Uslubiy majmua



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/259
Sana13.06.2022
Hajmi2,82 Mb.
#662873
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   259
Bog'liq
Uslubiy majmua

Imkoniyat 
va 
voqelik.
Imkoniyat 
va 
voqelik 
kategoriyalarida 
borliqning 
o‗zgaruvchanligi, dinamikasi, uning o‗zgarish tendensiyalari o‗z aksini topadi. Imkoniyat 
rivojlanishning ob‘ektiv tendensiyalarini aks ettiradi, u qonuniyat, zaruriyatga, o‗zgarayotgan 
narsaning muhim tomonlariga muvofiq yuzaga keladi.
Imkoniyat
-
narsaning uning tugallanmagan, potensial rivojlanishidagi ob‘ektiv mavjud 
bo‗lgan va ichdan belgilangan holatini aks ettiruvchi falsafiy tushuncha. Har bir vaziyatda 
imkoniyatlarning muayyan to‗plami mavjud bo‗lib, ulardan biri amalga oshgani boshqalari 
chetda qolganini anglatadi. Imkoniyatlarning «kurashi» va amalga oshish xususiyatiga ichdan 
zarur tendensiyalarga nisbatan tasodifiy hisoblangan sharoitlar o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi. SHu 
sababli voqelik doim ichki va tashqi, mohiyat va hodisa, zaruriyat va tasodifning dialektik 
birligidan iborat bo‗ladi. Ijtimoiy rivojlanish va tabiatning o‗zgarishi sohasida imkoniyatning 
voqelikka aylanishi kishilarning ongli yo‗l tanlashi va faoliyati bilan tartibga solinadi.
Ammo imkoniyat qanday ob‘ektiv asoslarga ega bo‗lsa, imkonsizlik ham shunday 
ob‘ektiv asoslarga egadir. Imkonsizlik – ikoniyatga zid tushuncha. Imkonsizlik tushunchasi ikki 
xil ma‘no kasb etadi. Birinchisi – predmetning tabiatiga mos kelmaydigan narsa bo‗lishi mumkin 
emas. Masalan, arpa urug‗idan bodring etishtirish mumkin emas. Imkonsizlik tushunchasining 
boshqa bir ma‘nosi imkoniyat va zaruriyat kategoriyalarining munosabatlari bilan bog‗liq. 
Zaruriyat va imkoniyat – bir zanjir bo‗g‗inlari: rivojlanayotgan predmet zaruriyati uning boshqa 
bir holati bo‗lishi mumkinligini belgilaydi. Ammo predmetning rivojlanishida, odatda, ko‗p sonli 
muqobil imkoniyatlar mavjud bo‗lgani bois, ulardan birini tanlash zaruriy hisoblanmaydi. Bir 
imkoniyatning ro‗yobga chiqishi qolgan imkoniyatlarni ro‗yobga chiqarish imkonini bermaydi. 
Tuzatib bo‗lmaydigan oqibatlarga olib kelgan qabul qilgan qarori, o‗ylamasdan sodir etgan 
qilmishidan afsus chekmagan odam topilmasa kerak. Ba‘zan imkonsizlik boy berilgan imkoniyat 
tarzida mavjud bo‗ladi. Bu holda imkoniyat imkonsiz bo‗lmagan narsa sifatida va ayni vaqtda 
zarur bo‗lmagan narsa sifatida namoyon bo‗ladi.
Voqelik – amalga oshgan, aktuallashgan borliqni tavsiflovchi falsafiy kategoriya: voqelik 
amalga oshgan imkoniyat hisoblanadi.
Voqelik tushunchasi ikki ma‘noda ishlatiladi. Birinchidan, voqelik – bu mavjud borliq, 
biz yashayotgan dunyo, uning ongimizdagi in‘ikosidir. Voqelik tushunchasi ayrim predmetning 
borlig‗iga ham tegishlidir. Bu ma‘noda u ob‘ektning holatini tavsiflovchi mazkur lahzadir. 
Ikkinchidan, voqelik ro‗yobga chiqqan imkoniyat sifatida tavsiflanadi. Bu ma‘noda voqelik 
tushunchasi imkoniyat kategoriyasining nisbatdoshi hisoblanadi. Ular bir-biriga o‗tuvchi 
qarama-qarshiliklardir. Imkoniyat potensial, voqelik esa aktualdir. Imkoniyat – abstrakt va 
mazmun jihatidan qashshoq tushuncha. Voqelik – muayyan va mazmunan boy tushuncha, chunki 
u ko‗p sonli xossalar, individual betakror jihatlarni o‗z ichiga oladi.
Har bir predmet ko‗p sonli aloqalar yuzaga kelishiga zamin yaratuvchi muayyan muhitda 
mavjud bo‗ladi. SHu sababli muhim yoki ikkinchi darajali, tasodifiy yoki zaruriy bo‗lishi 
mumkin bo‗lgan ko‗p sonli imkoniyatlar mavjuddir. Imkoniyatning ro‗yobga chiqishida ichki va 
44
Гольбах. Здравый смысл // Избр. антирелигиозные произведения: в 2 т. Т. 1. -М.: –С. 35.


71 
zaruriy aloqalar muhim rol o‗ynaydi, ammo uning ro‗yobga chiqish shartlari, garchi ular 
tasodifiy xususiyatga ega bo‗lsa-da, rivojlanish jarayoniga sezilarli darajada, ba‘zan hal qiluvchi 
ta‘sir ko‗rsatadi. Ayni shu sababli voqelik ham zaruriy va tasodifiyning birligi hisoblanadi.
4-mavzu.

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish