Qoraqalpog’iston Respublikasi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti turkiy tillar fakulteti o’zbek tili va adabiyoti ta’lim yo’nalishi 1-”b” guruh talabasi Joldasbayeva Gulxumarning ma’naviyatshunoslik fanidan “Ma’naviyatning vujudga kelishi to’g’risidagi turli nazariyalar va qarashlar” mavzusida tayyorlagan taqdimoti Ma'naviyat vujudga kelishi to‘g‘risida turli nazariyalar mavjud deyish mumkin. Ular asosan inson ongi, tafakkuri, e'tiqodi vujudga kelishi bilan bog‘liq nazariyalaridir. Biz ularni ma'naviyatga nisbatan qo‘llaymiz. Chunki avval qayd etilganidek, g’arbda ma’naviyat alohida o’rganilmaydi. Ulardan keng tarqalganlaridan biri mehnat nazariyasidir. Unga muvofiq, odamlar ishlab chiqarishning yangi turlarini, yangi mehnat qurollarini va usullarini kashf etishi jarayonida bilimlari, ko‘nikmalari rivojlangan, mahsulotlar almashuvi va boshqa moddiy, ijtimoiy aloqalari xilma-xillashgan va murakkablashgan. Bular o‘z navbatida yangi tartib-qoidalar, axloqiy, iqtisodiy, huquqiy,diniy, va shaxslararo me'yorlarga ehtiyoj tug‘dirgan - Ma'naviyat vujudga kelishi to‘g‘risida turli nazariyalar mavjud deyish mumkin. Ular asosan inson ongi, tafakkuri, e'tiqodi vujudga kelishi bilan bog‘liq nazariyalaridir. Biz ularni ma'naviyatga nisbatan qo‘llaymiz. Chunki avval qayd etilganidek, g’arbda ma’naviyat alohida o’rganilmaydi. Ulardan keng tarqalganlaridan biri mehnat nazariyasidir. Unga muvofiq, odamlar ishlab chiqarishning yangi turlarini, yangi mehnat qurollarini va usullarini kashf etishi jarayonida bilimlari, ko‘nikmalari rivojlangan, mahsulotlar almashuvi va boshqa moddiy, ijtimoiy aloqalari xilma-xillashgan va murakkablashgan. Bular o‘z navbatida yangi tartib-qoidalar, axloqiy, iqtisodiy, huquqiy,diniy, va shaxslararo me'yorlarga ehtiyoj tug‘dirgan
XIX asrning zabardast olimlaridan biri amerikalik L.Morgan insoniyat tarixini uch davrga bo‘ladi: yovvoyilik, varvarlik va sivilizatsiya. Aslida bunday uchga bo‘lish g‘oyasi shotlandiyalik faylasuf Adam Fergyussonga borib taqaladi. Fergyusson 1768 yilda olg‘a surgan tasnifi asosiga xo‘jalik yuritish usuli va mulkiy munosabatlar rivojlanish darajasini qo‘ygan. Uning qarashlari fransuz ma'rifatparvarlari, ayniqsa Antuan Kondorse tomonidan rivojlantiriladi. 1836 yilda daniyalik olim Kristian Yurgensen arxeologik matteriallar asosida insoniyat tarixida uch asrni – tosh asri, bronza asri va temir asrni ajratish g‘oyasini o‘rtaga tashladi. Albatta, ushbu “asrlar”ning xronologik davomi shartli edi. - XIX asrning zabardast olimlaridan biri amerikalik L.Morgan insoniyat tarixini uch davrga bo‘ladi: yovvoyilik, varvarlik va sivilizatsiya. Aslida bunday uchga bo‘lish g‘oyasi shotlandiyalik faylasuf Adam Fergyussonga borib taqaladi. Fergyusson 1768 yilda olg‘a surgan tasnifi asosiga xo‘jalik yuritish usuli va mulkiy munosabatlar rivojlanish darajasini qo‘ygan. Uning qarashlari fransuz ma'rifatparvarlari, ayniqsa Antuan Kondorse tomonidan rivojlantiriladi. 1836 yilda daniyalik olim Kristian Yurgensen arxeologik matteriallar asosida insoniyat tarixida uch asrni – tosh asri, bronza asri va temir asrni ajratish g‘oyasini o‘rtaga tashladi. Albatta, ushbu “asrlar”ning xronologik davomi shartli edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |