Uslubiy majmua



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/259
Sana13.06.2022
Hajmi2,82 Mb.
#662873
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   259
Bog'liq
Uslubiy majmua

Parlament 
respublikasi
hukumatni parlament ko„pchiligi tamoyiliga ko„ra 
shakllantirishni nazarda tutadi
: qaysi partiya parlamentda ko‗pchilikni tashkil qilsa, shu partiya 
parlamentga hisobdor bo‗lgan o‗z hukumatini shakllantiradi.
Prezidentlik respublikasi
davlat boshlig„i va hukumat boshlig„i vazifalarini prezident 
bajarishi bilan tavsiflanadi.
Aralash respublika
(yarim prezidentlik respublikasi)da 
kuchli prezidentlik hokimiyati 
hukumat faoliyati ustidan parlamentning samarali nazorati bilan uyg„unlikda amal qiladi.
Davlat qurilishi shakliga ko„ra unitar, federativ va konfederativ davlatlar farqlanadi

Ma‟muriy birliklari o„z davlatchiligiga ega bo„lmagan yagona, siyosiy jihatdan bir jinsli davlat 
unitar davlat hisoblanadi.
Federatsiya 
– 
siyosiy sub‟ektlar (shtatlar, erlar, federatsiya sub‟ektlari va sh.k.), o„z 
konstitutsiyalari, qonunchilik, ijro va sud organlariga ega davlatlar uyushmasi
. Ularning 
mustaqilligi markaz bilan federatsiya tarkibiga kiruvchi sub‘ektlar o‗rtasida vakolatlarning 
taqsimlanishi bilan belgilangan chegaralarga muvofiq cheklanadi. 
Davlatlararo birlashmaning 
alohida shakli konfederatsiya bo„lib, u mustaqil davlatlar muayyan o„zaro maqsadlarga erishish 
uchun tuzgan doimiy uyushmadir.
Forobiy fikricha, davlat jamiyatning tayanchidir. U jamiyatning mukammaligi va 
mukammal emasligi haqidagi g‗oyaga tayanadi. mukammallik ―...shunday davlat vositasida 
qo‗lga kiritiladiki, u ezgu an‘analar, odamlar va yaxshi axloqni tarqata olsin‖ va jamiyatda bu 
xislatlarni barqaror eta olsin. Bunday davlat bo‗lmasa fozila, ezgu xislatlar odamlarda uzoq 
saqlanmaydi va barqaror bo‗lmaydi. Forobiy nazarda tutgan davlat, mustabidlikka emas, balki 
tiklanish va faoliyatida xalqning istak va irodasi bevosita rol o‗ynaydigan davlatdir. Xalq 
irodasiga asoslanmagan davlat ideal davlat emas. Demak, davlat – jamiyatning tayanchi, 
xalqning irodasi va xohishi uning shakllanishi uchun sharoit yaratadi.
Hozirgi davlatlarning aksariyati o‗z faoliyatini konstitutsiyaga muvofiq amalga oshiradi. 
Konstitutsiya – siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy tuzum asoslarini, fuqarolarning huquqlari va 
burchlarini, asosiy davlat organlarini tarkib toptirish mexanizmi va ularning faoliyat 
tamoyillarini, saylov tizimi asoslari va hokazolarni mustahkamlovchi davlatning asosiy qonuni

Konstitutsiya boshqaruv va davlat qurilishi shaklini belgilaydi.
Huquqiy davlatda konstitutsiya nafaqat fuqarolar va davlatning o‗zaro munosabatlarini 
tartibga soluvchi normalarni, shaxs huquqlari va erkinliklarini belgilaydi, balki hokimiyatni 
cheklaydi. Konstitutsiyada inson huquqlarining davlat qonunlaridan ustunligi mustahkamlanadi. 
Huquqiy davlat rivojlangan fuqarolik jamiyati mavjudligi bilan tavsiflanadi. Har bir individning 
erkinligi boshqa odamlarning erkinligi va huquqlari bilan cheklanadi. Qonunning ustunligi va 
huquqning umumiyligi, hokimiyat, qonunchilik, ijro va sud tarmoqlariga bo‗linishi huquqiy 
davlatning muhim belgilari hisoblanadi.
Siyosiy tizim mamlakatning siyosiy hayotida ishtirok etuvchi turli-tuman partiyalar, 
harakatlar, tashkilotlar, institutlar, diniy muassasalar va ta‘sir guruhlari majmuini ham o‗z ichiga 
oladi. Siyosiy tashkilotlar davlat tuzilmalarining shakllanishiga ta‘sir ko‗rsatadi, o‗z faoliyati 
dasturlarini belgilaydi, ijtimoiy birliklar va guruhlarning manfaatlarini tegishli shiorlar, ijtimoiy 
loyihalarda ifoda etadi va ularni amalga oshirishda qonuniy vositalar bilan ishtirok etadi. 
Ularning faoliyati o‗z guruhlarining o‗zgalarning manfaatlariga zid bo‗lgan yoki ularni 
kamsitadigan manfaatlarini ro‗yobga chiqarish zaruriyati bilan belgilanadi. SHu sababli 
partiyalar va harakatlar hokimiyat obro‗siga tayanadi. Hokimiyatning aralashuvi ziddiyatlarni 
tartibga solish, manfaatlarni muvofiqlashtirishga ko‗maklashadi. 
Fuqarolik jamiyati – davlat hokimiyati organlarining to„g„ridan-to„g„ri aralashuvidan 
qonunlar bilan muhofaza etilgan ixtiyoriy uyushmalar va tashkilotlar majmui
.
Zamonaviy jamiyatda davlat odamlarning shaxsiy hayotiga aralashmaydi, ularni 
yagona mafkura va qadriyatlar yagona tizimini qabul qilishga majburlamaydi. Kishilarning rang-
barang manfaatlari ularning hamkorlikdagi harakatlari orqali ro‗yobga chiqariladi, bunga 
erishish uchun ular davlat oldida hisobdor bo‗lmagan ixtiyoriy birlashmalar va uyushmalarga 


90 
birlashadilar. Odamlarning manfaatlarini aks ettiradigan nodavlat, nohukumat tashkilotlari 
fuqarolik jamiyatini tashkil etadi. Ular rasmiy statistikaga kirmaydi va ularning hisobini yuritish 
ancha qiyin ish. CHunonchi, ayrim ma‘lumotlarga ko‗ra, AQSHda yuz minglab bunday 
tashkilotlar faoliyati 25 mingdan ortiq xayriya fondlaridan mablag‗ bilan ta‘minlanadi. 
Norvegiyada bu mamlakat fuqarosi hisoblangan har olti kishidan biriga bitta nohukumat 
tashkiloti to‗g‗ri keladi.
XIX asr fransuz sotsiologi A.de Tokvil Amerikada demokratiyani qo‗llab-quvvatlovchi 
ijtimoiy sharoitlar to‗g‗risida mulohaza yuritar ekan, amerikaliklarning fuqarolik va siyosiy 
tashkilotlar tuzishga bo‗lgan moyilligiga alohida e‘tiborni qaratgan: «Turli yosh, mavqe va 
qiziqishlarga ega bo‗lgan amerikaliklar turli xil uyushmalarga ixtiyoriy ravishda birlashadilar. 
Bular tijorat yoki ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‗lgan, amerikaliklarning barchasi ishtirok 
etadigan birlashmalargina emas, balki boshqa xil turdagi minglab birlashmalar: diniy-ma‘naviy 
uyushmalar, jiddiy va ahamiyatsiz, ochiq va berk, ko‗p kishilik va atigi bir nechta a‘zodan iborat 
birlashmalardir... SHunday qilib, odamlar o‗zlarining umumiy xohish-istaklariga muvofiq 
bo‗lgan maqsadga bahamjihat erishish san‘atida oliy barkamollikka erishdilar va jamoa
harakatining mazkur usulini boshqalarga qaraganda ko‗proq qo‗llay boshladilar».
1
Fuqarolarning birlashmalari o‗z a‘zolarida hamkorlik, hamjihatlik va jamiyatga sadoqat 
tuyg‗ulari rivojlanishiga ko‗maklashadi. Keng maqsadli guruhga ixtiyoriy qo‗shiladigan 
individlar nafaqat hamjihatlik ko‗nikmalarini va kollektiv harakatlar uchun fuqarolik mas‘uliyati 
hissini kasb etadilar, balki o‗zini o‗zi boshqarish, sabr-toqatlilikni va boshqalar fikrini hurmat 
qilishni o‗rganadilar.
Davlat doim fuqarolar hayotining barcha tomonlarini o‗z nazorati ostiga olishga, 
ularning tartibga solinmagan faoliyati doirasini toraytirishga, ularni bir-biridan ajratish va 
tarqatishga harakat qiladi. Fuqarolik jamiyati davlatga o‗z faoliyat sohasini kengaytirish va uni 
kishilarning axloqiy, ma‘naviy, diniy, milliy va boshqa munosabatlariga tatbiq etishga yo‗l 
qo‗ymaydi. Davlat fuqarolik jamiyatini «yutib yuborishi» totalitarizmga xos bo‗lgan 
xususiyatlardan biridir. 
Fuqarolik jamiyati davlatga muttasil ta‟sir ko„rsatadi. Bu shunday bir ta‟sirki, usiz 
davlat o„z vakolatlari doirasini toraytirishga hech qachon bormagan bo„lur edi
. Davlatga 
fuqarolik jamiyati ta‘sirining bosh mexanizmi demokratiya (yunon. «demos» - xalq va «kratos» - 
hokimiyat) – vaqti-vaqti bilan boshqariluvchilar boshqaruvchilarga o‗z hukmini o‗tkazishidir. 
Davlat va fuqarolik jamiyatining bu qarama-qarshiligi va ayni vaqtda o‗zaro bog‗liqligi 
erkinlikning muhim shartidir.
O‗zbekiston Respublikasida fuqarolik jamiyatining shakllanishi demokratik 
o‗zgarishlarning negizidir. Kishilarni ijtimoiy tartibni ixtiyoriy ravishda, cho‗chimasdan qabul 
qilishga majbur etadigan sharoitlar faqat fuqarolik jamiyatida mavjuddir.

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish