazilatga o‘rgangani sababli, tarbiyaning (faqat bolalamigina emas, shu bilan birga barcha aholini tarbiya qilish) roliga katta ahamiyat berib, xususan, hissiyotlami tuyg‘ularda idrok qilishni tarbiyalashga ahamiyatni qaratadi. Uning fikricha, bunday tarbiya kishilaming axloqli boiib yashashga o‘rganishlari uchun zarur boigan mavjud qonun-tartibotlar yordamida amalga oshiriladi. Mutafakkir fazilat deganda hamisha otaona o‘mini bosishi mumkin boigan davlatga xizmat qilishni nazarda tutadi. Arastu axloqiy fazilatlar bilan bir qatorda inson uchun muhim, boigan aqliy fazilatlarga — bilim, donishmandlik, fahmlash va boshqalarga ham katta ahamiyat beradi. Ammo axloqiy fazilatlami aqliy fazilatlarga bo‘ysundirgan holda ifodalanadi. Lekin, uning sinfiy ehtiroslari kishilaming axloqiy tengligini e’tirof etishga imkoniyat bermaydi. U fazilatlar faqat ozod kishilar va zodagonlargagina, shunda ham ulaming boyliklari darajasiga muvofiq holda xos, deb izoh berishga, pisanda qilishga majbur edi. Kambag‘al odam esa uning nazarida na «ko‘rkamlik» va na «himmat» egasi boia oladi, deyish bilan ayollami ham o‘ta kamsitib, na aqliy, na axloqiy hayotga qobiliyatsiz mavjudot deb qaraydi. Arastu faqat aql faoliyatini tan oladi. Shu sababdan u baxt idealini, haqiqatni intellektual mushohada etishda deb biladi. Umuman, antik davr faylasuflari Sokrat, Platon, Arastular o‘zlarining nazariyalarida - baxtga erishish rohat, foyda, manfaat topish, deb qaragan va huzurlanishni asosiy muddao sifatida birinchi o‘ringa qo‘ygan boisalar-da, lekin odam har bir narsada o‘z huzurining quli boiib qolmasligi, balki har bir narsada me’yor boimog‘i lozimligini uqtirib o‘tgan edilar. Ular axloqni insonning baxtga erishish vositasi deb qaraganlar.

Atomizm nazariyasini yaratgan atoqli faylasuf — materialist
Download 380,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish