91
qiyosiy baho berish mezoni bo‗lib xizmat qiladi. Ayni holda jamiyatning rivojlanishi
«ma‘rifatlilik», «sivilizatsiya rivojlanishining quyi bosqichi», «sivilizatsiyaning umumiy
darajasi», «sivilizatsiyaning oraliq bosqichlari» tushunchalari bilan tavsiflanadi. Ammo
sivilizatsiyaning mazkur talqini to‗liq emas, chunki uning rivojlanish darajasi yoki bosqichini
aniqlash imkonini beradigan mezon yo‗q.
Ibn Xaldun (1332-1406) o‗z davrida birinchi bo‗lib, sivilizatsiyalarning
yuzaga kelishi,
rivojlanishi va tanazzuli haqida ilmiy asosslangan g‗oyalarni ilgari suradi. Jumladan
madaniyatlar va davlatlarning paydo bo‗lishi, yashashi va inqirozi muayyan tarixiy qonuniyat
ekanligini, unga tabiiy geografik va iqtisodiy omillar, turmush tarzi
va dunyoqarashlar jiddiy
ta‘sir ko‗rsatishi mumkinligini aytadi.
XVIII asr o‗rtalarida sivilizatsiya tushunchasidan inson «tabiiy» holatining ziddi sifatida
foydalanilgan, sivilizatsiya taraqqiyotining mezoni sifatida esa ijtimoiy farovonlik g‗oyasi turli
ko‗rinishlarda ilgari surilgan. Kant sivilizatsiya va madaniyat o‗rtasida farq mavjudligini qayd
etgan. SHpengler sivilizatsiyani madaniyatning rivojlanishidagi bir bosqich sifatida tavsiflab, bu
farqni mutlaqlashtirgan. Uning (keyinchalik P.Sorokin, A.Toynbi va boshqa mutafakkirlarning)
konsepsiyasida sivilizatsiya madaniyatning zavol topish bosqichi sifatida,
madaniyatda
mujassamlashgan tabiiy-hayotiy asosni siqib chiqaradigan texnik-mexanik elementlar saltanati
sifatida tavsiflanadi.
XIX-XX asrlarda amalga oshirilgan etnografik tadqiqotlar sivilizatsiyaning mazmunini
tushunishga muhim hissa qo‗shdi. Ular turli xalqlar ma‘naviy dunyosi, hayoti, odatlari,
iqtisodiyoti va madaniyatining ulkan boyligi va rang-barangligini yoritib berdi.
XIX asrning
mashhur etnograflaridan biri CH.Teylor madaniyat va sivilizatsiya odamlar tarix jarayonida
o‗zlashtiradigan bilimlar, e‘tiqodlar, ma‘naviy-axloqiy konsepsiyalar,
yuridik qoidalar, odatlar
va amaliy ko‗nikmalar majmuini ifodalaydi deb hisoblab, bu tushunchalar ayniydir degan
xulosaga keldi.
I.A. Karimov ―Har qanday sivilizatsiya ko‗pdan ko‗p xalqlar,
millatlar, elatlar
faoliyatining va samarali tar‘sirining mahsulidir. Bir so‗z bilan aytganda ko‗chmanchilar,
bosqinchilar kelib ketaveradi, lekin xalq boqiy qoladi, uning madaniyati abadiy yashaydi‖
1
deb
ta‘kidlaydi.
Tarixda mazmunning mavjudligi haqidagi tasavvur, shuningdek O‗rta asrlar falsafasi ilk
bor ta‘riflab bergan insoniyatning taraqqiyoti g‗oyasi ancha yashovchan bo‗lib chiqdi: u turli
yo‗nalish va oqimlarga mansub faylasuflar tomonidan muayyan falsafiy ta‘limotlar nuqtai
nazaridan u yoki bu tarzda talqin qilingan. Masalan, Ma‘rifat davrida barcha tarixiy voqealarga
oqilonalik mezoniga muvofiq baho berilgan. Mazkur konsepsiya eng mukammal ko‗rinishda
D.Didro tashabbusi bilan yaratilgan «Ensiklopediya»ning
faol ishtirokchilaridan biri, fransuz
ma‘rifatchisi Nikolay Kondorse asarida o‗z aksini topgan. U o‗zining «Inson tafakkuri
taraqqiyotining tarixiy manzarasiga chizg‗i» deb nomlangan risolasida kishilik jamiyatining
barcha jabhalariga tafakkurning kirishi g‗oyasini mazkur jamiyat rivojlanishining uzoq istiqboli
sifatida asoslashga harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: