217
Masalan, Levkipp va Demokritning jismlarning atomlardan tashkil topganligi haqida
bildirgan fikrlari dastlab gipotetik shaklda bo`lib,
eng oddiy, kundalik tajribada minglab marta
kuzatiladigan hodisalar: qattiq jismning suyuqlikka aylanishi, hidning tarqalishi va shu kabilarni
tahlil qilishga asoslangan, ularning sababini tushuntirishga qaratilgan. «Jismlar mayda,
bo`linmas zarrachalardan tashkil topmaganda bunday hodisalar bo`lmas edi», degan fikr o`zining
ma`lum bir mantiqiy kuchiga ega.
Hodisaning sababi haqidagi fikr dastlab, odatda, gipoteza shaklida vujudga keladi va shu
ma`noda u bilimlarning mavjud bo`lishining umumiy mantiqiy shakllaridan biri hisoblanadi.
Gipotezani qurish o`rganilayotgan hodisani tushuntiradigan taxminiy fikrlarni ilgari
surishdan iborat bo`ladi. U qayd etilgan faktlar, ular uchun xarakterli bo`lgan qonuniyatlar
haqidagi hukmlar (mulohazalar) yoki hukmlar tizimi tarzida bo`ladi. Uni ifoda qiluvchi asosiy
gap mulohazalar sistemasini hosil qiluvchi element, deb hisoblanadi. Ana shu gap (mulohaza)da,
odatda, gipotezaning bosh g‘oyasi aks etadi. Muhokama
jarayoni uning negizida, atrofida
quriladi va ma`lum bir ishchi gipotezalar – vaqtincha quriladigan, mo`ljalni to`g‘ri olishga
yordam beradigan taxminlarning ilgari surilishiga, ular yordamida hodisaning yanada chuqurroq
tadqiq qilinishiga olib keladi.
Gipotezalarni ilgari surishning asosiy mantiqiy vositasi ehtimoliy xulosa chiqarish:
analogiya, to`liqsiz induktsiya, turli ko`rinishdagi ehtimoliy sillogizmlar – eng kamida bitta
qoidasi buzilgan, asoslaridan biri ehtimoliy hukm bo`lgan sillogizmlar (shartli, ayiruvchi –
qat`iy, shartli – ayiruvchi sillogizmlar shakllarida) hisoblanadi.
SHuningdek, gipoteza ba`zi hollarda qat`iy xulosa chiqarish
shakllarida hamda turli xil
xulosa chiqarish usullarining ko`p qavatli mantiqiy qurilmasi tarzida ham shakllantirilishi
mumkin.
Gipotezada ilgari suriladigan mulohaza empirik materiallarni tahlil qilish, qayta ishlash,
tartibga keltirish, umumlashtirish, talqin etish natijasida paydo bo`ladi. Ana shuning uchun ham
gipoteza – bu har qanday taxmin emas, balki ma`lum bir darajada asoslangan, o`zining muayyan
mantiqiy kuchiga ega mulohaza, farazdir.
Gipoteza qurishning murakkab mantiqiy jarayon ekanligini quyidagi misol tasdiqlaydi.
Issiqlik dvigatellari nazariyasi asoschilaridan biri frantsuz injeneri Sadi Karno birinchi bo`lib
faqat issiqlikning qattiqroq qizigan jismdan sovuqroq jismga o`tishidagina foydali ish vujudga
kelishi va aksincha, issiqlikni sovuq jismdan qizdirilgan jismga berish uchun ish sarflanishi
zarur, degan fikrni ilgari surgan. Ayni paytda Karno shu davrda
keng tarqalgan issiqlikning
namoyon bo`lish sababi uning tarkibida alohida vaznsiz suyuqlik – teplorodning bo`lishidir,
degan fikrga tayanuvchi teplorod kontseptsiyasini ham to`g‘ri, deb hisoblagan. Teplorodni
suvga, haroratlar (temperaturalar) o`rtasidagi farqni – suv darajasiga qiyos qilib, Karno, xuddi
suv darajasining pastga tushishida ish suv og‘irligining uning darajalari o`rtasidagi farqqa
bo`linishi bilan o`lchangani kabi, bug‘ mashinasida ish, ishchi moddaning (suv, spirt va
boshqalar) tabiatidan qat`i nazar, teplorod miqdorining haroratlar (temperaturalar)
farqiga
bo`linishi bilan o`lchanadi, degan xulosaga keladi. Bu issiqlik mashinasi ish hajmining
(miqdorining) isitgich va sovutgich haroratlarining qiymatlariga bog‘liqligini anglotardi.
«Karno printsipi» keyinchalik termodinamikaning ikkinchi qonunining yaratilishiga asos
bo`lgan.
Keltirilgan misolda Sadi
Karnoning
gipotezani
ilgari surishda analogiyaga
asoslanganligini payqab olish qiyin emas.
Ilgari surilgan gipoteza, albatta, asoslanishi zarur. Bu bosqichda gipotezadan ma`lum bir
natijalar keltirib chiqariladi va ular verifikatsiya qilinadi, ya`ni ularning mavjud faktlarga (yoki
boshqa ishonchli bilimlarga) muvofiqligi aniqlanadi.
Bu erda shuni unutmaslik lozimki, gipotezani ishonchli, chin
bilimga aylantirish uchun
unda ilgari surilgan fikrlarga etarli asos bo`la oladigan miqdordagi natijalar (gipotezaning asosiy
g‘oyasidan kelib chiqadigan) yig‘indisi verifikatsiya qilinishi kerak.
Gipotezaning chinligini asoslashning boshqa usullari ham mavjud:
218
1)
gipotezani deduktiv yo`l bilan chinligi avval isbotlangan bilimlardan mantiqan
keltirib chiqarish;
2)
asosi ishonchli bilim bo`lmasa, uni tasdiqlash (bu ko`proq asoslari ehtimoliy hukm
bo`lgan sillogizmlar vositasida qurilgan gipotezalarga tegishli);
3)
gipotezaning asoslarini ishonchli bilim olish uchun etarli bo`lgan miqdorga etkazish
(bu gipoteza to`liqsiz induktsiya vositasida qurilgan hollarga tegishli).
Gipotezani tasdiqlashning qanday kechishini tasavvur qilish uchun quyidagi misolga
murojaat qilamiz.
Termodinamika asoschilaridan biri nemis fizigi R.Klazius yuqorida biz qayd etib o`tgan
―Karno printsipi‖ni unga qilingan ko`p hujumlardan himoya qilgan. Bu printsipni tasdiqlash
maqsadida, uning chinligini intuitiv ravishda muqarrar deb hisoblagan postulatdan deduktiv yo`l
bilan keltirib chiqaradi. Bu postulatga muvofiq issiqlik o`z holicha
sovuqroq jismdan issiqroq
jismga o`ta olmaydi.
Gipoteza rad qilinishi ham mumkin. U gipotezadan kelib chiqadigan natijalarni
falsifikatsiya qilish yo`li bilan aniqlanadi. Mazkur mantiqiy jarayon shartli-qat`iy sillogizmning
inkor modusi tarzida kechadi, ya`ni natijaning xatoligini aniqlashdan asosning xatoligini
ko`rsatishga o`tiladi.
Uning simvolik ifodasi quyidagicha:
((H→P)^ דp)→ דH
Gipotezaning natijalarini topa olmaslik, garchi bu gipotezaning mavqeini ancha
pasaytirsa-da, lekin uni rad eta olmaydi. Gipotezaning chinligi undan kelib chiqadigan
natijalarga zid bo`lgan holatlar aniqlangandagina uzil-kesil rad etiladi. Masalan,
Ptolomeyning
Erning harakatlanmaydigan markaz ekanligi haqidagi gipotezasi Kopernikning geliotsentrik
nazariyasi asoslanadigan faktlarga zid kelganidan keyin rad etildi.
SHuni alohida ta`kidlash zarurki, o`rganilayotgan hodisa haqida bir vaqtning o`zida bir
qancha gipotezalar ilgari surilishi mumkin. Masalan, hozirgi paytgacha qushlar uchayotganda
to`g‘ri yo`lni qanday topa olishini mavjud gipotezalardan hech biri to`liq tushuntira bera
olmagan. Ularda turli xil fikrlar bildirilgan: qushlarni ba`zilar magnit maydoniga, boshqalar
Quyoshga, yulduzlarga qarab mo`ljal olishadi, deb hisoblashgan. Ukraina olimlari esa 1980
yillarning ikkinchi yarmida qushlar o`z harakati marshrutlarini Erning
gravitatsiya maydoniga
asoslanib, shu marshrut davomida og‘irlik kuchining o`zgarishini «hisoblab» belgilashadi, degan
fikrni bildirganlar. Lekin hozirgacha ularning birortasi uzil-kesil tasdiqlanmagan ham, rad
etilmagan ham.
Gipoteza tasdiqlanmaguncha o`zining bilishdagi ahamiyatini yo`qotmaydi.
Rad etilsa, o`rniga boshqa gipoteza quriladi va bu hol to gipotezalardan birortasi
tasdiqlanmaguncha davom etadi.
Ilgari surilayotgan gipotezalar turli xil darajada umumlashgan bo`lishi mumkin. Ana
shunga muvofiq holda umumiy va juz`iy gipotezalarni ajratish mumkin.
14-Mavzu:
Do'stlaringiz bilan baham: