Axloqshunoslik
bir necha ming yillik tarixga ega bo‗lgan qadimiy fan. U bizda ―Ilmi
ravish‖, ―Ilmi axloq‖; ―Axloq.‖, ―Odobnoma‖ singari nomlar bilan atab kelinran. Ovro‗poda esa
―Etika‖ nomi bilan mashhur, biz xam yaqin-yaqingacha shu atamani qo‗llar edik. Uni birinchi
bo‗lib, yunon faylasufi Arastu muomalaga kiritgan. Arastu fanlarni tasnif qilarkan, ularni uch
rupuhra bo‗ladi: nazariy, amaliy va ijodiy. Birinchi rupuhra u falsafa, matematika va fizikani;
Ikkinchi rupuhra - etika va siyosatni; uchinchi rupuhra esa - san‘at, hunarmandchilik va amaliy
fanlarni kiritadi. SHunday qilib, kadimgi yunonlar axloq xaqidagi ta‘limotni fan darajasiga
ko‗targanlar va ―Etika‖ deb ataganlar.Hozirgi kunda bu fanni ilmiy va zamonaviy talablar nuqtai
nazaridan ―Axloqshunoslik‖ deb atashni maqsadra muvofiq deb o‗ylaymiz. Axloqshunoslik
axloqning kelib chiqishi va mohiyatini, kishining jamiyatdagi axloqiy munosabatlarini
o‗pganadi. ―Axloq‖ so‗zi arabchadan-olingan bo‗lib, ―xulq‖ so‗zining ko‗plik shaklidir. ―Axloq‖
iborasi ikki xil ma‘noga ega: umumiy tushuncha sifatida fanning tadqiqot ob‘ektini anglatsa,
muayyan tushuncha sifatida inson fe‘l-atvori va xatti-xarakatining eng qamrovli qismini
226
bildiradi. Axloqni umumiy tushuncha sifatda olib, uni doira shaklida aks etgiradigan bo‗lsak,
doiraning eng kichik qismini odob, undan kattapoq qismini hulq, eng qamrovli qismini axloq
egallaydi.
Odob
- inson xaqida yoqimli taassurot uyg‗otadigan, lekin jamoa, jamiyar va insoniyat
hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo‗lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli
hatti-harakatlarni o‗z ichiga oladi.
Xulq
- oila, jamoa, mahalla - miqyosida ahamiyatli bo‗lgan, ammo jamiyat va insoniyat
hayotira sezilarli ta‘sir ko‗rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakatlarning majmui.
Axloq
esa - jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna bo‗la oladigan ijobiy xatti-
harakatlar yig‗idisidir.
Bu fikrlarimizni misollar misollar orqali tushuntirishga harakat qilamiz. Deylik metroda
yoshgina yigit, talaba hamma qatori o‗tiribdi. Navbatdagi bekatdan bir keksa kishi, chiqib,
unning ro‗parasida tik turib qoldi. Agar talaba darhol: ―O‗tiring, otaxon!‖ deb joy bo‗shatsa, u
chiroyli a‘mol qilgan bo‗ladi, chetdan qarab turganlar unra ich-ichidan minnatdorchilik bildirib,
―Baraka topgur, odobli yigitcha ekan‖, deb qo‗yadi. Aksincha, talaba yo teckari qarab olsa, yoki
o‗zini mudraganga solib, qariyaga joy bo‗shatmasa, g‗ashimiz keladi, ko‗nglimizdan: ―Buncha
beodob, surbet ekan!‖ degan fikr, o‗tadi, xullas, u bizda yoqimsiz taaccurot uyg‗otadi. Lekin,
ayni paytda, talabaning qariyaga joy bo‗shatgani eki bo‗shatmagani oqibatida vagondagi
yo‗lovchilar hayotida biror-bir ijobiymi, salbiymi - muhim o‗zgarish po‗y bermaydi.
Xulqqa quyidagicha misol keltirish mumkin: mahallamizdagi oila boshliqlaridan biri
imkon boricha qo‗ni-ko‗shnilarning barcha ma‘rakalarida xizmatda turadi, hech kimdan qo‗lidan
kelgan yordamini ayamaydi, ochiq ko‗ngil, ochiq qo‗l, doimo uz bilimini oshirib borishga
intiladi, tirishqoq oila a‘zolariga mehribon va h.q Unday odamni biz xushhulq inson deymiz va
unga mahallamizning namunasi sifatida qaraymiz. Bordi-yu, aksincha bo‗lsa, u qo‗ni qo‗shnilar
bilan qo‗pol muomala qilsa, to‗y-ma‘rakalarda janjal ko‗tarsa, sal gapga o‗dag‗aylab, musht
o‗qtalsa, ichib kelib, oilada xotin-bolalarini urib, haqoratlasa, uni badxulq deymiz. Uning
badxulqliligidan oilasi, ba‘zi shaxslar jabr ko‗radi, mahalladagilarning tinchi buziladi, lekin
xatti-harakatlar
jamiyat ijtimoiy hayotiga
yoki insoniyat tarixiga biror ta‘sir
o‗tkazmaydi.Axloqqa kelsa, masala jiddiy mohiyat kasb etadi: deylik bir tuman yoxud viloyat
prokurori o‗zi mas‘ul hududda qonun ustuvorlirini, adolat qapop topishini ko‗zlab ish yuritadi,
lozim bo‗lsa, hokimning noqonuniy farmoyishlariga qarshi chiqib, ularning bekor qilinishiga
erishadi; oddiy fuqaro nazdida nafaqat o‗z kasbini e‘zozlovchi shaxs, balki haqiqiy huquq
posboni, adolatli tuzum timsoli tarzida gavdalanadi, u – umpni millat, vatan va inson manfaatira
bag‗ishlagan yuksak axloq egasi; u, o‗zi yashayotgan, jamiyat uchun namuna bo‗laroq o‗sha
jamiyatning yanada taraqqiy topishira xizmat qiladi. Agar mazkur prokuror, aksincha. Qonun
himoyachisi bo‗la turib, o‗zi qonunni buzsa, shaxsiy manfaati yo‗lida oqni qora, qorani oq deb
tursa, u axloqsizlik qilgan bo‗ladi: oddiy fuqaro nazdida boshqa kishi prokuror-amaldor emas,
balki butun jamiyat adolatsiz ekan, degan tasavvur uyg‗onadi. va tasavvurning muntazam
kuchayib borishi esa, oxir-oqi6at o‗sha jamiyat yoki tuzumni tanazzulga olib keladi. Albatta, har
uchala axloqiy hodisa va ularning ziddi nisbiylikka ega. CHunonchi, hozirgina misol
keltirganimiz prokurorning axloqsizligi darajasi bilan yakka xukmronligi yo‗lida millionlab
begunoh insonlarni o‗limga mahkum etgan Lenin, Stalin, Gitler, Pol Pot singari shaxslar orasida
farq bor: agar prokurorning axloqsizliri bir millat yoki mamlakat uchun zarar qilsa, totalitar
tuzum humdorlari xatti-harakatlari umum6ashariy miqyosdagi fojialarga olib keladi. Bu o‗rinda
shuni alohida ta‘kidlash joizki, axloqiy tar6iya natijasida odoblilik-xushxuqlilikka, xushxulqlilik
- yuksak axloqiylikka aylangani kabi, axloqiy tarbiya yo‗lga qo‗yilmagan joyda muayyan shaxs,
vaqti kelib, odobsizlikdan- badxulqlilikka, badxulqllidan - axloqsizlikka o‗tishi mumkin.
SHunday qilib, axloqshunoslik mazkur uch axloqiy hodisani bir-biri bilan uzviylikda va
nisbiylikda o‗rganadi.
Amaliy axloqning dastlabki namunalari bundan uch yarim mign yil avval dunyodagi
birinchi yozuv bo‗lmish mix xatda giltaxtalarga yozilgan maqol va matallardir. Somir (SHumer)
alqovlarida (gimnlarida) deyarli barcha bosh ma‘budlar ezgulik, adolat, haqiqat va yaxshilik
227
tarafdorlari bo‗lganlari uchun xam madx ztiladi. CHunonchi, yosh ma‘budi Utu axloqiy
me‘yorlarning bajarilishini maxsus kuzatib turgan, ma‘buda Nanshe esa, ba‘zi matnlarda haqiqat
adolat va shafqat xomiysi sifatida tasvirlanadi. Lekin, ayni paytda, ma‘budlar tomonidan.
o‗rnatilran. ―Me‖ deb atalran qonunlar ro‗yxatidan olam harakatini tartibga solish, uninr
to‗xtovsiz va uyg‗un bo‗lishini taminlash maqsadida yuqoridagi axloqiy fazilatlar bilan
birralikda – ―yolg‗on‖, ‖nifoq‖, ―gina‖, ―kudupat‖, ―qo‗rquv‖ tushunchalari xam o‗rin olgan.
SHuningdek somiriylarning maqol va matallari, xikmat-iboralari ham diqqatga sazovor, ularning
ko‗pchiliri umuminsoniy hikmatlar darajasiga ko‗tarilgan va SHarqda bir oz boshqacharoq
shaklda hozir qo‗llaniladi. Bundan tashqari, turli axloqiy muammolar esa ―Gilgamesh‖ eposi
dostonlarida ko‗tarilgan.
Dastlabki axloqiy qonun-qoidalar ana shu tanlovni ro‗yobga chiqrishga, yana ham aniqroq
aytganda, uni osonroq amalga oshirishga xizmat qilgan ilk axloqiy qoida ―O‗zingga ravo
ko‗rmagan narsani boshqaga ham ravo ko‗rma‖ mazmunida dunyoga kelgan. Uning hozirgi
zamondagi o‗zbekchasi ―pichoqni avval o‗zingga ur, og‗rimasa o‗zgaga ur‖, ―O‗zingni er
bilsang, o‗zgani sher bil‖ kabi maqollarda aks etgan. Axloqing oltin qoidasi deb atalgan ushbu
qoida, bizningcha, eng qadimiy axloqiy talablardandir. Zero xun olish talabi keyinroq paydo
bo‗lgan va insonning asl mohiyatiga to‗g‗ri kelmaydigan qoidalardan barcha muqaddac
kitoblarda insonni zo‗rlik bilan jonsiz qilishning mumkin emasligi ta‘kidlanadi. Biz ko‗rib
o‗tganimiz, bundan deyarli XXX asr muqaddam tarqala boshlagan zardushtiy dinining muqaddas
kitobi ―Avesto‖dayoq axloqiy qonun-qoidalar ishlab chiqilgani diqqatga sazovor. Unda insonni
inson tomonidan o‗ldiririshgina emas, balki it, ot kabi hayvonlarni jonsiz qilish, daraxt va
o‗simliklarni behuda halok etish qatiyan man qilinadi, inson faqat ezgu uy, ezgu niyat na ezgu
a‘mollar bilan yashashi lozimligi ta‘kidlanadi. Bibliyoda Qobilni o‗ldirgan Hobildan Tangri xun
olmaslikni va uni o‗ldirmaslikni talab etadi. Buddha ta‘limoti jonlini jonsiz qilishni eng katta
gunoh deb biladi. Injilda ―O‗z qavmdoshingni cev‖, ―odam o‗ldirma‖, degan da‘vatlar asosiy
qoidalar sifatida namoyon bo‗ladi. Kur‘oni Karimda esa xun olishdan qo‗ra tovon olmoq
ma‘qulligi aytiladi na musulmonlar o‗zaro faqat go‗zal munosabatlar qilishi lozimligi
ko‗rsatiladi. Demak, dastlabki axloqiy qonun-qoidalar muqaddas kitoblarda o‗z aksini topgan
zo‗ravonlikka zo‗ravonlik bilan javob bermaslik tamoyili asosida yaratilgan.
Ana shu, inson axloqiy hayotining-asosi bulgan qonun qoidalar hozir ham o‗z
ahamiyatini yo‗qotgani yo‗q. Odamlar ularni og‗ip majburiyat deb bilmasdan, dil-dildan
bajaradigan zamonning tezroq kelishi uchun tinmay harakat qilishlari axloqiy taraqqiyotdan
dalolatdir. Zero ana shu yo‗lda inson uz yaratganiga maqbul komil inson bo‗lib etishadi.
Hozirgacha bo‗lgan bizdagi ananaviy axloqshunoslikda axloqni tarixiy materializm
tamoyiliga asoslanib davriylashtirish qabul qilingan quldorlik axloqi, feodalizm axloqi, burjua
axloqi v.h . Tarixiylik nuqtai nazarini rad etmagan holda, biz bunday davriylashtirishga ehtiyot
bo‗lib munosabat qilishni tavsiya etardik. Negaki, u axloq ilmini soxtalashtirishga, bir
tomonlama qatiy hukm chiqarishga asoslangan. CHunonchi, unda ―Quldorlik axloqi‖, degan
tushuncha mavjud va u qatiy ravishda ―qul - rasmona odam emas, jonli napca‖ degan tamoyil
bilan ish ko‗radi. SHunday ekan, u holda, yuqorida kelgirganimiz, Qadimgi Misr donishmandi
Pxatotepning ―Pandnoma‖sidagi ―Qimmatbaho toshdek yashirindir oqilona so‗z, holbuki uni don
tuyayotgan cho‗ridan topish mumkin‖, degan hikmatini qanday tushunish mumkin?. Qadimgi
yunon masalchisi, qul Ezopga xo‗jayinining munosabati bekasining uni sevib qolishi yoki
Qadimgi Rumoda ba‘zi bir ozod etilgan qullarning keyinchalik senatorlardan ham kattapoq
obro‗ga ega bo‗lganini qanday izohlaymiz. YOki ―O‗tgan kunlar‖dagi Hasanalining
YUcufbekhoji oilasidagi mavqei-chi? Xuddi shuningdek, o‗rta asrlarda ajdodlarimiz yaratgan
durdona pandnomalarda, odatda, amaldorlar va feodallar emas, balki oddiy xalq vakillari ko‗p
hollarda axloqiy jihatdan ustun kilib tasvirlanadi. Abu Bakr ar-Roziy o‗zining ―Kambag‗allar
tabobati‖ degan nom bilan mashhur bo‗lgan kitobida, hatto, mana bunday deb yozadi ―qo‗li
qisqa kishilarning bolalari kambag‗al va kamtarona yashayotganliklari tufayli halol, fazilat
egalari bo‗lib etishishlari mumkin, zero ularning boshqalarga nisbatan sabr-toqat ko‗rsatishlari,
tarbiya hamda mashg‗ulotlarda qiyinchiliklarga bardosh berishlari oson ko‗chadi‖. Xo‗sh, bu
228
misollar istisnomi? aslo. Istisnoli holatlarning bunchalik ko‗p bo‗lishi mumkin emas. Gap
shundaki, ―quldorlik axloqi‖ yoki ―feodalizm axloqi‖ deganda, aslida axloqiy tamoyil emas,
balki mazkur davr yoki tuzum ishari surgan huquqiy tamoyillar nazarda tugilgan. Natijada
yuqoridagi misollarda ko‗rganimizdek, ichki axloqiylik bilan tashqi huquqiylik doimo kurashib
kelgan. Ana shu nomutanosiblik sababli ko‗pgina mutafakkirlar chalkash xulosalarni
chiqaradilar. CHunonchi Sartr, AQSHdagi fuqarolar urushi davrida ko‗tarilgan axloqiy
muammolar hozir ham insoniyat oldida turibdi, bu borada tashlanish ro‗y bergan emas, deydi.
Demak, Sartr to‗g‗ridan-to‗g‗ri axloqiy taraqqiyot yo‗q, degan fikrni ilgari suryapti.
Bunga qo‗shilib bo‗lmaydi. Agar ezgulik va yovuzlik, yaxshilik na yomonlik, ixtiyor erkinligi,
tanlov singari tushunchalar hanuzgacha o‗z nomini saqlab qolganini, o‗zgarmaganligi nazarda
tutsak, balki Sartr haqdir. Lekin axloqiy tushunchalarning nomlari o‗z-o‗ziga mavhum va
mantiqiy hodisalardir. Ularning muayyanlashuvi va yashashi makon va zamon ichidagi inson
xatti-xarakatlariga bog‗liq. Masalan, nomus tushunchasini olaylik. U yuqorida keltirganimiz
talon - xun olish davrida ham bor edi va ana shu xun olishning amalga oshirilishi orqali ma‘no
kasb etardi. Tarixga nazar tashlasak, xatto xun olish jarayonining ham taraqqiy topib borganini
ko‗rish mumkin. Hozirgi davrga kelib esa, xun olish axloq muammosi sifatida kun tarti6idan
chiqib ketdi. Endi nomus tushunchasining asosiy qamrovi – boshqacha. Demak, insoniyat
tarixida axloqiy taraqqiyot bo‗lgan va u davom etib kelmoqda. To‗g‗pi, bu davom etish qatiy
tadrijiylikka ega emas. U goho susayish, ba‘zan esa bir oz optta chekinish, "ba‘zan bir qancha
muddat qoim turish xususiyatlariga ega. Lekin katta davrlar va tarixiy oraliqlarni olib qaraydigan
bo‗lsak, axloqiy taraqqiyotning mavjud ekaniga ishonch hosil qilish qiyin emas. Mustabid
tuzumlar va shaxslar keltipib chiqargan axloqiy tanazzzular hammasi qiziq muddatli hamda
o‗tkinchi hodisalardir. Zero insonning asosiy mohiyati o‗zini va o‗z jamiyatini taraqqiy ettirib
borish bilan belgilanadi. Axloq esa ana shu taraqqiyotdan hech qachon chetda turmaydi.
Axloqqa gap borganda, albatta uning muayyan tuzilmasi, unga asos bo‗lgan omillar,
unsurlar to‗g‗risida to‗xtalmaslik mumkin emas. Axloq tuzilmasini, odatda, uch omil-asosdan
iborat deb hisoblaydilar. Bular - axloqiy anglash (axloqiy ong), axloqiy his etish (axloqiy
hissiyot) va axloqiy munosabatlar (axloqiy hatti-xarakatlar). Bazi mutaxassislar (chunonchi,
mashhur rus axloqshunosi A I. Titarenko) axloqshunoslik mezoniy tushunchalarini
(katetoriyalarini), axloqiy meyorlar va tamoyillarni axloq tuzilmasi tarzida taqdim etadilar.
Bizning nuqtai nazarimizdan bu fikr unchalik to‗g‗ri emas. CHunki mazkur tushunchalar,
tamoyillar va meyorlar ko‗proq axloqqa emas, balki uni o‗rganadigan fanga – axloqshunoslikka
taalluqlidir.. Umuman, shuni aytish kerakki, axloqshunoslik fanida ancha-muncha chalkashliklar
mavjudki, ularning sababini mazkur fanning boshqa fanlarga nisbatan aloqqa xususiyatlarga
egaligidan, yani unda ko‗p hollarda ilmiy-nazariy jihatlarning ilmiy-amaliy tomonlar bilan
omuxtalashib ketganidan qidirmoq lozim.
SHunday qilib, axloq tuzilmasi uch asosiy omilni axloqiy anglash, axloqiy aks etish va
axloqiy munosabatlarni uz ichiga oladi. Ayni paytda ana shu omillarning tuzilmadagi o‗rni,
to‗g‗rirog‗i, mavqei masalasida ham turli xil qarashlar mavjud. Ba‘zi axloqshunoslar axloqiy
anglashni, boshqa birovlar axloqiy hissiyotning o‗zini asosiy unsur deb talqin etadilar. YAna
ba‘zi birovlar axloqiy anglash - axloqiy ongga etakchilik mavqeini beradilar. Xo‗sh, aslida
qanday qarash haqiqatga yaqinroq?
Avvalo, shuni ta‘kidlash kerakki, juda ko‗p hollarda axloq tuzilmasidagi mazkur uch omil-
unsurning birortasisiz axloq tushunchacini tasavvur qilib bo‗lmaydi. Boshqacha aytganda,
axloqni inson ko‗zi oldida gavdalanuvchi axloqiy munosabatlarning aks etish va axloqiy
anglashsiz yuzaga chiqishi yani mavjud bo‗lishi mumkin emas. Bunday holat axloqiy his etishga
ham, axloqiy anglashga ham taaluqli. Zero tuzilmadagi bu uch unsur-omil bir-birisiz kamdan-
kam mavjud bo‗ladi, doimo bir-birini taqozo qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |